tamsil, tanbih, foyda, hikmat. 2 soat.
Yuqoridagi istilohlar, asosan, bir adabiy shakl ifodasini anglatadi, ammo bu so'zlarning lug'aviy ma'nosi turfa xildadir, ma'nolar turlichaligidan qat'i nazar ushbu so'zlar bitta adabiy shakl ma'nosini o'zida tajassum etadi.
8. Muammo fan sifatida. 2 soat.
O'tmish adabiyotshunosligida muammo she'r shakli alohida fan sifatida. Qadim adab ilmida she'riyat besh yo'nalish. Birinchi she'rning qismlari va navlari, ikkinchi she'rning qofiya va radifi, uchinchi she'r san'atlari, to'rtinchi she'r vaznlari, beshinchi muammo usul va ruknlari.
9. Tuyuq va tajnis san'ati. 2 soat.
Tuyuq she'r shakli, uning paydo bo'lishi, rivoji, asosan, turkiy xalqlar adabiyoti bilan bogliqligi. Tuyuq va tajnis san'ati, ularning rivojlanishi, tajnis san'ati arab, fors-tojik adabiyotida keng qo’llanuvchi badiiy san'at ekani, tuyuqning bu adabiyotlar uchun xos emasligi.
10 Mustazod va uning shakllari. 2 soat.
Mustazodning lug'aviy ma'nosi. Mustazod o'z taraqqiyoti jarayonida xalq ijodiyoti va she'r shakllaridan g'azal bilan uzviy bog'liqligi. Alisher Navoiy "Mezon ul-avzon"da mustazod.
11. Ta'rix va abjad hisobi. 2soat.
Ta'rix - arabcha so'z, sana demakdir, u oy, yil ma'nolariga ham ega va abjad hisobi bilan bog'liq. Ushbu she'r shaklini yechish uchun abjad hisobidan tashqari, hijriy qamariy va hijriy shamsiy yillarini milodiy yiliga va aksincha amallarni bilish talab etiladi.
12. Marsiya va g'am-anduh ifoda usuli. 2 soat.
Marsiya (risa) - arabcha so'z, ma'nosi: aza, motam, qayg'u, yig'lamok, uqubat, ayriliq va b. Marsiyada marhum fazilatlari maqtaladi, ayriliq dog'lari tasvirlanadi, shuningdek, judolik alamlari, dunyo bevafoligi, jamiyat muammolariga urg'u beriladi. "Devonu lug'otit turk" (1076)da Afrosiyob (Alp Erto'nga) vafoti marsiyasidan parchalar beriladi, bu turkiy xalqlar adabiyotidagi marsiyaning eng qadimiy namunasidir.
13. Noma va nomanavislik. 2 soat.
Noma - fors-tojikcha so'z, ilk kezlar namak, noman shaklida bo'lgan, ushbu so'z xat, maktub, kitob, asar, yo'rlik, bitik ma'nolarini ifodalaydi. Nomalar oshik va ma'shuka yozishmalaridan iborat bo'lib, ichki ishqiy tuygularni, pinhoniy his- hayajon ahvolotini bayon etuvchi, ikki sevishgan dil o'rtasida aloqa vositasi
14. Tarje'band va tarkibband. 2 soat.
Bu ikki janr talablari murakkabligi bois shoirlar kam murojaat qilishgan, tarje'band va tarkibbandning mavzular olami jiddiy, falsafiy-axloqiy, ta'limiy-ma'naviy talqinlarga boyligi bilan ajralib turadi. Bu she'r shakllarining nomlanishi tarje' va tarkib hamda band qismlaridan iborat, ya'ni tarje' - arabcha so'z va u takror ma'nosini beradi
15. Masnaviy va doston. 2 soat.
Masnaviy ikkilik, ikki misrasi o'zaro qofiyalangan she'r shakli, kichik hajmli she'r shaklidan katta hajmli she'r shakligacha bo'lgan asarlar shu nomda ataladi. Masnaviyda har bayt o'zining juft qofiyasiga ega bo'lishi lozim, shundan unga nisbatan muzdavaj (juft bo'lishlik) va izdivoj (juftlik, ya'ni er-xotin) istilohi ham ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |