Fikrimizcha, soliqlarning quyidagi asosiy funksiyalarini ajratib kо‘rsatish maqsadga muvofiqdir:
1. Soliqning fiskal funksiyasi.
2. Tartibga solish funksiyasi.
3. Rag‘batlantirish funksiyasi
4. Soliqning nazorat funksiyasi.
5. Soliqni hisoblash jarayonini axborot bilan ta’minlash funksiyasi.
Hozirgi sharoitga tatbiqan olganda, soliqqa tortish samarali tizimning quyidagi tamoyillarini ta’riflab о‘tish mumkin:
Yetarlilik tamoyili.
Tadbirkorlik va investisiyalarni rag‘batlantirish.
Soliqqa tortishning adolatlilik tamoyili.
Oddiylik va xolislik.
Boshqarishga qulaylik.
Soliqlarni yig‘ish jarayonini imkon qadar arzonlashtirish.
Soliq stavkalarini qiyoslash.
Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy tо‘lovlar hamda ularning tuzilish tamoyillari, usullari, soliq nazoratining yig‘indisi soliq tizimini tashkil etadi. Bu ta’rif soliq tizimini keng ma’noda tushunishdir. Soliq qonunchiligida soliq tizimi tor ma’noda talqin qilinib, bir xil mohiyatga ega bо‘lgan va markazlashgan pul fondini tashkil etadigan soliq, yig‘im, boj va boshqa majburiy tо‘lovlarning yig‘indisi soliq tizimi deb ataladi.
Soliqlar soliqqa tortish obyektiga qarab uch guruhga bо‘linadi:
1. Oborotdan olinadigan soliqlar.
2. Mol-mulk qiymatlaridan olinadigan soliqlar.
3. Daromaddan olinadigan soliqlar.
Soliqlar iqtisodiy mohiyatiga, tо‘lovchi bilan davlatning о‘zaro munosabatlariga bevosita yoki bilvosita bog‘liqligiga kо‘ra tо‘g‘ri va egri soliqlarga bо‘linadi. Tо‘g‘ri soliqlar tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri daromadga va mol-mulkka qaratiladi (soliqqa tortishning bevosita shakli). Tovarning bahosida tо‘lanadigan yoki tarifga kiritiladigan tovarlar va xizmatlardan olinadigan soliqlar egri soliqlarga kiradi. Tovar va xizmatlarning egasi ularni sotishda soliq summalarini olib, ularni davlatga о‘tkazadi.
Soliq to’lovchilar quyidagi huquqlarga ega:davlat soliq xizmati organlari va boshqa vakolatli organlardan amaldagi soliqlar, boshqa majburiy to’lovlar, soliq to’g’risidagi qonun hujjatlaridagi o’zgarishlar haqida axborot olish;o’z soliq majburiyatlarini bajarish yuzasidan davlat soliq xizmati organlari hamda boshqa vakolatli organlardagi mavjud ma’lumotlarni olish;soliq munosabatlari masalalari yuzasidan o’z manfaatlarini shaxsan yoki o’z vakili orqali ifoda etish;ushbu Kodeksda, boshqa qonunlar va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida belgilab qo’yilgan asoslar mavjud bo’lgan taqdirda hamda tartibda soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlardan foydalanish;
soliqlar, boshqa majburiy to’lovlar, penya va jarimalarning ortiqcha to’langan yoki undirilgan summalarini hisobga olish yoki qaytarib olish;ushbu Kodeksda hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan shartlarda va tartibda soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lashni kechiktirish va (yoki) bo’lib-bo’lib to’lash;soliq solish ob’ektini hisobga olishda, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqarish hamda to’lashda o’zlari yo’l qo’ygan xatolarni mustaqil ravishda tuzatish;soliq tekshiruvlari materiallari bilan tanishish va tekshiruv dalolatnomalarini olish;soliq tekshiruvlarini amalga oshirayotgan davlat soliq xizmati organlariga soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarini bajarishga doir masalalar yuzasidan tushuntirishlar berish;davlat soliq xizmati organlarining, boshqa vakolatli organlar va ular mansabdor shaxslarining ushbu Kodeksga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq bo’lmagan hujjatlari hamda talablarini bajarmaslik;davlat soliq xizmati organlarining va boshqa vakolatli organlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish;davlat soliq xizmati organlarining va boshqa vakolatli organlarning qonunga xilof qarorlari yoki ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari tufayli etkazilgan zararning o’rni qoplanishini belgilangan tartibda talab qilish.Soliq to’lovchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin.Soliq to’lovchining soliq munosabatlarida shaxsan ishtirok etishi uni vakilga ega bo’lish huquqidan mahrum etmaydi, xuddi shuningdek vakilning ishtirok etishi soliq to’lovchini bunday munosabatlarda shaxsan ishtirok etish huquqidan mahrum etmaydi.Soliq to’lovchi vakillarining mazkur soliq to’lovchining soliq munosabatlaridagi ishtiroki munosabati bilan sodir etilgan harakati (harakatsizligi) soliq to’lovchining harakati (harakatsizligi) deb e’tirof etiladi.
O’z navbatida soliq to’lovchilarning majburiyatlari ham mavjud. Ular quidagilar: Soliq to’lovchilar:o’z soliq majburiyatlarini o’z vaqtida va to’liq hajmda bajarishi;qonun hujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritishi, moliyaviy va soliq hisobotini tuzishi;davlat soliq xizmati organlariga va boshqa vakolatli organlarga imtiyozlar olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi;soliq tekshiruvlari o’tkazilayotgan vaqtda davlat soliq xizmati organlariga soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqarish, to’lash bilan bog’liq hujjatlar hamda ma’lumotlarni taqdim etishi;davlat soliq xizmati organlarining va boshqa vakolatli organlarning hamda ular mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarishi, shuningdek mazkur organlarning, ular mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga to’sqinlik qilmasligi shart.
Soliq agentlari ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari:
soliq to’lovchilarga to’lanadigan mablag’lardan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’g’ri va o’z vaqtida hisoblab chiqarishi, ushlab qolishi hamda byudjetga va davlat maqsadli jamg’armalariga o’tkazishi;
soliq to’lovchilarga to’langan daromadlarning, ushlab qolingan hamda byudjetga va davlat maqsadli jamg’armalariga o’tkazilgan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning hisobini yuritishi, shu jumladan har bir soliq to’lovchi bo’yicha alohida-alohida hisob yuritishi shart.
Qonun hujjatlariga muvofiq soliq to’lovchilar zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo’lishi mumkin.
Hozirgi kunda mamlakatimizda amal qilayotgan tо‘g‘ri va egri soliqlar tarkibiga quyidagi soliqlar kiradi (1-jadval):
Do'stlaringiz bilan baham: |