O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona politexnika instituti



Download 490,2 Kb.
bet2/2
Sana23.01.2022
Hajmi490,2 Kb.
#404487
1   2
Bog'liq
Tojiboyeva M. Maxsus fanlar o\'qitish metodikasi

Shavkat MIRZIYOYEV

Zamonaviy hayotni bugun ilm-maʼrifat va taʼlimning taraqqiyotisiz tasavvur etib boʻlmaydi, insoniyat fan oʻqi atrofida aylanayotgandek goʻyo. Jahonning yetakchi davlatlarida taʼlimni rivojlantirish birinchi galdagi vazifa sifatida belgilanishi ham bejiz emas. Negaki, mamlakatning kelgusi ravnaqi aynan shu sohada qoʻlga kiritgan yutuqlari bilan chambarchas bogʻliqdir

Bugungi kunda universitetlarning taʼlim berish faoliyati yana-da takomillashtirilib, xalqimizning asrlar davomida shakllangan ilm sari intilish fazilati yana bir bor namoyon boʻlmoqda. Yoshlarimiz sogʻlom hamda goʻzal turmush kechirish, egallagan kasbi boʻyicha doimiy ish oʻrniga ega boʻlish, masʼuliyatni oʻz zimmasiga olish, insoniy qadr-qimmatini kamsitishga yoʻl qoʻymaslik, qisqacha aytganda, komillikka erishish uchun harakat qilyapti va bu jarayonda taʼlim olishni eng asosiy shart sifatida koʻrmoqda.

Mamlakatimizda 2019-yilning oktyabrida Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi. Ushbu hujjatga intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish singari vazifalar asos qilib olindi. Konsepsiya mazmuni mamlakatimiz oliy taʼlim tizimini isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlarini aks ettiradi.

Unda oliy oʻquv yurtlarida qamrov darajasini kengaytirish hamda taʼlim sifatini oshirish, raqamli texnologiyalar va taʼlim platformalarini joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, innovatsion tuzilmalarni shakllantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish, xalqaro eʼtirofga erishish hamda boshqa koʻplab aniq yoʻnalishlar belgilab berilgan. Bularning barchasi taʼlim jarayonini yangi sifat bosqichiga koʻtarish uchun xizmat qiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimdagi daʼvatkor nutqi ham ana shundan dalolat beradi. Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, biz keng koʻlamli demokratik oʻzgarishlar, jumladan, taʼlim islohotlari orqali Oʻzbekistonda yangi Uygʻonish davri, yaʼni uchinchi Renessans poydevorini yaratishni oʻzimizga asosiy maqsad qilib belgiladik.

Ayni davrda Oʻzbekiston oliy taʼlim sohasida sezilarli ijobiy oʻzgarishlar roʻy bermoqda. Bilim dargohlarining qiyofasi oʻzgarib, moddiy-texnika bazasi yaxshilanyapti, ilmiy ishlanmalarni moliyalashtirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash kuchaytirilmoqda, jumladan, professor-oʻqituvchilarning daromadlari ham ortyapti. Innovatsiya yoʻnalishidagi alohida davlat tuzilmalari tashkil etilib, oliy oʻquv yurtlarida ham yangi boʻlinmalar ochilmoqda. Bularning barchasi oliy taʼlimga boʻlgan yondashuvni oʻzgartirib, uning sifati hamda darajasini koʻtarishga xizmat qilishi aniq. Jumladan, bizning institutda ham.

Shu oʻrinda Prezidentimizning 2016-yil dekabrida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida boʻlib oʻtgan olimlaru ziyolilar bilan uchrashuvi yodga tushadi. Oʻshanda davlat rahbari mamlakatimiz sanoati, agrar tarmogʻi va umuman, iqtisodiyotida xorijda ishlab chiqarilgan zamonaviy texnologiya hamda jihozlarni joriy etish va ulardan foydalanish masalasiga alohida eʼtibor qaratgandi.

Oʻzbekistondagi yirik taʼlim dargohining rahbari sifatida men bu fikrni oʻzimga hamda institutimiz jamoasiga ham tegishli, deb qabul qildim. Negaki, gap raqamli yechimlar asosida ishlaydigan murakkab texnologik komplekslardan tortib, to oddiy muhandislik ishlanma va uskunalarigacha chetdan keltirilayotgani haqida borar edi.

Taʼlimning asosiy vazifalarini, mavjud ilmiy salohiyat va alohida shaxslarning isteʼdodini davlatning, uning tuzilmalari hamda iqtisodiyoti tarmoqlarining amaldagi ehtiyojlariga moslashtirish juda muhim. Agar shunday qilinmasa, bir kun kelib, tamaddundan yiroqlashish, mamlakat uchun keraksiz, ortiqcha daxmazaga aylanib qolish ham hech gap emas. Yillar davomida biz rivojlanmadik, kuzatuvchi boʻlib qolaverdik, deyish, albatta, notoʻgʻri boʻlardi. Fanlar akademiyasidagi uchrashuv esa Oʻzbekistonning eng yangi tarixida biz ilmiy hamjamiyatda qanday oʻrinni egallayapmiz, xalqaro taʼlim jarayonida qatnashyapmizmi, oʻzgarishlar va innovatsiyalarni maqsad qilganmizmi — ana shu kabi savollarni koʻndalang qoʻydi.

Tadqiqotlar universitetini yaratish eng asosiy maqsad emas yoki urfga berilish ham emas. Bu taʼlimiy va ilmiy faoliyatni innovatsion rivojlantirish uchun keng imkoniyatlarni ochish, deganidir. Dunyo tajribasi koʻrsatishicha, tadqiqotlar universitetini shakllantirishning muhim omili uning koʻp funksiyali boʻlishi, taʼlim — fan — ishlab chiqarish “zanjiri”da innovatsion jarayonlarning qoʻllab-quvvatlanishi bilan bogʻliq.

Jahondagi aksariyat yetakchi tadqiqotlar universitetlari insoniy zaxiraning yuqori sifati, yaʼni: professor-oʻqituvchilar tarkibining malakasini doim oshirib borish; ish beruvchilar hamda ilmiy ishlanmalardan foydalanuvchilar bilan hamkorlik qilib, bilimlar va ilgʻor innovatsiyalarni keng yoyish; muassasaning oʻz zamonaviy ilmiy-tadqiqot hamda tajriba oʻtkazish infratuzilmasiga ega boʻlishi kabi koʻrsatkichlar bilan ajralib turadi. Shuningdek, unda akademik, moliyaviy, tashkiliy va kadrlar masalasidagi mustaqillik nuqtayi nazaridan avtonom boshqaruv modeli ham mavjud boʻlishi kerak.

Bugungi davr talab etayotgan innovatsiyalarni amalga oshirish uchun esa ilmiy-taʼlimiy sohaning oʻzi ham eng zamonaviy innovatsion texnologiyalarni oʻz faoliyatiga tatbiq qilishi lozim. Bu ish ilmiy-taʼlimiy sohaning innovatsion rivojlanishini boshqarishga moʻljallangan texnologiyalar, mexanizmlar va usullarni takomillashtirishni taqozo qiladi. Bizning institutimiz ushbu yoʻnalishda muayyan tajriba toʻpladi, aniqrogʻi — oʻzini innovatsion rivojlanish vektoriga ega oliy oʻquv yurti sifatida tanitadigan koʻrsatkichlarga erishdi. Bular:

– innovatsion infratuzilmani shakllantirish, uning asosiy elementlari boʻlgan texnoparklar, klasterlar, texnopolislar va biznes-inkubatorlar;

– taʼlim, fan va ishlab chiqarishning makroiqtisodiy integratsiyasi — u institut atrofida klaster tuzilmalari bilan toʻldiriladigan, ixtisoslashtirilgan ilmiy-texnik va iqtisodiy maydonchani shakllantirishga olib keladi;

– qulay taʼlim jarayonini tashkil etish — bunda ilmiy tadqiqotlar, taʼlim hamda fanning innovatsion faolligini oshirishga xizmat qiluvchi sharoitlar, yaʼni oʻqituvchilar, doktorantlar, magistrant va talabalarni ilmiy ishlanmalarga jalb etish hamda mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish, ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratiladi;

– ilmiy-texnik hamda iqtisodiyotning innovatsion sohasida ishlashga qodir boʻlgan yuqori malakali kadrlar tayyorlash chora-tadbirlari.

Yuqorida keltirilgan, institutning zamonaviy ilmiy-taʼlimiy faoliyatiga tegishli koʻrsatkichlarning aksariyati ushbu sohadagi intilishlarimiz va salohiyatimizdan darak berib turibdi. Ular bosib oʻtilgan rivojlanish bosqichiga xolis baho berish bilan birga, kelgusida tadqiqotlar universitetiga aylanish uchun yoʻl ochib beradi.



E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Download 490,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish