О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi e. D. Yusupov, Z. K. Kusharov



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/312
Sana18.01.2022
Hajmi3,2 Mb.
#388324
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   312
Bog'liq
menejment nazariyasi (1)

Motivatsiya
-о‘zini  va  boshqalarni  maqsadlarga  erishish  uchun 
faoliyatga undash jarayonidir. 
Rahbarlar  doimiy  ravishda  xodimlarni,  ular  buni  his  qiladilarmi  yoki 
yо‘qmi,  undaydilar.  Qadimgi  vaqtlarda  buning  uchun  qamchi  va 
qо‘rqitishlar, tanlab olinganlar uchun mukofotlar xizmat qilganlar. 
XX  asrga  qadar  shunday  fikr  keng  tarqalganki,  odamlar  hamma  vaqt 
ham  ularga  kо‘proq  pul  ishlab  topish  imkoniyati  berilganda  yaxshiroq 
ishlaydilar,  ya’ni  motivatsiya  qilinayotgan  harakatlarni  pul  mukofotlariga 
almashtirilishi  bilan  tenglashtirilgan.  Ammo  keyingi  tadqiqotlar  bunday 
yondoshuvni asossiz ekanligini aniqlab bergan va motivatsiya ehtiyojlarni 
murakkab  yig‘indisining  natijasi  ekanligini  kо‘rsatadi.  Xodimlarni 
rag‘batlantirish  uchun  rahbarga  ularning  ehtiyojlarini  aniqlash  zarur,  ular 
yaxshi ish orqali qanoatlantiriladilar. 
Tо‘g‘ri  motivatsiya-odamlarni baxtli va samarali ishlashining asosiy 
kalitidir! 
                                                           
45
  Unifikatsiya (lotin. unus " bir "+ facio " qilaman; birlashma») - yagona tizim yoki shaklga olib kelish. Manba: 
https://ru.wikipedia.org/wiki/
 Унификация 


138
 
 
Motivatsiyaga  jarayon  sifatida  qarash  maqsadga  muvofiqdir.  Shuning 
uchun  uni  quyidagi  oltita  shartlarning  ma’lum  darajasida  ketma-ket 
keluvchi bosqichlar kо‘rinishida tasavvur qilish mumkin: 
1. ehtiyojni vujudga kelishi; 
2.  ehtiyojni  qanoatlantiruvchi,  bartaraf  qiluvchi  yо‘llarni  qidirib 
topish; 
3. harakatlarning maqsadlari (yо‘nalishlari)ni belgilash; 
4. kerakli harakatlarni amalga oshirish; 
5. amalga oshirilgan harakatlar uchun mukofotlar olish; 
6. ehtiyojlarni qanoatlantirish, bartaraf qilish. 
Motivatsiya  jarayoni  motivatsiyaning  mazmuniy  nazariyalarini 
tushuntirib  beradi.  Ularda  odamlarni  harakat  qilishga  undovchi,  ayniqsa 
ishning  hajmi  va  mazmunini  belgilashdagi  asosiy  ehtiyojlar  aniqlanadi. 
Motivatsiyaning  konsepsiyalarini  ishlab  chiqishda  A.Maslou,  F.Gersberg, 
D. Mak Klellandlarning asarlari katta ahamiyatga ega bо‘lgan. 
Amerikalik ruhshunos A.Maslouning (1908-1970) nazariyasi bо‘yicha 
ehtiyojni  qat’iy  iyerarxik  tuzilma  kо‘rinishida  joylashtirish  mumkin.  U 
pastki  bosqichlardagi  ehtiyojlar  odamga  yuqoriroq  bosqichdagilarga 
qaraganda  oldinroq  ta’sir  qiladilar  deb  hisoblaydi.  Real  vaqtda  inson  о‘zi 
uchun  muhimroq  yoki  kuchliroq  bо‘lgan  ehtiyojni  qanoatlantirishga 
harakat  qiladi.  Keyingi  bosqichdagi  ehtiyoj  pastroq  bosqichdagi  ehtiyojni 
qandirgandan keyin insonning hulqidagi qudratliroq omil bо‘ladi. 
Fiziologik ehtiyojlar  yashab qolish uchun zarur bо‘lgan  ehtiyojlardir. 
Insonning  fiziologik  ehtiyojlari  insonlarning  va  butun  xalqlarning  xulq-
atvorining  eng  muhim  vositasidir
46
.  Ular  о‘z  ichiga  ovqatga,  suvga,  uy-
joyga, dam olishga bо‘lgan ehtiyojlarni oladilar. 
Tegishlilik  va  dahldorlikka  ehtiyojlar  о‘z  ichiga  nimagadir  yoki 
kimgadir tegishlilik hisini, ijtimoiy о‘zaro hamkorlik, bog‘liqlik va qо‘llab 
quvvatlash hisini oladilar. 
Xavfsizlik  va  himoyalanganlikka  ehtiyojlar  atrof-muhit  tomonidan 
jismoniy  va  psixologik  xavflardan  ximoya  qilinganlik  va  kelajakda 
fiziologik ehtiyojlar qanoatlantirilishiga ishonchni kо‘zda tutadi. 
Tan olinish va о‘zini о‘zi qaror toptirishga ehtiyojlar о‘zini о‘zi hurmat 
qilish  (shaxsiy  yutuqlar,  omilkorlik)ni,  atrofdagilar  tomonidan  hurmat 
qilinishni kо‘zda tutadi. 
О‘zini-о‘zi  aks  ettirishga  ehtiyojlar  –  bu  о‘zining  salohiyatli 
imkoniyatlarini amalga oshirishga ehtiyojlardir. 
Maslou konsepsiyasidan amaliy xulosalar quyidagilardir: 
                                                           
46
 
https://businessman.ru/new-fiziologicheskaya-potrebnost-bazovye-nuzhdy-cheloveka.html
 


139
 
 
-
 
yuqori  bosqichlar  ehtiyojlari  birlamchi  ehtiyojlar  (birinchi  ikki 
bosqichdagilar) qandirilganligiga qadar undovlar bо‘lishlari mumkin emas; 
-
 
ehtiyojlarning 
bosqichlari 
qanchalik 
yuqori 
bо‘lsa, 
ular 
odamlarning  shunchalik  kamroq  soni  uchun  faol  faoliyatga  undovlar 
bо‘ladilar; 
-
 
qanoatlantirilmagan  ehtiyojlar  xodimlarni  rag‘batlantir-maydi, 
qanoatlantirilganlari  esa  ta’sir  etishni  tо‘xtatadi,  shuning  uchun  ularning 
о‘rnini qanoatlantirilmaganlar egallaydilar; 
-
 
qandaydir  bitta  ehtiyojni  qanoatlantirilishi  yuqoriroq  bosqichdagi 
ehtiyojni avtomatik ravishda ishga tushishiga olib keladi. 
Maslou  konsepsiyasi  zamonaviy  boshqaruv  nazariyasi  va  amaliyotini 
rivojlanishiga  katta  ta’sir  kо‘rsatgan.  Ammo  hayot  shuni  kо‘rsatganki, 
konsepsiyada bir qator juda zaif jihatlar mavjud. 
Birinchidan,  ehtiyojlar  kо‘pgina  vaziyatli  omillar  (ishning  mazmuni, 
tashkilotdagi  holat,  yosh  va  h.k)  ga  bog‘liqlikda  har  xil  namoyon 
bо‘ladilar. 
Ikkinchidan,  hamma  vaqt  ham  Maslou  piramidasida  taqdim 
etilganidek,  ehtiyojlarning  bitta  guruhini  boshqasining  orqasidan  qat’iy 
kelishi amalga oshirilavermaydi. 
Uchinchidan,  ikkilamchi  ehtiyojlarni  qanoatlantirilishi  hamma  vaqt 
ham  ularning  motivatsiyaga  ta’sirlarini  kuchsizlanishiga  olib  kelmaydi. 
Maslouning hisoblashicha, bu qoidadan faqat о‘zini о‘zi aks ettirish istisno 
bо‘ladi.  U  kuchsizlanmaydi,  balqi  u  kanoatlanganligi  sari  uning 
motivatsiyaga  ta’siri  kuchayadi.  Amaliyotni  kо‘rsatishicha,  tan  olinish  va 
о‘zini  о‘zi  qaror  toptirish  ehtiyojlari  ham  ularni  qanoatlanishi  jarayonida 
motivatsiyaga kuchayib boruvchi ta’sir kо‘rsatishlari mumkin. 
 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish