GLOSSARIY (Tayanch iboralar to‘plami)
1. Turk adabiyotining turkiy xalqlar adabiyotidagi o‘rni. Usmonli turk adabiyoti. Tanzimot davri turk adabiyoti. Yangi davr turk adabiyoti. Rashod Nuri Guntegin “Choliqushi” romanida jamiyatdagi ma’naviy-axloqiy muammolarni yoritilishi. Nozim Hikmat hayoti va ijodi. Uning dramalarida vatanga muhabbat mavzusi, ijtimoiy-axloqiy muammolarning yoritilishi. Aziz Nesin hayoti va ijodi. Aziz Nesin hikoyalarida, romanlarida, dramalarida qahramonlar ruhiyati, dunyoqarashidagi holat, o‘zgarishlar jarayoning aks ettirilishi.
Ozarbayjon adabiyoti tarixi. Xalq og‘zaki ijodi. Nizomiy Ganjaviy hayoti va ijodi. “Xamsa” (“Panji ganch”) asari. “Xamsa”ga xos xususiyatlar. Muhammad Fuzuzliy hayoti va ijodi. She’riyati “Layli va Majnun” dostoni. Mirzo Fatali Oxunov komediyalari. Samad Vurg‘un ijodida siyosiy lirika. M.Husaynning “Absheron”, “Qora g‘oyalar” asarlarida hukmron siyosat g‘oyalarining olqishlanishi.
Qozoq adabiyoti tarixi. Xalq og‘zaki ijodi. Jambul Jabaevning she’rlaridagi xalqona soddalik. Ijtimoiy hayot ziddiyatlarining fosh qilinishi. Abay Qo‘nanboev hayoti va ijodi. She’riy, nasriy asarlarida ma’rifatparvarlik g‘oyalarini ilgari surilishi. Muxtor Avezov hayoti va ijodi. “Abay” epopeyasi-qozoq xalqi hayotining badiiy qomusi. Muxtor Avezov turkiy xalqlar san’ati va adabiyoti jonkuyari O‘lmas Sulaymonov hayoti va ijodi. She’rlarini o‘ziga xos xususiyatlari.
Qirg‘iz adabiyoti tarixi. Xalq og‘zaki ijodi. “Manas” dostoni-jahon adabiyotining durdona asarlaridan biri. To‘xtag‘ul Sotilg‘anovning “Eshon xalfa”, “Besh qabon” singari she’rlarida xudbin, manfaatparast, mutaassib dindorlar, kishilarga jabr-zulm qiluvchi boy mulkdorlarning ayovsiz tanqid qilinishi. Chingiz Aytmatov hayoti va ijodi. Chingiz Aytmatov hikoya. Qissa, romanlarida hayot hodisalari va inson ichki dunyosining keskin ziddiyatlarda ko‘rsatilishi. Ijtimoiy ma’naviy-axloqiy muammolarning umuminsoniy qadriyatlar nuqtai-nazaridan tahlil qilinishi.
Turkman adabiyoti tarixi. Xalq og‘zaki ijodi. Turkman mumtoz adabiyotida Sharq adabiyotiga xos didaktika-nasihatgo‘ylikning yetakchi bo‘lgani. Ozodiy. Mulla Napas she’rlari. Berdi Kerboboev “Dadil qadam”, “Nebitdog‘”, “Oysulton” nasriy asarlari. Xidir Deryaevning “Qismat” romani hayot hodisalarini ta’sirchan gavdalantirilgani. Ota Otajonovning “Turkmanistonda bahor”, “Kutilgan mehmonlar”, “Qadamba-qadam”, “Oydin kecha”, “Sizga intilaman” kabi she’riy to‘plamlarida ijtimoiy hayot hodisalari talqini. Turkman mumtoz adabiyotida Davlatmamad Ozodiy o‘g‘li Maxtumqulining o‘ziga xos o‘rni.
O‘ZBEK tili va ADABIYOTI KAFEDRASI
Bakalavr bosqichi 5120101 – Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi 4 kurs talabalari uchun
TURKIY XALQLAR ADABIYOTI TARIXI
fanidan tayyorlangan
Reyting jadvali
Va
baholash mezonlari
(VI semestr)
Ma’ruza –24 soat
Amaliy mashg‘ulot – 18 soat
Seminar – 18 soat
Mustaqil ish– 42 soat
Jami– 102 soat
Do'stlaringiz bilan baham: |