Ko’zni g’ubor tutti firoqingda yig’la-yu,
Izing to’zindan o’zga anga to’tiyo qani?
La’ling sharobi bo’ldi ko’ngul dardina davo,
Bu dard jong’a yetti, vale ul davo qani?
Yuzumni oltun etti sening ishqing, ey sanam,
Mundoq baqirni oltun etar kimiyo qani?
Qaddu hadingg’a sarvu gul o’zin tutar shabih,
O’nla bo’yu yuzinda bu obu havo qani?
Husnung zakotin bergali bir qibla izlasang,
Sakkokitek bu dunyoda bir benavo qani?
Jon hajr o’tina tushti, yana bizni unutma,
Zulfung beki qad bo’ldi duto, bizni unutma.
Qurbon bo’lubon vasling uchun shukr o’tagaybiz,
( To ) bu mahaldin, sanamo, bizni unutma.
Yo’q erdi rizo ketgali bir lahza qoshingdin,
Sendin chu yiroq soldi qazo, bizni unutma.
Nortek yangoqing furqati ichra ko’ngulu jon,
Ul kuydi judovu bu judo, bizni unutma.
Iso damining bor asari har nafasingda,
Jon dardina, ey xulqi davo, bizni unutma.
Hijron evining kunjin olib kechavu kunduz,
Zulfu yuzinga tilda sano, bizni unutma.
Sakkoki ul oy manzilina xud eta bilmas,
Sen yetsang agar anda, sabo, bizni unutma.
Ey husn ganji, bu zaif ko’nglumni vayron aylama,
Yuz uza zulfung tog’itib, umrum parishon aylama.
Har nokasu kas yuzuna xush toza gul yanglig’ kulub,
Bag’rimni har dam g’unchatek hasrat bila qon aylama.
Nortek yangoqing shu’lasin sen ko’rguzub ag’yorg’a,
G’ayrat o’ti ichra yona bag’rimni baryon aylama.
Barcha xaloyiq to’p bikin tashlar ayoqing uza bosh,
Bu ishga zulfung dol erur, sen oni chavgon aylama.
Do'stlaringiz bilan baham: |