Ko’ngul Sakkokiytek jon birla rozi,
Jigarni qilsa ul jon pora-pora.
Furqatingda,ey pari, tan kuydi-yu jon yig’ladi,
Dambadam xud qayg’udin ikki ko’zum qon yig’ladi.
Hech davo yo’q dardkim jonimda bor, oni ko’rub
To’nin chok etti tabibu doru darmon yig’ladi.
Dur tishinggu gul yuzung vasfidin kechti hadis,
Sham’ hayrat o’tina yondi-yu so’zon yig’ladi.
Eshikingda it bikin bostim necha yil qovrulub,
Ushbu holimni ko’rub kofir, musulmon yig’ladi.
Yig’ladi hatto raqibning kelg’ondan rahmi manga,
Bori ul qattiq ko’ngulluk chinmu yolg’on yig’ladi.
Bildilar yuzdin ko’rub Sakkokiy holin so’rmayin,
Xosu omu shahru deh, donovu nodon yig’ladi.
Agar qoshimda o’shal gul uzor bo’lsa edi,
G’ame yo’q erdi, g’amim gar hazor bo’lsa edi.
Jonim fidosi aning, koshki mening bu tanim
Oti tuyoqidin uchqon g’ubor bo’lsa edi.
Ko’zum bag’ir qonidin yuz nigor qilmas edi,
Agar ko’ngulga muvofiq nigor bo’lsa edi.
Biror ko’ngul g’amidin bo’lsa erdi voqif do’st,
Ne qayg’u, dushman agar sad hazor bo’lsa edi.
O’larda qolmag’ay erdi ko’ngulda bu hasrat,
Raqib it bikin eshikda zor bo’lsa edi.
Jonimg’a sahl erur erdi jafosi ag’yorning,
Agar ko’ngul bila ul yor yor bo’lsa edi.
Raqib tishlamas erdi seni, ey Sakkokiy,
Aning iticha sanga e’tibor bo’lsa edi.
Sentek jahonda ko’zlari ayni balo qani?
Mentek aning balosi bila mubtalo qani?
Irning aqiqi garchi jahonda yagonadur,
Chehrai mengizli ham yana bir qahrabo qani?
Do'stlaringiz bilan baham: |