O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti



Download 306,28 Kb.
bet10/11
Sana26.02.2022
Hajmi306,28 Kb.
#471830
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Саидхожаев

ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI







Tashqi xarajatlar




Ichki xarajatlar










Ishchi kuchiga sarflar




Bino-inshoot amortizatsiyasi

Xom-ashyo xarajatlari




Mashina-uskuna amortizatsiyasi

Yonilg'i-energiyaga xarajatlar




Ijara haqi

Transport-aloqa xizmatlariga xarajatlar




Qarz pul mablag'lari va uning uchun foizlar

Bank tijorat xizmatlari uchun sarf xarajatlar




Me'yoridagi foyda

6-chizma. Ishlab chiqarish xarajatlarining bozor iqtisodiyotiga doir adabiyotlarda turkumlanishi



UMUMIY XARAJATLAR







Doimiy xarajatlar




O'zgaruvchi xarajatlar










Korxona to'lov majburiyatlari




Xom ashyo

Soliqlar




Material

Amortizatsiya ajratmalari




Yonilg'i

Ijara haqi




Transport xizmati

Qo'riqlash xizmati xarajatlari




Ishchilar ish xaqi vash u kabilar uchun xarajatlar



Boshqaruv xodimlar maoshi va h.k.




Qarab xarajatlarni turkumlanishi

7-chizma. Ishlab chiqarish xarajatlarining o'zgarishiga



Sof muomala xarajatlari (sotuvchi maoshi va boshqalar) marketing (iste'molchilik talabini o'rganish) reklama va shu kabi xarajatlardan iborat bo'ladi. Sof muomala xarajatlari tovar qiymatini oshirmaydi va ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan tovarni sotgandan keyin olingan foyda hisobidan qoplanadi.
Hozirgi zamon sarf-xarajatlar g'oyasi bo'yicha korxona ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan resurslar o'z resurslari yoki jalb qilingan resurslar bo'lishi mumkin. Shunga ko'ra xarajatlar ichki yoki tashqi xarajatlarga bo'linadi. Tashqi xarajatlar korxona o'zi uchui zarur resurs va xizmatlarga to'lovlarni amalga oshirishi natijasida vujudga keladigan xarajatlardir. Bunday xarajatlarga yollanma ishchilar ish haqi, xom-ashyo va materiallar uchui to'lovlar, kredit uchun foiz to'lovlari, ijaraga olingan yer uchun renta, transport xizmati va boshqa har xil xizmatlar uchun to'lovlar kiradi. Tashqi xarajatlar to'lov hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi, shu sababli buxgalteriya xarajatlari deb ham ataladi.
Korxonaning o'ziga tegishli bo'lgan resurslardan foydalanish bilan bog'liq xarajatlar ichki xarajatlar deyiladi. Bunday xarajatlar pul to'lovlari shaklida chiqmaydi. Shu sababli ichki xarajatlar darajasini baholash o'z resurslari qiymatini shunga o'xshash resurslarning bozor baholariga taqqoslash orqali amalga oshiriladi.
Mazkur korxona doirasida tadbirkorlik faoliyatini ushlab turish uchun zarur bo'lgan to'lov-normal (me'yoridagi) foyda ham, renta va ish haqi bilan birga xarajatlariing tarkibiy qismi hisoblanadi.
Sarf xarajatlarni ichki va tashqi xarajatlarga ajratish, korxona iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirish yo'llarini qiyosiy tahlil qilish imkoniyatini beradi.
Ishlab chiqarish hajmining o'zgarishiga bog'liqlik darajasiga qarab doimiy va o'zgaruvchi xarajatlar ham farqlanadi, (3-chizma).
Ishlab chiqarish hajmining o'zgarishiga (qisqarishi yoki ortishi) bog'liq bo'lmagan tovarlarning hajmiga ta'sir etmaydigan xarajatlar doimiy harajatlar deyiladi.
Doimiy xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga bog'liq bo'lmaydi, uning o'sishiga ham bevosita ta'sir etmaydi va ishlab chiqarishning har qanday, hatto nolinchi hajmida ham mavjud bo'ladi. Bunga korxonaning to'lov majburiyatlari (zayomlar bo'yicha foiz va boshqa), soliqlar, amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, qo'riqlash xizmatiga to'lov, uskunalarga xizmat ko'rsatish sarflari, boshqaruv xodimlari maoshi va shu kabilar kiradi.
O'zgaruvchi xarajatlar ishlab chiqariladigan tovar miqdorining oshishiga yoki kamayishiga ta'sir qiladi va ishlab chiqarish hajmi o'zgarishiga bog'liqlikda o'zgaradi. Unga xom ashyo, material, yonilg'i-transport xizmati, ishchilar ish haqi va shu kabilarga qilinadigan sarflar kiradi.
Ishlab chiqarishning har bir darajasida doimiy va o'zgaruvchan xarajatlar yig'indisi umumiy yoki yalpi xarajatlarni tashkil qiladi.
Mahsulot birligini ishlab-chiqarishga qilinadigan sarf-xarajatlarni hisoblash uchun o'rtacha umumiy, o'rtacha doimiy va o'rtacha o'zgaruvchan xarajatlar tushunchalaridan foydalaniladi. O'rtacha umumiy xarajatlar yalpi (umumiy) xarajatlarning ishlab chiqarilgan tovar miqdoriga nisbatiga teng. O'rtacha doimny xarajatlar doimiy xarajatlarni ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga bo'lish yo'li bilan aniqlanadi. O'rtacha o'zgaruvchi xarajatlar o'zgaruvchi xarajatlarni ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga bo'lish yo'li bilan aniqlanadi.
Eng yuqori darajada foyda olishga erishish uchun tovar ishlab chiqarishning zarur miqdorini aniqlash zarur. Bunda iqtisodiy taxlil vositasi bo'lib qo'shimcha xarajat tushunchasi xizmat qiladi. Avvalo qo'shimcha xarajat deb, keyingi qo'shilgan mahsulotning har bitta birligipi ishlab chiqarish bilai bog'liq qo'shimcha xarajatlarga aytiladi. Qo'shimcha xarajatlarpi har bir navbatdagi chiqarilgan qo'shimcha mahsulot birligi uchun aniqlash mumkin.
Korxona foydalanadigan ko'plab resurslar miqdori, ya'ni jonli mehnat, xom-ashyo, yonilg'i va energiya sarflari tovar hajmining o'zgarishiga tez va oson ta'sir qiladi. Boshqa resurslar sarfi ta'sirida tovar hajmi o'zgarishi uchun uzoq vaqt talab qilinadi. Masalan, og'ir sanoat tarmoqlarining ishlab chiqarish quvvatlari ancha uzoq vaqt oralig'ida mahsulot miqdori o'zgarishiga ta'sir qilishi mumkin. Demak, ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishga vaqt omili, ya'ni xarajat qilingandan pirovard natija olinguncha o'tgan davr sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Shu sababli vaqt omilidan kelib chiqib, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqa va uzoq muddatli davrda alohida taxlil qilinadi.
Korxona ishlab chiqarish hajmini o'zgartirshl uchun qisqa muddatli davrda faqat o'zining o'zgaruvchi xarajatlari miqdorini o'zgartirishi mumkin. Bu qisqa muddatli xarajatlardir.
Ishlab chiqarish quvvatlari esa (ishlab chiqarish inshootlari maydoni, mashina va uskunalar miqdori) doimiy bo'lib qoladi, hamda bu davr faqat ulardan foydalanish darajasini o'zgartirish uchun yetarli bo'lishi mumkin.
Boshqacha aytilganda qiska muddatli davr oralig'ida korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari o'zgarishsiz qoladi, ishlab chiqarish hajmi esa ko'p yoki kam miqdorda jonli mehnat, xom ashyo va boshqa resurslarni qo'llash yo'li bilan o'zgarshii mumkin. Mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan esa ko'p yoki kam darajada intensiv foydalanish mumkin.
Uzoq muddatli davr bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini ham o'z ichiga olgan, butun band bo'lgan resurslari miqdorini o'zgartirish uchun yetarli bo'lgan davrdir. Bu davr davomida boshqa tarmoqda faoliyat qilib turgan korxonalar mazkur tarmoqqa kirib kelishi mumkin.
Bu yerda shuni ta'kidlash lozimki, ishlab chiqarish quvvatlarining o'zgarishi taqozo qiladigan qisqa va uzoq muddatli davr davomiyligi ayrim tarmoq va korxona xususiyatidan kelib chiqib farqlanish mumkin. Masalan, yengil sanoat tarmog'ida kiyim-kechak ishlab chiqaradigan kichkina firma, bir nechta qo'shimcha tikuv mashinasi o'rnatish bilan o'zining ishlab chiqarish quvvatlarini qisqa vaqtda (bir necha kunda) oshirish mumkin. Og'ir sanoat tarmoqlarida yangi quvvatlarni ishga tushirish uchun bir necha yil talab qilinadi. Oqibat natajada barcha xarajat turlari o'zgaradi va o'zgaruvchi miqdorlar bo'lib qoladi.
Jamiyat nuqtai nazaridan takror ishlab chiqarish samaradorligi cheklangan resurslardan samarali foydalanishga bog'liq. Bu samaradorlik o'zida resurslarni taqsimlash samaradorligi va ishlab chiqarish samaradorligini ifodalaydi. Resurslarni taqsimlashning samaradorligiga erishish uchun resurslar korxona va tarmoqlar o'rtasida shunday taqsimlanishi kerakki, natijada jamiyatga eng zarur bo'lgan mahsulotlarning ma'lum turlari olinishi kerak. Ishlab chiqarish samaradorliga jamiyag uchui zarur bo'lgan har bir tovar eng kam sarf-xarajatlar (resurs sarflari) bilan ishlab chiqarilishini taqazo qiladi. Aniqroq aytganda, u ishlab chiqarish jarayonida qo'llaniladigan resurslar miqdori bilan olingan mahsulot miqdori o'rtasidagi bog'liqlikni xarakterlaydi. Sarf-xarajatlarning mavjud hajmida olingan mahsulotlarning ko'proq miqdori ishlab chiqarish samaradorligi oshganligini bildiradi.
Korxona faoliyatining samaradorlik darajasiga baho berishda ham uning erishgan natijasi (iqtisodiy yoki sof foyda) ishlab chiqarish sarf-xarajatlari yoki qo'llanilgan resurslar miqdori bilan taqqoslanadi.
Foyda ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan qo'shimcha mahsulotning o'zgargan shaklidir. Demak, foydaning asl manbai qo'shimcha mahsulot bo'lib, u mahsulot sotilgandan keyin pul shaklida namoyon bo'ladi.
Tovarlarni sotishdan tushgan yalpi pul tushumidan shu mahsulotlarni ishlab chiqarishga qilingan barcha xarajatlar (tannarx) chiqarib tashlansa korxonaning balans foydasi yoki brutga foydasi qoladi. Bu iqtisodiy foyda deb ham ataladi.
Korxonaning umumiy foydasidan budjetga (asosan soliq to'lovlari) banklarga (olingan ssuda uchun foiz) to'lovlar va boshqa majburiyatlar chiqarib tashlansa korxona sof foydasi qoladi.
Buxgalteriya foydasi sotilgan mahsulot uchun tushgan umumiy pul summasidan ishlab chiqarishning tashqi xarajatlari chiqarib tashlanishi natijasida hosil qilinadi. Shu sababli buxgalteriya foydasi iqtisodiy foydadan ichki xarajatlar miqdoriga ko'p. Bunda ichki xarajatlar har doim o'ziga normal foydani ham oladi.
Korxona foydasining mutloq miqdori uning massasini tashkil qiladi. Foyda massasini ishlab chiqarib xarajatlari (tannarx) bilan taqqoslash foyda normasi yoki rentabellikni ko'rsatadi.
Amaliyotda foyda normasini hisoblashning ikki variantidan foydalaniladi. Bular foydaning joriy sarflarga-korxona xarajatlariga (tannarxga) yoki avanslangan mablag'larga (asosiy va aylanma fondlar) nisbatidir. Bu hisob usullarning ikkalasi avanslangan mablag'larning aylanish tezligi ko'rsatgichi orqali o'zaro bog'langandir. Bu bog'lanshl quyidagi tarzda ko'rinadi:
1. R'=(R/W)*100 bu yerda: R' - foyda normasi; R - foyda massasi; W -iqtisodiy va ishlab chiqarish xarajatlari; 2. R'=(R/Kavans)*100
bu yerda: R —foyda normasi; R —foyda massasi; Kavans (Asosiy kapital+Aylanma kapital) —korxona avanslangan mablag'lari yoki asosiy va aylanma kapitalning o'rtacha yillik qiymati. Foyda normasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga to'g'ri mutanosib hamda foydalanilgan avanslangan mablag'lar qiymatiga teskari mutanosibdir. Shu tufayli foyda normasi korxona ish samaradorligini integral ko'rsatkichi hisoblanadi. Foydaning o'sishiga, chiqarilayotgan mahsulot umumiy hajmi o'zgarmagan holda ikki yo'l bilan: yoki ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish xisobiga, yoki bahoni oshirish hisobiga erishish mumkin. Bahoning o'sishi ba'zi iqtisodchilarning foyda normasi ko'rsatgichini bartaraf etib bo'lmaydigan qusurga ega bo'lgan va shu sababli samaradorlikni o'lchash uchun mutlaqo yaroqsiz ko'rsatgich sifatida tanqid qilishlariga sabab bo'ldi.

Uzoq muddatli davrda foydani maksimallashtirish. Uzoq muddatli davrda foydani maksimallashtirishda yuqoridagi(qisqa davrda foydani maksimallashtirishdagi) xulosa o'zgaradi. Uzoq davr mobaynida tarmoq tarkibidagi korxona yoki firma o ‘z ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish yoki kamaytirish uchun yetarlivaqtga ega. Tarmoqda korxonalar soni ko‘payishi yoki kamayishi hammumkin. Demak, uzoq muddat mobaynida muvozanatga erishilgandamahsulot bahosi firmaning minimal o 'rta chayalpi xarajatlari nuqtasidaaniq mos keladi, ishlab chiqarish ham shu nuqtaga yetadi. Bunday xulosa quyidagi ikkita asosiy (fakt) haqiqatdan kelib chiqadi:
1) firma foyda olishga intiladi va zarar ko'rishning oldini oladi;
2) raqobatlashtirishda firmalar yoki korxonalar tarmoqqa ixtiyoriy ravishda qo‘shiladilar va uni tark etadilar.Agar baho dastlab o 'rtacha yalpi xarajatlardan ortib ketsa, unda iqtisodiy foyda ko'rish imkoniyatlari tarmoqqa yangi firmalarni tortadi(jalb etadi). Lekin tarmoqlarning bunday kengayishi yangidan baho kamayib, o 'rta ch a yalpi xarajatlar bilan barobar kelguncha mahsulotni
taklif etishni (ishlab chiqarishni) oshirib boradi. Aksincha, dastlabbaho yalpi xarajatlaming o'rtacha miqdoridan past bo'lsa, aniq zararko'rish mumkinligi firmaning tarmoqdan ajralib ketishiga olib keladi.Taklif qilinadigan umumiy mahsulot hajmi kamayib, qaytadanbahoni o'rta cha yalpi xarajatlarga teng qilib qo'yadi. Narx — bozor mexanizmining muhim tarkibiy unsurlaridan biri. U oʻzining vazifalari orqali barqaror iqtisodiyotning shakllanishi hamda samarali amal qilishiga, bozor muvozanatining taʼminlanishiga, milliy daromadning iqtisodiyot turli tarmoq va sohalari, xoʻjalik yurituvchi subʼektlari boʻyicha taqsimlanishiga, aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishiga sharoit yaratadi. Shuningdek, u ishlab chiqaruvchilarni ragʻbatlantirib, sogʻlom raqobat muhitining yaratilishiga katta taʼsir koʻrsatadi.

Narx shakllanishi - tovarlar va xizmatlarga belgilangan narxning bir qator omillar taʼsirida yuzaga kelishi jarayoni. Umumiy maʼnoda — Narx shakllanishiga davlat organlari (soliq, kredit va iqtisodiy siyosatning boshqa koʻrinishlari orqali) hamda iqtisodiy fa-oliyat subʼyektlarining oʻzlari taʼsir koʻrsatadi. Tor maʼnoda — firmalarning oʻz narx strategiyasini ishlab chiqishi. Narx shakllanishining 3 asosiy — erkin, maʼmuriy va aralash tiplari mavjud. Erkin Narx shakllanishi talab va taklif asosida yuzaga keladi. Barcha tovarlar va xizmatlar narxlarining bevosita maʼmuriy belgilanishi maʼmuriy, erkin va maʼmuriy Narx shakllanishining turli nisbatlarda qoʻllanilishi aralash Narx shakllanishideb yuritiladi. Narx shakllanishi jarayoni tovar ishlab chiqaruvchi firmadan boshlanib, bozor narxi oʻrnatilgach, tugallanadi.


Narx shakllanishining bozor real sharoitiga asoslangan 5 asosiy qoidasi mavjud; harajatlarni qoplash qoidasi — narx darajasi tovarlar sotilganda firmaning tovarlarni ishlab chiqarish va sotish harajatlari toʻla qoplanib, tadbirkorga minimal foydani taʼminlashi kerak. Agar bu qoida amal qilmasa, firma zarar koʻradi yoki tadbirkor xech bir daromad olmay oʻz ishini toʻxtatadi. Harajatlarni qoplash zarurati narxning eng quyi chegarasini belgilaydi va narxning bundan past boʻlishi iqtisodiyot uchun maqbul emas; foydani maksimallashtirish qoidasi — narx oʻrtacha harajatlardan yuqori qilib belgilanishi, tovar shu narx bilan sotilganda iqtisodiy foyda olinishi kerak. Firma oʻz tovariga narx qoʻyganda foydani maksimallashtirishni moʻljallaydi. Foydani maksimallashtiruvchi narx, odatda, monopollashgan bozorda amal qiladi; ra-qobatda yengish qoidasi —belgilangan narx darajasi haridorlarni oʻziga ogʻdirib, raqibni bozordan si-qib chiqarish imkonini berishi zarur. Buning uchun oddiy tovarlar narxi vak,-tincha past belgilanadi, foyda kamayadi, lekin yoʻqotilgan foyda raqobatda yengish uchun xizmat qiladi. Mazkur qoida nufuzli tovarlar narxini yuqoriroq belgilanishini bildiradi, chunki ularning haridorlari puldor tabaqa hisoblanadi; peshqadamlik qoidasi — turdosh (oʻrinbosar), yaʼni bir xil ehtiyojni qondiruvchi tovarlar narxi peshqadam firma belgilagan narxga binoan shakllanadi. Boshqa firmalar narxni peshqadam narxini moʻljalga olib unga yaqin qilib belgilaydi. Bu qoida odatda oligopoliya bozorida amal qiladi. Bunday bozorda firmalar ozchilik boʻlib narxlarni bir-biriga yaqin belgilagan holda, asosan, sifat va servis bilan raqobatlashadi.
Narx quyi va yuqori chegara oraligʻida shakllanadi. Agar quyi chegarani harajatlarni qoplash zarurati belgilasa, yuqori chegarani isteʼmolchilarning harid qobiliyati belgilaydi. Narx yuqori chegaradan chiqib ketsa haridorlarning puli yetmay, tovarlar sotilmaydi, quyi chegaradan past boʻlsa firmalar zararga uchrab, yopilib ketadi. Narx shakllanishining eng muhim talabi uning bozor sharoitiga moslanishi va oʻzgaruvchan boʻlishidir. Narx belgilashga davlatning aralashuvi bozor qoidalariga zid. Shu sababli davlat bozor narxlarini erkinlashtirib, bozor qoidasidan tashqarida yuzaga keladigan monopol narxlarni chegaralab turadi.

XULOSA:
Milliy iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish birliklari (korxona) o'z faoliyati natijalaridan ko'proq daromad olishga harakat qiladi. Har qanday korxona nafaqat o'zining tovarini ancha yuqori baholarda sotishga, balki mahsulot ishlab chiqarish va uni sotishga qilinadigan sarf-xarajatlarni kamaytirishga ham intiladi.


Tovarlarni sotish baholari asosan korxona faoliyatiga bog'liq bo'lmagan tashqi sharoitlar bilan belgilansa, chiqarish sarf-xarajatlari korxonaning ishlab chiqarish tayyor tovarlarni sotish jarayonlarini tashkil qilish samaradorligi darajasiga bog'liq. Lekin har qanday tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun ma'lum sarf xarajatlar talab etiladi.
Ishlab chiqarish sarf-xarajatlari deganda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste'molchilarga yetkazib berishga qilinadigan barcha sarflar tushuniladi. Ishlab chiqarish sarf-harajatlari tarkibiga xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg'i va energiya uchun qilingan xarajatlar, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sug'urtaga ajratmalar, foiz to'lovlari va boshqa xarajatlar kiradi. Ishlab chiqarishga qilingan barcha sarf-xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxini tashkil qiladi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini ikkiga bo'lib o'rganish mumkin: bevosita ishlab chiqarish xarajatlari va muomala xarajatlari (1-chizma). Ishlab chiqarish xarajatlari deganda mahsulotni bevosita ishlab chiqarish uchun qilinadigan barcha sarflar (ish haqi, xom ashyo va mineral sarflari, amortizatsiya va h.k.) tushuniladi. Tovar birligining qiymatida chiqarish xarajatlari faqat uning bir qismini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari tovar qiymatidan foyda miqdoriga kam. Muomala xarajatlari tushunchasi tovarlarni sotish jarayoni bilan bog'liq bo'lib, shu tovarlarni ishlab chiqaruvchidan olib, iste'molchiga yetkazilguncha ketadigan safrlarga aytiladi. Ular ikki guruhga bo'linadi: qo'shimcha muomala xarajatlari va sof muomala xarajatlari. Tovarlarni o'rash qadoqlash, saralash, transportga ortish, tashish va saqlash xarajatlari qo'shimcha muomala xarajatlari hisoblanadi. Muomala xarajatlarining bu turlari ishlab chiqarish xarajatlariga yaqin turib, tovar qiymatiga kiradi va uning qiymatini oshiradi. Xarajatlar tovarlar sotilgandan keyin olingan pul tushum summasidan qoplanadi.


Download 306,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish