O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti



Download 162,77 Kb.
bet9/14
Sana26.02.2022
Hajmi162,77 Kb.
#471831
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Xolmatovaa Rayhon

  Mahsulot sifati ko’rsatkichlari. Mahsulot xususiyatlari sifati  ko’rsatkichlarida namoyon bo’ladi. Ushdu ko’rsatkichlar yangi mahsulotlarni  rejalashtirish, ularni ishlab chiqarish jarayoniga ta`sir etishining samarali  usullarini aniqlash uchun zarurdir.  
Sifat darajasi ko’rsatkichlari, ularni aniqlash usullari va aniqligi  mahsulot turi va uni baholash maqsadidan kelib chiqib tanlanadi. Lekin  ularni ma`lum bir belgilariga ko’ra guruhlash mumkin: texnik- ekspluatasion, texnologik, estetik, ishonchlilik, chidamlilik, ekologik,  xavsizlik.  Texnik ekspluatasion ko’rsatkichlar ushbu mahsulotni ishlatish  natijasida olinadigan foydali natija bilan xarakterlanadi. Masalan, bug’doy  
tarkibida oqsil moddalarning salmog’i, mashina va jihozlar – quvvat,  unumdorlik, yuk ko’tarish qobiliyati, aniqlilik ko’rsatkichlari bilan  baholanadi.  Texnologik ko’rsatkichlar mahsulot ishlab chiqarishda yuqori  unumdorlikka erishishda konstruktorlik-texnologik yechimlar  samaradorligini xarakterlaydi. Texnologik ko’rsatkichlar bo’lib mehnat  sig’imi, material sig’imi, energiya sig’imi kabi ko’rsatkichlar hisoblanadi.  Estetik ko’rsatkichlar iste`molchilarning mahsulot tashqi ko’rinishiga  qo’yadigan talabini, foydalanishda qulayligi, mahsulot shakli, ranglarining  foydalanish sharoitiga mosligi kabi xususiyatlar bilan ifodalanadi.  
Ishonchlilik xususiyati mahsulotning boshlang’ich xususiyatlarini  saqlagan holda uzoq muddat davomida ishlash qobiliyati bilan  xarakterlanadi.  Chidamlilik ko’rsatkichlari mahsulotni talab darajasida, maqsadiga  ko’rsa ishlaydigan vaqt bilan o’lchanadi.  
Ekologik ko’rsatkichlar – mahsulotni ekspluatasiya qilish va iste`mol  qilish jarayonida paydo bo’ladigan atrof muhitga zararli ta`sir darajasini  
ifodalaydi.  Xavfsizlik ko’rsatkichi – mahsulotning iste`molchi va xizmat  
ko’rsatuvchi xodimlar xavfsizligini ifodalaydigan xususiyatlarni xarakterlaydi.  
Korxonalarda texnik nazoratni tashkil etish. Korxonalarda ishlab  chiqarilgan mahsulotlar sifatining talabga javob berishini ta`minlash uchun  texnik nazorat xizmati tashkil etadi.  
Texnik nazorat - ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarida  amalga oshiriladigan nazorat operasiyalari majmuidir.  Texnik nazorat ob`yekti bo’lib korxonaga chetdan keltiriladigan  materiallar, ehtiyot qismlar, agregat va mexanizmlar, stanoklar mashinalar,  instrumentlar va boshqa mehnat vositalari, mahsulot ishlab chiqarish  texnologik jarayonlari, ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar hisoblanadi.  Nazorat amalga oshiriladigan texnik vositalar, texnik nazorat usullari  va shakllari mahsulot xarakteri, texnika va texnologiya hamda ishlab  chiqarishni tashkil etish xususiyatlariga mos kelishi zarur. Nazoratni tashkil etishda har bir texnik nazorat xodimiga  majburiyatlarni aniq taqsimlash, yuqori sifat uchun moddiy va ma’naviy  rag’batlantirishning samarali usullarini qo’llashni talab etadi.  Texnik nazorat profilaktik xarakterga ega bo’lishi, ya`ni talabdan  
chetga chiqishni bartaraf etish emas, balki ularni paydo bo’lishini  ogohlantirish lozim. Amalga oshirish usuliga ko’ra texnik nazoratning vizual  (tashqi kuzatish), geometrik (o’lcham va shakllarni tekshirish), kimyoviy,  mexanik, metallografik (tarkibi chidamliligi tuzilmasini tekshirish) turlari  ajratiladi.  Nazoratda qo’llaniladigan texnik vositalarga ko’ra texnik nazorat qo’l,  mexanizasiyalashtirilgan, avtomatlashtirilgan nazoratga bo’linadi. Nazorat  qilinadigan ob`yektlarni qamranish darajasiga ko’ra umumiy va tanlama  nazorat bo’lishi mumkin.  Tugallangandan so’ng texnik nazorat amalga oshiriladigan operasiyalar  xarakteriga ko’ra dastlabki (material, yarimfabrikatlar, agregatlarni ishlov  berishgacha nazorat qilish), oraliq (texnologik jarayonning turlibosqichlarida)  va yakuniy (texnologik jarayonning yakunlovchi operasiyalaridan so’ng)  nazoratlarni ajratish mumkin.  Nazorat operasiyalarni ijrochilari bo’yicha maxsus nazorat xodimlari  
tomonidan amalga oshiriladigan hamda ishlab chiqarish ishchilari tomonidan  amalga oshiriladigan nazoratga bo’linadi (3.11-jadval).  Bundan tashqari texnik nazorat operasiya bo’yicha va guruh bo’yicha  (operasiya guruhlaridan so’ng); doimiy va davriy; stasionar va  harakatlanuvchan bo’lishi mumkin. Masalan, tikuvchilik korxonalarida  yakuniy umumiy nazorat, ta`mirlash korxonalarida dastlabki nazorat  
(nosozlikni aniqlash) keng qo’llaniladi. Nazorat operasiyalarini bajarishda  korxonaning barcha ishchi xodimlari bevosita ishtirok etishi lozim. 

Download 162,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish