O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat uiversiteti tabiiy fanlar fakulteti 17-32 guruh talabasi jo’raboyeva oyazimxonning kimyo tarixi fanidan tayyorlagan taqdimoti



Download 195,39 Kb.
Sana20.06.2022
Hajmi195,39 Kb.
#679925
Bog'liq
@ Butlerov organik birikmalar

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUs TA’LIM VAZIRLIGI FARG’ONA DAVLAT UIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI 17-32 GURUH TALABASI JO’RABOYEVA OYAZIMXONNING KIMYO TARIXI FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI

Butlerovning organik kimyo rivojidagi ishlari. Reja: 1. Organik birikmalar xusuxiyati. 2. Organik birikmalar tuzilishi. 3. izameriya haqida tushuncha.

Organik birikmalar quyidagi o`ziga xos xususiyatlarga ega: 1.Organik birikmalar molekulyar tuzilishiga ega bo`lgan birikmalar bo`lib, ularning molekulalari kovalent bog`lanish asosida vujudga keladi. Shu sababli organik birikmalar elektrolitmas moddalar hisoblanib, ko`pchiligi suvda erimaydi yoki yomon eriydi va anorganik birikmalarga qaraganda past temperaturada suyuqlanadi. 2.Organik birikmalar anorganik birikmalarga nisbatan barqaror emas, qizdirilganda oson parchalanadi. Ular 400-500°C atrofida qizdirilganda to`liq parchalanadi, kislorod ishtirokida esa yonadi.

3. Anorganik birikmalar ion bog`lanishli birikmalar bo`lib, ular suvda ionlarga oson parchalanadi va ular orasida reakciyalar tez boradi. Organik birikmalar orasida esa sekin boradi, ba`zilari faqat katalizator ishtirokda ketadi. 4. Ko`pgina organik birikmalar orasida reakciyalar oxirigacha bormaydi, ya`ni reakciya mahsulotining unumi yuz foiz bo`lmaydi. 5. Organik birikmalar molekulasida turli funkcional gruppalar va bog`lanishlarning mavjudligi hamda reakciyaning borish sharoiti (temperatura, reagentning koncentraciyasi, katalizator) bir vaqtning o`zida bir nechta parallel va ketma-ket reakciyalarning sodir bo`lishiga imkon yaratadi.

Organik moddalarning kimyoviy tuzilishi nazariyasi XIX asr kimyogarlarining quyidagi ishlari organik birikmalar tuzilishi nazariyasining yaratilishiga asos bo`ldi. E. Frankland tomonidan valentlik tushunchasi kiritildi (1852). Organik birikmalarda uglerodning doimo 4 valentlik bo`lishi aniqlandi (F. Kekule va A. Kol be, 1857). Uglerod atomlari o`zaro birikib uzun S-S bog` hosil qiladi (F. Kekule va A. Kuper, 1858). Rus olimi A. M. Butlerov (1828-1886) organik moddalar tuzilishi nazariyasining to`la ma`noda asoschisi hisoblanadi. U bu nazariyaning asosiy qoidalarini 1861 yilda bayon qildi.

Organik moddalarni tuzilish nazariyasi: 1 Molekulada atomlar tartibsiz joylashgan emas, ular bir-biri bilan valentliklariga muvofiq ravishda ma`lum izchillikda birikkan. Molekulada atomlarning bunday izchillikda birikishi kimyoviy tuzilish deyiladi. 2 Moddalarning xossalari uning molekulasi tarkibida qanday atomlar va qancha miqdorda bo`lishigagina emas, balki ularning kimyoviy tuzilishiga ham bog`liqdir. 3 Tuzilish nazariyasining bu qoidasi, organik kimyoda keng uchraydigan izomeriya hodisasining mohiyatini tushuntirib beradi. 4 Berilgan moddaning xossalarini o`rganish natijasida uning molekulyar tuzilishini aniqlash, molekulasining tuzilishidan esa uning xossalarini oldindan aytib berish mumkin.

A. M. Butlerovga qadar molekulaning tuzilishini aniqlab bo`lmaydi, deb hisoblanar edi. Ko`pchilik olimlar hatto molekulada atomlar real mavjudligini inkor etar edilar. A. M. Butlerov bu fikrlarni noto`g`ri ekanligini isbotlab berdi. U moddalarning xossalarini o`rganish orqali molekulaning tuzilishini, aksincha, molekulaning tuzilishi orqali ba`zi kimyoviy xossalarini aytib berish mumkinligini amalda ko`rsatib berdi.

A. M. Butlerovning kimyoviy tuzilish nazariyasi organik kimyo nazariy asosining poydevori hisoblanadi. Ahamiyati jihatidan uni D. I. Mendeleevning elementlar davriy qonuni bilan bir qatorga qo`yish mumkin. Davriy qonun yangi elementlar borligini oldindan aytishga imkon bergan bo`lsa, bu nazariya orqali hali hali topilmagan yangi moddalarning borligi va ularning tuzilishini aniqlashga imkon yaratdi va bir nechtasini A. M. Butlerovning o`zi sintez qilishga muyassar bo`ldi. Tuzilish nazariyasining kashf etilganiga 140 yildan ortiq vaqt o`tgan bo`lsa ham, o`z ahamiyatini yo`qotgan emas. Fanning aniq yutuqlari bu nazariyani yangi dalillar bilan boyitmoqda va uning asosiy ma`nosini to`g`ri ekanligini isbotlamoqda.

O‘tgan asrning 60- yillarida rus olimi A. M. Butlerov tomonidan organik birikmalarning kimyoviy organik kimyoga ilmiy asos soldi va uning eng muhim qonuniyatlarini tushuntirib berdi. A. M. Butlerov o‘zi yaratgan nazariyaning asosiy prinsiplarini 1861-yil 19-sentabrda Shpeyerda bo‘lib 0 ‘tgan tabiatshunoslar va shifikorlarning Xalqaro syezdida «Kimyoviy tuzilish nazariyasi haqida» degan ma’ruzasida bayon qildi. Bu nazariyani keyinchalik olimning o‘zi va uning shogirdlari muvaffaqiyatli rivojlantirdilar.

Tuzilish nazariyasining asosiy qoidalari quyidagilardan iborat. 1. Molekulada atomlar bir-biri bilan valentliklariga muvofiq holda muayyan ketma-ketlikda bfrikkan. Atomlarning bog‘Ianish tartibi kimyoviy tuzilish deyiladi. 2. Moddalarning xossalari uning molekulasining tarkibiga qanday atomlar va qancha miqdorda kirishigagina emas, balki ular bir-biri bilan qaysi tartibda birikkanligiga, ya’ni molekulaning kimyoviy tuzilishiga ham bog‘liq. 3. Molekulani hosil qilgan atomlar yoki atom gruppalari birbiriga ta’sir etadi, molekulaning reaksiyaga kirishish xususiyati ana shu ta’sirga ham bog‘Iiq bo‘Iadi.

Bu qoidalarni tushuntirib chiqamiz. A. M. Butlerovga qadar molekulalarning tuzilishini, ya’ni atomlar orasidagi kimyoviy bog‘- lanish tartibini tushunib bo‘lmaydi, deb hisoblanar edi. Ko‘pchilik olimlar hatto molekulada atomlar real mavjudligini ham inkor qilar edilar. A. M. Butlerov bu fikrning noto‘g‘riligini isbot qildi. U atom va m olekulalarning real mavjudligi, m olekuladagi atomlarning kimyoviy tuzilishini bilish mumkinligi haqidagi to'g'ri materialistik va falsafiy tasawurlarga asoslandi. U moddalarning kimyoviy o‘zgarishlarini o ‘rganish orqali molekulaning tuzilishini tajriba yo‘li bilan aniqlash mumkinligini ko‘rsatib berdi. Aksincha, molekulaning tuzilishini bilgan holda birikmaning kimyoviy xossalarini aytib berish mumkin.


E’tiborigiz uchun rahmat!
Download 195,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish