О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi e. D. Yusupov, Z. K. Kusharov


“Menejment  nazariyasi”ning vazifasi



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/312
Sana18.01.2022
Hajmi3,2 Mb.
#388324
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   312
Bog'liq
menejment nazariyasi (1)

“Menejment  nazariyasi”ning vazifasi
.  “Menejment  nazariyasi”ning 
fan  sifatida  vazifalari  raqobatbardosh  mahsulot  ishlab  chiqarish  orqali 
jamoaning (shaxsning) barqaror, ishonchli, istiqbolli va samarali ishlashini 
ta’minlaydigan  ilmiy  yondoshuvlarni,  tamoyillar  va  usullarni  ishlab 
chiqish, eksperimental tekshirish va amaliyotda qо‘llashdir.  
Menejment nazariyasi kursining mazmunini  iqtisodiyotni  boshqarish, 
menejment    tizimlari    va    uni    tuzishning    tashkiliy    shakllari,    iqtisodiy 
mexanizmi 
va 
menejment 
uslublari, 
menejment 
texnika 
va 
texnologiyasining  nazariy  va  uslubiy  asoslarini  о‘rganish  tashkil  etadi.  
Menejment boshqaruv faoliyatining umumiy qonuniyatlari  va  tamoyillari, 
menejment tizimiga ta’sir usullarini shakllantiradi, boshqaruv apparatining  
aniq  vaziyatlardagi  harakatlari va  о‘zini tutish hollarini umumlashtiradi, 
iqtisodiyotni    boshqarishning  nazariy  va  amaliy  tomonlarini  о‘rganadi.  
Menejment    nazariyasi  boshqaruv    faoliyatining    qirralarini    butun    bir  
majmua  kо‘rinishida,  nazariy  tahlil  va  mantiqiy  uslub  asosida,  
boshqaruvning  asosiy  qonuniyatlari  va usullarini  ajratib  о‘rganadi. 
“Menejment  nazariyasi”ning  amaliy  tomonlari  quyidagi    aniq  
vazifalarni    hal  etishga:    iqtisodiyotni    bozor    munosabatlariga    о‘tishiga,  
foyda    olishga,    ishlab  chiqarish  samaradorligini  oshirish,  aholi  ijtimoiy 
himoyasini    kuchaytirishga,  kishilar  ma’naviy  darajalarini  о‘stirish  va 
boshqalarga  qaratilgandir. 
“Menejment nazariyasi”ning nazariy  tomonlarining  asosiy  vazifalari  
quyidagilardir: 
-  menejmentning  nazariy  asoslarini  о‘rganish; 
-    bozor    iqtisodiyoti    sharoitida    menejmentning    asosiy    usullarini  
о‘rganish  va  amaliyotga  tatbiq  etish; 
-    menejment    faoliyati    sohasida    kasbiy    mahorat    bilimlarini  
egallash; 
-  menejment  tamoyillari,  funksiyalari  haqida kengroq tushunchaga 
ega bо‘lish; 


8
 
 
-  menejment  jarayonida  kommunikatsiyalar  va  ulardan  foydalanish  
kо‘nikmalarini  hosil  qilish; 
-  rahbarlik faoliyati  bо‘yicha  kasbiy mahorat  uslubi  va madaniyati 
haqida  kengrov bilimga ega bо‘lish; 
-  mamlakat  iqtisodiyotida  menejment  tizimini о‘rganish  va  tahlil  
qilish; 
-  xorijiy  tajribalarni  о‘rganish,    ularni    taqqoslash    asosida    о‘qitish, 
о‘rgatish  va  boshqalar. 
“Menejment 
nazariyasi” 
fani 
о‘zining 
maqsad, 
vazifa,  
funksiyalaridan  kelib  chiqib,  boshqa  umumiqtisodiy,  gumanitar,  tabiiy,  
matematik  fanlar  bilan  uzviy  bog‘liqlikda  rivojlanadi.  Fanning uslubiy 
asosini  iqtisodiy    nazariya,    menejment,    bozor    nazariyasi    fanlari  
belgilaydi.  
Bundan  tashqari,    sotsiologiya,    psixologiya,    personal    boshqarish, 
ekonometrika, tarmoq iqtisodiyoti kabi  fanlar  bilan  aloqadordir. Chunki  
menejment    asosan    kishilarni,    jamiyatni    boshqarish bо‘lganligi    uchun,  
mehnatni  tashkil  etish,  ishchi  о‘rinlarini,  shart- sharoitlarini  yaratish,  
belgilangan    vazifalar    bajarilishi    yuzasidan  nazorat  qilish,  faoliyat 
natijalarini baholashda samaradorlik kо‘rsatkichlarini  qо‘llash,  qolaversa,  
menejmentda  rahbarning psixologiyasi,  madaniyati  о‘ziga  xos  uslubga  
ega  bо‘lishini  taqozo  etish va  ularni  о‘rganish  menejment  nazariyasi  
fanining  yuqorida  ta’kidlangan  fanlar  bilan  bog‘liqlikda,    birgalikda  
rivojlanishiga  asos bо‘ladi. 
Bozor    munosabatlariga    о‘tish    ishlab    chiqarish    va    bozorning 
samarali    о‘zaro    ta’sirini,    davlat    menejmenti    va    korxonalarning    о‘z-
о‘zini  boshqarishning  mutanosib  nisbatda  bо‘lishini    ta’minlovchi 
takomillashgan iqtisodiy mexanizmni yaratishga  yо‘naltirilgandir. 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish