MAVZU BO‘YICHA TEST TOPSHIRIQLARI
1. Qobiliyatlar deganda ... tushuniladi:
a) insonni baholash imkonini beradigan harakatlar;
b) voqelikni o‘zgartirgan holatda aks ettirish jarayonidan boshqa narsa emas;
v) bilim va malakalar orttirishga aloqador bo‘lgan insonning individual xususiyatlari;
g) u yoki bu faoliyatga yaroqlilikda namoyon bo‘ladigan va undagi samarani belgilaydigan individual-psixologik xususiyatlar.
2. Nishonalar qobiliyatlar rivojlanishining anatomik-fiziologik shartlari sifatida:
a) hayot davomida shakllanadi;
b) ko‘pchilik ma’noga ega;
v) muayyan faoliyat mazmuniga yo‘naltirilgan;
g) barcha javoblar noto‘g‘ri.
3. U yoki bu faoliyat turiga qobiliyatning mavjudligidan dalolat beradilar:
a) muayyan faoliyatga o‘qitishning past maromi;
b) ushbu faoliyatni bajarishda katta quvvatning sarflanishi;
v) faoliyatni bajarishning individual o‘ziga xosligi;
g) yo‘nalganlik bilan aloqaning mavjud emasligi.
4. Ijodiy qobiliyatlar rivojlanishining yuksak darajasi:
a) qobiliyatlilik;
b) geniallik;
v) iste’dod;
g) nishonalar.
5. Quyida keltirilgan qobiliyatlarning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi sharoitlarning qaysi birini faoliyat sharoitlari deb atash mumkin?
a) nazariy va amaliy to‘plangan tajriba va bilimlar;
b) ma’lum maqsadlarni bajarish va turli xil o‘yinlar, o‘qitish, mehnatning bajarilishi bilan bog‘liq faollik;
v) emotsionallik, ta’sirchanlik;
g) bilimdonlik.
GLOSSARIY
Mind
|
Психика
|
Psixika
|
Bevosita kuzatilmaydigan, lekin qo‘shimcha ifodalar orqali aniqlanadigan yaqqol bo‘lmagan voqelik.
|
Mental processes
|
Психические процессы
|
Psixik jarayonlar
|
U yoki bu psixik maxsult va natijalarni (psixik obrazlar, xolatlar, tushunchalar, xissiyot va x.k.) xosil qiluvchi, shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi jarayon.
|
Mental situation
|
Психическое состояние
|
Psixik holatlar
|
Psixik hayot shakllari, diqqat, hissiyot, iroda jarayonlariga aytiladi. P.H. (xushchaqchaqlik, ruhlanish, siqilish, ziyraklik, qat’iylik, tirishoqlik v.b.) shaxslarda ma’lum darajada barqaror bo‘lib, ularning muayyan xususiyatiga ham aylanib qoladi.
|
Psychology
|
Психология
|
Psixologiya
|
Odamning ob’ektiv borliqni sezgi, idrok, tafakkur, tuyg‘u-hissiyot va boshqa psixik xolatlar orqali aks ettirish jarayonini o‘rganadigan fan.
|
Determinism
|
Детерминизм
|
Determinizm
|
(lotincha demmerminara - belgilayman) tamoyilining, ya’ni tabiat, jamiyat hodisalarining, shu jumladan psixik hodisalarning ob’ektiv sabablar bilan belgilanligi haqidagi ta’limot
|
Behaviorism
|
Бихевиоризм
|
Bixeviorizm
|
uning namoyondalari E.Torndayk va Dj.Uotsonlar hisoblanadi. «Bixeviorizm» ingliz tilida “hulq-atvor” degan ma’noni bildiradi.
|
Freudism
|
Фрейдизм
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |