113
karotin (150 mg% gacha), V guruhiga kiruvchi vitaminlar ko’plab
sintez
qilinadi. Suvo’tlari tarkibidagi karotin miqdori beda uniga nisbatan 7-9 marotaba
ko’proq. Bir xujayrali suv o’tlarida nuklein kislotalar miqdori (4-6%),
bakteriyalarga nisbatan kamroq bo’lsada, o’simliklardan olinadigan
oqsil
tarkibidagidan (ularda 1-2%) ko’proqni tashkil etadi.
Suvo’tlari xujayralaridan oqsil massasi olish texnologiyasi quyidagi
bosqichlardan iborat: mahsus tanlangan shtammni o’stirish suv o’tlarini suvdan
ajratish (separasiya); suspenziya holatidagi mahsulot olish;
pastasimon yoki
quruq poroshok holatidagi maho’ulot tayyorlash. Suvo’tlari xujayralarini
suvdan ajratish, ko’p miqdorda energiya talab qilayotgan jarayondir. Chunki,
suvni miqdori juda ham ko’p, quruq moddalar miqdori esa juda ham kam.
Suvo’tlarini o’stirish yopiq va ochiq usulda amalga oshiriladi. Yopiq usulda
o’stirish to’liq boshqarilsada, o’stirish texnologiyasi
murakkab va uni tannarhi
yuqoridir. Ochiq usulda o’stirish yarim boshqariladi va o’stirish texnologiyasi
oddiy, tannarixi esa ancha arzon.
Dunyoni bir kancha mamlakatlarida (Yaponiya, Isroil, Bolgariya, Meksika,
Turkmaniston, Uzbekiston va x.k.) suvo’tlarini ochiq usulda o’stirish
texnologiyasi yaratilgan. Ular bir-birlariga o’xshash bo’lganliklari sababli,
O’zbekiston fanlar akademiyasining
akademigi, professor Axror Muzarfazovich
Muzaffarov tomonidan yaratilgan uskurmaga dikkatingizni tortishni ma’qul
ko’rdik:
Suvo’tlarini o’stirish usqurmasini uzunligi 10 metr, eni 2 metr, chuqurligi 30
smli ohur (lotok) shaklidagi o’zidan suv o’tkazib yubormaydigan usqurmada 15
sm chuqurlikda 3 tonna xlorella suspenziyasi yetishtirish mumkin. Buning
uchun usqurmaga 3 tonna suvga 600 g ammoniyni sulfatli tuzi, 90 g kaliy
digidrofosfat, 240 g magniyni sulfatli tuzi, 300 g natriy gidrokarbonat va 3-5 xil
mikro elementlar qushib eritiladi va unga 30 l 1-15 kun davomida o’stirilgan
xlorella suspenziyasi qo’yilib, suvni mahsus nasos yordamida aralashtiriladi.
114
O’stirish davomida karbonat angidrid (SO
2
) mahsus balonlarda minutiga 0,1-0,2
l miqdorda rotometr orqali yuborib turiladi. O’zbekiston sharoitida tabiiy quyosh
yorug’ligi yetarli bo’lib,
щarorat 16 dan 39
0
S orasida bo’lishi
maqsadga
muvofiqdir. Oradan 9-10 kun o’tgach (yoz kunlari 6-7 kunda) 1 l ozuqa
muxitida 1,5-3 gramgacha xlorella xujayralari saqlagan
suspenziya yetilib
tayyor bo’ladi. Xlorellani qish faslida ham o’stirib, foydalanishga ehtiyoj
bo’lganda, dastgoxni ustini oyna yoki polietilenkasi bilan yopish kifoya. Tayyor
suspenziyadan buzoqlarni oziqlantirishda foydalanish mumkin. Bitta buzoqqa
bir sutkada 3-6 l, katta yoshli xayvonlarga esa 8-10 l suspenziya berish tavsiya
etilgan. Kovush qaytaradigan xayvonlarda 50% o’simlik oqsilini xlorella oqsili
bilan almashtirish mumkinligi isbotlangan. Suv
ыtlarini oqava suvlarida o’stirish
katta ahamiyatga ega. Masalan, ssenedesmus yoki xlorellani chorvachilik
kompleksi oqava suvlarida o’stirilganda 15 kun davomida, iflos oqava suvlarni
organik moddalardan butunlay tozalash mumkin, bunda suvni rangi o’zgarib,
hidi yo’qoladi. Suv o’tlarini sanoat oqova suvlarida yoki issiqlik beruvchi
stansiyalarni oqava suvlarida o’stirilganda ortib qolgan issiqlik hamda
texnologik jarayonda yoki
щar xil chiqindilarni yoqishdan paydo bo’lgan
karbonat angidridi ishlatiladi, oqibatda esa qo’shimcha biomassa olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: