Jahondin ketti tashvish-u mabodoyi amon keldi,
Xaloyiq, aysh eting, bu kun sururi jovidon keldi.
Tan erdi bu ulus barcha aningtek joni bor yo yo’q,
Bihamdillah o’g’on fazli bila ul tanga jon keldi.
Bu mavkib gardi surmosi topilmas erdi berib jon,
Ko’rung ko’z birla haq suninkim o’sh xush roygon keldi.
Alamtek barcha beklarning boshi ko’kka kerak teksa,
Kim onlar tak’ya qilg’oli bu qutlug’ oston keldi.
Jahondin Ahraman ketib musaxxar bo’lg’oy insu jon,
Kim o’sh taxtini yel ko’trub Sulaymoni zamon keldi.
Boyindi taxtining qadri, o’zung toj ko’kka toshlodi,
Adolat bog’i sabz o’ldi, chu No’shiravon keldi.
Kerak jon bulbuli tun-kun navodin tinmasa bir dam,
Chu do’stlarig’a xurram yoz, adularg’a xazon keldi.
Raiyat qo’y erur, sulton anga sho’bonu yo bo’ri,
Bo’ri o’lg’o-yu qo’y ting’oy, chu Musotek shubon keldi.
Bu kundin so’ngra ko’p ting’oy raiyatlar rioyatdin,
Ulus haqqida ming turla atodin mehribon keldi.
Ko’ngullar bo’ldi xush ravshan ko’rub qolmadi bir zarra,
Qorong’ulik ketib, holi chu xurshidi zamon keldi.
Sevunsun xisravi oliy guhar sulton Ulug’bekkim,
Shahanshoh Shohruhbektek shahi xisrav nishon keldi.
Bu shahning lashkari qaysi viloyat sori azm etsa,
Falakdin har zamon ul dam nidoyi «al-amon» keldi.
Bular elga qilich – nayza olib hayjoga kirganda,
Hech ish kelmodi a’dodin magar ohu fig’on keldi.
Bu lashkar yetkanin ko’rsang yasob a’doning ustiga,
Sog’ing’oysen cherik ermas magar gurzu sinon keldi.
Shahanshoho, sening oting shahi kishvarkusho erdi,
Ol emdi dunyoni ko’ktin, laqab getisiton keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |