Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta'lim vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti



Download 272,5 Kb.
bet19/33
Sana19.11.2022
Hajmi272,5 Kb.
#869041
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33
Bog'liq
she\'riy janrar ishchi dastur

25. Tarje'band va tarkibband. 2 soat.
Bu ikki janr talablari murakkabligi bois shoirlar kam murojaat qilishgan, tarje'band va tarkibbandning mavzular olami jiddiy, falsafiy-axloqiy, ta'limiy-ma'naviy talqinlarga boyligi bilan ajralib turadi. Bu she'r shakllarining nomlanishi tarje' va tarkib hamda band qismlaridan iborat, ya'ni tarje' - arabcha so'z va u takror ma'nosini beradi. Sababi tarje'bandning har bandi oxirida takrorlanuvchi o'z qofiyasiga ega maxsus bayt keladi, bandlar to'qqiz va o'n ikki baytdan iborat bo'ladi, lekin bu qat’iy emas. Chunki Alisher Navoiyning bir tarje'bandi bandlaridagi baytlar mikdori turlicha, chunonchi, sakkiz bandli tarje'bandning birinchi, uchinchi, beshinchi, oltinchi, sakkizinchi bandlari o'n bir baytli, ikkinchi, to'rtinchi, yettinchi bandlari o'n ikki baytlidir.
"Funun ul-balog'a"da tarje'band ta'rifi: "Tarje' ul bo'lurkim, she're ayturlar, band-band barchasi bir bahrda, har bandning ozi besh bayt bo'lur va ko'pi to'qkuz bayt va har birining oxirinda bir o'zga baytni takror qilurlar... Ul baytni tarje' derlar". (O'zbek tili va adabiyoti.-2002.-№ 2. -B. 77-78.)
Adabiyotimizda tarje'bandning ilk namunalari Hofiz Xorazmiy ijodida ko'zga tashlanadi, Hofiz Xorazmiy devonida tarje'bandlar uchta, birinchisi to'qqiz band(bari takror bayt bilan o'n bayt)li, ikkinchi tarje'band ham to'qqiz bandli, ammo bandlardan beshinchi va oltinchilari takror bayt bilan o'n bir baytli, hatto yettinchi band to'kkiz bandli, qolganlari o'n baytli, uchinchi tarje'band ham to''skiz bandli, atigi oxirgi bandi o'n ikki baytli, qolganlari o'n baytli, albatta, takror bayt bilan. Hofiz Xorazmiy tarje'bandlarining barida taxallus bor, hatto har bir bandda taxallus qo’llangan, g'alati tomoni shundaki, Navoiy tarje'bandlarida nechundir taxallus yo’q. Uvaysiy va Nodira tarje'bandlarida ham taxallus mavjud, Navoiy tarje'bandlarida taxallus qo’llanmaganining sababi va bu hodisasining izohi hozircha ochiq qoladi. "Funun ul-balog'a" muallifi Shayx Ahmad ibn Xudoydod Taroziy tarje'bandning besh to’rini misollar bilan ko'rsatib o'tadi.
Tarkibbandda (tarkib - uyushmoq, band - bog'lash) ham har band so'nggida yakuniy bayt har ikki misrasi bir xil qofiyali, goho qofiyasiz keladi, lekin u tarje'banddagi kabi takror bayt emas, oldingi baytlardan farqli, balki o'z qofiyasiga ega holda har bandda yangilanib boradi. Adabiyotimizda ilk tarkibband Hofiz Xorazmiy ijodida uchraydi, u to'rt bandli, har bandi sakkiz baytdan iborat, lekin taxallus mavjud emas. Navoiyning ham ikki tarkibandidan bittasida taxallus bor, bittasida taxallus yo'q, Nodira o'z tarkibandida taxallus qo’llasa, U vaysiy o'z tarkibandida taxallus ishlatmaydi.

Download 272,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish