12 – rasm. Rotatsion gaz hisoblagichli PDUK 2 – 100 bosim sozlagichli bino ichida joylashtirilgan GRP sxemasi.
Bunday hollarni yo’qotish uchun va bir xilda bosimni ta’minlab turish uchun gazning bosimini sozlash kerak. Bosimni sozlashdan asosiy maqsad: bosimni pasaytirish va uni bir xilda ushlab turishdir.
Odatda gazning bosimini har qanday yopish qurilmasi yordamida sozlash mumkin. Gazlashtirish tizimlarida esa gazning bosimini avtomatik ravishda sozlovchi uskunalar – bosim sozlagichlar ishlatiladi. Ular boshqa yordamchi uskunular bilan birgalikda gaz sozlash punktlarida (GRP) o’rnatiladi.
GRP maxsus binolarda yoki metal shkaflarda o’rnatilishi mumkin. Bosim sozlagichlarning turlari va sxemalari turlicha bo’lib, ularning asosiy vazifasi bitta ya’ni bosimni pasaytirish va uni belgilangan darajada saqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |