O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni


Falsafaning  yangilanishi  va  mafkuraviy  jarayonlar



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/246
Sana27.03.2021
Hajmi1,61 Mb.
#62197
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   246
Bog'liq
16586 Falsafa asoslari.doc

Falsafaning  yangilanishi  va  mafkuraviy  jarayonlar  uzviy  bog’liq.  Falsafiy  dunyoqarash  ijtimoiy  ong  va 
mafkuradan  ajralmasdir.  Mafkura  jamiyatdagi  ma’naviy  muhit  qanday  ekanini  ko’rsatib  turadigan  eng  asosiy 
mezonlardan  biri  bo’lsa,  falsafa  uni  shakllantiradigan  omillar  sirasiga  kiradi.  Ammo  eski  qoliplarga  o’ralgan 
falsafiy dunyoqarash asosida yangi zamonning mafkuraviy talablariga javob berib bo’ladimi? Yo’q, albatta.  
Mafkura jamiyatsiz paydo bo’lmaganidek, ijtimoiy-siyosiy tuzum  va  uning ma’naviy hayotini ham mafkurasiz 
tasavvur etib bo’lmaydi. Mafkura o’z mohiyati, maqsadi, harakat yo’nalishlari bilan jamiyatning bosh g’oyasiga 


xizmat qiladi. U — jamiyat hayotining tarkibiy qismi, binobarin, uning bag’rida shakllanadi, madaniy meros va 
qadriyatlar zaminida faoliyat ko’rsatadi.  
Aslida  tarixda  mafkuradan  mutlaqo  xoli  davrlar  kam  bo’lgan.  Shunday  davrlar  bo’lgan  taqdirda  ham,  ulardan 
so’ng albatta har safar mamlakatning o’ziga xos va o’ziga mos mafkuraviy muhitini qayta tiklash va yangilash 
jarayoni  boshlangan.  Vatanimizda  kechayotgan  bugungi  mafkuraviy  yangilanishni  sohibqiron  Amir  Temur 
davrida  mo’g’ullar  imperiyasi  istilosiga  barham  berib,  mustaqillik  uchun,  milliy  davlatchilik  asoslarini  qayta 
tiklash uchun kurash yillariga qiyoslash mumkin.  
Mamlakatimizda  milliy  istiqlol  mafkurasini  shakllantirish  borasida  ishlar  amalga  oshirilmoqda.  Bugun  sobiq 
mustabid  tuzum  mafkurasi  butunlay  o’tmishga  aylandi.  Diyorimizda  milliy  davlatchilik  an’analarimiz  qayta 
tiklanmoqda, ma’naviyat, madaniyat va ma’rifat yangi yuksaklikka ko’tarilmoqda. «Ana shu jarayonning asosiy 
xususiyatlari  nimalardan  iborat?»,  «U  hayotimizni  qaysi  tomonga  eltadi?»,  «Biz  bu  jarayonda  qanday  ishtirok 
etishimiz  lozim?»  degan  savollarga  javob  topish  zarurati  ijtimoiy  tafakkurni  o’zgartirishni  dolzarb  vazifaga 
aylantirmoqda.  
Mustaqillik, milliy manfaatlarimizga mos mafkurani shakllantirishni kun tartibiga qo’ydi. U xalqimizning azaliy 
an’analari,  udumlari,  tili,  dili  va  ruhiyatiga  asoslanib,  ongimizga  kelajakka  ishonch,  mehr-oqibat,  insof,  sabr-
toqat, adolat, ma’rifat tuyg’ularini singdirishi lozim.  
Shu  bilan  birga,  bu  «Mafkura  xalqimizda,  o’zining  qudrati  va  himoyasiga  suyangan  holda  umuminsoniy 
qadriyatlarga asoslanib, jahon hamjamiyatidagi mutaraqqiy davlatlar orasida teng huquqli o’laroq munosib o’rin 
egallashiga doimiy intilish hissini tarbiyalamog’i kerak»
10
. Davlatimiz rahbarining ushbu fikrlarida milliy istiqlol 
mafkurasining dasturiy vazifalari o’z ifodasini topgan. Mafkura dunyoqarashning asosini tashkil etadi, jamiyat 
va xalqning taraqqiyot yo’lini belgilab beradi, jamiyat va millat rivojlanishidagi etakchi g’oyalarni ilgari suradi. 
Shu g’oyalar asosida insonlar faoliyati, orzu-intilishlari, istiqbol rejalarini aniqlashga yordam beradi.  
Mafkura  davlat,  siyosat  yoki  muayyan  ijtimoiy  guruh  manfaatlariga  xizmat  qiluvchi  qarashlar,  g’oyalar  tizimi 
sifatida  namoyon  bo’ladi.  U  davlat,  jamiyat  yoki  partiyalarning  ijtimoiy  barqarorligini,  yashovchanligini 
g’oyaviy jihatdan ta’minlashga ham xizmat qiladi. Shu o’rinda mafkura o’zi mansub bo’lgan jamiyat, millat yoki 
ijtimoiy guruhning harakat dasturiga g’oyaviy yo’nalish berishga qaratilgan targ’ibotlar majmuiga ham o’xshab 
ketadi.  
Binobarin,  jamiyat,  millat  yoki  biron-bir  guruhga  tegishli  asosiy  ijtimoiy  qadriyatlar  haqidagi  tasavvurlar  ham 
mafkura  orqali  hosil  qilinadi.  Mafkura  har  bir  davrning  etakchi  g’oyalarini  o’zida  ifoda  etgani  uchun  ham  u 
haqda  fikr  bildirish,  uni  dunyoqarashning  shu  sohadagi  namoyishi  deya  qabul  qilish  mumkin.  Mafkura  — 
jamiyat  va  xalqning  taraqqiyot  yo’lini  uzviy  tarzda  belgilab  beruvchi  g’oyalar  va  muayyan  ijtimoiy  qatlamlar 
manfaatlariga qaratilgan siyosiy, huquqiy, falsafiy, axloqiy, diniy va estetik qarashlar tizimidir. Ayni paytda uni 
shaxsiy  darajadagi  hissiy  tasavvur,  tushuncha  va  g’oyalar  majmui  bilan  uyg’un  ma’lum  bir  maslak,  ta’limot, 
dunyoqarashdir,  deb  talqin  qilsa  ham  bo’ladi.  G’oya  va  mafkura  to’g’risidagi  mavzuda  bu  haqda  alohida  fikr 
yuritishimizni nazarda tutib, mafkura to’g’risidagi fikrni qisqa va muxtasar etishni lozim, deb hisoblaymiz.  
Falsafiy dunyoqarashning yangilanishi uchun istibdod va eski mustabid siyosat tufayli ongimizga singib ketgan 
mutelik, loqaydlik, boqimandalik, sustkashlik, mas’uliyatdan qochish kabi asoratlardan xalos bo’lish darkor. Bu 
asoratlar  ham  osonlikcha  bartaraf  etilmaydi.  Bunda,  avvalo  jamiyatning  siyosiy-huquqiy,  iqtisodiy-ijtimoiy 
hayotida  yuz  beradigan  ijobiy  o’zgarishlar  uni  harakatlantiruvchi,  taraqqiy  ettiruvchi  asosiy  omil  —  inson 
tafakkuri,  ruhiyati,  his-tuyg’ulariga  samarali  ta’sir  etadi.  Shu  bilan  bog’liq  ravishda,  Vatan  va  xalq  tarixi, 
ma’naviy-madaniy  meros,  ona  tili,  din,  milliy  turmush  tarzi,  milliy  urf-odatlarni  yangi  davrning  mohiyat-
mazmunidan  kelib  chiqqan  holda  tiklash,  boyitish  va  milliy  g’urur-iftixorning  yuksalishida  juda  ulkan  o’rin 
tutadi.  

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish