3. Yangi qurilma uchun yangi drayverni o‘rnatish. Drayverlarni o‘rnatishning to‘g‘riligini tekshirish. Bunday tekshiruvning eng sodda usuli eksperimentdan iborat. Agar qurilma ravon ishlayotgan bo‘lsa, demak, drayverni o‘rnatish muvaffaqiyatli o‘tgan. Agar qurilma ishlamayotgan yoki noto‘g‘ri ishlayotgan bo‘lsa, uning quyida keltirilgan sabablarini topish kerak:
1. Tashqi qurilmalarni to‘g‘ri va ishonchli o‘rnatish uchun qurilmalar yoqilgan bo‘lishi kerak. Kompyuter o‘chirilgan tashqi qurilmalarni topa olmaydi, shunga muvofiq talab qilingan drayverni tanlab o‘rnata olmaydi.
2. Ba’zan o‘rnatishdan voz kechishga yoki operatsion tizim tomonidan avtomatik tarzda topilgan qurilmani o‘rnatishni to‘xtatishga to‘g‘ri keladi. Bunday vaziyatda operatsion tizimda tugatilmagan o‘rnatish jarayonining izlari qayd qilingan bo‘ladi, buning natijasida mos keluvchi qurilmaning drayverini to‘laqonlik bilan o‘rnatish va me’yorida ishlashiga halaqit beradi.
3. Ilovalarni o‘rnatish va o‘chirish. Qattiq disk yetarlicha hajmga ega, ammo Windows oilasiga mansub barcha operatsion tizimlar qabul qilingan yondashuvdan foydalanadi, ya’ni o‘rnatilayotgan dasturlarni «umumiy foydalanish» kutubxonasi operatsion tizimning xizmat katalogiga (\Windows\System yoki\Windows\System32) yozadi. Shuning uchun dastur muhitidagi o‘zga rishlar ilovalarning ishlash xususiyatiga yoki samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Kompyuterga, odatda, ofis dasturlari, matnli va grafik muharrirlar, ma’lumotlar ombori, kompyuter o‘yinlari, qo‘shimcha tizimli vositalar, Internet bilan ishlash uchun dasturlar kabi ilovalar o‘rnatiladi. Natijada dasturiy muhit ko‘pgina dasturlar bilan «ifloslanadi». Bunday vaziyatlarni keltirib chiqarmaslik uchun kerak bo‘lmagan ilovalarni o‘rnatish kerak emas. Operatsion tizimning ishini «jadallashtiruvchi», «yaxshilovchi», «osonlashtiruvchi» xizmat dasturlarigi katta ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish lozim. Bu utilitlar ularning ishiga zarur bo‘lgan resurslarni sarflash hisobiga ziyon keltirishi mumkin. Ilovalarni o‘rnatish chastotasi. Kompyuterning odatdagi ish tartibida ilovalar zaruriyatga qarab o‘rnatiladi. Yangi dasturni haftada bir marta o‘rnatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shunda o‘rnatilgan dastur boshqa dasturlarning ishlash xususiyatiga va umuman tizimning barqarorligiga qanday ta’sir ko‘rsatayotganini tushunish mumkin bo‘ladi. Operatsion tizim «toza» qattiq diskka hozirgina o‘rnatilgan yoki diskda hech qanday ilovalar o‘rnatilmagan va kompyuterni «nol»dan jihozlash kerak bo‘lsa, u holda bitta o‘rnatishda ketma-ket bir necha ilovalarni o‘rnatishga to‘g‘ri keladi. Bunda ilovalarni o‘rnatishning optimal tartibi ularning chiqish tartibi bilan ustma-ust tushadi. Bir necha ilovani birin-ketin o‘rnatayotganda tartib bilan harakat qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bitta ilovani o‘rnatgandan so‘ng, kompyuterni qayta yuklash kerak; agar lozim bo‘lsa, shu ilova tegishli ma’lumotlar faylini, sozlovchi fayllarni zaxirali nusxasidan nusxa olib, so‘ngra ilovani ishga tushirish kerak va yuz berishi mumkin bo‘lgan muammolarning yo‘qligiga amin bo‘lib, uning ishlash xususiyatini tekshirishimiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |