O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Denov tadbirkorlik va pedagogika inistituti,,Buxgalteriya hisobi va audit’’yo’nalishi 1-bosqich 11-guruh talabasi Muxammadqulov Abdulaxadning
O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Denov tadbirkorlik va pedagogika inistituti ,,Buxgalteriya hisobi va audit’’yo’nalishi 1-bosqich 11-guruh talabasi Muxammadqulov Abdulaxadning ,,buxgalteriya hisobi’’bo’yicha tayyorlagan taqdimoti
Tavar moddiy zaxiralar hisobi Reja: 1. Tavar moddiy zaxiralar haqida tushuncha 2. Tavar moddiy zaxiralarni baholash tartibi 3. Tavar moddiy zaxiralar tannarxini aniqlash
Mehnat buyumlari ,moddiy resurslar asosiy vositalarbilan bir qatorda ishlab chiqarishning asosiy elementlaridan biri hisoblanadi.
Asosiy vositalardan farqi shundaki,materiallar har bir ishlab chiqarish tsiklida butunlay iste’mol qilinib,ishlab chiqaruvchining mahsulot tannarxiga o’z qiymatini to’la ravishda o’tkazadi
Moddiy-ishlab chiqarish zaxiralari maxsulot ishlab chiqarish jarayonida tutgan o’rni va xususiyatlariga qarab quyidagi guruhlarga bo’linadi:
-Xomashyo va asosiy materiallar; -yordamchi materiallar -sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar; -chiqindilar; -yoqilg’ilar; -idish va idish materiallari; -ehtiyot qisimlari; -inventor va xo’jalik jihozlari:
Xomashyo deb-hali sanoat ishlovida o’tmagan va maxsulotlarning asosiy moddiy qisminitashkil qiladigan mehnat buyumlariga aytiladi.Masalan :paxta tozalash korxonalari uchun tozalashga keltirilgan paxta tolasi,metalurgiya zavodi uchun temir rudava hokazo.
Asosiy materiallar deb-ishlab chiqarilayotgan mahsulot tarkibiga buyum sifatida kiradigan va shu mahsulotning aosini tashkil qiladigan mehnat buyumlariga aytiladi.Masalan mashinasozlik sanoatida asosiy materiallarga metall,prokat, tikuv fabrikalarida-gazlama kiradi.
Yordamchi materiallar deb-ishlab chiqarilayotgan mahsulot tarkibiga kirib,ularda sifat o’zgarishlar hosil qiladi,ya’niy mahsulotga chiroy beradi,mazasini o’zgartiradi,lekin uning asosini tashkil qilmaydi yoki ishlab chiqarish jarayonida mehnat vositalarini ta’mirlash,sozlash uchun ishlatiladi yoki mehnat jarayoni uchun kerakli sharoit yaratib berish uchun xizmat qiladi.
Yarim tayyor mahsulotlar deb-ishlab chiqaruvchi bir tsexda to’la tugallanib boshqa tsexlarda qayta ishlash davom ettiriladigan mehnat buyumlariga aytiladi.yarim tayyor mahsulotlarni sotib olish yoki korxonaning o’zida ishlab chiqarilishi mumkin.
CHiqindilar deb –korxonaning o’zida asosiy yordamchi materiallar sifatida ishlatilishi mumkin, ayrim paytlarda esa boshqa korxonalarga sotiladi.Chiqindilar esa asosan boshqa korxonalarga sotiladi.
Yoqilg’ilar deb –ishlab chiqarishdagi ro’liga kora yordamchi materiallarga o’xshab ketadi.Yoqilg’ilar korxonalarda texnalogik maqsadlarga yoqilg’i sifatida va isitish yoqilg’isi sifatida ishlatiladi.
Idish va idish materiallari deb-sotilayotgan mahsulotlarni o’rash,joylashtirish uchun xizmat qilib,maxsulot bilan birgalikda sotiladi.
Ehtiyot qismlari deb-mashina asbob-uskunalar va boshqa mehnat vositalarini ta’mirlash maqsadida ishlatiladi.
Tavar-moddiy zahiralarini baholashda ularni tannarxi yoki sof sotish qiymatlarini bo’yicha hisobga olish mumkin. TMZlarini hisobga olishda shu ikkala qiymatidan qaysi biri kichik bo’lsa o’sha qiymat bo’yicha hisobga olinadi
TMZlarni tannarxi yoki sof sotish qiymatlari boyicha hisobga olishda turli usullardan foydalanish mumkin.TMZlarning asosiylari quyidagi chizmada keltirilgan
Tannarx bo’yicha
Sof sotish qiymati bo’yicha
TMZlarni baholash
Tannarx bo’yicha
Sof sotish qiymati bo’yicha
Alohida moddalar bo’yicha hisobga olish usuli
Asosiy tavar guruhlari bo’yicha hisobga olish usuli
Umumiy hajm bo’yicha hisobga olish usuli