O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi chirchiq davlat pedagogika instituti gumanitar fanlar fakulteti


Bo’lsa qiyomat barchadin qilg’on ishini so’rg’usi



Download 80,16 Kb.
bet11/22
Sana18.03.2022
Hajmi80,16 Kb.
#500458
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Bog'liq
Sakkokiy – qasidanavis

Bo’lsa qiyomat barchadin qilg’on ishini so’rg’usi,
Oz qil jafou javrni, muncha farovon aylama.
Zulmu sitamni zulfungu kofir ko’zungga o’gartib,
Bu keng jahonni sen manga bir tor zindon aylama.

Ey yinju tishlik dilbarim, la’li guharboring haqi,
Sakkokining ikki ko’zin har lahza ummon aylama.

ULUG’BEK MADHIDA
Mashhura Hasanova
XV asrda Movarounnahr va Xurosonda ilm-fan, adabiyot, san’at va madaniyatning XII-XIII asrlarga nisbatan keng taraqqiy etishi tasodifiy bir hol emas edi. Chunki, Amir Temur tomonidan asos solingan temuriylar davlatining poytaxti Samarqandga dunyodagi o’z kasbining mohir usta va naqqoshlari, shoir va xattotlari yig’ildi hamda keyingi davrlar uchun ham bu manba vazifasini o’tadi.
Ulug’bek Mirzo davrida Movarounnahrda nafaqat aniq fanlar, balki badiiy adabiyot ham yuksak darajada taraqqiy etganligi qator manbalardan ma’lum. Hatto turkiy qasidachilikning taraqqiyoti bosqichi ham shu davrga to’g’ri keladi.
Sakkokiy XV asr qasidago’ylar ichida eng ko’p turkiy qasidalar yozgan shoir bo’lib, bizgacha shoir qasidalari va g’azallari jamlangan devonining 2 ta noto’liq, deyarli bir xil: Britaniya muzeyida (taxminan XVI asr o’rtalarida ko’chirilgan nusxa) 2079, Beruniy nomidagi sharqshunoslik institutida (1937 yil Shoislom kotib tomonidan ko’chirilgan nusxa) 7685 raqami ostida saqlanayotgan nusxalar yetib kelgan.
Sakkokiy devonida bir hamd, bir na’t va o’n bir madh qasida mavjud. Madh qasidalarning bittasi Xoja Muhammad Porsoga, bittasi Xalil Sultonga, beshtasi Ulug’bek Mirzoga (ushbu qasidalarning bittasi Shohrux sultonga bag’ishlangan degan fikrlar ham mavjud), to’rttasi Arslon Xoja Tarxonga bag’ishlangan. Jami qasidalar 407 bayt yoki 814 misrani tashkil etadi.
Bir necha yillar davomida shoir devonida Ulug’bek Mirzoga bag’ishlangan ikki qasida o’rtasida hech qanday belgi qo’yilmaganligi, aniqrog’i, keyingi qasida sarlavhasiz bo’lganligi uchun ular to’rtta sanalib kelinar edi.
Bu sarlavhasiz, nasibsiz 21 baytli qasida Navro’z bayrami munosabati bilan yozilgan bo’lsa kerak. Chunki, matla’da bahor kelishi bilan olam shod bo’lganligi aytilib, bu kun bilan podshoh muborakbod etiladi. Bayram munosabati bilan tayyorlangan bazm, mayin yog’ayotgan yomg’ir tasviri beriladi va shunday kunda Alloh yomon ko’zdan saqlashligi uchun duo o’qiylik, deya lutf etiladi:
Keldi maymunu humoyun iydi olam bo’ldi shod,
Maqdami sizga muborak, bo’lsin, ey Xusravnihod.
Ishrat asbobi muhayyovu qamug’ boron zarif,
Saqlasun qodir yomon ko’zdin o’qili “In yakod”.
Keyingi baytdan boshlab podshoh Mirzo Ulug’bekning madhi keltirilib, bunday bayramu saroy Jamshid, Faridun, qubodlar davrida bo’lmaganligi, Ulug’bek yuritayotgan adolatni No’shiravon umrida ko’rmaganligi ta’kidlanadi.
Qasidada shoir Mirzo Ulug’bek davridagi din rivojlanganligi, bid’at ahli to’g’ri yo’lga kirganligi, zuhdu taqvo yuksalib, isyonu fasod ahli yo’qolganligi, adolat mezoni tuzilib, rostlik rivojlanganligi, fitna bozori buzilganligi, ushbu bayramda mukofot tariqasida kiyim olganlarning sanog’i bo’lmaganligi kabi ijtimoiy hayot tasvirini keltiradi.
So’nggi ikki bayt duo bo’lib, unda shoir an’anaga muvofiq Ulug’bek Mirzoga boqiy hayot tilaydi:
Bo’lg’onincha dunyoda har yilda iydu zavqu aysh,
Yurugoncha yer yuzi ustida xodiyu javod.
Surgonincha ablaqi ayyomni savti qazo,
Sen minib davlat otin umrungg’a bo’lsun imtidod.
Barcha davrlarning mashhur siymosi, davlat va ilm ishlarini teng yuritgan temuriylarning eng mashhur vakillaridan sanalgan Mirzo Ulug’bek o’z davrining turkigo’y shoirlari tomonidan din va dunyo homiysi sifatida e’tirof etildi. Ular tomonidan olim va podshohning siyosiy, ijtimoiy, ilmiy faoliyati yuqori baholandi. Bu esa turkiy qasidalarning mag’zini tashkil etdi.

QASIDA
Mirzo Ulug’bek madhi



Download 80,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish