Diqqat – bu psixik faoliyatning biror-bir ma’lum narsaga yo‘nalganligi va jamlanganligi. bu hayvonlar, shuningdek, inson diqqatlarining umumiy ta’rifi. insonga nisbatan diqqatni ma’lum ob’ektlarga inson diqqatining, bir vaqtning o‘zida boshqa ob’ektlardan chalg‘igan holda, yo‘nalganligi va jamlanganligi sifatida o‘rganish mumkin. bu ta’rifdan diqqatning ahamiyatga molik belgilari uning yo‘nalganligi va jamlanganligidan iborat ekanligi kelib chiqadi.
Psixik faoliyatning yo‘nalganligi ostida uning tanlash xususiyati, ya’ni, sub’ekt uchun ahamiyatli bo‘lgan aniq jismlar, hodisalarni atrof-muhitdan ajratib olish yotadi. yo‘nalganlik tushunchasiga, shuningdek, ma’lum vaqt oralig‘ida psixik faoliyatni saqlab qolish ham kiritiladi.[1]
Diqqatning boshqa xususiyati uning faoliyatga u yoki bu darajada chuqurlashganligini tushuntirib beruvchi jamlanganligidir. vazifa qanchalik murakkab bo‘lsa, diqqatning jadalligi va zo‘riqishi shunchalik kuchli bo‘lishi kerak, ya’ni, bunda faoliyatga chuqur kirib borish talab etiladi. ikkinchi tomondan, jamlanganlik boshqa yot narsalardan chalg‘ish bilan bog‘liq. aks holda, yot narsalardan chalg‘iy olmay qolsangiz, vazifani bajarishingiz qiyinlashadi.
Yo‘nalganlik va jamlanganlik bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘liq. diqqatingizni biror-bir narsaga yo‘naltiradigan bo‘lsangiz, bir vaqtning o‘zida diqqatingizni unda jamlagan bo‘lasiz. va aksincha, biror-bir narsada jamlansangiz, o‘z ruhiy faoliyatingizni unga yo‘naltirgan bo‘lasiz. diqqatning yo‘nalganligi bir mashg‘ulotdan ikkinchisiga o‘tish bilan, jamlash esa – mashg‘ulotda chuqurlashish bilan bog‘liq.
Diqqatning inson psixik faoliyatida tutgan o‘rnini tushunish uchun o‘zingizni biror-bir jismlar guruhiga qarayotgandek tasavvur qiling. ko‘rish maydoningizning markazida joylashgan ba’zi bir jismlar aniqroq, ko‘rish maydoningizning chetida turganlari esa aksincha idrok etiladi. shunga o‘xshash hodisani ongimizga nisbatan ham tuzish mumkin: faoliyatimiz mohiyati ongimizning markazini egallagan bo‘ladi; ahamiyatga molik bo‘lmaganlari esa ongimizdan chetga surilib qoladi. lekin boshqacha ham bo‘lishi mumkin: siz qandaydir jismga qaragan holda, umuman, boshqa narsa haqida o‘y surasiz. bunda ongingizning «markaziy maydoni» ko‘rayotganingiz bilan emas, o‘ylayotganingiz bilan band bo‘ladi.
Ongimizni grafik tarzda tasvirlaydigan bo‘lsak, biri ikkinchisiga joylashgan ikki aylana ko‘rinishida chizish zarur. katta aylana aniq bo‘lmagan ong, kichik aylana esa, – aniq ong yoki diqqat deb ataladi.[2]
Psixik bilish jarayonlarining yo‘nalganligi va tanlash xususiyati diqqat bilan bog‘liq. diqqat bilan idrokning aniqligi va izchilligi, xotiraning mustahkamligi va tanlash xususiyati, aqliy faoliyatning yo‘nalganligi va samaradorligi, qisqasi, umuman bilish faolligining sifati va natijalari aniqlanadi.
Perseptiv jarayonlar uchun diqqat tasvirlar chizgilarini farqlash imkonini beruvchi o‘ziga xos kuchaytirgich bo‘lib hisoblanadi, inson xotirasi uchun diqqat qisqa muddatli va operativ xotirada kerakli ma’lumotni saqlab turuvchi omil, yodda saqlangan ma’lumotni uzoq muddatli xotira zahirasiga o‘tkazishining zarur sharti, tafakkur uchun esa masalani tushungan holda echimini topishning shartli omili sifatida namoyon bo‘ladi.
Insonlararo munosabatlar tizimida diqqat o‘zaro hamfikrlik, odamlarning bir-birlariga moslashishi, shaxslararo nizolilarning oldini olish va o‘z vaqtida hal etishga yordam beradi [2].
D
4.3.2. Diqqatning fiziologik asoslari va psixologik nazariyalari.
iqqat boshqa psixik jarayonlar qatori ma’lum fiziologik hodisalar bilan bog‘liq. ma’lum yo‘nalishdagi alohida qo‘zg‘atuvchilarni ajratish va jarayonlar kechishining fiziologik asosini ba’zi nerv markazlarining qo‘zg‘alishi, boshqalarining esa tormozlanishi tashkil etadi. odamga ta’sir ko‘rsatayotgan seskantiruvchi retikulyar formatsiya tomonidan amalga oshiriladigan miya faollashishini yuzaga keltiradi [1].
Retikulyar formatsiyaning «ishga tushirish» mexanizmlari ichida taxminiy refleksni alohida ta’kidlab o‘tish joiz, bu refleks odam v hayvon organizmlarining atrof-muhitning barcha o‘zgarishlariga nisbatan tug‘ma reaksiyasidir. masalan, xonada shitirlagan ovoz eshitilishi bilanoq, mushuk bolasi cho‘chib tushib, tovush kelgan tomonga ko‘zlarini qadaydi. darsda o‘quvchilar fikrlarini jamlagan holda insho yozmoqdalar. birdan sinf eshigi qiya ochiladi, va berilib yozayotgan o‘quvchilar beixtiyor eshikka qaraydilar.
Diqqatning fiziologik mexanizmlari juda murakkab. masalan, ma’lum vaqt oralig‘ida doimiy ta’sir ko‘rsatayotgan seskantiruvchilar orasidan biror-bir yangi seskantiruvchini ajratib olish uchun ma’lum mexanizmlar zarur. psixologiya bo‘yicha adabiyotlarda, odatda, mexanizmlarning seskantiruvchilarni filtrlovchi ikki asosiy: periferik va markaziy guruhlari ko‘rib chiqiladi. periferik mexanizmlarga his-tuyg‘u organlarini sozlashni kiritish mumkin. kuchsiz tovushni eshitgan odam tovush kelgan tomonga qaraydi, shu vaqtning o‘zida mos keluvchi mushak nog‘ora pardasining ta’sirchanligini oshirgan holda uni tortadi.[1]
D.E.Brodbentning fikricha, diqqat – axborotni, aynan, kirib kelishda, ya’ni periferiyada tanlab o‘tkazuvchi filtr. u, agar odam bir vaqtning o‘zida turli axborotni ikki qulog‘i bilan qabul qilgan bo‘lsa, lekin qo‘llanmaga binoan, faqat chap qulog‘i bilan qabul qilishi zarur bo‘lgan holatda, o‘ng quloqqa uzatilgan axborot umuman qabul qilinmaganligini aniqladi. keyinchalik periferik mexanizmlar axborotni fizikaviy xususiyatlariga ko‘ra tanlab o‘tkazishi aniqlandi.
Diqqatning markaziy mexanizmlari bir xil nerv markazlarining qo‘zg‘alishi, boshqalarining tormozlanishi bilan bog‘liq. nerv qo‘zg‘alishining kuchi bilan bog‘liq bo‘lgan tashqi ta’sirlarni ajratish aynan shu darajada sodir bo‘ladi. kuchli qo‘zg‘alish u bilan bir vaqtda sodir bo‘lgan kuchsiz qo‘zg‘alishni siqib chiqaradi va psixik faoliyatning muvofiq yo‘nalishda kechishini belgilaydi. lekin bir vaqtning o‘zida ta’sir ko‘rsatib, bir-birini kuchaytiruvchi bir yoki ikki seskantiruvchilarning qo‘shilish ehtimoli ham mavjud.[2]
Diqqatning fiziologik asoslari haqida gap yuritilganida, yana ikki muhim hodisa: nerv jarayonlarining irradiatsiyasi va dominantlik haqida aytib o‘tish joiz. ch.sherrington tomonidan belgilangan va akademik i.p. pavlov tomonidan keng qo‘llanilgan nerv jarayonlarining induksiyasi qonuniga binoan, bosh miya po‘stlog‘ining biror sohasida yuzaga keladigan qo‘zg‘alish boshqa sohalarining tormozlanishiga sabab bo‘ladi (baravar induksiya) yoki miya ushbu sohasining tormozlanishi bilan almashinadi (ketma-ket induksiya). irradiatsiya hodisasi sodir bo‘ladigan bosh miya po‘stlog‘i sohasida qo‘zg‘alish uchun qulay sharoitlar yaratilgani uchun darajalar oson ishlab chiqariladi, yangi shartli aloqalar samarali tarzda o‘rnatiladi. bu fiziologik jarayonlar diqqatni ta’minlaydi.23
A.A.Uxtomskiy tomonidan oldinga surilgan dominantlik tamoyiliga ko‘ra, miyada doimo ma’lum vaqt ichida nerv markazlari faoliyatini belgilab beruvchi va shu bilan inson hulq-atvoriga ma’lum yo‘nalganlik bag‘ishlovchi qo‘zg‘alishning vaqtincha hukmron o‘chog‘i mavjud bo‘ladi. dominantlik xususiyatlariga asoslangan holda nerv tizimiga keluvchi impulslar to‘planadi va jamlanadi, shu vaqtning o‘zida boshqa markazlar faolligi susayadi, buning hisobiga qo‘zg‘alish kuchaytiriladi. bu xossalarga binoan, dominantlik qo‘zg‘alishning barqaror o‘chog‘i hisoblanadi, bu esa o‘z navbatida diqqat jadalligini mustahkamlovchi nerv mexanizmini tushuntirishga imkon yaratadi.[1]
Shunday bo‘lsada, nerv jarayonlari induksiyasi qonuni, na dominantlik ta’limoti diqqatning, ayniqsa, ixtiyoriy diqqatning mexanizmlarini to‘laligicha ochib bera olmaydi. shuning uchun, hozirgi zamon fanining taraqqiyoti diqqatning fizilogik mexanizmlarini tushuntirib berishga urinayotgan qator konsepsiyalarning paydo bo‘lishiga olib keldi. hozirgi zamon tadqiqotchilari neyrofiziologik jarayonlarga ko‘proq e’tibor ajratadilar. sog‘lom odamlarda diqqatning zo‘riqishi sharoitlarida miyaning istalgan sohasida biolektrik faollikning o‘zgarishlari yuzaga kelishi aniqlandi. bu faollikni peshona sohasida joylashgan neyronlarning alohida turi faoliyati bilan bog‘laydilar. neyronlarning birinchi turi – «yangilik detektorlari» yangi rag‘batlar ta’sirida faollashadilar va ularga o‘rganib qolish darajasiga ko‘ra faollikni kamaytiradilar. ulardan farqli ravishda «kutish» neyronlari organizm dolzarb ehtiyojni qondirish qobiliyatiga ega bo‘lgan ob’ekt bilan uchrashganidagina qo‘zg‘aladilar.
Shunday qilib, diqqat bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan miya tuzilmalarining yaxlit tizimi faolligi bilan ta’minlanadi. diqqat fiziologik mexanizmlarining o‘ta murakkab tuzilishi va uning tabiatiga nisbatan qarama-qarshi nuqtai nazarlar diqqatning bir qator psixologik nazariyalarining paydo bo‘lishiga olib keldi.
Diqqatning nazariyalari orasida T.Ribo nazariyasi keng ommalashgan nazariya hisoblanadi, uning fikricha, diqqat har doim hissiyotlar bilan bog‘liq bo‘lib, ular yordamida yuzaga keladi. uning fikriga ko‘ra, ixtiyoriy diqqatning jadalligi va davomiyligi diqqat ob’ekti assotsiatsiyalangan emotsional holatning jadalligi va davomiyligi bilan ta’minlaganligi sababli, t. ribo hissiyotlar va ixtiyoriy diqqat o‘rtasidagi alohida uzviy bog‘liqlikni ko‘ra oldi [2].
Bundan tashqari, T.Ribo diqqat doimo organizmning jismoniy va fiziologik holatlarining o‘zgarishlari bilan birgalikda kechishini uqtiradi. bunda diqqat tabiatini tushuntirishda ribo harakatlarga alohida o‘rin ajratadi. uning fikricha, diqqatning jamlanganlik holati organik reaksiyalar bilan birga diqqatni ma’lum darajada tutib turishning zaruriy sharti sifatida namoyon bo‘ladigan tana, yuz, gavda, oyoq-qo‘llar qismlarining harakatlari bilan birgalikda kechadi. biror-bir ob’ektda diqqatni jamlash va ushlab qolishga ketkaziladigan urinish har doim fiziologik asosga ega bo‘ladi. bu holatga, riboning fikri bo‘yicha, mushak zo‘riqishi mos keladi, diqqatning chalg‘ishi esa, mushak charchog‘i bilan bog‘liq bo‘ladi. bundan kelib chiqadiki, ixtiyoriy diqqat siri, ribo nuqtai nazariga ko‘ra, harakatlarni boshqarish qobiliyatidan iborat. shuning uchun ushbu nazariya diqqatning motorika nazariyasi deb nomlanishi tasodifiy emas.
Ribo nazariyasidan tashqari, diqqat tabiatini tadqiq etishga turli xil boshqa yondoshuvlar ham mavjud. d.n. uznadze fikricha, diqqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri mayl bilan bog‘langan. uning nuqtai nazariga ko‘ra, mayl diqqat holatini ichkaridan ifodalaydi. mayl ta’siri ostida voqeiy atrof-muhitni idrok qilishda hosil qilinadigan ma’lum obraz yoki taassurotning ajralishi sodir bo‘ladi. bu obraz yoki taassurot diqqat ob’ektiga aylanadi, jarayonning o‘zi esa ob’ektivlashtirish deb nomlanadi.[2]
P.Ya.Galperin ham diqqatning qiziqarli konsepsiyasini taklif etdi. uning konsepsiyasi quyidagi asosiy holatlardan iborat:
1. diqqat yo‘nalishli-tadqiqot faoliyatining vaziyatlaridan biri bo‘lib, obraz, fikr, inson psixikasida ma’lum vaqtda mavjud bo‘lgan boshqa hodisa mazmuniga qaratilgan psixik harakatdan iborat.
2. diqqatning asosiy vazifasi – psixik obraz, harakat mazmuni va boshqalar ustidan nazorat qilish. insonning har bir harakatida yo‘nalganlik, bajaruvchilik va nazorat qilish qismlari mavjud. mana shu oxirgi qismi diqqat tomonidan gavdalantiriladi.
3. ma’lum mahsulotni ishlab chiqarishga qaratilgan harakatlardan farqli o‘laroq, nazorat yoki diqqat faoliyati alohida natijaga ega bo‘lmaydi.
4. diqqat mustaqil akt sifatida harakat aqliy bo‘lib qolmasdan, qisqartirilgan holatda bo‘lgandagina ajralib chiqadi. bunda har qanday nazoratni ham diqqat sifatida o‘rganib bo‘lmaydi. nazorat harakatni umumiy tarzda baholaydi, diqqat esa uning yaxshilanishini ta’minlaydi.
5. diqqat psixik nazorat faoliyati sifatida o‘rganiladigan bo‘lsa, u holda diqqatning ixtiyoriy va ixtiyorsiz ma’lum aktlari yangi aqliy harakatlar shakllanishining natijasidir.
6. ixtiyoriy diqqat reja asosida amalga oshiriladigan diqqatdir, bu oldindan tuzilgan reja yoki namuna bo‘yicha bajariladigan nazorat shaklidir.
xulosa o‘rnida shuni ta’kidlab o‘tish joizki, ko‘p sonli nazariyalarning mavjudligiga qaramasdan, diqqat muammosi o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. diqqat tabiati haqidagi bahslar avvalgidek davom etmoqda [1].
D
4.3.3. Diqqatning vazifalari va turlari
iqqat inson hayoti va faoliyatida ko‘plab turli xil vazifalarni bajaradi. U zarur bo‘lgan psixologik va fiziologik jarayonlarni faollashtiradi, qolganlarini esa susaytiradi, organizmga etkazilayotgan axborotning uning dolzarb ehtiyojlariga muvofiq holda tashkil etilishi va maqsadga yo‘nalganlik bilan tanlab o‘tkazilishiga yordam beradi, ruhiy faollikning biror ob’ekt yoki faoliyat turida tanlab va davomli tarzda jamlanishini ta’minlaydi.
Diqqatning asosiy turlarini ko‘rib chiqamiz. Bularga tabiiy va ijtimoiy belgilangan, bevosita va bilvosita diqqat, ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan keyingi diqqat, hissiy va intellektual diqqat kiradi.
Diqqatni tashkil etishda insonning faolligiga ko‘ra diqqatni uch turga bo‘lish mumkin: ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan keyingi diqqatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |