O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti Menejment kafedrasi



Download 3,48 Mb.
bet3/5
Sana26.02.2022
Hajmi3,48 Mb.
#465768
1   2   3   4   5
Bog'liq
Hisobot

Ishlab chiqariladigan tovarlar

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka davlat miqyosida alohida e’tibor berilishi natijasida, soha vakillari oldida keng imkoniyatlar eshigi ochildi. Mustaqillik tufayli yuzaga kelgan qulay imkoniyatlardan samarali foydalanib, ichki va tashqi bozorda muvafaqqiyat qozonayotgan tadbirkorlik sub’yetlari qatorida ko‘plab qo‘shma korxonalar ham bor. Xususan, Istiqlolning dastlabki yillarida tashkil topgan «O‘zsalaman» O‘zbek-German qo‘shma korxonasi faoliyati ko‘p jabhalarda boshqalarga o‘rnak, namuna bo‘lib kelayotir. Ayni paytda korxonaning mulkchilik maqomi o‘zgargan bo‘lib, u endilikda aksiyadorlik jamiyati shaklida faoliyat ko‘rsatmoqda.O‘tgan davr mobaynida korxonada ishlab chiqarilayotgan poyabzallar pishiq, qulayligi bilan iste’molchilar ishonchini oqladi. Shuning uchun ham ayni brend ostidagi mahsulot xaridorgir, chet davlatlarda ham o‘z mijozlariga ega.ugun “O‘zsalaman” aksionerlik jamiyatida yigirmadan ziyod turda poyabzal ishlab chiqarilmoqda.


Ular, asosan huquqni muhofaza qilish idoralariga, kimyo sanoati tasarrufiga kiruvchi “Farg‘ona Azot” ishlab chiqarish birlashmasi, Navoiy tog‘-kon metallurgiya kombinati, “Sho‘rtangaz” Kimyo kompleksi, Chirchiqdagi «Maksam» korxonasi va boshqa yirik tashkilot va mussasalarga yetkazib berilayotir. Shu bilan birga korxonaning Toshkent shahri va boshqa viloyatlardagi do‘konlari orqali ham aholiga xizmat ko‘rsatilmoqda.– O‘tgan yili 154 ming juft poyabzal iste’molchilarga yetkazib berildi, – deydi «O‘zsalaman» qo‘shma korxonasi AJ Bosh direktori Umarali Qambarov biz bilan suhbatda. – Shukrki, mahsulotlarimizning bozori chaqqon. Buyurtmachilarimizning soni ham borgan sari ortib borayotir. Ayniqsa maxsus poyabzallarga bo‘lgan talab kundan-kunga ko‘paymoqda. Shu sabab reklamaga ham ehtiyoj sezilgani yo‘q. Albatta, bu katta yutuq, o‘z navbatida, ayni natijalarga erishuvimizda korxonada mehnat qilayotgan har bir insonning o‘z ulushi bor.Korxona xomashyoning 80 foizini mahalliy tadbirkorlardan olayotganini e’tirof etishimiz lozim. Bu yerda ish shunday tashkil qilinganki, dastlab terini qayta ishlovchi – ko‘nchilik bilan shug‘ullanuvchilar orasida tanlov o‘tkaziladi.
Qoramollarning qayta ishlangan terisi orasidan eng ma’qullari saralab olinadi va ishlab chiqarishga joriy qilinadi. Shunday qilib, ishlab chiqarish jarayoni to‘liq mahalliylashtirish arafasida turibdi. Endilikda poyabzallarning taglik qismiga ishlatiluvchi “poliuriyetan” eritmasini ham o‘zimizda yaratishga harakat qilyapmiz.Ma’lumki, ishlab chiqaruvchi uchun poyabzalning dizayni alohida ahamiyatga ega, chunki xaridorlarni jalb etishda eng muhim omil ham aynan shu. Qolaversa, moda olamidagi o‘zgarishlar ham ishlab chiqaruvchilardan yanada izlanuvchanlikni talab etadi. Ayni damda korxonada ishlab chiqarilayotgan poyabzallarning bichimi, uslubi, dizayni mahalliy ustalar, kosiblar tomonidan yaratilayotir. Bu o‘rinda Marg‘ilonning uzoq yillik, boy tajribaga ega bo‘lgan mohir usta-kosiblari yetakchilik qilmoqdalar.Korxonada 200 nafardan ortiq ishchi-xizmatchi mehnat qiladi. Ularning ko‘pchiligi yoshlar. Avvallari hududdagi kollejlarda bizning soha bo‘yicha mutaxassis tayyorlaydigan yo‘nalish yo‘q edi. Iltimosimiz bilan shahrimizdagi ikkita kasb-hunar kollejida poyabzalchilik yo‘nalishi tashkil etildi. Endilikda ular bilan doimiy hamkorlik qilib kelayotirmiz. O‘quvchilar korxonamizda amaliyot o‘tab, o‘z tajribalarini oshirmoqdalar. Malakali ishchilarimiz ularga ustoz-murabbiylik qilib, o‘z tajribalarini o‘rgatishmoqda. Shuningdek tanlov asosida bitiruvchilarni korxonaga ishga jalb etayapmiz. O‘tgan yilda shunday o‘quvchilardan o‘nga yaqini ishga qabul qilindi.Korxona “ISO” 19011 xalqaro sifat standarti talablarini bajarib, tegishli sertifikatni qo‘lga kiritgan bo‘lib, bu e’tirof mahsulotning xalqaro miqyosda tan olinishidir, deyish mumkin. Haqiqatan ham bunda ishlab chiqarilayotgan poyabzal xorij mahsulotlari bilan bemalol raqobatlasha oladi.Bundan tashqari korxona mutasaddilar o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib, ishlab chiqarishni yanada kengaytirib, mahsulot eksporti hajmini ko‘paytirish choralari borasida izlanmoqda. Ayni maqsadda reja va dastur tuzib chiqilgan. Uning birinchi bosqichi amalga oshirilmoqda. Shu kunlarda ayrim xorijiy hamkorlardan takliflar tushgan, demak, yaqin kunlarda jarayon izga tushadi va “Made in Uzbekistan” savdo belgisi ostida bejirim poyabzallar jahon bozorlarida ham munosib o‘rinni egallaydi.

Download 3,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish