Kriptografik kalitlarni boshqarish
Kalitlarni taqsimlashga quyidagi talablar qo‘yiladi:
Kompyuter tarmoqlaridan foydalanuvchilar o‘rtasida kalitlarni taqsimlashning quyidagi asosiy usullaridan foydalaniladi.
1.Kalitlarni taqsimlovchi bitta yoki bir nechta markazlardan foydalanish.
2.Tarmoq foydalanuvchilari o‘rtasida kalitlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri almashish.
Birinchi usulning muammosi shundaki, kalitlarni taqsimlash markaziga kimga, qaysi kalitlar taqsimlanganligi ma’lum. Bu esa tarmoq bo‘yicha uzatilayotgan barcha xabarlarni o‘qishga imkon beradi. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan suiste’mollar tarmoq xavfsizligining jiddiy buzilishiga olib kelishi mumkin. Ikkinchi usuldagi muammo tarmoq sub’ektlarining haqiqiy ekanligiga ishonch hosil qilishdir.
U. Diffi va M.Xellman tomonidan kashf etilgan kalitlarni ochiq taqsimlash usuli foydalanuvchilarga kalitlarni himoyalanmagan aloqa kanallari orqali almashishga imkon beradi. Uning xavfsizligi chegaralangan sohada diskret logarifmlarni hisoblashning mushkulligiga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |