Elchi - davlatlarning o’zaro diplomatik aloqalarida faoliyat ko’rsatuvchi diplomatik vakolatxonalar boshlig’i. Odatda elchixona boshqa davlat hududida joylashtirilgan davlat muassasasi - idorasi bo’lib, u o’z hokimiyatining rasmiy qaror-farmoyishlari va ko’rsatmalari asosida ish olib boradi. qadimdan elchi ham podshohlar xizmatida bo’lgan. Nizomul-mulk fikricha, elchi so’zlashda jasur, jahon ko’rgan, donishmand, o’tkir xotirali, andishali va chiroyli bo’lsin. Agar elchi yoshi ulug’ va olim bo’lsa yaxshidir, ishonch uyg’otadi. Elchi ulug’vor bo’lsa kamgap, dono elchi yaxshiroqdir. Elchining siyrati va fikri podshohning siyrati va fikridan dalil. (Nizomul-mulk. XI asr. «Siyosatnoma» asari, 103-bet).
2. O’zbekiston tashqi siyosatining asosiy yo’nalish va tamoyillari
O’zbekiston davlatlararo munosabatlarda iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-madaniy, ilmiy-texnik sohalarda ikki va ko’p tomonlama aloqalarni keng yo’lga qo’ygan. Bu borada:
MDH doirasidagi mamlakatlar bilan.
Rivojlangan g’arb va SHarq davlatlari bilan.
Osiyo, Afrika, Lotin Amerika va Karib havzasidagi rivojlanayotgan davlatlar bilan diplomatik aloqalar, yo’nalishlarda o’z faoliyatini olib bormoqda.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 4-bob 17-moddasida O’zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlardagi tashqi siyosatining huquqiy printsiplari ishlab chiqildi va asoslab berildi:
suvereniteti, tengligi;
kuch ishlatmaslik yoki tahdid qilmaslik;
chegaralarning daxlsizligi;
nizolarni tinch yo’l bilan hal etish;
boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik32.
Prezident Islom Karimov «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li» asarida O’zbekistonning tashqi siyosatni amalga oshirishdagi 6 ta printsipini ishlab chiqdi va asosladi. Ana shu tashqi siyosatning amaliy printsiplari quyidagilardan iborat:
Milliy davlat manfaatlari ustun bo’lgan holda o’zaro manfaatlarni har tomonlama hisobga olish.
Umumbashariy qadriyatlar ustunligi, xalqaro maydonda tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, mojarolarni tinch yo’l bilan hal etish. (O’zbekistonni yadrosiz mintaqaga aylantirish, harbiy blok, uyushmalarga kirmaslik. Nizolarni hal etishda kuch ishlatmaslik, tahdid qilishdan voz kechish, xalqaro hujjatlarni tan olish, ularga rioya qilish).
Teng huquqlilik va o’zaro manfaatdorlik, boshqa mamlakatlar ichki ishlarga aralashmaslik. Tenglar orasida teng bo’lish.
Mafkuraviy qarashlardan qat’iy nazar ochiq-oydinlik, barcha davlatlar bilan keng tashqi aloqani o’rnatish.
Ichki milliy qonunlardan xalqaro huquq normalarining ustuvorligini tan olish.
Ham ikki tomonlama ham ko’p tomonlama tashqi aloqalarni o’rnatish, xalqaro hamkorlikni kuchaytirish33.
Yurtboshimiz bu amaliy printsiplarni o’zining «O’zbekiston XXI asr bo’sa-g’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida ham izohlab berdi34.
1995 yil 30 avgustda «O’zbekiston Respublikasining harbiy doktrinasi to’g’risida» Oliy Majlis qarori qabul qilindi.
1996 yil 26 dekabrda «O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy printsiplari to’g’risida»gi qonuni qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |