O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi d. N. Mamedova, yu. Sh. Jurayeva gaz ta’minoti tizimi (o’quv qo’llanma) Qarshi – 2021 yil


Gaz quvurlarini aktiv va passiv himoyalash usullari



Download 4,61 Mb.
bet87/93
Sana31.12.2021
Hajmi4,61 Mb.
#211628
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   93
Bog'liq
Д.Мамедова (o'quv qo'llanma)

6.2. Gaz quvurlarini aktiv va passiv himoyalash usullari

Gaz quvurlarini ajratuvchi (himoyalovchi) qoplama bilan o’rash

Korroziyadan himoya qilish ikki xil bo’ladi: passiv himoya va aktiv himoya.

Passiv himoyaga gaz quvurlarni korroziyaga qarshi izolyatsiya – qoplama bilan o’rash kiradi. Aktiv usullarga esa gaz quvurlarining elektr himoya usullari kiradi. Izolyatsiyada asosan neft bitumidan foydalaniladi. Bitumning mexanik mustahkamligini oshirish uchun unga 10÷15% miqdorida kaolin, sement, va mayda asbest kukunlari qo’shiladi. Izolyatsiyani kuchaytirish maqsadida brizol, gidroizol, shisha matosi va polixlorvinil yopishqoq lentalar ishlatiladi.

Gidroizol – bu qalin asbest qog’oziga 10÷20% sellyuloza qo’shib, bitum shimdirilgan rulonli lenta.

Brizol – bu eski avtomobil ballonlarini maydlab bitum bilan qaynatib undan tayyorlangan rulonli materialdir.

Kuchaytiruvchi qatlamlamlarning soniga qarab gaz quvurlarning izolyatsiyasi uch xil bo’ladi: normal, kuchaytirilgan, o’ta kuchaytirilgan izolyatsiya.

Normal izolyatsiya tarkibi: gruntovka; eritilgan bitum; kraft qog’ozi.

Qoplamaning umumiy qalinligi 3mm bo’ladi.

Kuchaytirilgan izolyatsiya tarkibi: gruntovka; eritilgan bitum; kuchaytiruvchi qatlam (gidroizol, brizol, yoki shisha matosi); eritilgan bitum; kraft qog’ozi.

Qoplamaning umumiy qalinligi 6mm.

O’ta kuchaytirilgan izolyatsiya tarkibi: gruntovka; eritilgan bitum; kuchaytiruvchi qatlam; eritilgan bitum; kuchaytiruvchi qatlam (gidroizol, brizol, yoki shisha matosi); eritilgan bitum; kraft qog’ozi.

Qoplamaning umumiy qalinligi 9mm.

Agarda yerning korrozion aktivligi past bo’lsa, unda normal izolyatsiya qo’llaniladi, agarda yerning korrozion aktivligi o’rtacha bo’lsa, unda kuchaytirilgan izolyatsiya qo’llaniladi. Qolgan hollarda esa o’ta kuchaytirilgan izolyatsiya qo’llaniladi.

Shahar sharoitida yerning korrozion aktivligi qanday bo’lishdan qat’iy nazar faqat o’ta kuchaytirilgan izolyatsiya qo’llaniladi. Chunki shaharlarda yerning tarkibi har xil bo’lishi mumkin va bundan tashqari shahar yerlarida daydi toklar mavjud bo’ladi. Qoplama sifatida polixlorvinil lentalar qo’llanilganda quvur yaxsxilab tozalanadi. Undan keyin unga gruntovka so’rilib, polixlorvinil yopishqoq lenta maxsus mashinalar yordamida quvurlarga o’raladi. Bu lentalar qalinligi 0,3mm bo’ladi, eni esa 0,4 – 0,5 m bo’ladi.

Gaz quvurlarini izolyatsiya qilishdan oldin ularni metall schetka yordamida yaltiraguncha tozalanadi. Undan so’ng quvur benzin bilan artib chiqiladi va quvur sathiga gruntovka surtiladi. Gruntovkaning tarkibi uch qism benzin va bir qism eritilgan bitumdan iborat bo’lib, benzinga sekin asta 160÷180ºC li eritilgan bitum quyiladi va aralashtirilib turiladi. Teskarisini qilish, ya’ni eritilgan bitumga benzin quyish mumkin emas, chunki benzin yonib ketishi mumkin va benzin bitum bilan yaxshi aralashmaydi. Gruntovkani surishdan maqsad, u quvurga yaxshi yopishadi va yorilib ketmaydi.


Download 4,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish