16.Tuyuq va tajnis san'ati. 2 soat.
Tuyuq she'r shakli, uning paydo bo'lishi, rivoji, asosan, turkiy xalqlar adabiyoti bilan bogliqligi. Tuyuq va tajnis san'ati, ularning rivojlanishi, tajnis san'ati arab, fors-tojik adabiyotida keng qo’llanuvchi badiiy san'at ekani, tuyuqning bu adabiyotlar uchun xos emasligi. "Funun ul-balog'a" da o'qiymiz: "Va bu turk shoirlarining ixtiroidur, muni turklar tuyuq derlar". Tuyuq haqida "Mezon ul-avzon" va "Mufassal"da ham keng ma'lumot beriladi, qator misollar keltiriladi. Hasanxoja Nisoriy (1515-1597)ning "Muzakkiri ahbob" (1566) da Shayboniyxondan bir tuyuq keltiryb, bu xil she'r arablarda ham borligini aytib, bitta misol beradi.
Uzbek mumtoz adabiyotida tuyuqning ushbu shakllari uchraydi: 1. Uch misrasi tajnis (qofiya)li tuyuq. 2. To'rt misrasi tajnis (qofiya)li tuyuq- 3. Ikki misrasi tajnis(qofiya)pi tuyuq. 4. Radifi tajnis (qofiya)li bo'lgan tuyuq. 5. Hojibi tajnisli bo'lgan tuyuq.
Tuyuq va tajnis san'ati, tajnis - arabcha so'z, u jins, jinsdosh-hamjins ma'nolarini anglatadi. Tajnisda bir xil ovozdagi talaffuzli so'zlar, ma'nosi turlicha so'zlar tizimidan istifoda etiladi. Shoirlar tajnis san'atiga tez-tez murojaat qilishgan.
Keldi senga yuz umid bila, ey mox,
Lekin yozdim yuzingni ko'rmay yuz oh (Bobur). Sayid Ahmad Mirzo "Taashshuknoma" asarida tajnis san'atiga ko'l bor murojjaat etiladi:
Ki besh kun umr yeltek kechgusidur,
Sen andin kechma ul xud kechgusidur.
Xumorimizni ul maydin yozoli,
Mudom ichmaganni ne deb yozoli.
Bilursenkim jaxonning yo'q baqosi,
Baqosi yo'q jahonga ne baqosi.
Hatto asarning ikkinchi nomasi (o'n to'kkiz bayt) to'laligicha tajnislidir. Mumtoz adabiyotimizning barcha namoyandalari tajnis qo'llashga san'atkorlik namunasini namoyo etishgan:
161- (Eshitmoq) Tilik emgemish er neku ter eshit,
(esh et) Bu so'z ishqa tutg'il ozuncha eshit.
Butun qilg'i fe'lin yeta irtagi,
Karam kimda bo'lsa ani er tegil (Adib Ahmad).
(kampir) Erning balosi iki olam balosi qurtqa,
(bo'riga) Qurtka qarib o'lursa solg'il etini qurtqa (Rabg'uziy).
Ayurlarkim ushul tuproq yosh erdi,
Yog'och yosh yerda yotmokdin yoshardi (Qutb).
Bo'yung sarvu sanubartek, beling qil,
Vafo qilg'on kishilarga vafo qil (Xorazmiy).
Shakar la'li labing boli chin ori,
Chamanning sarvari, qadding chinori.
Begim og'zingda so'z ore, baledur,
So'zunguzga javob ore, baledur (Xo'jandiy).
Bu jahonda, yor, saningdek bormukin,
So'zlamassan, ko'kragingda bormu kin.
Dilrabo, o'ltur, boshingdan aylanay,
Pandim ol, o'lsam so'ngoshim ayla nay (Uvaysiy).
Alisher Navoiy tajnisli so'zlar tizmasi xususida "Muxokamat ul- lug'atayn"da uch ma'noli (ot, it), to'rt ma'noli (bor: mavjud, buyruq, yuk, meva- samar), besh ma'noli (sogin: esla, sutli qo'y, mastlik, majnunlik, bemorlik), olti ma'nolik (tuz, ko'k) so'zo'larni sharhlab beradi, ularning har birining ma'nosini sanab o'tadi. Hatto Bobur fors-tojik tilida tuyuqlar to'qiganligini yaxshi bilamiz, xatto Bobur "Mufassal" (nashrda "Muxtasar")sa tuyuq navlarini tasnif etadi, uch qofiyada tajnis, qit'aga monand birinchi misra qofiyasiz, baytlar qofiyasida tajnis, to'rt qofiyada tajnis, uch yerda tajnis radif o'rnida, tajnisdan oldin uch yerda xojib keluvchi .
Do'stlaringiz bilan baham: |