O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti



Download 7,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/190
Sana16.07.2021
Hajmi7,84 Mb.
#120887
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   190
Bog'liq
bolalar adabiyoti

Mahmudxo‘ja  Behbudiy  (1875-1919).  Mahmudxo‘ja  Behbudiy  XX  asr 
bo‘sag‘asidagi Turkistonning  orzu- armonlaridan  biri sifatida maydonga keldi. 
U  o‘z  davrining  ijtimoiy-siyosiy  harakatlarida  faol  qatnashgan  eng  yirik 
namoyandasi,  yangi  zamon  o‘zbek  madaniyatining  asoschisi  edi.  Turkiston 
jadidlarining tan olingan rahnamosi, mustaqil jumhuriyat g‘oyasining yalovbardori, 
yangi  maktab  g‘oyasining  nazariyotchisi  va  amaliyotchisi,  o‘zbek  dramachiligini 
boshlab  bergan  birinchi  dramaturg,  teatrchi,    noshir,    jurnalistdir.  U 
tariximizningg‘oyat  og‘ir  va  murakkab  davrida  yashadi.  Mahmudxo‘ja  Behbudiy 
1875-  yilning  19-yanvarida  Samarqand  yaqinidagi  Baxshitepa  qishlog‘ida  ruhoniy 
oilasida  dunyoga  kelgan.  Behbudiy  dastlab  Samarqand  madrasasida,  so‘ngroq 
Buxoroda tahsil ko‘rgan.  An’anaviy tahsildan so‘ng o‘z ustida qunt va sabot bilan 
ishlash  orqali u  qozi,  mufti  darajasiga  ko‘tariladi. Mahmudxo‘ja  dunyoqarashining 
shakllanishida 
esa 
Rusiya 
jadidchilik 
harakatining 
asoschisi 
Ismoilbek 
Gaspirnskiyning xizmati katta bo‘lgan. 
1899-1900-  yillarda  Behbudiy  buxorolik  do‘sti  Hoji  Baqo  bilan  haj  safariga 
chiqadi.  Safar  yangi  maktab  haqidagi  qarashlarini  mustahkamlaydi.  Uning 
tashabbus  va  g‘ayrati  bilan  1903-yilda  Samarqand  atrofidagi  “Halvoyi”,  “Rajab 
amin”qishloqlarida  yangi  maktablar  tashkil  topadi.  Adib  ushbu  maktablar  uchun 
darsliklar tuzishga kirishadi. 
Behbudiy  Turkistonda  jadidlar  harakatining  yetakchi  vakillaridan  biri  sifatida 
savodsizlik,  johillik,  qoloqlik,  madaniyatsizlikka  qarshi  qizg‘in  kurash  olib  bordi. 
Maktab maorif ishlarini rivojlantirish g‘oyasini targ‘ib etish Behbudiy faoliyatining 
tub  asosini  tashkil  qiladi.  Behbudiy  Buxoroda  amirlik  tuzumiga  ma’lum  bir 
islohotlarni kiritish va shu bilan milliy madaniyatni rivojlantirishni istagan. 
O‘tgan asr boshlarida Turkiston uchun  shunday oyna kerak ediki, toki undan 
millat o‘z qabohatini ham, malohatini ham ko‘ra olsin. Mana shu ehtiyoj va zarurat 
Behbudiyni teatr va matbuot sari boshladi. “Padarkush” shu tariqa maydonga keldi. 
Muallif  “Milliy  fojia”  atagan  4  manzarali  bu  drama  jaholat  va  nodonlik  haqida, 
o‘qimagan  bolaning  buzuq  yo‘llarga  kirib,  o‘z  otasini  o‘ldirgani  haqida  hikoya 
qiladi. 
Behbudiyning  publitsist  sifatidagi  faoliyati  adib  iste’dodining  juda  yorqin  bir 
qirrasini  tashkil  etadi.  U  o‘z  umri  davomida  yuzlab  maqolalar  yozdi.  O‘zining 
Millat  va  Vatan,  jamiyat  va  axloq  haqidagi  fikrlarini  ko‘proq  maqola  va 
chiqishlarida ifoda etdi. 
Millati,  Vatanining  taqdiriga  befarq  bo‘lmagan  jadidchilik  harakatining 
rahnamosi  Mahmudxo‘ja  Behbudiy  ham  maktab,  ham  madrasalardagi  ta’lim 
tizimini, o‘qitiladigan fanlarini, darsliklarini islomiy, sharqona an’analarni saqlagan 
holda  isloh  qilish  tarafdori  edi.  Shu  maqsadda  u  “Muntaxabi  jug‘rofiyai  umumiy” 
(“Qisqacha  umumiy  geografiya”),  “Kitobat  ul-atfol”  (“Bolalar  maktubi”),  “Tarixi 


105 
 
muxtasari  islom”  (“Islomning  qisqacha  tarixi”),  “Amaliyoti  islom”,  “Madxali 
jug‘rofiyai umroniy” (“Aholi geografiyasiga kirish”), “Muxtasari jug‘rofiyai rusiy” 
(“Rossiyaning qisqacha  geografiyasi”)  kabi  oltita  darslik  yaratdi.  Bular  ilk  o‘zbek 
maktablari  uchun  tuzilgan  darslik  va  qo‘llanma  sifatida  emas,  til,  yozuv, 
madaniyatimiz  taraqqiyoti  nuqtayi  nazaridan  ham  muhim  ahamiyatga  ega. 
Mahmudxo‘ja  Behbudiy  “Kitobat  ul-atfol”  darsligida  qator  muammolarni  ko‘tarib 
chiqqan  va  ularning  yechimi  bilan  bog‘liq  fikr  -  mulohazalarni  bildirgan.  Adib 
tildagi qorishiqlikdan voz kechib, o‘zbek tilining hamma uchun tushunarli bo‘lishini 
ta’minlashga harakat qilgan. Behbudiy birinchilardan bo‘lib, tilimizga punktuatsiya 
– tinish belgilarini olib kirdi. 
“Kitobat  ut-atfol”da  o‘nta  rumuz  –  tinish  belgi  keltirilgan.  Behbudiy  tinish 
belgilariga ularning ahamiyatini tushungan mutaxassis sifatida munosabatda bo‘ldi.         
Rumuzlar: 
Alomati savol – [?] 
Alomati nido, taajjub, xitob – [!] 
Alomati mutariza – [()] 
Alomati mummayiza –[“”] 
Ikki so‘zni farq qilaturgon alomat – [–] 
Alomati murodofot, ya’ni ikkisi bir pog‘onada – [ -] 
Ozgina turmoq uchun – [,] 
Bayon va tafsil uchun– [:] 
Notamom so‘zlar, kinoya, mubham va mahzuflar alomati –[...] 
So‘zni oxiri yoki vaqti tom alomati– [.] 
1. Nuqta [.] – yozuv belgisi sifatida qadimgi arab manbalariga borib taqaladi. 
U  o‘zbek  tilida  XIX  asrning  2-yarmidan  boshlab  ishlatila  boshlangan.  Behbudiy 
mazkur tinish belgisini ishlatish o‘rniga ko‘ra: “So‘zni oxiri yoki vaqfi tom alomati” 
deb nomlagan. Haqiqatda ham ushbu belgi tinch ohang bilan aytilgan darak, buyruq 
gaplar oxirida qo‘yiladi. 
2.  So‘roq  belgisi  [?]ning  kelib  chiqishini  lotincha  “questio”–  so‘roq  so‘ziga 
bog‘laydilar.  So‘roq  ma’nosida  mazkur  so‘znning  birinchi  harfi  “Q”  ishlatila 
boshlangan.  Keyinchalik  hozirgi  belgisi  holatiga  kelib  qolgan.  O‘zbek  matnlarida 
1885-yildan  “Turkiston  viloyatining  gazeti”da  uchragani,  1900-  yildan  muntazam 
ishlatila  boshlagani  ayonlashadi.  Mahmudxo‘ja  bu  tinish  belgini  ishlatish  o‘rni, 
mohiyatiga ko‘ra  “Alomati savol” deb nomlaydi. 
3.  Undov  [!]  belgisi  o‘zbek  tiliga  rus  tilidan  o‘tgan.  Mutaxassislarning 
fikricha, u lotincha “lo”  so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, unga nuqta qo‘yilishi bilan 
hosil  bo‘lgan.  Bu  tinish  belgisining  zarurligini  anglagan  holda  Behbudiy  uning 
ishlatish o‘rni va mohiyatiga ko‘ra “Alomati nido, taajjub, xitob” deb nomlaydi va 
targ‘ib qiladi. 
4.  Ko‘p  nuqta  [...]  –  XIX  asrning  2-  yarmidan  boshlab  o‘zbekcha  matnlarda 
ishlatila  boshlangan.  1876-yildan  e’tiboran  “Turkiston  viloyatining  gazeti”da 
muntazam  qo‘llangan.  Behbudiy  esa  mazkur  belgini  ishlatishdan  kelib  chiqib 
“Notamom so‘zlar, kinoya, mubham va mahzuflar alomati” deb nomlaydi. Bunday 


106 
 
nomlanish  o‘quvchiga  mazkur  tinish  belgisidan  qachon,  qay  o‘rinda  foydalanish 
savodini ham beradi. 
5.  Vergul  [,]  –  tinish  belgisi  sifatida  G‘arbiy  Yevropada  XIV  asrdan  boshlab 
ishlatila  boshlangan.  O‘zbekcha  matnda  XX  asr  boshlaridan  boshlab  uchraydi. 
Ma’lumki  bu  tinish  belgisi  uyushiq  bo‘laklarini  hamda  qo‘shma  gap  tarkibidagi 
sodda  gaplarni,  qolaversa,  undalma,  kiritmalarni  ajratish  uchun  ishlatiladi,  mazkur 
tinish  belgisi  yarim  to‘xtamni  talab  qiladi.  Shuning  uchun  Behbudiy  vergulni 
“Ozgina tinmoq uchun” deb ataydi. 
6.  Ikki  nuqtaning  [:]  yozma  nutqda  ishlatish  zaruriyatini  Behbudiy  to‘g‘ri 
aniqlagani holda “Bayon va tafsil uchun” deb nomlab, rasmiy tinish belgi sifatida 
e’tirof etadi. 
7.  Tire  [–]  belgisini  jahon  tilshunosligiga  N.M.Karamzin  (XVIII  asrda) 
kiritgan. U o‘zbek yozuviga XIX asrning 70-yillaridan “Turkestanskoye vedomosti” 
gazetasining  ta’sirida  ishlatila  boshlangan.  Behbudiy  mazkur  belgini  “Ikki  so‘zni 
farq  qilaturg‘on  alomat”  deb  ataydi.  O‘rni  kelganda  ta’kidlash  lozimki,  bu  tinish 
belgi  Behbudiy  ta’kidlaganidek,  faqat  ikki  so‘zni  farq  qilishda  ishlatilish  bilan 
cheklanmay,  dialogik  nutqda,  ko‘chirma  gapli  qo‘shma  gaplarda,  bog‘lovchisiz 
qo‘shma  gaplarda,  qolaversa,  uyushiq  bo‘laklar  va  umumlashtiruvchi  so‘zlar 
o‘rtasida  ishlatiladi. 
8.  Qavs  [()]  o‘zbek  yozuvida  XIX  asrning  oxirgi  choragidan  boshlab, 
aniqrog‘i,  1873-yildan  “Turkiston  viloyatining  gazeti”da  ishlatilgan.  Behbudiy  bu 
belgini  “Alomati  mu’tariza”  deb  amaliyotga  rasmiy  tinish  belgisi  sifatida  targ‘ib 
qila boshlagan. 
9. Behbudiy  “Alomati  mummayiza” deb nomlagan  qo‘shtirnoq belgisini [“”] 
amaliyotga rus olimi professor A.A.Borsov kiritgan. O‘zbek yozuvida esa, u kiritish 
belgisi sifatida XIX asrning 80-yillaridan boshlab uchraydi. 
Mana  shu  kabi  muammolarning  ildizini  anglagan  Behbudiy  “Kitobat  ul-
atfol”ni yaratdiki, maktab yoshidagi o‘quvchilarning hujjatchilik bilan tanishuvlari, 
bunda  eski,  tushunarsiz,  an’anaviy  usul  va  yo‘llardan  voz  kechib,  yangi  uslub  va 
tahrirdagi hujjatlarni yozishni o‘rganishlarini tavsiya qiladi. 
Darslikdagi  bu  maqsad  keyinchalik  badiiy  matn  va  she’rlarni  ifodali  o‘qish, 
his-tuyg‘uni ta’sirchan ifoda etish yo‘lida alohida xizmat qilgani diqqatga sazovor. 

Download 7,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish