О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi e. D. Yusupov, Z. K. Kusharov



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet236/312
Sana18.01.2022
Hajmi3,2 Mb.
#388324
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   312
Bog'liq
menejment nazariyasi (1)

 
 


250
 
 
Boshqaruv psixologiyasi– turli obyeklarni: davlat tashkilotlarni, insonlarni, iqtisodiy 
va texnika tizmlarini inson tomonidan boshqarishining psixologik tomonlarini 
о‘rganadi. 
U.Xolmuradov
 
 
XV- BOB. MENEJMENTNING IJTIMOIY VA PSIXOLOGIK 
ASOSLARI 
 
 
Kalitli  sо‘zlar:
 
Ijtimoiy  menejment,  sotsiologiya,  ijtimoiy  boshqaruv, 
ijtimoiy  soha,  meyor,  korporativlik,  sivilizatsiya,  madaniyat,  ta’lim, 
ijtimoiy  tizim,  iqtisodiy  tizim,  psixologik  vaziyatni,  ijtimoiy  psixologiya, 
adaptatsiya, ijtimoiy adaptatsiY.
 
 
1.
 
IJTIMOIY MENEJMENT VA IJTIMOIY TIZIM 
TUSHUNCHALARI 
Umumiy  holda  menejment  turli  xil  tabiat  tizimlarining  (biologik, 
ijtimoiy,  texnik)  funksiyasidir,  bu  ularning  ishonchliligini  saqlab  qolish 
yoki  tizimni  muvozanat  holatidan  boshqa  muvozanat  holatiga  о‘tkazish 
imkonini beradi. 
Ijtimoiy  menejment  haqida  gapirganda,  biologik  va  texnik 
tizimlardagi  boshqaruvdan  farqli  о‘laroq,  har  qanday  ijtimoiy  tizimlar  va 
jarayonlarni  boshqarishni  nazarda  tutadi.  Ijtimoiy  menejment-oldindan 
belgilangan maqsadlarni amalga oshirish uchun odamlarning manfaatlarini 
va birgalikdagi harakatlarini muvofiqlashtirish faoliyatidir. 
Jamiyatda  ikki  xil  boshqaruv  mexanizmlari  mavjud  bо‘lib,  bular 
stixiyali  va  ongli  boshqaruv  mexanizmlaridir.  Stixiyali  mexanizm  bilan 
tizimga  turli  xil  nazorat  qilish  ta’sirlarini,  kо‘pincha  qarama-qarshi 
kuchlarning tо‘qnashuvi va о‘zaro ularning tutash holatlarining natijalarini 
tartibga  soladi.  Bu  ta’sir  odamlarning  aralashuvini  talab  qilmaydi,  u 
avtomatik  ravishda  amalga  oshiriladi.  Masalan,  bozor  iqtisodiyotning 
asosiy  regulyatori,  ishlab  chiqarishning  asosiy  boshqaruv  kuchi  va  unga 
aloqador  ijtimoiy  munosabatlar  tizimidir.  A.  Smit
90
ning  "Bozorning 
kо‘rinmas  qо‘li"  asarida  “talab  va  taklif  о‘rtasidagi  muvozanatni  saqlab 
qolishga  va  shu  bilan  tizimning  barqarorligi  va  turg‘unligini  saqlab 
qolishga intiladi” deyiladi. 
Ongli boshqaruv mexanizmi turli ijtimoiy guruhlarning manfaatlariga 
muvofiq  ularga  erishish  maqsadlari  va  vositalarini  oldindan  tanlashni  о‘z 
ichiga oladi. 
                                                           
90
  A.Smit(
1723-1890
)  -  klassik  siyosiy  iqtisodning  eng  yirik  vakillaridan  biri  bo'lgan  Shotlandiya  iqtisodchisi  va 
faylasufi, menejment bo'yicha mutaxassis, mehnatni ajratishning turli shakllarini tahlil qilgan. 


251
 
 
Shuni  alohida  ta’killash  kerakki,  barcha  tizimlar  va  jarayonlar 
tashqaridan  boshqarishga  muhtoj  emas.  Bu  madaniy,  demografik,  ijodiy, 
migratsiya  va  boshqa  jarayonlarga  taalluqlidir.  Totalitar  jamiyatlarda 
davlatning,  hukmron  sinf  yoki  partiyaning  boshqaruv  ta’sir  doirasi  inson 
hayotining barcha sohalariga, jumladan, shaxsiy, oilaviy,  ma’naviy, inson 
ongiga  (ongni  manipulyatsiya  qilish)  qadar  yetib  borgan.  Bunday 
jamiyatlar  ikki  qarama-qarshi  va  teng  bо‘lmagan  guruhlarga  bо‘ilnadi: 
boshqaruvchilar va boshqarilinuvchilar uchun. 
Boshqaruv  tizimi  uchta  asosiy  qismdan  iborat:  boshqaruv  subyekti, 
boshqaruv obyekti va boshqaruv faoliyati. 
Belgilangan  vazifalarning  mazmuni  va  miqyosiga  qarab,  barcha 
ijtimoiy menejment tizimi uchta darajaga bо‘linishi mumkin: 
1. 
Institusional 
daraja-ijtimoiy 
institutlar 
doirasida 
amalga 
oshiriladigan  jarayonlarni  boshqarish  (ijtimoiy-demografik  jarayonlar, 
ta’lim,  sog‘liqni  saqlash,  madaniyat,  migratsiya  jarayonlari,  ijtimoiy-
mehnat munosabatlarini tartibga solish va boshqalar). 
2.  Tashkiliy  daraja  -  har  qanday  tashkilotni  (sanoat  korxonasi,  bank, 
qamoqxona,  shifoxona,  vositachilik  firmasi  va  boshqalar)  va  ushbu 
tashkilotlar 
doirasida 
(tashkilot 
ichidagi 
bо‘limlarni 
boshqarish) 
boshqarish. 
3.  Texnik  daraja-bevosita  tovarlar  ishlab  chiqarish  va  xizmatlar 
kо‘rsatishni boshqarish (tarmoqlar va faoliyat turlari bо‘yicha menejment). 
Bunga  funksional  boshqaruv  (marketing,  moliyaviy,  kadrlar,  innovatsion 
va boshqalar) kiradi. 
Ijtimoiy  nuqtai-nazardan,  boshqaruv-  insonlar  munosabatlarining 
iyerarxik tizimidir: 
1. rasmiy holatda; 
2. maqomida(v statuse) (iqtisodiy va obrо‘li);  
3. daromadlarda;  
4. vakolatlari doirasida. 
Boshqaruv  tizimiga  kiritilgan  turli  xil  ijtimoiy  guruhlarning  о‘zaro 
munosabatlarini va о‘zaro ta’sirini о‘rganadigan ijtimoiy boshqaruv: 
1) menejerlar maxsus ijtimoiy guruh sifatida; 
2) boshqaruv iyerarxiyasi doirasida ijtimoiy munosabatlarning tabiati; 
3) ijtimoiy nazorat funksiyasi sifatida boshqarish. 
Funksiyalarning  ixtisoslashuvi  natijasida  vertikal  darajalar  sonining 
kо‘payishi  va  ortib  borayotgan  gorizontal  bо‘linishlar  boshqaruv 
iyerarxiyasi  doirasida  munosabatlarning  murakkab,  nizoli  tuzilmasining 


252
 
 
paydo  bо‘lishiga  olib  keladi.  Ushbu  munosabatlar  hamkorlik,  raqobat, 
qarama-qarshilik, ziddiyatli xarakterga ega bо‘lishi mumkin. 
Ijtimoiy menejmentda obyekt sifatida- boshqaruv vakolatlarini amalga 
oshiruvchi shaxs yoki guruhlar, tashkilot yoki muassasalar qaraladi. Ushbu 
boshqaruv quyi tizimi hal qilinadigan vazifalarning murakkabligi va hajmi, 
menejerlarning  malakasi  va  ularga  huquq  va  vakolatlarni  mustahkamlash 
choralari bilan belgilanadi. 
Menejerlar  sonining  kо‘payishi  bilan  boshqaruvning  tashkiliy 
iyerarxiyasining о‘sishi, mehnatni taqsimlash va ixtisoslashuv darajasining 
oshishi kuzatilmoqda. Hozirgi vaqtda ularni quyidagicha farqlash mumkin: 
1)  korporatsiyalar,  kompaniyalar  va  firmalar  strategiyasini  aniqlash, 
korxonalar  uchun  resurslarni  taqsimlash  bilan  shug‘ullanadigan  oliy 
darajadagi menejerlar; 
2)  ishlab  chiqarishni  nazorat  qilish,  tadqiqotlarni  rivojlantirish  va 
korxonalarni  tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri  rivojlantirish,  marketing,  kadrlar  bilan 
ishlash,  hisobot  berish  va  moliya  kabi  vazifalarni  bajaradigan  о‘rta 
darajadagi menejerlar; 
3)  ijrochilarning  ishini  bevosita  nazorat  qilishni  о‘z  ichiga  olgan 
tezkor menejerlar (masterlar, inspektorlar va boshqalar). 
Menejmentdagi  professional  menejerlarning  kelajakdagi  istalgan 
holatini,  uning  tashkil  etilishining  obrazini  va  boshqaruv  tizimining 
rivojlanishi  va  harakatini  oraliq  va  strategik  maqsadlarga  erishish  uchun 
ta’minlash qobiliyatini kо‘rish uning harakatlarida namoyon bо‘ladi. 
Ijtimoiy menejmentning paydo bо‘lishi jamiyat hayotida «ijtimoiy» va 
barcha fanlar, ayniqsa sotsiologiya va ijtimoiy boshqaruvning rivojlanishi 
bilan  uzviy  bog‘liq.  Ijtimoiy  menejment  ularning  asosiy  qismi  sifatida 
ijtimoiy  munosabatlar tizimini, ijtimoiy jarayonlar, ijtimoiy soha, ijtimoiy 
resurslar  va  ularning  zimmasiga  tushadigan  boshqaruv  va  tashkiliy 
munosabatlar, ularning qonuniyatlari va tamoyil-larini о‘rganadi.  
Ijtimoiy  menejment  ijtimoiy  boshqaruvning  fundamental  bilimlariga 
tayanib,  eng  kam  boshqaruv  harajatlari  bilan  eng  kо‘p  ijtimoiy  samara 
olishga  intiladi.  Oxirgi  natija  qanchalik  yuqori,  boshqaruv  yо‘qotishlari 
qanchalik  kam  bо‘lsa,  ijtimoiy  menejmentning  samaradorligi  shunchalik 
yuqori bо‘ladi.  
Ijtimoiy  menejment  paydo  bо‘lishi  XX  -  asr  80-90  yillarda  Farbdagi 
boshqaruvchanlik  revolitsiyasi  natijasida  yuzaga  kelgan.  U    ijtimoiy 
soxadagi  samarali  boshqarish  ta’siri  va  uning  bozor  strukturasi,  moliya, 
iqtisod,  boshqaruv  tuzulmalarining  teskari    bog‘likliklari  bilan  aloqador. 
Ijtimoiy  boshqaruv  sohasi  ham  ta’sir  etish  obyekti,  ham  subyekti
 
nuqtai-


253
 
 
nazaridan  mustaqil,  kо‘p  tuzilmali  va  ommaviy  bо‘lib  bormoqda,  bu 
sohada  о‘zgacha  boshqaruvchi-mutaxassis  paydo  bо‘lmokda.  Shartnoma 
bо‘yicha  yollangan,  natijalar  bо‘yicha  bosh-qaruv  faoliyatiga  mas’ul 
bо‘lgan  har  bir  menejer  boshqaruv  sohasida  tadbirkorga  aylanmoqda. 
Boshqaruv  va  boshqaruvchilar-ning  alohida  istituti-bozor  shakllanmoqda. 
U  davlat  boshqaruvi  bilan  munosib  raqobatlashmoqda.  Jahon  tajribasi 
shuni  kо‘rsatdiki,  bu  nafaqat  menejerlar,  balki  davlat  boshqaruv 
organlarining  ham  mas’uliyatli  va  professional  jamoasini  shakllantirishda 
asosiy mexanizm ekan. 
Yuqorida  keltirilganidek,  nafaqat  menejmentning  klassik  holatlari 
rivojlanishi  va  chuqurlashuvi  sodir  bо‘lmoqda,  balki  «kovboylik 
menejmenti»  ni  ommaviy  siqib  chiqarish  kuzatilmoqda.  Uning  о‘rniga 
madaniy  hamkorlik  tamoyillari,  avvalambor  ijtimoiy  tashkilotda  bozor 
raqobatida    hamkorlik  kelmoqda.  Ijtimoiy  sohada  kо‘rsatkichlar  va 
statistika tо‘rt darajaga bо‘linadi: xalqaro, milliy, regional, mahalliy. Ular 
yagona  konseptual  asosda  qurilgan,  yagona  ahborot  tizimi  doirasida 
birlashgan va xalqaro meyorlarga mos. 
XX  asr  oxiri  ijtimoiy    menejmenti  innovatsion  madaniyat  -  ijtimoiy 
sharoitda  shakllanmoqda.  Bu  umumiy  boshqaruv  madaniyatining  eng 
muhim  elementiga  aylanmoqda.  Uni  amalga  oshirishning  muhim 
mexanizmi  bо‘lib  ijtimoiy  menejment  aqliy  va  ishlab  chiqarshi  sohasida, 
xizmatlar,  turistik  biznes,  pullik  meditsinada  tadbirkorlikning  turli 
kо‘rinishi sifatida namoyon bо‘ladi.  
Yangi bozor tadbirkordan innovatsion va yanada kо‘proq ijodiy hulkni 
talab  qildi.  Bunga  axborot  va  texnologik  inqilob  misol.  U  kichik 
tadbirkorlikka  nafaqat  tirik  qolishga,  balki  boshni  kо‘tarib,  yirik  va  о‘rta 
korxonalar bilan muvaffaqiyatli raqobatlashishga imkon beradi. 
 Shu  yillarda  tadbirkorlik  xulqining  butun  ish  strategiyasi  negizidan 
о‘zgarmoqda:  iste’molchilarga
 
mavhum  yondoshuvdan  -  ularning 
ehtiyojlarini,  individual  didlarini  о‘rganishga  о‘tilmoqda.  Egiluvchan  va 
dinamik  ishlab  chiqarishda  yangi  texnologiyalar  va  marketingga  ehtiyoj 
sezilmoqda.  Bir  sо‘z  bilan  aytganda,  XX  asr  oxiri  tadbirkorligi, 
avvalambor boshqaruv sohasida innovatsiyaga aylanmoqda. 
Ijtimoiy  menejment  yordamida  moliyaviy  mablag‘larni  ijtimoiy 
ehtiyojlarga  sarflash  maqsadida  byudjetni  tо‘ldirish  mexanizmlari  ishlab 
chiqiladi, ish о‘rinlari soni ortadi.  
Shuni  aytish  kerakki,  ijtimoiy  menejment  о‘zining  zamonaviy 
kо‘rinishini  korporativ  nazariyasi  va  amaliyoti  ta’siri  ostida  namoyon 


254
 
 
qilmoqda.  U  menejment  taraqqiyotida  mavjud  mexanizmni  amalga 
oshirish bilan tо‘ldirib bormoqda. 
Shunday  qilib,  jamiyat  hayotining  bu  ikki  kо‘rinishi  jamiyat 
rivojlanishi maqsadlari bо‘yicha kо‘p jihatdan bir biriga mos keladi. Lekin 
ularning  eng  katta  mosligi  maqsadlarda  emas,  balki  ularga  erishish 
mexanizmlari  va  texnologiyalaridadir.  Korporativ  va  ijtimoiy  menejment 
jamiyat  rivojlanishining  zamonaviy  sharoitlarida  xо‘jalik  hayotining, 
ijtimoiy-siyosiy munosabatlarning sog‘lomlashini ta’minlaydi. 
Menejment ostidagi ijtimoiy boshqaruvninng zamonaviy nazariyasi va 
amaliyotida  alohida  ishlovchi,  ijtimoiy  guruh  yoki  butun  jamiyatni 
boshqarish  jarayoni  tushuniladi.  Deyarli  barcha  mashhur  horijiy 
qomuslarda  «menejment»  tushunchasi  ijtimoiy  tashkilot  maqsadiga 
insonlarga rahbarlik qilish hisobiga erishish jarayoni sifatida izohlanadi. 
 «Menejment о‘z oldiga har qanday faoliyat sohasiga yaroqli umumiy 
boshqaruv  tamoyillarini  shakllantirish  va  amalda  qо‘llashni  maqsad  qilib 
qо‘ygan.  Ularga  quyidagilar  kiradi:  boshqaruv  muammolari  va 
maqsadlarini  aniqlash;  ularga  erishishning  aniq  chora-tadbirlarini  ishlab 
chiqish;  tashkilot  ichida  turli  bо‘linmalar  hamkorligi;  iyerarxik  tuzilmani 
mukammallashtirish, 
qarorlar 
qabul 
qilish 
jarayonlari 
va 
kommunikatsiyalarini maqbullashtirish»
91

Menejment  nazariyasi  va  amaliyotida  ijtimoiy  tashkilot,  moliyaviy 
tuzilma,  firma,  butun  jamiyatning  rivojlanish  maqsadlarini  aniqlash  hal 
qiluvchi yо‘nalish hisoblanadi. 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish