АMАLIY MАSHGʼULOT №19
(2-soat)
MАVZU: KONSISTENT MOYLАR YORDАMIDА METАLLАRNI KORROZIYADАN HIMOYALАSHNI OʼRGАNISH
Vaqtinchalik himoya-bu metall buyumlarni korroziyadan himoya qilishning bir turi boʼlib, bu buyumni tayyorlovchi korxonadan istemolchigacha yetib borish davriga himoyalanadi.Vaqtinchalik himoya uchun foydalanishdan oldin yengil tozalanadigan vositalaridan foydalaniladi.
Taʼsirni davomiyligi boʼyicha vaqtinchalik himoya qisqa muddatli (3-6 oy), oʼrtacha davomiylikdagi (6-12 oy), davomiy (1-2 yil), aloxida davomiy ( 2 yildan koʼp). Vaqtinchalik himoya buyumni ishlab chiqarish jarayonida (operatsiyalar aro himoya) yoki ishlab chiqarish jarayonini tugashi bilan. Konservatsiya deb buyumni yuzasiga vaqtinchali himoya vositasi qoplanishiga aytiladi. Odatda buning uchun moy, surkama, lak, plyonka va korroziyaning uchuvchi ingibitorlari va ularning turli brikmalaridan foydalaniladi. Yuqoridagi himoya vositalari metalni yuzasida plyonka hosil qilib, uni atmosferaning agressiv komponentlaridan himoya qiladi. Konservatsiya vaqtida konservatsiya qilinadigan maxsulot xarakteri hisobga olinadi (misol: chilangarlik asbobi va optik priborni konservatsiya qilishda turlicha yondoshish kerak), turli jinsli materiallar qoʼshilishi (metallar va metallmaslar), buyumni yuzasida qoplama yoki maxsus qatlam ( oksidli, fosfatli, qoplamalar, termik mustaxkamlangan yuzalar) mavjudligi.
Metall buyumlarni konstruktiv texnologik belgilari boʼyicha klassifikatsiyasi mavjud boʼlib, ular yordamida qulay boʼlgan, kerakli muddatga himoya qila oladigan konservatsiya turini tanlash mumkin.Barcha metallar 7 guruxga boʼlingan. Saqlash va transportirovka qilish sharoiti bilan birga buyumning konstruktiv xususiyatlari va tashqi oʼlchamlari muxim rol oʼynaydi. Konservatsiya vaqtida konservatsiya qilinadigan maxsulot xarakteri xisobga olinadi (misol: chilangarlik asbobi va optik priborni konservatsiya qilishda turlicha yondoshish kerak), turli jinsli materiallar qoʼshilishi (metallar va metallmaslar), buyumni yuzasida qoplama yoki maxsus qatlam ( oksidli, fosfatli, qoplamalar, termik mustaxkamlangan yuzalar) mavjudligi.
Metall buyumlarni konstruktiv texnologik belgilari boʼyicha klassifikatsiyasi mavjud boʼlib, ular yordamida qulay boʼlgan, kerakli muddatga himoya qilaoladigan konservatsiya turini tanlash mumkin.Barcha metallar 7 guruxga boʼlingan.
1- Detallar instrumentlar va shu kabilar, ularda elektr kontakt boʼlmaydi va xarakatlanuvchi qismlarga aniq ishlov berilgan boʼladi.
2- mashinalar, stanoklar, dvigatellar, elektrotexnika buyumlari: ular xarakatlanuvchi qismlar, mexanizmlar, boʼshliqlar, nometall materiallar bilan elektr kontaktlari borligi bilan xarakterlanadi.
3- priborlar, radioelektron apparatlar, elektrotexnika buyumlari: bular turli jinsdagi nometall materiallar, yarim oʼtkazgichlar, optik qurilmalar borligi bilan xarakterlanadi.
4-Yuqori aniqlikdagi buyumlar (dumalanish podshipniklari, pretsezion juftlar), ular aniq ishlangan xarakatlanuvchi yuzaga ega.
5-rezervuarlar, idishlar, sisternalar, konteynerlar: ularda konservatsiya qilinadigan boʼshliq bor.
6- metallurgiya sanoati buyumlari: varaqali va shaklli poʼlat, simlar va x.z.
7- metallkonstruktsiyalar (fermalar, elektr liniya tayanchlari, kema korpuslari) katta tashqi oʼlchamlari va murakkab shakli bilan xarakterlanadi.
Konservatsiya vositalari va usullari. Konservatsiya vositalari 4 guruhga boʼlinadi:
1-moylar va surkamalar;
2-qurutuvchilar;
3-inert atmosfera;
4-korroziya ingibitorlari.
Bundan tashqari baryer materiallari ham mavjud boʼlib ularning vazifasi buyumga agressiv suyuq moddalarni va gazsimon moddalarni kiritmaslik yoki uning atrofida himoya atmosferasini ( ingibitor bugʼlari, moy va surkama) hosil qilishdir.
Moy va surkamalar buyumlarni qisqa muddatli saqlash uchun qoʼllaniladi. Yengil sharoitda baryer oʼramasisiz saqlashda moy va surkamalar 3-5 yilga chidaydi va koʼpchilik hollarda bu 1.5- 2 yildan ortmaydi.
Surkamalar suyuq asos (neft moylari) qoʼyiltiruvchi faza (sovun, uglevodorodlar, bentonit, slikogel) va turli qoʼshimchalardan iborat (grafit, slyuda, talk).
Metall buyumlarni transportirovka qilishda va saqlashda maxsus konservatsiyalovchi surkamalardan foydalaniladi, ularni ekspluatatsiya qilishdan oldin esa bu surkamalardan tozalanib antifriktsion surkamalar qoplanadi.
Ishchi konservatsion surkamalar mavjud boʼlib, ularni yuqoridagidek almashtirish shart emas.Bunday surkamalar bilan himoyalangan buyumlarni transportirovka qilishdan keyin, tozalamasdan foydalanish mumkin.
Surkamalarni asosiy ishlatiladigan obʼektlari ochiq va nogermetik ishqalanuvchi qismlar, qiyin yetib boradigan ishqalanuvchi qismlar, moylovchi materialni tez-tez almashtirib boʼlmaydigan joylarda qoʼllaniladi. Surkamalarni quyidagi xollarda qoʼllash kerak:
-oʼzgaruvchan tezlik rejimida ishlaydigan mashinalarda;
-ishqalanuvchi yoki himoya qilinadigan yuzaga suv tegishi yoki agressiv muhit taʼsiri extimoli boʼlsa;
-toʼsatdan oʼzgaruvchi harorat rejimida;
-siljuvchi zichlamalar, tiqinlar va rezbali brikmalarni germetiklashda;
-mashinalarni, jixozlarni, priborlarni va metall buyumlarni uzoq muddatli konservatsiya qilishda.
Buyumlarni konservatsiyalashda buyum konstruktsiyasini soddalashtirish, massasini va surkama surkovchi joylarni kamaytirish kerak. Faqat konservatsiya uchun 14 xil surkama germetizatsiya uchun esa 2 xil surkama ishlatiladi, qolganlari esa antifriksilon surkama sifatida ishlatiladi.
Moylarga qaraganda surkamalarning quyidagi afzalliklari mavjud:
- germetiklanmagan ishqalanish uzellarida tushib ketmasdan ushlab qolish xususiyati.
- Bir vaqtda taʼsir qiluvchi yuqori harorat, bosim, zarbli yuklanishda va oʼzgaruvchan tezlik rejimida yuqori samaraga ega.
-korroziyaga nisbatan yuqori himoya xususiyati, yuqori darajadagi suvga chidamlilik.
-ishqalanish uzellarining yaxshi germetizatsiyalash xususiyati va ularni ifloslanishidan saqlaydi.
-qovushqoqlikni sezilarli darajada haroratga bogʼliq emasligi, surkamalarni haroratning keng diapazonida ishlatishga imkon beradi.
- yaxshi surkalish xususiyati;
-ishga yaroqlilik resursini kattaligi va sarfning kamligi
Surkamalarning kamchiligi sovitish xususiyatining kamligi, oksidlanishga moyilligi, markazlashgan tizimlardan foydalanish murakkabligi.
Konservatsion, keyinroq konservatsion ishchi va ishchi konservatsion moylar dvigatellarni mashina va mexanizmlarni konservatsiyalash jarayonidan plastik surkamalarni siqib chiqardi. Bu moylovchi materiallarni metall buyumlarni ichki himoyasida zich surkamalar va ishchi moylar oʼrniga ishlatishda quyidagi afzalliklar mavjud:
-mashina va mexanizmlarni korrozion mexanik yeyilishini kamayishi;
-ularni xizmat muddatini va ishonchliligini ortirish.
-konservatsiyaning nisbiy qiymati va konservatsiyadan yechish xarajatlarning kamayishi (3-5 marta moylarga nisbatan va 6-10 marta zich moylarga nisbatan).
Konservatsion moylarni qoʼllashning ikki koʼlami mavjud.
- metalga ishlov beruvchi, mashinasozlik va boshqa korxonalarda detal va uzellarni operatsiyalar aro himoyalashda, buyumni konservatsiyalashda , yigʼishda saqlash va transportirovka qilishda.
- texnikani saqlashda , doimiy va davriy foydalanishda
Konservatsion ishchi va ishchi konservatsion moylarni konservatsion moylardan farqi shundaki, saqlash muddati tugagandan soʼng texnikadan moylarni tozalamay foydalanish mumkin. Konservatsion moylarda texnikadan qisqa muddatli foydalanish ham mumkin emas.
Moy va surkamalarni umumiy afzalligi ularning arzonligidir. Ularni buyum yuzasiga surkash, sachratish va botirib olish bilan qoplanadi. Konservatsiyalashdan oldin moy qizdiriladi.Moylarni 150S dan past haroratda surkashga ruxsat berilmaydi.
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar.
1. Surkamalarni qoʼllash xollarini oʼrganing va tushuntiring.
2. Konservatsiyalash boʼyicha metall guruxlarini oʼrganing va tushuntiring.
3. Moylar va surkamalarning afzalliklari va kamchiliklarini oʼrganing va tushuntiring.
Nazorat savollari.
1. Vaqtinchalik ximoya xaqida nima bilasiz?
2. Metall buyumlarni konstruktiv texnologik belgilari boʼyicha klassifikatsiyasini aytib bering.
3. Surkamalarning afzalligi va kamchiliklarini aytib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |