O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi farg`ona politexnika instituti “ishlab chiqarishda boshqaruv” fakulteti «iqtisodiyot»


Iqtisodiy o`sishning keynscha modellari va R. Solouning neoklassik modeli



Download 75,17 Kb.
bet4/6
Sana01.06.2022
Hajmi75,17 Kb.
#626469
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
61-19 Abbosova Xusnora kurs ishi

2.3 Iqtisodiy o`sishning keynscha modellari va R. Solouning neoklassik modeli.

Iqtisodiy o`sish moldellari yalpi ishlab chikarishning uzok muddatli ko`payishi taklif omillariga tayangan xolda taxlil etish imkonini beradi.


Boshka iktisodiy modellar singari iktisodiy o`sish modellari xam real jarayonlarni abstrakt va soddalashgan ko`rinishda, shartli tarzda grafiklarda va tenglamalarda aks ettiradi.
Iktisodiy o`sishning keynscha va neokllasik modellari mavjud. Keynscha modellarning moxiyati kuyidagicha:
§ ularning barchasi Keynsning yalpi talb to`o`risididagi bosh goyasiga tayanadi. YA`ni ularni tuzishda mualliflar iktisodiyotni uzok muddatli mutanosib rivojlanishining xal kiluvchi sharti yalpi talabni oshirish deb karashgan;
§ iktisodiy o`sishning asosiy omili investitsiyalar xisoblanadi, boshka ishlab chikarish omillari e`tiborga olinmaydi;
Keynscha iktisodiy o`sish modelidan soddarogi 40-yillarda E. Domar tomonidan taklif etilgan model xisoblanadi.
Keyns o`z taxlilida investitsiyalarnig yalpi talabga ta`sirini krgangani o`oldaa, yalpi taklifga ta`sirini ko`rib chikmaydi. Undan farkli tarzda Domar modelida mexnat bozorida ortikcha taklif mavjud, bu baxolarn barkaror xolatida ushlab turadi, nvestitsion lag «0» ga teng, kapital kuyilmalarni ng chegaraviy unumdorligi doimiy deb olinadi.
E.Domar investitsiyalarni xam talab xam taklif omili deb karaydi. YA`ni investitsiyalar nafakat mul’tiplikativ ta`sir ko`rsatib yalpi talabni oshiradi, balki ishlab chikarish kuvvatlarini yuzaga keltirib, ishlab chikarishni rivojlantiradi, tovarldar taklifini oshiradi . SHunday ekan, yalpi talabning o`sishi yalpi taklifning o`sishiga teng bo`lishi uchun investitsiyalar kanday o`sishi kerak degan savol paydo bo`ladi. Bu savolga javob topish uchun Domar uch tenglamani o`z ichiga olgan tenglamalar sistemasini tuzdi:
1) taklif tenglamasi;
2) talab tenglamasi;
3) talab va taklif tengligini ifodalovchi tenglama.
1. Taklif tenglamasida investitsiyalar ishlab chikarish omillarining kanchaga ko`shimcha o`sishini ko`rsatadi . Agar berilgan sharoitda investitsiyalar I o`ssa, yalpi ishlab chikarish DK α mikdorga o`sadi:
DYs= DK α , DK investitsiyalar xisobiga ta`minlanganligi uchun tengikni:
DYs= I α deb yozish mumkin. , bunda,α – kapital kuyilmalar( investitsiyalar)ning chegaraviy unumdorligi. Agar bir yilda yalpi ishlab chikarishni 1 mlrd. so`mga oshirish uchun 4 mlrd so`m investitsiya talab etilsa α =0,25 bo`ladi.
α=DYs / I bir so`mlik investitsiya xisobiga yaratilgan yangi maxsulot mikdorini ko`rsatadi.
2. Talab tenglamasi kuyidagi ko`rinishga ega
DYd= D I ( 1/ μ) , bu erda 1/ μ – xarajatlar mul’tiplikatori,
μ–jamgarishga chegaralangan moyillik.
Bu tenglama milliy daromad DYd, yoki yalpi talab ko`shimcha investitsiyalarning mul’tiplikativ ko`payishiga teng mikdorda o`sishini ko`rsatadi.
Ishlab chikarish to`plangan jami kapital bilan ta`minlanishi, milliy daromad esa ko`shimcha investitsiyalarning multiplikativ ta`siri ostida ko`payishi sababli taklif tenglamasida jami investitsiyalar, talab tenglamasida esa ko`shimcha investitsiyalargina ko`rib chikilaadi.
3. Daromadlar va ishlab chikarish kuvvatlarining ko`shimcha o`sish sur`atlari tengligi tenglamasi:
D I ( 1/ μ) = I α
Bu tenglamani echib suyidagi natijani olamiz:
D I / I = μ α
(D I / I ) – investitsiyalarning yillik o`sish sur`ati bo`lib, ishlab chikarish kuvvatlarini oshirish yordamida to`lik bandlilikni ta`minlab turish uchun
(μ α) mikdorga teng bo`lishi kerak. Bundan xulosa shuki investitsiyalarning mutanosib o`sish sur`atijamgarishga chegaralangan moyillik va investitsiyalarning unumdorligi ( kapital kaytimi) darajalarining xosilasi ekan.
Agar μ = 0,2 α=0,4 bo`lsa D I  / I = 0,2* 0,.4 =0,08 yoki 8 %
Demakinvestitsiyalarning o`sish sur`ati 8% bo`lishi talab etiladi.
E. Domar moddelidan kelib chikadigan umumiy xulosa shuki iktisodiy o`sishni ta`minlash uchun investitsiyalar xajmini oshirish, bu uchun esa jamgarish normasi xamda fan texnika tarakkiyoti orkali kapitalning samaradorligini oshirish zarur..
Agar E. Domar o`z modelida investitsiyalarni ekzogen tarzda berilgan mikdor ded olgan bo`lsa R.F. Xarrodning 1939-yilda ishlab chikilgan iktisodiy o`sish modeliga akselerator printsipi va tadbirkorlarning kutishiga asoslangan endogen funktsiyasi xam kiritildi. Akselerator printsipiga ko`ra nafakat investitsiyalar ishlab chikarishning o`sishini keltirib chikaradi, balki ishlab chikarish va daromadlarningning o`sgan xajmi xam investitsiya jarayonlarining jadallashishiga olib keladi.
R.Xarrod o`z modeliga uch tenglamani kiritadi:
1)kafolatlangano`sish surti tenglamasi;
2) xakikiy o`sish sur`ati tenglamasi;
3)tabiiy o`sish sur`ati tenglamasi.
R Xarrod modelida xakikiy o`sish sur`ati ishchi kuchining o`sish sur`ati va kapital unumdorligining o`sish sur`ati bilan belgilanadi.
G c = s , bu erda
G - YAIMning xakikiy ko`shimcha o`sish sur`ati; Δ Y/ Y;
c-  ishlab chikarishning kapital talabchanligi koeffitsenti, I / Δ Y ;
s– Milliy daromaddagi jamgarish xajmi yoki jamgarishga o`rtacha moyillik, S / Y;
Tadbirkorlar dinamik muvozanat ta`minlangan o`sish sur`ati bo`lgan kafolatlangan (prognoz kilingan) o`sish sur`atiga asoslanib o`z investitsiya rejalarini tuzadilar. Kafolatlangan o`sish sur`ati jamgarishga o`rtacha moyillik darajasini akseleratorga nisbati sifatida aniklanadi:
Gw = s / cr , bu erda:
Gw – kafolatlangan o`sish sur`ati
cr – talab etiladigan kapitaltalabchanlik koeffitsenti ( ktgan yillardagi shakllangan darajasi);
Bu ko`rsatkichlar doimiy bo`lganligi sababli kafolatlangan o`sish sur`atlari xam doimiy bo`ladi.
Agar xakikiy o`sish sur`ati kafolatlangan o`sish sur`atiga mos kelsa iktisodiyotda barkaror uzluksiz o`sish ta`minlanadi. Amaliyotda bunga doimo erishib bo`lmasligi tufayli kiska muddatli davriy tebranishlar ro`y beradi.
Xarrod modelida resurslardan to`lik foydalangan sharoitda ta`minlanishi mumkin bo`lgan maksimal o`sish sur`ati tabiiy o`sish sur`ati deb nomlandi.
Gn cr = yoki ≠ s 
Iktisodiyotning barkaror dinamik muvozanati to`lik bandlilik sharoitida kafolatlangan va tabiiy o`sish sur`atlari o`zaro teng bo`lganda ta`minlanadi.Ammo bunday tenglikka davlatning faol aralashuvi orkaligina erishiladi.
14.4. R.Solouning neoklassik iktisodiy o`sish modeli.
Neoklassiklar keynschilardan farkli o`larok iktisodiy o`sish modellarini tuzishganda iktisodiy o`sish ishlab chikarishning barcha omillari, shu jumladan texnik tarakkiyot tomonidan ta`minlanadi, kapital va mexnat subsititutlar, ular bir-birini alishtirishi mumkin, bozor mexanizmi va barkaror pul tizimi muvozanatni avtomatik tiklashi mumkin degan nazariy asoslarga tayanadilar. Neoklassik modellar barcha iktisodiy jarayonlarning anik xolatini kamrash xususiyatiga egadir.
Birinchi neoklassik model R. Solou tomonidan 1956 yilda”Iktisodiy o`sish nazariyasiga xissa” asarida tasvirlab berildi va so`ngra 1957 yilda “Texnik tarakkiyot va agregativ ishlab chikarish funktsiyasi” nomli asarida rivojlantirildi.
R.Solou modeli mutanosib iktisodiy o`sishning zarur sharti yalpi talab va yalpi taklifning tengligi xisoblanadi. Modelda yalpi taklif Kobba-Duglasning ishlab chikarish funktsiya bilan ifodalangan, ya`ni
Y= f( L,K,N), modelda yukori texnik rivojlanish boskichida erning kichik axamiyatga egaligi tufayli ishlab chikarish fakat mexnat resurslari va kapitalga boglik deb olingan.
Y= f( L,K), funktsiyaning kengaytirilgan ko`rinishi kuyidagicha:
Y= (ΔY/ Δ L) L + (ΔY/ ΔK)K
Modelda yalpi talab investitsion va iste`mol xarajatlari bilan belgilanadi deb olinadi. 
Y = C + I
Davlat xarajatlari va sof eksport ko`rsatkichlari xam iste`mol va investitsiyalar tarkibiga kiritib yuboriladi.
R.Solou bitta ishchiga to`gri keladigan maxsulot ishlabchikarish xajmi kapital bilan kurollanish darajasining funktsiyasi deb karaydi.
Kapital bilan kurollanganlik darajasining o`sishi esa jamgarish normasiga boglik. Jamgarish normasining o`sishi, kapital bilan kurollanganlik darajasining oshishiga va ishlab chikarishning yuksalishiga olib keladi.
Ammo kapital jamgarish normasi yukori bo`lmasa kapitalning sikib ketishi, axoli sonining o`sishi tufayli kapital bilan kurollanganlik darajasi o`zgarmasdan kolishi yoki pasayib ketishi mumkin.
R.Soluning fikriga ko`ra , barkaror muvozanat sharoitida kapital, mexnat va milliy daromad darajasi bir xil, axoli soni o`sishiga teng sur`atda o`sib boradi. Axoli sonining tez o`sishi iktisodiyotning o`sish sur`atlari jadallashishiga ta`sir etadi, ammo barkaror muvozanat xolatida axoli jon boshiga maxsulot ishlab chikarish kamayadi. O`z navbatida, jamgarish normasining oshirilishi axoli jon boshiga to`gri keladigan daromad mikdorini oshiradi va kapital bilan kurollanganlik koeffitsentini ko`tarilishiga olib keladi, lekin barkaror xolatdagi o`sish sur`atiga ta`sir ko`rsatmaydi. SHu sababli barkaror xolatdagi iktisodiy o`sishning yagona sharti texnik tarakkiyotning o`sish sur`ati xisoblanadi.
Model asosida jamgarishning ”oltin koidasi” yotadi. e Felpsning “oltin koidasi” moxiyati shundaki jamgarishning shunday optimal normasi mavjudki u iste`molning maksimal darajasida muvozanatli iktisodiy o`sishni ta`minlaydi.
R.Solou modeli iktisodiy o`sishning uch manbai- investitsiyalar, ishchi kuchi soni va texnik tarakkiyotning o`zaro alokadorliklarini ochib berish imkonini beradi. Davlat iktisodiy o`sishga jamgarish normasi xamda texnik tarakkiyotning tezligiga ta`sir etish bilan jadallashtirishi mumkin.
Xozirgi zamon iktisodiyotini taxlil kilishda yangi paydo bo`lgan iktisodiy o`sish modellaridan kam foydalanilmokda. Jumladan, J. Mid va A. L’yuis modellari iktisodiy o`sish masalasini o`ziga xos tarzda tushuntiradilar. Bu modellarning amaliy axamiyati ayrim mamlakatning rivojlanish darajasi va iktisodiyotining tuzilishidan kelib chikadi.

Xulosa
Milliy iqtisodiyot xususiyatlarini inobatga olgan holda, pul-kredit siyosati rejimlarining o‘ziga xos jihatlari va ta’sirchanligi tahlili o‘rta muddatli istiqbolda Markaziy bankning ustuvor maqsadi sifatida narxlar barqarorligiga erishish vazifasiga inflyatsion targetlash rejimi juda mos kelishini ko‘rsatmoqda. Shundan kelib chiqqan holda, pul-kredit siyosatini amalga oshirishning tamoyil va usullarining inflyatsion targetlashga bosqichma-bosqich yo‘naltirish uchun zaruriy huquqiy asoslar va tayanch iqtisodiy sharoitlar yaratildi.Xususan, valyuta siyosatining liberallashtirilishi va bozor sharoitlarida almashuv kursining shakllanishini ta’minlash bo‘yicha choralar, Markaziy bankning ustuvor maqsadlari va amaliy mustaqilligini aniq belgilanishi, pul-kredit siyosatini amalga oshirishning faol bosqichiga o‘tilishi, inflyatsiyani hisoblash va baholash usullarini takomillashtirilishi, shuningdek shaffoflikning oshirilishi va kommunikatsion siyosatning kuchaytirilishi kabi amaliy choralar inflyatsion targetlashga o‘tish uchun asosiy sharoitlarni yaratadi.Shu bilan birga, mavjud xatarlar va to‘siqlar inflyatsion targetlash rejimini joriy etish vazifasining bajarilishini qiyinlashtiradi.O‘z navbatida, Markaziy bank asosiy e’tiborni prognozlash va tahliliy bazani mustahkamlashga, pul-kredit siyosati instrumentlarini takomillashtirish va ularning ta’sir kanallarini kuchaytirishga, komunikatsion siyosatni rivojlantirish va aholining ishonchini oshirish kabi vazifalarga qaratadi.Markaziy bank ushbu rejimga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda tegishli vazirlik va idoralar bilan sa’y-harakatlarni birlashtiradi va hamkorlikda faoliyat yuritadi.Umuman olganda, inflyatsion targetlashga o‘tish pul-kredit siyosati sohasining barcha jihatlarini tubdan qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirishni talab etadi. Bu esa, o‘z navbatida, uzoq muddatli istiqbolda barqaror iqtisodiy o‘sishning asosi bo‘lgan makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda sifat jihatdan yangi bosqichga o‘tilishini anglatadi.Ushbu Konsepsiya O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan.O'zbekiston Respublikasida pul-kredit siyosatining moliya bozoriga ta'sirini taxlil etish jarayonida quyidagi ilmiy xulosalar olindi:
1. Monetar siyosatning quyidagi vositalari orqali naqd pul emissiya qilish; tijorat banklarining markaziy bankda saqlanadigan majburiy zaxiralari miqdorini kamaytirish; markaziy bank tomonidan qayta moliyalashtirish stavkasini tushirish;
ochiq bozorda davlat g'azna majburiyatlari miqdorini o'zgartirish orqali pul massasi oshirilib boriladi;
2. Investitsiya siyosati orqali milliy va xorijiy investorlarga qulay shartsharoitlar yaratish hisobiga iqtisodiyotga ko'shimcha mablag'lar jalb etilib pul massasi miqdori oshiriladi, moliya bozoridagi operatsiyalar hajmi ortadi;
3. Faol tashqi iqtisodiy siyosat orqali eksportning importdan ortiq bo'lishi ta'minlangan holda, oltin-valyuta zaxiralari ortishi asosida Markaziy bankning valyuta bozoriga ta'sir etish qobiliyati kuchayib boradi.
4. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida markaziy banklarning pulkredit siyosatida yuz bergan quyidagi muhim o'zgarishlar aniqlandi:
– markaziy banklar tomonidan tijorat banklariga beriladigan markazlashgan kreditlarning muddati uzaytirildi va hajmi oshirildi;
– markaziy banklarning qayta moliyalash stavkasi pasaytirib borildi;
– markaziy banklar ochiq bozor operatsiyalarining ob'ektlari va lombard kreditlari garov ta'minotining soni oshirildi;
– qator o'tish iqtisodiyoti mamlakatlarida markaziy banklar tomonidan bank tizimini shakllantiruvchi etakchi tijorat banklariga subordinar kreditlar berish amaliyoti joriy qilindi.
5. Milliy valyuta devalvatsiya jarayonining davom etishi milliy valyutada emissiya qilingan qimmatli qog'ozlarga jalb etilgan xorijiy invsstitsiyalar real qiymatining pasayishiga olib keladi va qimmatli qog'ozlar bozori rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
6. Qimmatli qogozlar bozorining rivojlanishi mamlakatdagi pul massasining ortib borishi bilan to'g'ri mutanosiblikda bo'ladi.

Download 75,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish