O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti


III. PUL TAKLIFINI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLINISH YO’LLARI



Download 233,98 Kb.
bet12/14
Sana31.12.2021
Hajmi233,98 Kb.
#268938
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
kurs ishi makro

III. PUL TAKLIFINI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLINISH YO’LLARI

3.1 Markaziy Bankning pul taklifini tartibga solish usullari

Tadbirkorlar qo‘lidagi bo‘sh pul mablag‘lari. Bulardan tashqari davlat budjetidan uzoq muddatli qarz berish uchun maxsus mablag‘ ajratiladi.

Markaziy bank ham qo‘shimcha emissiya tufayli moliya-kredit muassasalariga kreditlar berishi mumkin. Ma’lum vaqt mobaynida bo‘sh pullar uning egalariga hech qanday daromad keltirmaydilar, shuning uchun kam miqdordagi foiz bilan ham qarz berish foydali bo‘lib qoladi. Natijada ana shu bo‘sh pullar ssuda kapitaliga aylantiriladi. Bunda banklar yuqori foiz bilan muhtoj bo‘lgan tadbirkorlar va boshqa subyektlarga o‘z maqsadlarini amalga oshirish uchun qarz beradi. Hozirgi sharoitda xo‘jalik faoliyatini moliyalashtirishda qarz mablag‘lari ulushi oshib borishi tamoyili kuzatiladi. Ularning ulushi ayniqsa kapital quyilmalar hajmida ortib boradi. Bunday tamoyil Yaponiya, Italiya, Fransiyada yaqqol ko‘zga tashlandi. Masalan: Yaponiya firmalari ishlab chiqarishni kengaytirish uchun sarflangan mablag‘larning 4/5 qismini chetdan jalb qilingan, ya’ni qarz olingan mablag‘lar tashkil qiladi7

Markaziy Bankning 4 ta asosiy vazifasi bor. Markaziy bank:

а) mamlakatning emission markazi, ya'ni banknotlar chiqarishning monopol huquqiga ega;

b) banklar banki, ya'ni kompaniya va muassasalar bilan emas, balki asosan ushbu mamlakat banklari bilan operatsiyalarni amalga oshirishi: milliy kredit tizimini zarur standartlash va professionallik darajasini saqlagan holda ularning kassa zaxiralarini qonun bilan belgilangan miqdorda saqlash, ularga kredit berish (oxirgi instansiya kreditori), nazorat qilish;

v) mamlakatning asosiy hisob-kitob markazi. Bu degani, boshqa banklar o‘rtasida o‘zaro talablari va majburiyatlarining zachyoti (kliring) asosida naqd pulsiz operatsiyalarini amalga oshirishda vositachi vazifasini bajaradi;

g) pul-kredit siyosati orqali iqtisodiyotni tartibga soluvchi organ.

Tartibga solish funksiyasi - pul muomalasini tartibga solishdir. Bunga naqd va naqdsiz pul emissiyasini kamaytirish yoki ko‘paytirish va diskont siyosati, minimal zaxiralar siyosati, ochiq bozor, valyuta siyosati orqali erishiladi.

Tartibga solish funksiyasi nazorat funksiyasi bilan chambarchas bog‘liq. Masalan, minimal zaxira siyosatini o‘tkazishda, markaziy bank muayyan bankning holati haqida keng ma'lumot oladi.

Nazorat funksiyasiga bankning bank tizimi tarkibining sifat talablariga muvofiqligini aniqlash kiradi, ya'ni kredit muassasalarini milliy bank bozoriga qabul qilish tartibi. Bundan tashqari, bunga kredit muassasalari uchun zarur iqtisodiy koeffitsientlar va me'yorlar ishlab chiqish hamda ularga amal qilishni nazorat qilish kiradi.8

Iqtisodiy normativlar – Markaziy bank tomonidan belgilanadigan pul aylanmasini boshqarish va bank faoliyatini tartibga solish uchun normativlardir. Masalan, ularga majburiy zaxira me'yori, likvidlik koeffitsenti, kapitalning yetarliligi va boshqalar kiradi.

Millatlararo markaziy banklar ham mavjud, masalan Yevropa markaziy banki.



Yevropa markaziy banki - yevro hududining markaziy banki hisoblanadi. 1998 yil 1 iyunda tashkil topgan. Uning shtab-kvartirasi (qarorgoxi) Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida joylashgan. Uning boshqaruv organi tarkibiga Yevropa ittifoqiga a'zo bo‘lgan barcha davlatlarning vakillari kiradi. Bank Yevropa ittifoqining boshqa organlaridan butunlay mustaqil.

Kapital tashkil etish shakliga ko‘ra markaziy banklar quyidagilarga bo‘linadi: davlat, aksioner, aralash.

Davlat markaziy banklarida kapital davlat hisobidan shakllantirilgan (masalan, bank tashkil etilgan paytida, Germaniya federal banki kabi, yoki Buyuk Britaniya va Fransiya Markaziy banki kabi, davlat, mavjud bo‘lgan tijorat bankni milliylashtirganidan keyin).9

Aksionerlik markaziy banklarda kapital aksiyadorlar hisobidan shakllanadi (masalan, AQSh Federal zaxira tizimining kapitali tijorat aksiyadorlik banklar hisobidan shakllangan).

Aralash markaziy banklarda kapitalning bir qismi davlat tomonidan, qolgan qismi esa xususiy aksiyadorlar tomonidan shakllanadi (masalan, Yaponiya bankida davlat 55% aksiyalarga egalik qiladi).

Turli mamlakatlarda markaziy banklarning nomlari uchun turli atamalar ishlatiladi: markaziy, davlat, zaxira, milliy va boshqalar:

  • “Milliy bank” nomi Abxaziya, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston, Ukraina va Shveysariyalarda qabul qilingan;

  • “Markaziy bank” - Armaniston, Ozarbayjon, Eron, Rossiya, Turkmaniston, Turkiya va O‘zbekistonda;

  • “Xalq banki” – Bolgariya va Xitoyda;

  • “Bank” nomining o‘zi - Isroil (Isroil banki), Kanada, Litva, Latviya, Estoniya va Yaponiyada;

  • yoki, Singapurning pul-kredit boshqarmasi, Avstraliya zaxira banki, AQSh Federal zaxira tizimi va boshqalar.10

Xulosa

Iqtisodiyotdagi ahvolga qarab Markaziy bank o‘zining pul-kredit sohasidagi strategiyasini aniqlaydi. Bundan tashqari mamlakatdagi pul muomalasi hukumat tomonidan chiqarilgan qaror va farmoyish bilan ham boshqariladi. Bunga misol qilib korxona va tashkilotlarning kassa tushumi rejasining bajarilishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatish, barcha savdo shahobchalarini inkassatsiyaga tortish, aholini o‘z daromadini davlat banklarida saqlashga targ‘ib qilish va ishontirish, qimmatli qog‘ozlar bozorini kengaytirish, hisob cheklaridan keng foydalanish, bank tizimini takomillashtirish, ya’ni plastik kartochkalarni joriy etish va boshqalar bularning hammasi muomaladagi pul massasining kamayishiga, emissiya miqdorining qisqarishiga olib kelishi mumkin.

Chet el iqtisodchilarining tadqiqotlarini olib qaraydigan bo‘lsak, yuqoridagidek pul aylanishini ikkiga bo‘lib o‘rganish yo‘q. Buning asosiy sababi, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda hisob-kitoblar asosan naqd pulsiz olib boriladi. Hisobkitoblarni bu turlarda olib borish qulay va sharoitga mos keladi. Lekin, hali rivojlangan iqtisodga ega bo‘lmasdan turib, biz xorijiy davlatlarning hozirgi hisob-kitoblarning mavqei bilan o‘z hisob-kitob tizimimizni tenglashtira olmaymiz. Undan tashqari bozor iqtisodiga bosqichma-bosqich o‘tish, millshiy pul birligini barqarorlashtirish, muomaladagi pul massasini va pul emissiyasini kamaytirish masalalari dolzarb turgan bir sharoitda pul aylanishini naqd pullik va naqd pulsiz aylanishlarga bo‘lib o‘rganishimiz, ularning tarkibini takomillashtirishimiz, samarali yo‘llarni qo‘llab jamiyatimizda to‘laqonli pul aylanishini yaratishimiz va uni jamiyat rivojlanishi uchun xizmat qildirishimiz zarur. Mana shu sharoitgina rivojlangan xorijiy davlatlarga o‘xshab pul aylanishini tarkibiy qismlarga bo‘lmasdan tahlil qilishimiz mumkin. Shuni ta’kidlash kerakki, pul aylanishining ikki qismi bir-biri bilan uzviy bog‘liq, chunki pul naqd pul aylanishidan naqd pulsiz aylanishga o‘tadi va aksincha aylanib doimiy harakatda bo‘lib, umumiy pul aylanishini yuzaga keltiradi.

Iqtisodiy kategoriyaga amal qiluvchi har bir mamlakat rivojlanishining asosiy vositalaridan biri pul bo‘lib, bozor iqtisodiga o‘tish va unda ish yuritishda uning o‘rni va ahamiyati yanada oshib boradi. Pul – “bozor tili” deb bejiz aytilmagan. Har bir iqtisodiy axborot, tovarlar va xizmatlar bahosi, to‘lovlar, daromadu harajatlar, moliyaviy talablar va majburiyatlar, iqtisodiy aloqalar makro va mikro darajada faqat pulda ifoda qilinadi.

Bozor munosabatlariga o‘tish iqtisodiy kategori sifatida pulning, kreditning, foiz, soliq va boshqa kategoriyalarning mohichti va ahamiyatiga boshqacha yondashish zarurligini taqozo etadi.

Pullarning muntazam aylanishi sharoitida diqqat-e’tibor banklar va chakana savdo korxonalarida yuqori shaffoflik, sifat va xavfsizlik, shuningdek naqd pul muomalasini tashkil etishga harajatlarni sezilarli kamaytirish uchun naqd pullar aylanishini optimallashtirishga qaratiladi.

Pul aylanishini ikki asosiy belgiga: jami ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish va pulning funksiyalariga ko‘ra tarkibiy qismlarga bo‘lish mumkin.

Pul oboroti investitsiya bilan bog‘liq harajatlarni, sug‘urta jarayonlarini amalga oishirishni, mulkni, hayotni, transport vositalarni, bog‘larni va boshqa buyumlarni sug‘urta qilish va uni to‘lashni o‘z ichiga oladi.

Pul aylanishi aholi tomonidan uy-joy, kommunal xizmatlar, gaz elektr energiyasi, aloqa xizmatlari uchun to‘lovlar, madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalariga to‘lovlar, transport uchun va boshqa to‘lovlarni, a’zolik badallari va paylarni to‘lashni o‘z ichiga oladi. Shunday qilib, pulning ayrim yo‘nalishlardagi harakatlarini ko‘rib chiqqan xolda, pul aylanishining mohiyatini quyidagicha ta’riflash mumkin. Pul aylanishi, bu naqd pullik va pul o‘tkazish yo‘li bilan olib boriladigan hisob-kitoblarning yig‘indisidir.

Pul aylanish tezligi uning pul muomala vositasi va to‘lov vositasi sifatida amal qilgandagi harakat ko‘rsatkichidir. Uning miqdorini hisoblash qiyin, shuning uchun uni hisob-kitob qilishda bilvosita ma’lumotlardan foydalaniladi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda pul aylanish tezligi quyidagi ko‘rsatkichlarga bog‘liq bo‘ladi:

-daromadlarning aylanishida tutgan o‘rni. Bu ko‘rsatkich pul muomalasi va iqtisodiy rivojlanish jarayoni orasidagi o‘zaro aloqadorlikni ko‘rsatadi.

-to‘lov aylanishida pulning aylanuvchanlik ko‘rsatkichi. Bu ko‘rsatkich joriy bank schyotlari bo‘yicha o‘tkazilgan mablag‘lar yig‘indisining pul massasi o‘rtacha qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadi.



Pulning aylanish tezligining o‘zgarishi umumiqtisodiy hamda to‘la monetar omillariga bog‘liq. Pul qadrsizlangan hollarda iste’molchilar pullarining to‘lov qobiliyatlarini saqlab qolish uchun ko‘proq tovarlar harid qiladilar. Bu esa pul aylanishini tezlashtiradi. Boshqa ko‘rsatkichlar o‘zgarmas bo‘lganida pul aylanishining tezlashishi pul massasi oshishini bildiradi va inflyatsiyaga olib keluvchi bir omil sifatida maydonga chiqadi.


Download 233,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish