XULOSA
Farg’ona vodiysi nafaqat O’zbekistonda, shu bilan birga Markaziy Osiyodagi
yirik tarixiy-madaniy hudud hisoblanadi. Bu mintaqa ham barcha hududlarda
bo’lganidek, tarixiy taraqqiyotning jamiyki rivojlanish bosqichlarini boshdan
kechirgan. Vodiydagi shunday tarixiy taraqqiyot bosqichlaridan biri Farg’ona
vodiysining o’rta asrlar tarixi hisoblanadi.
Farg’ona vodiysining o’rta asrlar tarixi V-XIII asrlarni o’z ichiga oladi va shu
davr oralig’idagi moddiy madaniyatning rivojlanishidagi o’ziga xos xususiyatlarini,
shuningdek, yuritmizning davlatchilik tarixida muhim o’rin tutgan Farg’ona davlati
davridagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni, moddiy va madaniy taraqqiyotni qay
darajada rivojlanganligini yozma manbalar arxeologik topilmalar misolida ko’rsatib
beradi.
94
Ushbu davr umuman Farg’ona tarixi bo’yicha tadqiqotlar o’tgan asrning 30-
yillarida boshlangan. Farg’onaning qadimgi tarixini o’rganish bilan B.A. Latinin,
A.N. Bernshtam, N.G. Gorbunova kabi olimlar shug’illanishgan. Barchasi o’zlarining
tadqiqotlari asosida xulosalarini berishgan.
Farg’ona vodiysining o’rta asrlar tarixi
Eftaliylar hukmronligi davrida mintaqa
xalqlari o‘rtasidagi iqtisodiy integratsiya uchun muayyan imkoniyatlar paydo bo‘lgan
edi. Eftaliy hukmdorlarining mahalliy hokimliklar (Sug‘d, Farg‘ona, Choch,
Usrushona, Tohariston va b)ning ichki ishlariga aralashmasligi, ularning faol tashqi
aloqalar olib borishlari uchun zamin yaratdi. Qolaversa, Eftaliylarning O‘rta Osiyo
hududlarini Sosoniylar xurujidan himoya etganligi, mahalliy hokimliklarning barqaror
rivoji uchun muhim omil bo‘lgan edi. Farg‘onada VII asr boshlariga kelib, Turk
xoqonligining Ashina xonadoniga mansub sulola tashkil topadi va bu sulola arablar
istilosidan keyingi davrlarda ham o‘z mavqeyini yo‘qotmaydi. Farg‘onadagi turkiy
sulolaning boshqaruv markazlarini aniqlash ham muhim ahamiyatga ega.
VII asrga kelib mintaqamizga Arab xalifaligi qo‘shinlari bostirib keldi va
islomlashtirish harakati boshlandi. Ammo oradan bir asr o‘tgandan so‘ng ham ayniqsa
vodiy aholisi islomni qabul etmay, o‘z e‘tiqodlarida sobit turdilar. Mintaqamizning
arablar tomonidan bosib olinishi iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayotda
dastlab bir qancha qiyinchilliklarga olib kelgan bo‘lsada, ko‘p fursat o‘tmay G‘arbda
Ispaniyadan Sharqda to Xitoy chegaralarigacha bo‘lgan mintaqani o‘z ichiga olgan
buyuk davlat – Xalifalikning bir qismi bo‘lganligining ijobiy tomonlari mayda
davlatlar o‘rtasidagi nizolarning bartaraf etilishi umumjahon savdo aloqasida ishtirok
etish, umumiy pul muomalasi kabi tomonlarini ko‘rsatish mumkin.
Shunday qilib, O‘rta Osiyoga hududiy va madaniy jihatdan taalluqli bo‘lgan
Farg‘ona davlati va unda hukm surgan qadimiy Kushon sulolasi to IX asr
boshlarigacha o‘z mustaqilligini saqlab qolgan holda, istilochilarga doimo qarshilik
ko‘rsatib vodiyni muhofaza etib kelishgan. Turkiy xalqlarning vodiyga ko‘chib kelishi
95
bilan bu yerda o‘ziga xos ijtimoiy, madaniy hayot, o‘ziga xos davlatchilik tuzumi
shakllangan.
Somoniylar davriga kelib Farg‘ona alohida davlat maqomini yo‘qotdi. Endi u
markazlashgan davlatning bir bo‘lagi sifatida oliy hukmdorning vodiydagi voliysi
idora eta boshladi. Shuni alohida aytish kerakki, somoniylar davrida vodiy turli
udellarga bo‘lib yuborilmay yaxlit mulk sifatida boshqarildi. Shuningdek, aynan
Somoniylar davrida vodiyda turkiy qabilalarning nufuzi oshib, ular vodiy hayotida
yetakchi kuchga aylandi. Turk xoqonligi davrida vodiy xoqonlikka bo‘ysunib
mahalliy sulolalar saqlab qolingan bo‘lsa, X asrga kelib Turk sipohsolorlarining bir
necha avlodi vodiyni boshqardi. Yuqoridagilardan shuni xulosa kilish mumkinki,
Somoniylar zamonida Farg‘ona viloyati arab mualliflari tomonidan O‘rta Osiyoning,
xususan, Movarounnahrning o‘troq viloyati sifatida qayd etilgan. U Yuqori Nasya,
Quyi Nasya, Asbara, Naqod, Miyon Rudon, Jidg‘il, Urast, Biskand va Salot kabi
tumanlarga bo‘lingan. Axsikat, Qubo, O‘sh, O‘zgand, Xaylam kabi shaharlar IX-X
asrlarda Farg‘onaning eng yirik shaharlaridan bo‘lgan. SHuningdek, Farg‘ona
viloyatida Vankat, Suj(x), Xuvokand, Rishton, Koson, Karvon, Madvo, Marg‘inon,
Andukon va boshka shaharlar xam mavjud bo‘lgan.
X asr oxiriga kelib vodiy Qoraxoniylar tomonidan zabt eliladi.
Movarunnahrning darvozasi hisoblangan Farg‘ona vodiysining egallanishi, O‘rta
Osiyo taqdirini amalda hal etdi. Sharqiy Turkiston va Movarounnahr orasida alohida
udelga aylangan Farg‘ona X-XIII asrlarda siyosiy tarqqiyotda o‘ziga xos taraqqiy
etdi.
Movarounnahr shu jumladan Farg‘ona arab xalifaligi tarkibiga kiritilganidan
so‘ng bu yerlarda xalqning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida biror muddat turg‘unlik yuz
beradi. Bu yerda kushonlar davridayoq boshlangan feodallashish jarayoni arablar
istilosi davrida biroz to‘xtab qoladi.Bu davrda xalifalikning markaziy qismlari – Iroq,
96
Suriya va Misrda feodal munosabatlar jadal rivojlanadi
143
. VII asr boshida arab
jamiyati hali ijtimoiy tuzumning qabila – urug‘chilik bosqichida turgan bo‘lsa,
markazlashgan yagona xalifalik shakllanishi bilan xalifalikning ilg‘or viloyatlarining
xo‘jalik , iqtisodiy va madaniy yutuqlarini o‘zlashtirish natijasida u feodal
munosabatlarga to‘laqonli kirishadi
144
. Shunga ko‘ra, VIII asr o‘rtalarida xalifalikning
markaziy viloyatlarida feodalizm Movarounnahrdagiga nisbatan ancha yuqori
pog‘onaga ko‘tarilgan edi. Lekin xalifalikning yagona iqtisodiy doirasiga kirish,
qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining rivojlanishi, xalifalikning boshqa viloyatlari
bilan faol savdo munosabatlari olib borish natijasida VIII asr oxirlaridan shaharlar
rivojlanib va ishlab chiqarish kuchlari taraqqiy topib, Markaziy Osiyoning boshqa
yerlaridagi kabi vodiyda ham taraqqiy etgan feodalizm bosqichi boshlandi.
Farg‘ona
vodiysi siyosiy markaz bo‘lmagani uchun tarixiy manbalarda u haqda ma‘lumotlar
kam uchraydi. Ammo IX-X asrlar arab manbalarida Farg‘ona shaharlari, iqtisodiy
hayoti to‘g‘risida qiziqarli va qimmatli malumotlar uchraydi. Al-Muqaddasiy, Ibn
Xavqal, Ibn Xurdodbeh asarlarida Somoniylar davrida Farg‘onaning bir necha
noxiyalar (tuman)ga bo‘lingani, ulardagi shaharlar va yirik qishloqlarning nomlari
hamda ularning tavsifi keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |