Milt etib chiqdi quyosh,
Dedi: - Do‘stlar, qish odosh,–
misralaridan uning maktabgacha yoshdagi bolalarga mo‘ljallangani anglashiladi.
Bunda ular nutqiga xos lug‘at aks etgan. Ta’kidlab ko‘rsatilgan so‘zlar aynan 2-6
yoshdagi bolalarning taqlidchilik, erkalash ohanglariga mos. Shoir bunday serjilo
nutq zamirida bahor fasli tashrifini shu yoshdagi kichkintoylar hali sezishga
ulgurmagan ikki xususiyatini – bahor qishdan so‘ng kelib, qishga xotima ekani,
uning tugashi (“qish odosh”) hamda endilikda iliq kunlar (“miltillab quyosh
chiqishi”) boshlanishini kichkintoy o‘quvchi saviyasiga muvofiq ma’lum qilmoqda.
Yoki, shoirning:
Dala-dashtda tindi ish,
Keldi mehmon bo‘lib qish.
(Qish emas, u – qorbobo,
Sovg‘alari bor bobo.) –
she’rida ham kichkintoy bola tasavvuri o‘z ifodasini topgan. Yosh bola nazdida,
yangi yil, qorboboning sovg‘a ulashishi – qish ramzi. Ularning qishni intiqlik bilan
kutishlari ham shundan. Zero, shoir qish ta’rifida teran, qisqa va obrazli ifoda bilan
kichkintoy olamini yorqin aks ettirishga erishgan. Uning ta’sirchanligi va bir necha
avlod bolaligining sevimli she’ri ekani ham shundan.
Bolalarning lug‘at boyligi ularning saviyasini belgilovchi asosiy mezon. Ular
ma’nan ulg‘aygani sari voqelikni o‘zlashirish imkoniyatlari, til boyliklari orta
boradi. Jamiyat taraqqiyoti bu tamoyilni yanada orttiradi. Yosh avlodning did-
saviyasi, tafakkuri o‘sishida so‘z boyligi, ularning ma’no qirralaridan kengroq
foydalanish muhim ahamiyatga ega. Zotan, bolalar adabiyotining tili endilikda shu
jihatdan rang-baranglik kasb etayotir. E.Vohidovning bolalar uchun yozgan “Olma”
she’ri shunday so‘z jilolanishiga ega:
Men sizlarning
Olmangiz.
Xomligimda
Olmangiz.
Nortojiga o‘xshab so‘ng
Voy qornim, deb
Qolmangiz.
Ma’lumki, turkiy xalqlar she’riyatida tajnisli qofiyaga asoslangan lirik janr –
tuyuq mavjud. Bunda shakldosh so‘zlar mo‘jazgina matn doirasida turli ma’nolarda
va o‘rinli qo‘llanadi. Bu esa shoirdan yuksak badiiy mahoratni talab qiladi.
Shuningdek, tuyuq ona tilining go‘zalligidan zavqlanish, uning beqiyos
imkoniyatlari bilan faxrlanishga asos bo‘lar ekan, bolalarni bu badiiy san’atga
o‘rgatish maqsadi ko‘zlanganiga shubha yo‘q. Ta’kidlangan so‘zdagi ikki xil ma’no
– meva (olma) va harakatni bildiruvchi buyruq fe’li (olmoq) she’r mazmunini
osongina yod olish bilan birga, ona tilimizning serjiloligini ham namoyon qiladi. Bu
18
shoirning “Qarag‘ay” she’rida ham kuzatilgan. Unda o‘rmonda tik o‘sadigan doimo
yashil turuvchi ignabargli daraxt (qarag‘ay) bilan tilimizda o‘z yoki o‘zga shaxsini
bo‘rttirib ko‘rsatish, yuqorilash uchun ishlatiladigan ibora (akang qarag‘ay)
omonimi hamda qaramoq fe’lidan yasalgan paronim so‘zidan (qaragay) o‘rinli
foydalanilgan.
Bo‘yin cho‘zib
Qarag‘ay,
Yon-atrofga
Qaragay,
Der u :
Barcha daraxtdan
Baland akang–
Qarag‘ay.
Anglashiladiki, kelajakda o‘tkir idrokli, keng mushohadali bolalarni
tarbiyalash, ona tili va o‘z yurti boyliklarining haqiqiy egasi bo‘la oladigan avlodni
voyaga etkazishda mazmundor, serqirra asarlarning ta’siri katta. Shu ma’noda,
tilning aniqligi, yorqinligi, yoxud, serqirraligi jamiyat taraqqiyoti bilan birga
rivojlanib boraveradi. Ijodkorlarning o‘ziga xos tasvir uslubi, ramziy ko‘chimlardan
foydalanish mahorati, poetik obrazlarning yangilanishi bilan badiiy so‘z
kamalakday jilolanadi. “Aslida biz hayratga tushadigan narsalarnigina o‘qishimiz
zarur”,– degan edi V.Gyote. Bu jihat bolalar adabiyoti uchun yanada muhim
hisoblanib, ular kitobxonligining adresliligini ta’minlaydi desak, xato bo‘lmaydi.
Aslini olganda umumadabiyotda ham kitobxon har xil toifaga bo‘linadi: o‘z
tafakkuri, qiziqish va didiga qarab u yoxud bu janrdagi, yo‘nalishdagi asarlarni
mutolaa qiladi. Bolalar kitobxonligida bu jihat ham yo‘q emas. Ammo ularning
yosh xususiyatlari bilan bog‘liq tabiiy jarayon bolalar adabiyotining adresliligini
belgilaydi.
Pedagogika va psixologiyada turli yosh davrlari ruhiyatining bir-biridan
sezilarli farqi asoslab berilgan. Xususan, chaqaloqlik, ilk bolalik, maktabgacha
ta’lim yoshi, kichik maktab yoshi, o‘smirlik, o‘spirinlik, yoshlik, yetuklik va
keksalik davrlarning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga, sifatlarga ega bo‘lib, ular
bir-biridan odamning xronologik yosh ko‘rsatkichlariga ko‘ra emas, balki shu
davrda inson ruhiyatida kechadigan hodisalar, ro‘y beradigan o‘zgarishlar uning
ruhiyatidagi umumiy qonuniyatlarga binoan ham farqlanishi ta’kidlangan. Bolalar
qalbini badiiy tadqiq etish, bolalikni badiiyat ko‘zgusida butun borlig‘icha aks
ettirish, aniqrog‘i, bola dunyoqarashi, botiniy va zohiriy takomillashuvi hamda
ijtimoiy-axloqiy jihatdan shakllanish pillapoyalarini ko‘rsatishni maqsad qilib
belgilagan adabiyotijodkordan o‘z o‘quvchisining yosh xususiyatlari, ruhiyati,
saviyasi va qiziqishlarini nazarda tutishni talab etadi. Shunga ko‘ra bolalar
kitobxonligida quyidagi uch asosiy bosqich o`zaro tafovutlanadi:
1) 2 yoshdan 6-7-yoshgacha – maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar
kitobxonligi;
2) 7-yoshdan 11-12 yoshgacha – kichik maktab yoshdagi bolalar kitobxonligi;
3) 12-13 yoshdan 16-17 yoshgacha – o‘smirlar kitobxonligini tashkil qiladi.
19
Do'stlaringiz bilan baham: |