Xususiy tadbirkorlik alohida shaxs yoki korxona tomonidan xususiy tashabbus asosida tashkil qilinadi.Tadbirkorlikning bu shaklida mulk va ishlab chiqarish natijalari xususiy shaxslarga tegishli bo'lib, ishlab chiqarishni tashkil qilish yollanma mehnatga asoslanadi.
Shaxsiy tadbirkorlik shaxsiy mulkka asoslanadi, ishlab chiqarishni tashkil qilish o'zi yoki oila a'zolari mehnati asosida amalga oshiriladi. Shaxsiy korxona egasi uning menedjeri ham hisoblanib, korxonaning barcha majburiyatlari uchun shaxsiy javobgar bo'ladi. Xo'jalik xuquqi nuqtai-nazaridan shaxsiy tadbirkorlik huquqiy shaxs hisoblanmaydi, shu sababli uning egasi cheklanmagan mas'uliyatga ega bo'lib, faqat fuqarolardan olinadigan daromad solig'ini to'laydi. Bu odatda kichik magazin, xizmat ko'rsatish sohasidagi korxonalar dehqon xo'jaliklari, hamda xuquqshunos va hakamlarning malakaviy doirasida tashkil qilingan tadbirkorlikdir.
O'zbekistonda kichik va xususiy tadbirkorlikni qo'llab quvvatlashning mintaqaviy dasturlarini amalga oshirish natijasida faqat 1998 yilning o'zida 15 mingga yaqin kichik xususiy korxonalar, jumladan, 2,7 ming dehqon va fermer xo'jaliklari yuzaga keltirildi.
Sindikat — bir tarmoq tadbirkorlari tomonidan ortiqcha raqobatni bartaraf qilish, barqaror foyda olish maqsadida mahsulot sotishning birlashtirilishi;
Konsorsium - tadbirkorlarning yirik moliyaviy operatsiyalarni birgaliqda amalga oshirish maqsadida birlashuvi (Masalan, yirik miqyosli loyihalarga juda katga miqdorda va uzoq muddatli kredit berish yoki investitsiyalar qo'yish).
Konsern — qatnashish tizimi orqali korxonalarni nazorat qiluvchi ko'p tarmoqli hissadorlik jamiyati.
Tadbirkorlikning sanab o'tilgan tashkiliy-iqtisodiy shakllari, bozorni nazorat qilish uchun monogolistik birlashmalar hisoblanadi. Shu sababli, davlat raqobatchilik muhitini ta'minlash uchun monopoliyalarga qarshi qonunlar qabul qildi.
Ancha katga va yirik ishlarni bajarishlari uchun kishilar o'zlarining mehnatini (mehnatning oddiy kooperatsiyasi), mehnat qurollari va boshqa ishlab chiqarish vositalari hamda pul resurslarini (kapitallar) birlashtirishlari lozim bo'ladi. Jamoa kuchini shu asosda birlashtirish natijasida turli xil ittifoqlar (uyushmalar) vujudga keladiki, ular ilmiy adabiyotlarda, qonuniy bitimlarda «jamiyat» deb atala boshlandi.
Jamiyat umumiy tushuncha; ularning shakli iqtisodiy mazmuni, faoliyatining maqsadi va xuquqiy majburiyatlari har xil bo'lishi mumkin.
Hozirgi kunda korxonalarni hissadorlik shaklda tashkil qilish jahon xo'jaligi va hammadan avvalo yirik ishlab chiqarishning ajralmas qismi hisoblanadi. AQSH, Yaponiya va G'rbiy Yevropadagi barcha yetakchi mamlakatlarda hissadorlik jamiyatlari sanoat, savdo, sug'urta ishi va iqtisodiyotning boshqa sohalarida korxonalarning yetakchi tashkiliy-huquqiy shakli bo'lib qoldi.
Aksiya chiqarish va uni erkin joylashtirish hissadorlik munosabatlarning muxim tomonlaridan birini tashkil qiladi.
Aksiya — bu uning egasi hissadorlik jamiyati kapitaliga o'zining ma'lum hissasini qo'shganligiga va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatli qog'ozdir. Bundan tashqari, aksiya korxonani boshqarishda qatnashish huquqini ham beradi.
Aksiya kursi. Aksiyalar maxsus tovar sifatida sotiladi va sotib olinadi, shu sababli bahoga ega.
Aksiyada ifodalangan pul summasi uning nominal qiymati deyiladi, aksiya bozorida sotiladigan baho aksiya kursi deyiladi.
Aksiya kursi u bo'yicha olinadigan dividendga to'g'ridan -to'g'ri bog'liqlikda joylashadi. Aksiya keltiradigan daromad qancha yuqori bo'lsa, xaridor uning uchun shuncha yuqori baho tulaydi. Shu bilan birga aksiya kursi foiz miqdoriga teskari boshiqlikda bo'ladi. Xaridor bu aksiya bo'yicha olinadigan daromadi bankka qo'yilgan puldan keladigai foizdan kam bo'lmasa, uni sotib oladi.
Aksiya kursi quyidagicha aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |