Gul g‘uncha bo‘lar ko‘rsa yuzini chaman ichra,
Titrar ko‘rub oy elini sham’ anjuman ichra.
Kim ko‘rdi aning irinin*, ming boshima ming zar,
Bir la’l Badahshondau bir durr Adan ichra.
Bo‘yu yuzu la’l irnu xatu haddina tush yo‘q,
Sarvu gulu mul nastarinu yosuman ichra.
Jodu ko‘zini Kashmir eli xalqi ko‘rubon,
Tuttuq dedilar seni musallam bu fan ichra.
Xo‘blar chu yasab yuz yasalar zulf cherigin,
Bilguluk erur yuzung, ey shohim, tuman ichra.
Yuzung bila lof urg‘ali ko‘p lofda uyalgay,
Shamye erur, ul g‘oyati yer, ko‘k lagan ichra.
Sakkokidin, ey jon, g‘aming elchisi tilar jon,
Jon birla ravon qildim agar bo‘lsa tan ichra.
* irin (ir) — lab, dudoq
Bu eshikta kim qul ermas bo‘lmag‘ay hech izzati,
Baxt agar sizga kanizak bo‘lmasa yo‘q davlati.
Men sening qadingg‘a moyil, tubig‘a zohid, bale,
Bo‘lur o‘z andozasincha har kishining himmati.
Har gadoning zohirin ko‘rsang parishon, zinhor,
Sen oni xo‘r (xor) ko‘rmagil, ma’lum ermas niyata,
Ey saning zulfungg‘a Laylitek tuman ming bandalar,
Holiyo davron bizingdur, kechdi Majnun navbati,
Sen malohat mulkining shohisenu sultonisen*,
Xush yaroshur qaddinga husnu malohat xil’ati,
Qomatingdin dunyoda hardam qiyomatlar qo‘por,
Zulfung ul olam balosi, ko‘zlaring jon ofati.
G‘amzangiz qon to‘kkali qasd etsa hardam ul zamon,
La’lingizdin ko‘p bo‘lur Sakkokiga jon minnati.
*Qo‘l yozmada «sulton seni» yozilgan.
Gar hajring o‘ti jonu jigarga yoqa keldi,
Jonimg‘a ne xush sharbati vasling yoqa keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |