Qo‘shimcha sarflar. Bir qismini aniq o‘lchash qiyin yoki maqsadga muvofiq bo‘lmagan ko‘plab alohida moddalarni qamrab olgani munosabati bilan qo‘shimcha sarflar andozalari miqdoriy me’yorlari ko‘rsatilmagan holda pul bahosida beriladi. Qo‘shimcha sarflarning eng muhim tarkibiy qismlari mustasno etiladi (masalan, ishlab chiqarish, ish haqi), ularga qarab ayrim hollarda miqdoriy andozalar belgilanishi mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida materiallar narxi talab va takliflarga bog‘liq ravishda uzluksiz tebranib turadi. Shu bois materiallar andozasi ko‘pincha ular ishlab chiqilayotgan vaqtda amal qilgan narxlar darajasidan kelib chiqqan holda, etuk me’yorlardan foydalanish davri davomida ustunlik qiladigan o‘rtacha narxlarini aniqlashdan kelib chiqib, belgilanadi. Shunga muvofiq texnologik jarayon operatsiyalari bo‘yicha ish haqi stavkalarining andozalari aksar o‘rtacha narxlar hisoblanadi.
Materiallar qarori va ishlab chiqarish ish haqi me’yorlari odatda, bir odamga nisbatan hisoblanib, belgilanadi. Qo‘shimcha sarflar nazorati mahsulotning taxminiy hajmidan kelib chiqib, ma’lum davr uchun stavkalari ishlab chiqiladi. Qo‘shimcha sarflar smetalari doimiy xarakterga ega. Biroq ishlab chiqarish hajmi tebranishlarida qo‘shimcha sarflar nazorati uchun o‘zgaruvchan andozalar va beqaror smetalar tuziladi.
Qo‘shimcha sarflarning beqaror smetalari belgilari asosida doimiy, o‘zgaruvchan va yarim o‘zgaruvchan xarajatlarga buyum chiqarish hajmi kattaligiga bog‘liq ravishda xarajatlar tasnifi yotadi. So‘nggilari, o‘z navbatida, doimiy va o‘zgaruvchan tarkibiy unsurlarga bo‘lib chiqiladi. Natijada qo‘shimcha sarflarning smeta stavkasi (me’yori) buyum chiqarish va doimiy chiqimlar birligiga oldindan belgilangan me’yorlar ulushining o‘zgaruvchan qismi sifatida aniqlanadi.
Mahsulot andozasi tannarxini hisoblash uchun materiallarning me’yoriy xarajatlari, ishchi kuchi va qo‘shimcha sarflar umum-lashtiriladi. Yuzaga kelgan og‘ishlar esa quyidagi tarzda aniqlanadi: «Standart-kost» hisob tizimini qo‘llovchi korxonalarda haqiqiy sarflarning andozasi me’yorlardan og‘ishlar hisobini, odatda, quyidagi hisoblarda yurgizadilar:
- materiallar sarfi bo‘yicha aniqlash;
- ish haqi bo‘yicha og‘ishlar;
- qo‘shimcha sarflar bo‘yicha og‘ishlar;
- tijorat andozali tannarxdan og‘ishlar.
Bu tizim tamoyillari har taraflamadir, Shu bois ular xarajatlarning har qanday usulida va mahsulot tannarxining kalkulatsiya qilish usulida maqsadga muvofiqdir.
Shu bilan birga, bu tizimning o‘ziga xos kamchiliklari – bir amalda andozalarni ishlab chiqarish texnologik haritasiga muvofiq tuzish g‘oyat muhim. Tovar sotish bozori uchun raqobatli ko‘rashdan kelib chiqqan narx o‘zgarishi va inflyasiya ombordagi tayyor buyumlar qoldig‘i va tugallanmagan mahsulot narxini (qiymatini) hisoblashni murakkablashtiradi.
Rivojlangan bozor munosabatlari sharoitida korxona ishlab chiqarish faoliyatini samarali boshqarish tobora ko‘proq uni axborot bilan ta’minlashga bog‘liq bo‘lib bormoqda.
G‘arb mamlakatlarida tarixan marjinal daromaddan ishlab chiqarishni miqdor jihatdan (ekstensiv) rivojlantirish modeli o‘z umrini yashab bo‘lib, uning o‘rniga yangi model jadal (intensiv) rivojlanish modeli kelganida foydalana boshladilar. Bunday modeldan foydalanish, o‘z navbatida, xarajatlarni bevosita va bilvosita, asosiy va qo‘shimcha, doimiy va o‘zgaruvchan, ishlab chiqaruvchi va davriyga aniq bo‘lish asosida boshqarishning strategik vazifala-rini xal etishni talab qildi.
1936 yilda Amerika iqtisodchisi Jonatan Garrison «Direkt-kosting» ta’limotini yaratdi. Unda tannarx tarkibida faqat bevosita sarflarni hisobga olish g‘oyalari aks ettirilgan. O‘sha vaqtda hisob xodimlari Shunday xulosaga kelishdiki, barcha hara-jatlarni mazkur hisobot davriga (unda sotiladiganlar) tegishlilarga va mahsulot chiqarish bilan bog‘liqlarga (ular mahsulot sotilgandagi hisobot davriga tegishli) bo‘lish lozim. Bunda birinchisi doimiy xarajatlar, ikkinchisi o‘zgaruvchan xarajatlar, deb aytildi.
«Direkt-kosting» g‘oyasini rivojlantirishga «Xarajatlar va ishlab chiqarish kattaliklari mutanosibliklari asosida xarajatlar hisobining yagona tizimi» kitobining muallifi K.Rumel hissa qo‘shdi. Kitobda xarajatlar hisobining «Direkt-kosting» tomonlari bo‘yicha qoluvchi axborot quroli sifatida foydalanish bo‘yicha amaliy yo‘lyo‘riqlar, «Bloklar bo‘yicha xarajatlar hisobi» tushunchasi mavjud. Uning fikricha, agar doimiy xarajatlar blokini mutanosib xarajatlar blokiga qaramaqarshi qo‘yilsa va buyumga ishlatilgan sarflarni emas, faqat mutanosib xarajatlarni kiritilsa, bunday tizimini «bloklar bo‘yicha xarajatlar hisobi» deb aytish lozim. K. Rumel g‘oyasining mohiyati hajmiga munosib xarajatlar va kalendar davri davomiyligiga munosib xarajatlar bevosita xarajatlarni eltuvchilarga kiritiladi, davr davomiyligiga munosib xarajatlar esa bir blokda taqsimlanmagan xarajatlar kabi to‘planadi.
AQSHda «Direkt-kosting» tizimining tatbiq etilishi bilan Buxgalter-kalkulyatorlar Milliy assotsiatsiyasi o‘zining hisobotida (1953 yiliga to‘g‘ri keladi) bu tizim tavsifini e’lon qilgan. 1961 yilda u ikkinchi hisobotni e’lon qiladi, unda mazkur tizimini qo‘llaydigan 50 ta yirik firma tadqiq qilingan edi.
Hozirgi vaqtda «Direkt-kosting» barcha iqtisodi rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalgan. Germaniya va Avstraliyada mazkur usul «qisman xarajatlar hisobi» deb ataladi. Biroq Britaniyada u «mar-jinal xarajatlar hisobi», Fransiyada – «marjinal buxgalteriya» yoki «marjinal uchyot» degan nomlar olgan.
Ushbu tizim bo‘yicha O‘zbekiston adabiyotida kerakli «cheklangan, noto‘liq yoki qisqartirilgan tannarx hisobi» atamasi uchraydi. Ushbu tizimni atash uchun maqbo‘l nom «buxgalteriya hisobining marjinal usuli» hisoblanadi. Uni «Direkt-kosting» tizimida asosiy ko‘rsatkich marjinal daromad bo‘lganligi bilan bog‘laymiz. Uning yordamida ishlab chiqarish rentabelligi ostonasi aniqlanadi, mahsulotni zararsiz sotish narxi belgilanadi, korxona assortiment siyosati tuziladi va h.k. Bunday sharoitlarga «marjinal usuli» atamasi O‘zbekiston mutaxassislari uchun «Direkt-kosting»ga qaraganda tushunarliroq va ma’noliroq bo‘ladi. Bundan tashqari, oldin ta’kidlaganimizdek, Buyuk Britaniya va Fransiyada ushbu tizimni tav-siflash uchun yana aynan marjinal yo‘nalishiga zo‘r beriladi.
«Direkt kosting» usulining ikki varianti bor:
1) uchyotda faqat o‘zgaruvchan (tezkor) xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga asoslangan oddiy direkt-kosting;
2) rivojlangan direkt-kostingda o‘zgaruvchan xarajatlar bilan bir qatorda mahsulot ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha o‘zgaruvchan xarajatlar ham tannarxga kiritiladi.
«Direkt-kosting» hisobi tizimining asosiy afzalliklari quyidagilar:
1. Mahsulot tannarxini hisoblashdagi soddalashtirish va aniqlash, chunki tannarx faqat o‘zgaruvchan xarajatlar qismidagina rejalashtiriladi va hisobga olinadi.
2. Mehnat turlari o‘rtasida doimiy xarajatlarni shartli taqsimlash uchun murakkab hisob-kitoblar tuzish bo‘yicha protsessorlar yo‘qligi. Ularni mahsulot tannarxi tarkibiga kiritmaydilar va moliyaviy natijani kamaytirishga bevosita yozib qo‘yadilar.
3. Rentabellik ostonasi (zaroratlik nuqtasi, sotishlar ostonali hajmi), korxona chidamliligi zaxirasi va mahsulot yoki buyurtma narxini quyi chegarasini aniqlash imkoniyati.
4. Mahsulotning xilma-xil turlari rentabelligini qiyosiy tahlil qilish imkoniyati.
5. Mahsulot ishlab chiqarish va sotishning qulay dasturini aniqlash imkoniyati.
6. O‘zi ishlab chiqargan mahsulot yoki xizmatlar bilan ularni chetdan sotib olish o‘rtasidagi tanlov imkoniyati.
«Direkt-kosting» rahbarlarga butun korxona bo‘yicha ham, turli buyumlar bo‘yicha ham marjinal daromad o‘zgarishiga e’tiborni kuchaytirishga imkon beradi: katta rentabelli mahsulotni aniqlash, asosan Shuni ishlab chiqarishga o‘tish, chunki sotish narxi va o‘zgaruvchan xarajatlar summasi o‘rtasidagi tafovut alohida buyumlar tannarxiga doimiy xarajatlarni yozib qo‘yish natijasida yashirinib qolmaydi, tizim bozor sharoitlari o‘zgarishiga javoban ishlab chiqarishni tez ilg‘ab olish imkonini beradi. Bunday sharoitda u yana bozor va erkin raqobat sharoitida korxonani boshqarish tizimi-marketingning tarkibiy qismiga aylanadi.
Xulosa qilib aytganda, «Direkt-kosting» tizimi bo‘yicha O‘zbekiston korxonalari hisobi amaliyotini tashkil etish bugungi kun talabidir. Uni qo‘llash korxonalar ishlab chiqarish va tijorat faoliyati samaradorligini oshirishga, sanab o‘tilgan ko‘rsatkichlar nazorati, tahliliyligi va ishonchliligini kuchaytirishga va mahsulot tannarxini pasaytirishning zaxiralarini to‘la aniqlash va foydalanishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |