O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Download 306,28 Kb.
bet2/11
Sana26.02.2022
Hajmi306,28 Kb.
#471830
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Саидхожаев

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
4.Kurs ishni bajarish grafigi




Ishning nomi

Ishni bajarish muddati

Bajarganligi tog’risidagi belgi

Boshlanishi

Tugashi

1

Al- Farg’oniy nomli va FarPI axborot resurs markazlarida (ARM) mavzu bo’yicha adabiyotlar yig’ish.










2

Ishning rejasini tuzish










3

Birinchi rejani tayyorlash va yozish.










4

Ikkinchi rejani tayyorlash va yozish.










5

Uchinchi rejani tayyorlash va yozish.










6

Xulosa qismini tayyorlash va yozish.










7

Adabiyotlarni rasmiyashtirish










8

Ilovalarni rasmiylashtirish










9

Tugallangan kurs ishini ilmiy rahbarga taqdim etish.









Topshiriq berilgan sana: 31.01.2021
Tugallangan kurs ishni topshirish sanasi: 21.02.2022
Kurs ishi rahbari: ___________________
Topshiriqni oldim : Saidxojayev M
Kafedra mudiri Muminova E.A.

T a Q r i z

Talaba. Saidxojayev M


“Ishlab chiqarishda boshqaruv” fakultetining S25-19I guruh


Firma bozor iqtisodiyoti subyekti sifatida” mavzusida bajarilgan.

Kurs ishining mazmuni:


Ushbu kur ishi kirish qismi, 4 ta paragraph, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lgan.
Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, ahamiyati keltirilgan.
Paragraphlarda quydagi ma’lumotlar keltirilgan:

1. Tadbirkorlik faoliyatinig asoslari


2. Tadbirkorlikning tashkiliy shakllari
3. Korxona xarajatlari va ularning turlari
4. Korxonalar faoliyatida daromad va almashtirish samarasining qo’llanishi
Kurs ishi 46 varoq hajmida yozilgan, ma’lumotlarning keng ahlili amalga oshirilgan va 29 nomdagi adabiyotlar ro’yxati keltirilgan u zamonaviy darsliklarni, o’quv qo’llamalarini va ko’pchilik tomonidan keng foydalanayotgan adabiyotlarni o’z ichiga oladi.

Taqrizchi: _____________________________________________________


(Imzo) (F.I.Sh.)
“_____” _________ 2022 yil
MUNDARIJA
Kirish………..………………………………………………………………….…..…6
1. Tadbirkorlik faoliyatinig asoslari.......................................................................10
2. Tadbirkorlikning tashkiliy shakllari.………………………………………….…..15
3. Korxona xarajatlari va ularning turlari.............................................................18
4. Korxonalar faoliyatida daromad va almashtirish samarasining qo’llanishi…23
Xulosa…………….……………………………………………………………........43
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………………….............…44
Kirish

O’zbekiston mustaqillikka erishgach, bozor iqtisodiyotini tanladi va bu bu butun tizimning o’zgarishiga olib keldi. Ma’muriy – buyruqbozlik tizimidan farqli o’laroq, endi bozor, talab va taklif birinchi o’ringa chiqdi. Ishlab chiqaruvchilar tovarlarning doimiy tarzdagi realizatsiyasini ta’minlash uchun bozordagi talabni kuzatib borishlariga to’g’ri kelishini anglab yetdilar. Shunga ko’ra, iste’molchilarning qaysi vaqtda qanday tovar va xizmatlarga ehtiyoj sezishi endilikda muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Tovar yoki xizmatlarning narxi yoki sifati o’zgarganda bozordagi talabning qay tarzda o’zgarishini anglab olish tadbirkorlarga muvaffaqiyat olib kelishi iqtisodchilarga va ishlab chiqaruvchilarga ma’lum. Ulardan tashqari iste’molchilarning daromadlari o’zgarganda tovar va xizmatlarga bo’lgan talabning o’zgarishi ham daromadga ta’sir etuvchi muhim omillardan biri sifatida e’tirof etiladi. Chunki iste’mol uchun muhim tovarlar ( un, guruch, yog’, sabzavot mahsulotlari va shu kabilar) iste’molchilar qanday daromad olgan taqdirda ham sotib olinadi. Daromadning ortishi ularning miqdorini ko’paytirishi yoki sifatliroq mahsulot turlariga almashtirishi mumkin, lekin daromad kamaygani bilan talab yo’qolib qolmaydi. Zeb – ziynat buyumlari, oliy sifatli qimmatbaho tovarlarni sotib olishuchun daromadning ma’lum darajaga yetishi talab qilinadi. Prezidentimiz Islom Karimov 2013 –yil yakunlari va 2014 – yilga belgilangan ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan ma’ruzasida aholi daromadlari va iste’mol xarajatlariga alohida to’xtalib o’tdi. “2013 – yilda xalqimizning real daromadlari 16 % ga ortdi, o’rtacha oylik, ish haqi, pensiya va stipendiyalar 20,8 % ga ko’paydi. 2013 – yilda 2000 – yilga nisbatan aholimizning iste’mol xarajatlari 9,5 barobar ortganining o’zi ko’p narsadan dalolat beradi. So’nggi paytlarda jon boshiga to’g’ri keladigan eng muhim oziq –ovqat tovarlari bo’yicha iste’mol hajmi muttasil ortib bormoqda, ayni vaqtda nooziq – ovqat mahsulotlarni xarid qilish va xizmatlar uchun to’lanadigan sarf – xarajatlar miqdori ham sezilarli ravishda ko’paymoqda.”Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda men kurs ishim uchun “Daromad va almashtirish samarasi” mavzusini tanladim. Bu mavzuda quyidagi masalalarni tahlil qilishga harakat qildim:


– daromad – iste’mol chizig’i
– narx – iste’mol chizig’i
– Engel chiziqlari
– normal, pastsifatli va giffen tovarlar uchun daromad va almashtirish samarasi
Bundan tashqari korxonalar faoliyatida daromad va almashtirish samarasining qay tarzda qo’llanishi ustida ham mulohazalar yuritib, bu orqali korxonaning kelgusi natijalariga qanday ta’sir ko’rsatishini o’rganishga harakat qildim.
O’zbekiston o’z istiqlol va taraqqiyot yo’lidan rivojlanib, xalqaro maydonda
o’zining munosib o’rnini topmoqda. Davlatimizning mustaqil taraqqiyot yo’lini
ta’minlash uchun ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’rifiy sohalarda chuqur
islohotlar amalga oshirilmoqda. Jamiyat va inson manfaatiga qaratilgan bu
islohotlarning samarasi bevosita ta’lim tizimida tayyorlanayotgan mutaxassis
kadrlarning salohiyatiga bog’liqdir. Shu bois mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab sifatli kadrlar tayyorlashga qodir milliy asosga qurilgan va jahondagi ilg’or davlatlar ta’limi taraqqiyoti tajribalariga tayanadigan kadrlar tayyorlash tizimini yaratish asosiy vazifalaridan biriga aylandi. 1997 yilda qabul qilingan
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” milliy ta’lim taraqqiyoti va milliy kadrlar tayyorlash tizimi istiqbollarini belgilovchi hujjat sifatida bu sohadagi ishlarni rivojlantirishda yana bir tarixiy davr boshlanishiga zamin yaratdi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining ikkinchi bosqichi ta’lim jarayonidagisifat ko’rsatkichlarini yaxshilash, ya’ni jahon andozalariga mos, raqobatbardosh, yuqori saviyaga ega bo’lgan mutaxassislar tayyorlashdir. Ushbu murakkab muammolarni yechimini topib, ularni amalda keng qo’llash oliy ta’lim tizimi
xodimlari oldiga juda katta vazifalar belgilaydi. Bunda aniq vazifalar sifatida
bevosita o’quv jarayonini yaxshilash, o’quv dasturlarini yanada takomillashtirish,
o’qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini amalga joriy qilish, texnik
vositalaridan keng foydalanish va shu asosda masofadan o’qitishni keng joriy
qilishdan iboratdir. Institusional iktisodiyot fanini o’qitishdan maqsad – Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarda institusional iqtisodiyotning shakllanishi va rivojlanishining ham nazariy, ham amaliy tomonlarini, iqtisodiyot subyektlarining faoliyatini o’rganish usullari bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirishdir.
Fanning vazifasi – talabalarga bozor iqtisodiyoti qonunlarini, iqtisodiyot subyektlar institutlar tizimi, mulk huquqlari, infratuzilmalardagi harakat faoliyatini, ularning faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillarni, davlat va uy xo’jaligi kabi institutlarni, institusional islohotlarni tahlil qilish asosida xulosalar chiqarishni o’rgatishdan iborat.
Ta’lim sifati va usuliga qarab bilim hosil bo’ladi. Bu o’qituvchining mahoratigagina emas, balki tinglovchining istak-hohishi, qobiliyati va bilim darajasini ham belgilaydi. Ta’lim uzoq davom etadigan jarayondir. Bilim esa ta’limning uzluksizligi vositasida beriladigan mavhum tushunchaga ega bo’lgan hodisadir. Bilim xususiylikka ega bo’lsa, ta’lim umumiylikka egadir. Ta’lim barcha uchun bir xilda davom etadigan jarayon. Bilim obyektiv borliqdagi voqyea- hodisalarning in’ikosi natijasida inson miyasidagi mushohadalar va tasavvurlar natijasida hosil bo’ladigan tushunchalar yig’indisi sifatida namoyon bo’ladi. Ta’limdagi sifat uni berishda ishtirok etadigan kishilar sifati bilan belgilansa, bilim individuallikka ega bo’ladi. Ta’limni amalga oshiradigan yoki dars beradigan kishilarning saviyasi turlicha bo’lishi mumkin. Lekin guruhdagi talabalarga
beriladigan ta’lim bir xildir. O’qituvchi bilim emas, balki ta’lim beradi. Talaba esa
ana shu ta’lim jarayonida bilimga ega bo’ladi. Buning uchun u mustaqil o’qiydi,
tayyorlanadi, mushohada qiladi, tasavvurlarga ega bo’ladi, eshitganlari va
o’qitganlarini sintez qiladi. Natijada bilimga ega bo’ladi. O’quv jarayoni bilan bog’liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma’ruzalar o’qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg’or pedagogic texnologiyalardan va multimediali qo’llanmalardan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o’ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo’yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, ijodkorlikka undash, erkin muloqot
yuritishga, ijodiy fikrlashga o’rgatish, ilmiy izlanishga jalb qilish va boshqa tadbirlar ta’lim ustivorligini ta’minlaydi. Aytilganlardan kelib chiqqan holda «Institusional iktisodiyot» o’quv kursi bo’yicha ta’lim texnologiyasini loyihalashtirishdagi asosiy konseptual yondoshuvlarni keltiramiz: Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.
Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida
mujassam etmog’i lozim: jaryonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarini
o’zaro bog’langanligi, yaxlitligi. Faoliyatga yo’naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatini aktivlashtirish va intensivlashtirish, o’quv jaryonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi.
Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o’quv jarayoni ishtirokchilarning
psixologik birligi va o’zaro munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning
natijasida shaxsning o’z-o’zini faollashtirishi va o’z-o’zini ko’rsata olishi kabi
ijodiy faoliyati kuchayadi. Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratlilik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o’rtasidagi subyektiv munosabatlarda hamkorlikni, maqsad va faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi. Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni obyektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo’llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi.


Download 306,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish