Ixtisoslashtirilgan apparat vositalari asosidagi VPN.
Ixtisoslashtirilgan apparat vositalari asosidagi VPNlarning eng muhim afzalligi unumdorligining yuqoriligidir. Ixtisoslashtirilgan VPN tizimlarda shifrlashning mikrosxemalarda amalga oshirilishi tezkorlikning ta’minlanishiga sabab bo‘ladi. Ixtisoslashtirilgan VPN-qurilmalar xavfsizlikning yuqori darajasini ta’minlaydi, ammo ularning narhi anchagina yuqori.
OSI modelining ish sathi bo‘yicha VPNning turkumlanishi
Kanal sathidagi VPN
OSI modelining kanal sathida ishlatiluvchi VPN vositalari uchinchi (va yuqoriroq) sathning turli xil trafigini inkapsulatsiyalashni ta’minlashga va "nuqta-nuqta" tilidagi virtual tunnellarni (marshrutizatordan marshrutizatorga yoki shaxsiy kompterdan lokal hisoblash tarmog‘ining shlyuzigacha) qurishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |