Talab qonuni – boshqa sharoitlar o’zgarmaganda, bozordagi talab tovarlarning narxiga nisbatan teskari mutanosiblikda o’zgarishini bildiradi.
Talab qonuni narx darajasi bilan talab miqdorining teskari mutanosiblikda bog’liqligini ko’rsatadi. Uni
Tv = 1/V * Q
Formulasi bilan ifodalash mumkin. Bunda, Tv – talab, Q – tovar miqdori, V – tovar narxi. Talab qonuniga binoan narx oshsa, talab miqdori qisqaradi, narx pasaysa, talab ortadi.Ammo buning uchun boshqa omillar o’zgarmas deb qaraladi.Masalan, narx oshganda talab qisqarishi uchun daromad o’zgarmasligi kerak.Agar daromad narxga nisbatan ko’proq oshsa, talab ham ortadi. Natijada narx bilan talab o’rtasidagi teskari mutanosiblik buziladi. Narx va talabning o’zaro bog’liqligini bilish uchun boshqa omillar o’zgarmaydi deb taxmin qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |