O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi Buxoro Davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakul’teti Iqtisodiy ta`lim va turizm kafedrasi


Hozirgi zamon xizmat va servis faoliyatida mexmonxona xo’jaligini tutgan o’rni



Download 378,55 Kb.
bet27/41
Sana18.01.2017
Hajmi378,55 Kb.
#561
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41
Hozirgi zamon xizmat va servis faoliyatida mexmonxona xo’jaligini tutgan o’rni.

Yurtimiz hayotida yaqinda chiqqan va hozirda amaliyotda tadbiqini topayotgan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasida 2006-2010 yillarda xizmat ko`rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlar to`g’risida”gi qarori turizm xizmat sohasining va shu bilan birga mehmonxonalar rivojlanishiga asos hisoblanadi.

Haqiqatan ham, hozirgi vaqtda turizm ko`pgina rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyotining fundamental asosi bo`lib qolgan davrda, ya`ni dunyo mamlakatlarida xizmatlarning yalpi ichki mahsulot dagi ulushi 60-80 % tashkil etganda, bu sohada iqtisodiyotda band bo`lgan aholining` qariyb 70 % mehnat qilayotgan va aholining iste’mol xarajatlari tarkibida bu sohada 60 %ni tashkil etganda baholang bu ko`rsatgich bizda 10-15 %ni tashqil etish ajablanarli holdir. Butun dunyo turistik tashkilotning (BTO) ko`rsatkichi bo`yicha 1950 yili dunyoda jami xalqaro turistlar soni 25 mln bo`lgan bo`lsa, 2000 yilda kelib bu 698 mln. dan oshib ketib, turizmdan keladig`an kirim 478 mlrd AQSH doll. teng bo`ldi.

Faqatgina turizm yigirmanchi asr oxirida dunyo iqtisodiyotiga yalpi xizmat ishlab chiqarish 3.5 dollarga, ya`ni dunyoda ishlab chiqarilgan yalpi ichki maxsulotning 10.9 %ini tashkil etib, davlatlar soliq kirimi 302mlrd. doll. olib kelgani bunday iqtisodiyotning fundamental asosligini bildirayapti va bu miqdor yanada kengayib ketayotganligini turizmning haqiqatan, BTO ning prognozi bo`yicha dunyo bo`yicha 2010 yili 1 mlrd turistlar kelib ketishi, shundan 546 mln. Markaziy va Sharqiy Yevropa, hamda MDH va Boltiq bo`yi davlatlariga to`g’ri kelishini va turizimda dunyo ishlab chiqarishida band bo`lgan odamlarning o`n beshdan biri band bo`lib, uning soni 260-280 mln ga yetganligini ko`rishimiz mumkin.

Ayniqsa, dunyo miqyosida davlatlarning turistlar beruvchi (AQSH, Germaniya, Angliya, Belgiya, Daniya va boshqalar) va qabul qiluvchi davlatlar (Fransiya, AQSH, Ispaniya, Italiya va boshqalar)ga bo’linishi, oxirg`i vaqtda boshqa davlatlar ham, bu faoliyatga jadal ravishda kirishib borishayotganligi O`zbekiston ham bu qatordan qolmasligini ta’minlash vaqt taqozosidir.

Shuning uchun ham, 2006-2010 yillarda xizmatlar ko`rsatish soxasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 49 %ga etkazish va aholi bandligini bunga 1.6 marta ko`paytirish vazifasi haqli ravishda qo`yilgan. Bu vazifalarni bajarishda mamlakatimizdagi turizim sohasini, unga bog’liq, servis xizmatlarini rivojlantirishimiz, oldimizga qo`yilgan asosiy ishlardan hisoblanadi. Turizmni tashkil etish tarkibiy qismlaridan birinchilaridan turistlarni mexmonxonalarga joylashtirish va ularga kommunal xizmat ko`rsatish, hamda ovqatlantirishni tashkillashtirish, davlat xizmatlaridan: bu sohaga kadrlar tayyorlash, turli havo-suv-daryo portlari, madaniy vaqtichog’liq ishlari, xusisiy xizmatlar, turli turistik mollarini ishlab chiqarish,

Sayoha tqilish, xususiy xizmatlar va boshqa tarmoq soxalarini rivojlantirish asosiy ishlardan hisoblanadi va bularning natijasida mamlakatimizda valyuta almashtirish, aholining turli xizmat sohalarida bandligi, turli investitsiyalar jalb etilishi va natijada davlat daromadi ko`payib, milliy boyligi ortishi ko`zda tutiladi.

2006-2010 yillarda xizmat ko`rsatish va servis soxasini rivojlantirish va bunga bog’liq barcha ishlarni jadallashtirish maqsadida yurtimizda ishlab chiqilgan chora-tadbirlarda ulgurji savdo korxonalari 589 ta, ta’lim muassasalarida 959 ta korxonalarning ishga tushirilishi va shu bilan 114 ta turli xildagi savdo bazalari, 114 ta “Guzar” tipli savdo maishiy komplekslarning yaratilishi, albatta savdo va ovqatlanish, maishiy xizmat sohalarini sezilarli darajada o`zgartiradi. Lekin, ushbularni tashkil etishda O`zbekiston turistik ma’lumotlari bo`yicha, turizmning o`ziga xos xususiyatlaridan xelib chiqqan holda tashkil etilsa maqsadga muvofiq bo`lar edi. Ayniqsa, qishloq joylarida ko`zda tutilgan savdo, ovqatlanish va maishiy xizmat korxonalari magistral yo`llar, yodgorliklarga yaqin joylarda bo`lsa turistlar ham foydalanishi mumkin bo`ladi.

Xuddi shuningdek, chora-tadbirlarda rejalashtirilgan moliya va bank xizmatlarini ko`rsatish uchun 60 %ga mini-banklarni, 70 %ga jamg’arma va 60 %ga savdo banklarni ko`paytirish, pul-muomulasi munosabatiga 5 mln plastik kartochkalar va ular terminallaridagi operasiyalarni kamida 25 %ga (yoki 31 mlrd so’m) ko`paytirish sug’urta ishlarini 3.3 marotaba

ko`paytirilishi, umuman bu soxada barcha ishlarni sezilarli darajada keng`aytirish, bu soxadag` i investisiya faoliyatini 1.3 marotaba, lizing kelishuvlarni 1.3 martaga ko`paytirish ishlarida ham turizmga bog’liq bo`lganlarini alohida ko`rib chiqilishi va uning talab darajasida yo`lga qo`yilishi ham sezilarli darajada rivojlanishini jadallashtiradi. Bunda, ayniqsa meҳmonxonalar xo`jaligini, unda ovqatlanishni tashkil etish soxasida turistik marshrutlar aro zamonaviy servis xizmat ko`rsatish, ovqatlanish korxonalarini barpo etilishi, nonushta va tushlikni buyurtma asosida turist mexmonlarning xoxlagan joyida tashkil etish; savdo sohasida; qadimgi obidalar ichida turli xalqimiz hunarmandlari ishlab chiqargan tovarlarni sotishni tashkil etish, buyurtmalar olish, kompyuter suratga olish soxasini joriy etish, turli o`yinlar biznesini rivojlantirish, ko`ngil ochar dam olishni mehmonlarga tashkil etish turizmning rivojlanishiga xizmat qiladi.

Umuman olganda, chora-tadbirlarda ko`zda tutilgan xizmat sohalarining: mexmonxona va undagi, undan tashqari savdo va umumiy ovqatlanish, transport, aloqa va axborotlashtirish, moliya va bank, turistik sayohat, maishiy va kommunal xizmat, texnika va avtomobillarni ta`mirlash va boshqa xizmat sohalarini turizm sohasiga bog’liq ravishda olib borish, bu sohani rivojlantirishdagi muhim ishlardan hisoblanadi.



Download 378,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish