O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti “Pedagogika” fakulteti



Download 1,9 Mb.
bet1/2
Sana17.10.2019
Hajmi1,9 Mb.
#23680
  1   2
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI

Pedagogika” fakulteti



Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” kafedrasi

DASTGOXLI AKADEMIK RANGTASVIR VA KOMPOZITSIYA FANIDAN

Mavzu: “O’rol Tansiqboyev ijodi haqida

Bajardi: 4“B” guruh talabasi Sharipova Sitora

Tekshirdi: Ramazonov Sh.

Buxoro-2016 yil

MAVZU: “O’ROL TANSIQBOYEV IJODI HAQIDA

REJA:

KIRISH


1.O’ZBEKISTONNING MUSTAQILLIK YILLARIDAGI TASVIRIY SAN’ATI

2. O’ROL TANSIQBOYEV HAYOTI VA IJODI

3. TASVIRIY SAN’ATNING JANRLARI

XULOSA


ADABIYOTLAR RO’YXATI

Kirish

Ma’lumki, san’atning turlari nihoyatda ko’p bo’lib, ular adabiyot, musiqa, kino, teatr, me’morchilik, amaliy-bezak, stirk, televidenie, tasviriy san’at hisoblanadilar.

“Tasviriy” atamasi “tasvirilash” so’zidan olingan bo’lib, unda turli material, xususan, buyoq, tosh, gips, yog’och shuningdek, boshqa badiiy va tashlandiq materiallar yordamida har xil obrazlarni va narsalarning rasmi, haykalini ifodalash tushuniladi.

Tasviriy san’at ilm-fan kabi dunyoni, hayotni, tabiatni, halqlar tarixini bilishga xizmat qiladi. Tasviriy san’atning paydo bo’lishi ibtidoiy jamoa davriga borib taqaladi. Bu vaqtda kishilar voqealarni, odam va xayvonlarni toshlarga tasvirini chizib, ularni kesib turli ko’rinish va mazmunda haykallar yasaganlar. qadimdan kishilar san’at, tabiat xodisalari va kishilarning o’zaro munosabatlari, faoliyatlariga, xulqiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi deb hisoblaganlar.

Shu qatori tasviriy san’at asarlari kishilarga katta kuch bilan ta’sir ko’rsatish imkoniyatiga ham ega. Kishilar tasviriy san’at asarlarini tomosha qilish orqali ularda ifodalangan go’zallikni ko’rish orqali o’z hayotiga ana shunday go’zallikni kiritishga harakat qiladilar, asarlardagi qahramonona harakatlarni ko’rib ularga o’xshashga intiladilar. San’at asarlaridagi xunuk voqealar, harakatlarni ko’rish orqali ulardan jirkanadilar.

Ayniqsa, tarixiy janrdagi san’at asarlarini tomosha qilganda o’sha davrdagi tabiat manzaralari, narsalar, kishilar hayoti, mehnat va jang qurollari, ularning kiyimlari, urf-odatlari bilan tanishadilar, qurilishlar, binolar haqida tasavvurga ega bo’ladilar.

Rassomlar o’z asarlarida hayotni qanday ko’rsalar o’shanday emas, balki undagi harakterli ko’rinishlarni tanlab oladilar, kerakmas ikkinchi darajali ko’rinishlarni tushurib qoldiradilar, muhimlarini bo’rttirib ko’rsatadilar. Tanishish va bo’rttirish orqali rassomlar narsa va xodisalarni kishilarning tafakkuri va hissiyotlariga samarali ta’sir ko’rsatishga erishadilar. Rassom borliqni shunchaki biladigan shaxs emas, balki u boy tasavvur va tafakkur qilish qobiliyatiga ega bo’lgan kishidir. U o’z ijodida borliqni shunchaki aks ettiribgina qolmay, balki unga asoslangan holda nimalarnidir o’ylab topadi, tasavvur etadi va to’qiydi. Eng muhimi san’at asarlari o’z mazmunida borliqni aks ettiribgina qolmasdan, u rassomning g’oyalarini ifodalaydi, uni boyitadi, Shu bilan birga bunday asarlar tomoshabinga emostional ta’sir ko’rsatish kuchiga ham egadir.


1.O’zbekistonning mustaqillik yillaridagi tasviriy san’ati

O’zbekistonning mustaqilligi milliy tasviriy san’atni taraqiyotiga zamin yaratdi. Bu davrda tasviriy san’atning rangtasvir, xaykaltaroshlik, grafika turlari, uning ko’pgina janrlari rassom va xaykaltaroshlarning erkin ijodiy faoliyatlar keng tus oldi. Sobiq Ittifoq davrida ijodkorlar yagona sostialistik realizm oqimida ijod qilgan bo’lsalar, xozir ular ham ikkilanmasdan o’zlarini qiziqtirirayotgan avangardizm, romantizm, impresionizm, abstrakstionizm va boshqa qator oqimlarda va mavzularda yuksak badiiy saviyada asarlar yaratmoqdalar.

Mamlakatimizda tasviriy san’atning taraqiyotiga O’zbekiston badiiy Akademiyasini tashkil etilishi ham muhim ahamiyat kasb etdi. Mazkur Akademiya qoshida Komoliddin Behzod nomidagi milliy rassomchilik va dizayn instituti, san’atshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti, ko’plab rassomchilik, dizayn kollejlari, “San’at” jurnali faoliyat ko’rsatmoqda. Milliy rassomchilik va dizayn institutida, tasviiy san’at yo’nalishlardagi kollejlarda jaxon standartlariga mos keladigan milliy kadrlar etishib chiqmoqda va ular O’zbekiston san’atini yangi bosqichiga olib chiqishi shubxasizdir.

Mustaqillik yillarida ijod qilayotgan rassom va xaykaltaroshlarimizning yutuqlari shundaki, ular birinchidan erkin ijod yo’liga o’tganliklari bo’lsa ikkinchidan milliy badiiy an’analarni davom etdirish, milliylik va umuminsoniy qadriyatlarning uyg’unligi, asarlarda yangi, zamonaviy, ilg’or tasviriy texnologiyalarni qo’llash kabi muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritmoqdalar.

Mustaqillik ne’matidan baxramand bo’lgan keksa va o’rta avlod rassomlarimiz ijodida ham ijodiy ko’tarinlik ko’zga tashlanadi. Uni M.Saidov, N.qo’ziboev, M.Boboev, V.Burmakin, M.Yo’ldoshev, J.quttimurodov, T.Mirjalolov, T.Kuryozov, A.Ikromjonov, J.Umarbekov, B.Jalolov, A.Mirzaev, Z.Faxriddinov, R.Xudayberganov, A.Mo’minov, A.Nuriddinov kabi rassom va xaykaltaroshlar ijodida ko’rish mumkin..

Milliy istiqlol g’oyalari bilan sug’orilgan bunday portret janridagi yaratilgan asarlar qatoriga Amir Temur, Alisher Navoiy, Jamoliddin Manguberdi, Kamoliddin Bexzod, Nodirabegim, Bibixonim, Spitamen portretlarini kiritish mumkin.

Manzara va natyurmort janrlarida samarali ijod qilayotganlardan orasida L.salimjonova, A.Mo’minov, S.Abdullaev, I.Xaydarov O.qozoqov, /.Abduraxmonov, A.Mirsoatov kabi rassomlarni ko’rsatish mumkin.

Ularning asarlari Vatan jamoli, uning meva va sabzavotlari yuksak badiiy saviyada ishlangan bo’lib, yoshlarni Vatanni sevishga, ni asrab avaylashga, uni ko’paytirishga undaydi, tabiatdagi nafosatdan zavqlanishga chorlaydi.

Tarixiy, turmush va boshqa janrlarda yaratilgan asarlar orasida B.Jalolovning “Oltin asr”, “Koinot ustunlari”, “Abadiyat gumbazi ostida”, S.Alibekovning “/aroyib sharbat xidi”, J.Umarbekovning “Zilzila”, “Havorang musiqachilar”, V.Oxunovning “Buddaning tongi sayri” kabilar diqatga sazovordir. A.Isaev, J.Usmonov, A.Roziqov, R.Temurov, T.Axmedov, T.Karimov, Sh.Abduraxmonov, B.Ismoilov, /.qodirov kabi yosh rassomlar ham barakali ijod qilmoqdalar. Ularning ijodiy ishlarida reallik, oydinlik, sharqona nafislik, umumiy falsafiy tafakkur, badiiy ko’rkamlik, tugallik, sokinlik va ijodkorlik to’la o’z ifodasini topadi.

Chingiz Axmarovning nomi bilan bog’liq mahobatli rangtasvir bu davrda yangi bosqichga ko’tarilmoqda. Respublikamizning ko’plab jamoat va madaniy binolari, shu qatori Toshkent metrosi bekatlariga ishlangan devoriy suvrat, mozaika, vitrajlar halqimizga estetik zavq bag’ishlamoqda.

Bu borada A.Aliqulov, B.Olimxonov, A.Ikromov, A.Isaev, E.Muhammadiev, N.Sultonov, N.Xolmatov, Sh.Muhammadjonov, A.Buxorboev, T.Boltaev, X.Nazarov kabilar ustozlari an’analarni davom etdirib yangidan-yangi muvaffaqiyatlarni erishmoqdalar.

Mozaika, vitraj bo’yicha B.Jalolov, A.Buxorboev, V.Gan, I.Egorovlar barakali ijod qilishib “Umar Xayom tushi”, “Nimaga tug’ilganimni xech kim aytmaydi”, “Navro’z”, “Tuman ma’budasi”, “Abadiyat gumbazi ostida”, “Buyuk soxibqiron-buyuk bunyodkor”, “Sport o’yinlari tarixi”, “Buyuk ipak yo’li”, “Flora” kabi asarlar yaratdilar.

O’zbekistonda rangtasvir san’ati o’z taraqiyotining yangi bosqichiga ko’tarilmoqda va iqtidorli yosh rassomlar etishib chiqmoqda.

O’zbekistonda xaykaltaroshlik tasviriy san’atning mustaqil turi sifatida o’zining yangi taraqiyot bosqichini o’tamoqda.

Mustaqillik yillarida o’zbek xaykaltaroshlaridan I.va K.Jabborovlar, K.Norxo’rozov, J.quttimurodov, E.Aliev, A.Raxmatullaev, N.Bondeladze, V.Degtyarov, L.Ryabstev, J.Mirtojiev, U.Mardievlarning samarali mehnat qildilar. Bu xaykaltaroshlarning asarlari orasida o’zining yuksak badiiyligi bilan J.Mirtojievning “Abdulla qodiriy nomli ishi ajralib turadi.

Ular orasida E.Aliev, N.Bandeladze, V.Degtyarovlarning Toshkentdagi milliy bog’ uchun yaratilgan “Alisher Navoiiy” (1991) nomli yodgorlik xaykali, A.Raxmatillaev va P.Podosinnikovlarning Navoiiy shahriga o’rnatilgan Alisher Navoiy xaykali (2001). I.Jabborov va K.Jabborovlarning Toshkentning Amir Temur xiyoboniga o’rnatilgan Amir Temur xaykali (1993), Shaxrisabz shahrida o’rnatish uchun yaratgan Amir Temur xaykallari (1996) o’zining yuksak badiiyligi bilan diqatga sazovordir.

I.Jabborov va K.Jabborovlar tomonidan yaratilgan Amir Temur xaykali (1996) uning 660 yilligi munosabati bilan Shaxrisabzda o’rnatildi. Xuddi shu mualliflarning Axmad Al-Farg’oniyga bag’ishlangan ishi 1998 yilda Farg’ona shahri uchun bunyod etildi.

Xalq qahramoni Jaloliddin Manguberdi obrazi (1998) I.Jabborov va K.Jabborovlar tomonidan yaratildi va u Urgench shahrini bezab turibdi. 79-rasm.

Iqtidorli xaykaltarosh R.Mirtojiev tomonidan Andijon shahrida o’rnatish uchun yaratilgan Zaxiriddin Muhammad Bobir, Cho’lpon xaykallarini Toshkent shahri uchun mo’ljallangan Abdulla qodiriy, Jizzax shahri uchun “Ona” yodgorlik-xaykallari o’zining yuksak badiiyligi bilan boshqalardan ajralib turadi.

1999 yilda o’zbek xalq dostoni “Alpomish” ning ming yilligi nishonlandi. Bu sanaga bag’ishlab A.Raxmatullaev va boshqalar tomonidan yodgorlik majmuaini yaratdilar. Unda Alpomish bilan bir qatorda Barchinoy va Yodgor obrazlari ham aks etdirilgan va u Termiz shahrida o’rnatildi.



Mustaqillik yillarida o’zbek grafik rassomlarining ijodida milliylik va zamonaviylik uyg’un rivojlanayotganligi yaqol ko’zga tashalanadi. Keksa va o’rta avlod rassomlari q.Basharov, T.Muhamedov, M.Kagarov, M.Sodiqovlar bilan bir qatorda V.Apuxtin, /.Boymatov, A.Mamajonov, B.Ismoilov, D.O’razaev, S.Isxoqov, T.Ayupov, T.Axmadaliev, R.Azizov, T, G.Sultonova, L.Ibragimov kabilar samarali mehnat qilmoqdalar. Ular tomonidan kitob grafikasi, plakatga doir asarlari mazmuni va g’oyaviyligi bilan diqatga sazovordir. Bunni V.Apuxtinning “Koinot-inson”, /.Boymatovning “Urgutda to’y”, A.Mamajonovning “Kurash”, “Eski shahar”, T.Ayupovning “Mavzu”, T.Axmadalievning “Senga omad Temur”, L.Ibragimovning “Osiyo okeani”, “Bahor”, M.Sodiqovning “Buxoro”, S.Redkinning “Eski Samarqand”, N.Kolonovning “Kulol”, Sh.Muxammadjonovning Maxmud qoshg’ariyning “Devonu lug’atit turk” nomli asarlarida ko’rish mumkin .

2. O’rol Tansiqboyev hayoti va ijodi

O’rol Tansiqboev mashhur manzarachi rassom, rangtasvir ustasi. Xalq rassomi, O’zbekiston Davlat mukofoti laureati. O’rol Tansiqboev asosan, liroepik rassom edi. Uning har bir asarida jonajon o’lkaga nisbatan cheksiz muhabbat bor. Ana shu muhabbat bilan O’zbekiston manzarasining ulug’vor tasvirini chizdi. U jamoat arbobi sifatida ham qator ishlarini amalga oshirdi. 1924-1928 yillarda Toshkent san’at muzeyi qoshidagi rassom N. Rozanov studiyasida, 1929 yilda Penza Badiiy pedagogika texnikumida ms realistik san’atining mohir ustalaridan biri I. Goryushkin Sorokopudov qo’lida ta’lim oldi.


Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish