Kurs ishining dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasida pul – kredit siyosatini rivojlanishini tahlil qilish orqali makroiqtisodiy barqarorlik va rivojlanishni ta’minlash va kelgusidagi makroiqtisodiy rivojlanishning samaradorligini oshirish yo’llarini tahlil qilishdan iborat.
Kurs ishining maqsadi. Pul – kredit siyosatini tahlil qilishdan iborat. Shundan kelib chiqib kurs ishi davomida hal qilinishi lozim bo`lgan quyidagi vazifalar belgilandi:
Pul – kredit siyosati haqida tushuncha
O’zbekistonda pul-kredit siyosati va moliyaviy tartibga solish choralari
G’arbiy Yevropa davlatlarida pul-kredit siyosati va moliyaviy tartibga solish choralari
Kurs ishining manbalari.Kurs ishini yozishda Respublikamiz qonunlari, Prezident qaror va farmonlari, chop etilgan ilmiy kitoblar, davriy matbuotda chop etilgan maqolalarga tayanildi.
2.1 IQTISODIY O’SISH NAZARIYASI
2.2 IQTISODIY O’SISH OMILLARI VA TIPLARI Real ishlab chikarish xajmlarining uzok muddatli o`sishi sur`atlarini, ko`lamlarini, samaradorligi va sifati oshishini belgilovchi xodisa va jarayonlar iktisodiy o`sish omillari deyiladi.
Iktisodiy o`sish omillari ikki guruxga ajratiladi.
Birinchi gurux omillari ixtisodiy o`sishni fizik (ashyoviy) jixatdan ta`minlaydi. Bu guruxga ishlab chikarish omillari kiritiladi:
· tabiiy resurslar soni va sifati;
· mexnat resurslari soni va sifati;
· asosiy kapital xajmi;
· texnologiyalar va ishlab chikarishni tashkil etish;
· jamiyatda tadbirkorlik malakalarining rivojlanishi darajasi..
Ikkinchi guruxga omillari jamiyatdagi iktisodiy o`sish potentsialini yuzaga chikarish imkonini beruvchi omillar – talab va taksimot omillari bilvosita omillar) kiritiladi:
· bozorning monopollashuvi darajasini pasayishi;
· iktisodiyotdagi solik muxiti;
· kredit-bank tizimi samaradorligi;
· iste`mol, investitsiya va davlat xarajatlarining o`sishi;
· eksport xajmining o`sishi;
· iktisodiyotda ishlab chikarish resurslarini kayta taksimlash imkoniyatlari;
· daromadlarni taksimlashning shakllangan tizimi.
Agar o`sish ko`shimcha resurslarni jalb etish xisobiga ta`minlansa va jamiyatdagi resurslardan foydalanishning shakllangan o`rtacha samaradorligi darajasini oshirmasa ekstensiv iktisodiy deb ataladi.
ekstensiv iktisodiy o`sish yangii korxonalar, yo`llar, elektrostantsiyalar kurish , yangi erlarni o`zlashtirish, mexnat va tabiiy resurslarni ko`shimcha jalb etish kabilar xisobiga ta`minlanadi. Ammo bu resurslarning cheklanganligi rivojlanishning ma`lum bir boskichida ekstensiv iktisodiy o`sish imkoniyatlarini kamaytiradi va uni ziddiyatli kilib ko`yadi.
YAIMning o`sishi iktisodiyotda band bo`lganlar sonidan yukori sur`atga ega bo`lsa intensiv ixtisodiy o`sish ro`y beradi.
“Iktisodiy o`sishning intensiv tipi ishlab chikarish samaradorligining oshishiga boglik. U foydalanilayotgan resurs birligiga to`gri keladigan maxsulot ishlab chikarishni ko`paytirishni, ishlab chikarishning texnik xususiyatlarini yaxshilashni ko`zda tutadi. Bunday jaryonlar namoyon bo`ladi:
· fan va texnika yutuklaridan foydalanish va ishlab chikarishni yangilashda;
· xodimlar malakasini oshirishda;
· ishlab chikarilayotgan maxsulot sifatini oshirish, assortimentini yangilashda”* Iktisodiy o`sishning bu ikki tipi sof xolda ro`y bermaydi. Iktisodiy o`sish uni ta`minlashdagi intensiv yoki intensiv omillarning ulushi darajasiga karab ko`prok ekstensiv, yoki ko`prok intensiv bo`lishi mumkin.