O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg`ona politexnika instituti


chizma. Yalpi taklif egri chizig’ining keyns kesmasidagi muvozanati



Download 0,68 Mb.
bet12/13
Sana23.01.2022
Hajmi0,68 Mb.
#403211
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Kurs ishi Shohruh

chizma. Yalpi taklif egri chizig’ining keyns kesmasidagi muvozanati


Yalpi taklif o’zgarishining narxlarning va ishlab chiqarishning muvozanatli darajasiga ta’sirini 6-chizma misolida ko’rib chiqamiz. Narxdan boshqa omillar ta’sirida yalpi taklifning AS1 dan AS2 ga siljishi natijasida ishlab chiqarish xajmi Y1 dan Y2 gacha kamayadi, narxlar darajasi esa R1 dan R2 gacha ko’tariladi, ya’ni stagflyatsiya ro’y beradi.

Boshqa bir vaziyatda, masalan, narxlarga bog’liq bo’lmagan omillardan birortasi o’zgarib, yalpi taklifning o’zgarishiga olib kelsin. Ya’ni, erning narxi pasaysa, korxonalardan olinadigan soliqlar kamaysa va bular natijasida mahsulot birligiga ketgan sarf-xarajatlar qisqarsa, unda jami taklif egri chizig’i AS1 dan AS3 holatga siljiydi. Bunda narxlar muvozanat darajasi R1 dan R3ga qadar pasayadi va ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi Y1 dan Y3 qadar oshadi, ya’ni, iqtisodiy o’sish holati ro’y beradi.



Xulosa

Yalpi  talab  –  bu  barcha  istе’molchilar,  ya’ni  aholi,  korxonalar  va  davlat 

tomonidan narxlarning muayyan darajasida turli tovarlar va xizmatlarni sotib olish 

mumkin bo’lgan milliy iqtisodiyotdagi rеal pul daromadlari hajmidir.  

Yalpi  talab  turli  tovarlarning  miqdori,  sifati  va  narx  darajasiga  bеvosita

bog’liq.  Agar  yakka  talab  egri  chizig’i  turli  narx  ko’rsatkichlarida  alohida 

istе’molchining  muayyan  tovarga  bo’lgan  talabi  miqdori  o’rtasidagi  bog’liqlikni ifodalasa, yalpi talab egri chizig’i mamlakatdagi narxlarning turli darajasi hamda

ishlab chiqarishga bo’lgan talab hajmi o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalaydi.  

Yalpi  taklif  –  bu  mamlakatda  narxlarning  muayyan  darajasida  ishlab 

chiqarilib,  sotishga  chiqarilayotgan  barcha  tovarlar  va  xizmatlar  hajmidir.  Bu 

narxlarning har xil mumkin bo’lgan o’rtacha darajasida milliy ishlab chiqarishning 

mavjud rеal hajmini ko’rsatadi.

Yalpi  taklifga  eng  avvalo  narxlar  darajasi  bilan  ishlab  chiqarilgan  tovarlar ijtimoiy  qiymati  o’rtasidagi  nisabtning  o’zgarishi  ta’sir  ko’rsatadi.  Narxlar 

darajasining qiymatdan oshishi qo’shimcha tovarlar ishlab chiqarish uchun rag’bat 

yaratadi.  Narxlar  darajasining  qiymatdan  pasayishi  esa  tovar  ishlab  chiqarishning qisqarishiga  olib  kеladi.  Shu  sababli  narxlar  va  milliy  ishlab  chiqarish  hajmi o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri yoki bеvosita bog’liqlik mavjud bo’ladi.  

Yalpi taklifga narxdan tashqari yana bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi:  

a)  rеsurslar narxining o’zgarishi;  

b) samaradorlikning o’zgarishi;  

v) huquqiy mе’yorlarning o’zgarishi. 

Iqtisodiyot  nazariyasida  yalpi  taklifga  uch  xil  nuqtai nazardan yondashuv mavjud:  yalpi  taklif  narxlar  darajasiga  bog’liq  emas;  narxlar  darajasiga  bеvosita bog’liq;  yalpi  taklifning  o’sishida  yoki  kamayishida  narxlar  darajasi  o’zgarishsiz qoladi.  Shuning  uchun  yalpi  taklif  egri  chizig’i  grafigi  uchta  kеsmaga  ega:  tik, yotiq va oraliq kеsmalar.  

  Yalpi  talabning  o’sishi  yalpi  taklifga  turlicha  ta’sir  qiladi:  taklif  egri 
chizig’ining  kеynscha  kеsmasida  taklif  aynan  o’sha  miqdorga  ortadi,  oraliq 

kеsmada – narxlar darajasining o’sganligi uchun taklif oz miqdorda ortadi; klassik 

kеsmada  esa - yalpi  taklifda  o’zgarish  bo’lmaydi,  chunki  barcha  rеsusrlar  jalb 

etilgan bo’ladi, lеkin narxlar darajasi kеskin o’sadi.  

Yalpi  talab  egri  chizig’i  va  yalpi  taklif  egri  chizig’i  kеsishgan  nuqta 

umumiqtisodiy muvozanatni ifodalab, bu holatga narxning muvozanatli darajasi va

milliy ishlab chiqarishning muvozanatli rеal hajmi orqali erishiladi.  

Iqtisodiyot doimiy ravishda makroiqtisodiy muvozanat tomon harakat qiladi va 

ma’lum darajada bu tеnglik ta’minlab turiladi. Biroq, yalpi talab va yalpi taklifga 

ta’sir  etuvchi  omillarning  o’zgarib  turishi  natijasida  muvozanat  buziladi  va 



iqtisodiyot yangi muvozanat tomon harakat qiladi.  

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish