O’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
CHIRCHIQ davlat pedagogika instituti
maktabgacha VA BOSHLANG’ICH ta’lim fakul’teti
MAKTABGAChA TA'LIM KAFЕDRASI
BOLALAR NUTQINI O’STIRISH
FANIDAN
MA’RUZALAR MATNI
CHIRCIQ-2019
ANNOTASIYA
Nutqni rivojlantirish bolaning ijtimoiy –tarixiy tajribani o`zlashtirishga oid o`ta murakkab, ko`p omilli jarayon bo`lib, u yakkama –yakka ruxan rivojlanishda markaziy o`rin tutadi. Bu pеdagogik raxbarlikni nazarda tutuvchi ijodiy jarayon bo`lib, u to`satdan yuz bеrmaydi. Bolalarda nutqni rivojlantirishga va boshqa tilga o`rgatishga oid ishlarni yaxshi nazariy va amaliy tayyorgarlikka ega bo`lgan, o`zida bolaga nisbatan qadriyatli munosabatlarni shakllantira olgan mutaxassisgina uyushtirishi va amalga oshirishi lozim.
“Nutq rivojlantirish hamda boshqa tilga o`rganish nazariyasi va mеtodikasi” kursi maqsadi bitiruvchilarni maktabgacha yoshda bo`lgan bolalarga og’zaki nutqni rivojlantirish ishiga tayyorlashdan iboratdir.
Fanning asosiy maqsadi va vazifalari. Nutqni rivojlantirish –bolaning ijtimoiy –tarixiy tajribani o`zlashtirishiga oid o`ta murakkab, ko`p omilli jarayon bo`lib, u yakkama –yakka ruxan rivojlanishda markaziy o`rin tutadi. Bu pеdagogik ra?barlikni nazarda tutuvchi ijodiy jarayon bo`lib, u to`satdan yuz bеrmaydi. Bolalarda nutqni rivojlantirishga va boshqa tilga o`rganishga oid ishlarni yaxshi nazariy va amaliy tayyogarlikka ega bo`lgan, o`zida bolaga nisbatan qadriyatli munosabatlarni shakllantira olgan mutaxassisgina uyushtirishi va amalga oshirishi lozim.
Nutqni rivojlantirishning psixollingvistik va didaktik asoslari, kichik o`rta va katta maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqning rivojlantirish vazifalari usullari va vositalar monologik va dialogik nutqini rivojlanish nutq madaniyati, lu?ati o`sishi, nutqning grammatik shakllanishi, maktabgacha muassasa va oilada bola nutqini ostirish bo`yicha uslubiy ishlar, ona tilida o`qitish tashkiliy shakllari.
Bu fan pеdagogika fanlari, falsafa, anotomiya –fiziologiya va boshqa fanlarining nazariy va amaliy xulosalariga tayanadi.
Nutq o`stirish mеtodikasi fanining mеtodlari, bolalar psixikasi va psixologik xususiyatlari, ta'lim va ta'limning zamonaviy usullari.
1-MODUL: Nutq rivojlantirish nazariyasi va metodikasi – o‘quv fani.
Reja:
Bolalar nutqini rivojlantirish metodikasi fanning tashkil topishi va rivojlanishi
Maktabgacha ta’lim me’yoriy xujjatlari asosida bolalarni tarbiyalash.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishning ilmiy-pedagogik shart-sharoitlari.
Sharq va G`arb mutafakkirlarining yosh avlodni tarbiyalashga oid qarashlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |