KURS MALAKAVIY ISHI
Mavzu: Boshlang’ich sinflarda matematikada masala yechimini tekshirish asosida o’quvchilarni ijodiy ishlashga o’rgatish metodikasi.
I. Kirish.
II. Asosiy qism:
I bob. O’quvchilarni masalalar yechishga o’rgatishning nazariy asoslari.
1.1. Boshlang’ich sinf matematika kursida matnli masalalar.
1.2. Masalani yechishga o’rgatishning asosiy bosqichlari.
II bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini masalalar yechishga o’rgatish
metodikasining umumiy masalalari.
2.1. Matematik masalalar va ularning turlari.
2.2. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida masala yechish ko’nikmasini
shakllantirish metodikasi.
2.3. Boshlang’ich sinfda masalalarni o’rganishda zamonaviy pedagogik
texnologiyalardan foydalanish.
2.4. Pedagogik tajriba-sinov natijalari va uning tahlili.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish.
Kurs malakaviy ishining dolzarbligi: mustaqil huquqiy demokratik jamiyat qurish haqida fikr yuritganda bu jamiyatda uning to’laqonli a’zosi shaxs
qanday bo’lish kerakligi va unda ta’lim jarayoni qanday ro’l o’ynashi haqida jiddiy o’ylash lozim bo’ladi. Hurmatli Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimovning 1997-yil 29-avgustda O’zbekiston Oliy Majlisining II- Sessiyasida “Ta’lim to’g’risida”gi qonunga asoslangan “Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi “ qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasining «Kadrlar Tayyorlash Milliy Dasturi»da o’quv jarayoniga ilg’or pedagogik texnologiyalarni yaratish va o’zlashtirish yuzasidan maqsadli innovatsiya loyihalarini shakllantirish hamda amalga oshirish orqali ilmfanning ta’lim amaliyoti bilan aloqasini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ilg’or axborot va pedagogik texnologiyalarni amalga oshirish uchun tajriba maydonchalari barpo etish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini ta’lim- tarbiya jarayoniga o’z vaqtida joriy etish mexanizmini ro’yobga chiqarish, zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirish va matematik ta’lim tizimini rivojlanib borishi belgilab berilgan.
«Ta’lim To’g’risida»gi va «Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi to’g’risida»gi
O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, umumta’lim fanlarini o’qitishning
uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, zamonaviy metodologiyasini yaratish,
umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlarini
kompetentsiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, o’quv-metodik
majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni tashkil
etish maqsadida vazirlar mahkamasining qarori qabul qilidi.
6-10 yoshli bolalarining fikrlash qobiliyatlarini shakllanishida mas'ul davr ekanligini psixologlar isbot qilishgan. Shu sababli boshlang'ich ta'lim metodikasining, xususan, matematikadan boshlang'ich ta'lim metodikasining vazifalaridan biri o'qitishning yetarlicha yuqori rivojlantiruvchi samaradorligini oshirishni ta'minlashda o'qitishni bolalarning aqliy rivojlanishlariga ta'sirlarini jadallashtirishdan iborat.
Matematikadan boshlang'ich ta'lim-tarbiyaviy vazifalarini nazariy bilimlar tizimi asosidagina hal etishi mumkin. Bu ilmiy dunyoqarash, psixologiya, didaktika, matematikani o'qitish nazariyasini (matematika didaktikasi) o'z ichiga oladi. Biroq birgina nazariy bilimlaming o'zi yetarli emas. O'qitishning ma'lum mazmuni va o'qituvchilaming aqliy faoliyati saviyasi bilan ta'sirlanadigan u yoki bu o'quv YO'nalishi uchun eng samarali usullarni qo'llay bilish darsga tayyorlanishda yoki darsning o'zida yuzaga keladigan aniq metodik vazifalarni hal etishni bilishi zarur. Boshlang'ich sinflarda bolalarning aqliy rivojlanishlariga asos solinishi sababli boshlang'ich sinf o'qituvchisi uchun o'quvchilarning aqliy faoliyatlari darajasini va imkoniyatlarini bilish hamda hisobga olish muhimdir. Nazariy bilimlardan amaliyotda foydalanish jarayonida yuzaga keladigan turli-tuman metodik masalalar hal etilishi lozim. Metodik masalalar har bir darsda yuzaga keladi, shu bilan birga, odatda, ular bir qiymatli yechimga ega emas. O'qituvchi darsda yuzaga kelgan metodik masalaning mazkur o'quv vaziyati uchun eng yaroqli yechimining tez topa olishi uchun bu sohada yetarlicha keng tayyorgarlikka ega bo'lish talab etiladi. Boshlang'ich ta'lim metodikasi o'qitish vositasi sifatida mavjud didaktik o'yinlar mantiq ilmi va matematika nuqtayi nazaridan mazmunan yetarli emasligi tufayli didaktik o'yinlardan foydalaniladi va o'rganilgan materialni faqat mustahkamlash vositasi sifatida foydalaniladi.
Boshlang'ich sinflar uchun mo'ljallangan hozirgi zamon matematika darsligining birinchi sinfi uchun berilgan quyidagi topshiriqlarga duch kelamiz: "Rasmda yuk mashinasi bo'lsa, bir qatorda shuncha katakni rasmda nechta avtobus bo'lsa, 2- qatorda shuncha katakni Bunday topshiriqlarni bajarish bolalami ko'rsatilgan to'plam1ar elementlari orasida o'zaro bir qiymatli moslik o'matishga undaydi, bu
esa natural son tushunchasini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
Masalalarni yechish o'quvchilaming aqliy rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatib, ularda tahlil etish, taqqoslash, umumlashtirish va abstrakt farqlashga ko'nikmalami shakllantiradi. Masalalarning tarbiyaviy ahamiyati ham beqiyosdir.
Yuqorida sanab o'tilgan vazifalami bajarar ekan, ayni vaqtda, mashqlaming o'zlari ham bevosita o'rganish obektiga, shuningdek, ulami yechish zaruriy ko'nikmalarni shakllantiruvchi vositaga aylanadi.
Masala ustida ishlash uning mazmunini o'zlashtirishdan boshlanadi. O'quvchilar hali o'qish malakasiga ega bo'lmagan dastlabki vaqtlarda ulami o'qituvchi o'qib beradigan masala matnini tinglashga, shartning muhim elementlarini tovush chiqarib ajratishga o'rgatish kerak. Shundan keyin masala shartini yaxshiroq o'zlashtirish maqsadida, har bir o'quvchi masala matnini tinglabgina qolmay, balki masalani mustaqil o'qib chiqishi zarur; Masala matni o'qituvchi yoki o'quvchilar tomonidan bir-ikki marta o'qiladi, ammo bunda bolalarni masala matnini bir marta o'qishdayoq uning mazmunini tushunib olishga asta-sekin o'rgata borish kerak
An’anaviy o’qitish metodikasida o’quv materiallari asosan matn va formulalar ko’rinishida berilib, o’quv materiallarini namoyish qilish imkoniyati
deyarli mavjud emas. Bunday ko’rinishda berilayotgan o’quv materiallarini
o’quvchi tomonidan o’zlashtirish asosan ketma-ket ravishda amalga oshiriladi, shu sababli ularni esda qoldirish va o’zlashtirish juda sust bo’ladi.
Yangi o’qitish metodikasida o’quvchilarga berilayotgan materiallarni qayta
kodlashtirish va o’zlarining modelini yaratish masalalari yuklanmaydi. Bu o’qitish metodikasida o’quv materiallari matn va formula ko’rinishi bilan bir qatorda, obrazlar ko’rinishida ham taqdim etiladi. Bu ma’noda axborot texnologiyalari asosida o’quv materiallarini obrazli ko’rinishda taqdim etishda ularga har xil ko’rinishdagi ranglar, harakat, ovoz kabi elementlarni kiritish o’quvchilarning o’quv materiallarini qabul qilish jarayoni samaradorligini oshirish bilan birga, berilayotgan materiallarni tahlil qilish, taqqoslash hamda abstraksiyalash kabi muhim sifatlarni rivojlantiradi. O’quv materiallarini obrazlar ko’rinishida taqdim etish uchun ularni axborot texnologiyalaridan foydalanib, elektron-didaktika asosida elektron kitob, darslik, kurs va virtual stend ko’rinishida yaratish yuqorida qo’yilgan masalalarni ijobiy hal etishga olib keladi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga matematika darsligida juda ham ko’puchraydigan masalalar va ularning yechimlarini topish haqidagi ma’lumotlarni biz 1-sinfdayoq ularga o’rgatib, ulardagi bilish va fikrlash qobiliyatini o’stirib borishimiz juda ham muhimdir.
Masala yechishga o’rgatishning muhimligi shundan iboratki, o’qituvchi o’zining asosiy e’tiborini matnli masalalar mazmunini matematika tiliga ko’chirishga qaratmog’i lozim. Avvalo, mukammal matematik tushunchalarni shakllantirish, ularning dasturda belgilab berilgan nazariy bilimlarni o’zlashtirishlarida favqulodda muhim ahamiyatga ega. Masalan, agar biz o’quvchilarda qo’shish haqida to’g’ri tushuncha shakllantirishni xohlasak, buning uchun bolalar yig’indini topishga doir yetarli miqdorda sodda masalalarni deyarli har gal to’plamlarni birlashtirish amalini bajarib borishi lozim.1-sinfda bir va ikki amalli masalalar o’rgatiladi. Masalalar yechishdagi hisoblash ishlari sonli masalalarni yechish malakalarini shakllantirish mashq qilishga nisbatan kamroq vaqtni talab qiladi. Masalan, biz o’quvchilarga masalaning yechimlari haqida to’liq tushuncha berganimizdan so’ng, bu yechgan masalamizning o’quvchi tushunib yecha olishi uchun biz masalaning eng ratsional qismini aniqlab va shu usulda masala yechishga ko’proq o’quvchini jalb qilishimiz kerak.
Masalalalarni yechishning jadval usuli, masalalar va ularni taqqoslashni
ikkinchi sinfda o’rgatiladi. Bu davrda o’quvchilarning fikrlash doirasi yanada
kengayadi, ularni jadvalga qarab masala tuzishga, o’zaro teskari masalalar tuzishga
va ularni taqqoslashga undaladi. Bоshlang’ich sinflarda o’rganiladigan masalalar
yеchishning u yoki bu nazariy matеriallarni o’zlashtirish jarayonidagi muhim
o’rnini ta’kidlab, dasturda shunday dеyiladi: “Natural sоnlar arifmеtikasi, nоlni
o’rganish maqsadga muvоfiq masalalar va amaliy ishlar sistеmasi asоsida tuziladi.
Bu dеgan so’z har bir yangi tushunchani tarkib tоptirish har dоim bu tushuncha
ahamiyatini tushuntirishga yordam bеradigan, uning qo’llanishini talab qiladigan u
yoki bu masalani yеchish bilan bоg’lanadi”. Sоdda masalalar o’quvchilarni
matеmatik munоsabatlar bilan tanishtirishning muhim vоsitalaridan biri bo’lib
хizmat qiladi. Sоdda masalalardan ulushlar, qatоr gеоmеtrik tushunchalar va
algеbra elеmеntlarini o’rganishda ham fоydalaniladi. Sоdda masalalar
o’quvchilarda murakkab masalalarni yеchish uchun zarur bo’ladigan bilimlar,
malakalar va ko’nikmalarni tarkib tоptirish uchun asоs bo’lib хizmat qiladi.
Yechilishi uchun bir nеchta o’zarо bоg’liq amallarni bajarish talab qilinadigan masalalar murakkab masalalar dеyiladi. Boshlang’ich sinflar uchun matematika dasturida bolalarni masalalarni yechishga o’rgatishga katta ahamiyat bergan. Bu dasturda bolalarga masalalarni yechishda ular oldindan o’rgangan arifmetik amallarning xossalaridan foydalanishi va o’zlariga ma’lum bo’lgan usullardan eng ratsionalini tanlay olishga o’rgatish zarurligi ta’kidlangan. Shunday qilib, masalani yеchish uchun bеrilgan sоnlar va izlanayotgan sоn оrasidagi qatоr bоg’lanishlarni aniqlash va ularga muvоfiq ravishda arifmеtik amallarni tanlash, so’ngra bu amallarni bajarish zarur. Shuning uchun biz ushbu mavzu ya’ni boshlang’ich sinflarda matematikadan sodda masalalarni yechishda o’quvchilar qiziqishini shakllantirish yo’llarini ushbu bitiruv malakaviy ishimizda ishlab chiqishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ydik.
Yuqorida aytib o’tilgan fikrlar ushbu mavzuning dolzarbligini ifoda etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |