О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi e. D. Yusupov, Z. K. Kusharov


Menejmentning  asosiy  funksiyalari



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/312
Sana18.01.2022
Hajmi3,2 Mb.
#388324
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   312
Bog'liq
menejment nazariyasi (1)

Menejmentning  asosiy  funksiyalari 
№ 
Asosiy 
funksiyalar
 
Funksiyalarning mazmuni va о‘rni 
1. 
Rejalashtirish    
 
*Boshqarishning asosiy va dastlabki  funksiyasidir.  
Har  qanday  boshqarish  reja tuzishdan  
boshlanadi. 
Bu rejada: 
*  boshqaruv  maqsadlari  va  vazifalari,  ularni amalga 
oshirish muddatlari belgilanadi, 
*  vazifalarni  amalga  oshirish  usullari  ishlab 
chiqiladi, 
*  xalq xо‘jaligi  bо‘g‘inlarining о‘zaro aloqalari 
о‘rnatiladi. 
      Rejalashtirishning  umumiylik  xususiyati  shundaki,  
bunda  har    bir    boshqaruv    xodimi    о‘zining  shaxsiy  
ishini    rejalashtiradi,    о‘z    ish  joydagi  faoliyati 
kо‘rsatkichlarini    ishlab    chiqadi,  rejalarni  qanday 
bajarayotganini  nazorat  qilishni uyushtiradi.
 
2. 
 Tashkil  qilish 
    Bu  funksiya  boshqaruv  obyekti  doirasida  barcha 
boshqariluvchi    va    boshqaruvchi    jarayonlarning 
uyushqoqligini ta’minlaydi. 
     Shu nuqtai nazardan tashkil qilish ichki va tashqi  shart-
sharoitlarshshg  о‘zgarib  turishiga    qarib,  amaldagi  tizim 
tarkibini takomillashti-rish yoki yangisini tuzish demakdir. 
      Bu    funksiya    joriy    va    strategik    rejalarning  ijrosini 
ta’minlash  bо‘yicha birinchi qadamdir. 


99
 
 
3. 
Muvoqlashtirish 
va tartibga 
solish 
*  Rejalashtirish  boshqarishning  strategiyasi  
hisoblansa,    muvofiqlashtirish    boshqarishning  taktik 
masalalarini hal  qiladi. 
*    Bu  funksiyaning  asosiy  vazifasi  oqilona  aloqalar  
о‘rnatish    yо‘li    bilan    bashqariladigan  tizimning  turli  
qismlari 
о‘rtasida  kelishib  ish  olib  borishni 
ta’minlashdir. 
*    Muvofiqlashtirish    mablag‘larni    tejash    maqsadida  
bashqaruvdagi  parallelizm  va    bir-birini    takrorlashni  
bartaraf    qilish    imkonini  beradi.  Bundan  tashqari,    u 
turli tarmoqlar  о‘rtasida  rssurslarni  taqsimlash  yо‘li 
bilan nisbat va mutanosiblikni,  ishlab chiqarish  bilan  
iste’mol  о‘rtasidagi  munosabatni о‘rnatadi. 
*    Tartibga    solish    muvofiqlashtirishning  davomi  
bо‘lib,   u sodir  bо‘lib turadigan  og‘ishlarni  bartaraf  
qilish    yо‘li    bilan    ishlab  chiqarish    jarayonlarini  
amalga    oshirishni  maqsad    qilib    qо‘yadi.  Uning  
yordami    bilan  vujudga    kelishi    ehtimol    tutilgan  
og‘ishlarning oldi olinadi. 
4. 
Nazorat  
*    Bu  funksiyaning    maqsadi    "tutib    olish",    "aybini 
ochish",  “ilintirish” emas,  balki boshqaruv  obyektida  
sodir 
bо‘layotgan 
jarayonlarni 
hisobga 
olish,  
tekshirish,    tahlil    qilish    va  ma’lum    tartibda    shu 
obyekt  faoliyatini  о‘z vaqtida soatlab turishdir. 
Nazorat  о‘rnatalgan  meyoriy  hujjataardan,    rejalardan 
og‘ishlarni,  ularning  joyi,  vaqgi,  sababi  va 
xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. 
*    Ta’sirchan    nazoratni    tashkil    qilish    har    bir 
rahbarning  funksional  ishidir.  Muntazam  nazorat  yо‘q 
joyda yuqori pirovard natijalarga erishib bо‘lmaydi. 
 
Menejment  jarayoni,  eng  avvalo,  uning  oliy  maqsadini  aniqlashdan 
va shu bilan birga, uni amalga oshirishni zaruriy harakatlar dasturini ishlab 
chiqishdan  boshlanadi.  Ma’lumki,  rejalashtirish  boshqarishning  asosiy 
funksiyalaridan  biri  hisoblanadi.  Rejalashtirish,  eng  avvalo,  kelajakni 
belgilash,  uning  samaradorligini  oshirishning  istiqbolli  yо‘nalishlarini 
tanlashdir.  Qarorlarning  eng  maqbul  variantlarini  ishlab  chiqish  va  ularni 
amalga  oshirishni  ta’minlashdan  iboratdir.  Hozirgi  vaqtda  rejalash-
tirishning  muhim  yо‘nalishi  kelajakni  bashorat  qilishdir.  Kelajakni 
bashorat  qilish  iqtisodiy  matematik  usullar  yordamida  matematik 
modellashtirish orqali amalga oshiriladi. 


100
 
 
Menejmentning  tashkil  etish  funksiyasi  qо‘yilgan  maqsadlarga 
muvofiq  ishlab  chiqarish  uchun  zarur  bо‘lgan  moddiy-texnika  bazasini 
yaratish,  boshqaruv  apparatining  maqsadga  muvofiq  tashkiliy  tarkibini 
aniqlash,  zarur  meyoriy  hujjatlarni  ishlab  chiqish  va  joriy  etish,  yangi 
standartlar,  boshqaruv  bо‘linmalari  tо‘g‘risidagi  qoidalar,  vazifaviy 
yо‘riqnomalar  tayyorlash  va  boshqalarni  о‘z  ichiga  oladi.  Tashkil  etish 
funksiyasi 
korxonada 
bо‘limlar 
faoliyatining 
tarkibiy-tashkiliy 
bog‘lanishiga  belgilangan  rejalarni  ma’lum  tartib  asosida  bajarilishini 
ta’minlaydi.  Boshqacha  qilib  aytganda,  korxonada  barcha  jarayonlarni 
birligini ta’minlab, yagona maqsadga birlashtiradi. 
Menejmentning  muvofiqlashtirish  funksiyasi  belgilangan  dasturni 
yoki  maqsadga  muvofiq  yoki  rejani  amalga  oshishini,  ishlab  chiqarish 
jarayonlarining bir meyorda borishini ta’minlaydi va о‘rnatilgan meyordan 
og‘ishini  bartaraf  etadi.  Bu  korxonada  zaruriy  tartiblilik  va  barqarorlik 
holatini о‘rnatadi. Ishlab chiqarishni taraqqiy etishi bilan boshqaruvchi va 
boshqariluvchi  tizimlar  о‘rtasidagi  aloqalar  doimo  ham  bir  meyorda 
davom 
etmaydi. 
Bо‘limlarning  vazifaviy  majburiyatlarini  tо‘liq 
bajarilmasligi  natijasida  о‘zaro  aloqalarda  uzilishlarni,  jarayonlarda 
og‘ishlarni  vujudga  keltiradi.  Bu  masalalar  muvofiqlashtirish  funksiyasi 
orqali  yechiladi.  Muvofiqlashtirish  funksiyasi  bozor  iqtisodiyotiga  о‘tish 
sharoitida  katta  ahamiyatga  ega.  Unga  ishlab  chiqarish  kо‘lami  oshgan, 
murakkablashib  borayotgan  iqtisodiy  aloqalar  vujudga  kelgan  sari  katta 
talab  qо‘yilmoqda.  Menejmentning  muvofiqlashtirish  funksiyasi  orqali 
korxonaning  dinamikasini,  boshqaruv  tizimini  turli  qism  va  bо‘linmalari 
bilan aloqasini bir tekisligi ta’minlanadi. 
Menejmentning  nazorat  qilish  funksiyasi  vazifasi  amalda  belgilangan 
topshiriqlarning  bajarilishini,  ishlab  chiqarishning  bir  meyorda  davom 
etishini  kuzatish,  uzilish  holatlarni,  о‘rnatilgan  talablardan  og‘ish 
sabablarini aniqlash, bartaraf etish, ularni oldindan bilish va ogohlantirish, 
ishlab  chiqarishning  barqarorligini  ta’minlashdir.  О‘zining  mohiyatiga 
kо‘ra  nazorat  funksiyasi  universal  hisoblanadi,  chunki,  korxona 
funksiyasining 
barcha 
bо‘g‘inlari  va  bо‘linmalariga  (texnologik 
jarayonlarning  nazorati,  texnik  hujjatlar  holatini  nazorat  qilish,  mahsulot 
sifatini  nazorat  qilish  va  hakazo)  kirib  boradi  va  menejmentni  boshqa 
funksiyalari 
bilan 
yaqin 
bog‘langan  bо‘ladi.  Shunday  qilib, 
menejmentning  nazorat  funksiyasi  korhona  faoliyatining  haqiqiy  holatini 
о‘rnatilgan  talablardan  og‘ishidan  doimo  xabardor  bо‘lib  turish  imkonini 
beradi. 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish