O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti


Bolalar  adabiyotining  o‘ziga  xos  xususiyatlari



Download 7,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/190
Sana16.07.2021
Hajmi7,84 Mb.
#120887
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   190
Bog'liq
bolalar adabiyoti

Bolalar  adabiyotining  o‘ziga  xos  xususiyatlari.  Bolalar  uchun  ham, 
kattalarga bo‘lgani singari, inson va jamiyatga, tabiatga daxldor barcha mavzularda 
ijod  etish  mumkin.  Bu  farqli  xususiyat  mohiyatini  A.A.Makarenko  bolalar  uchun 
yozayotganda  nima  haqda  yozish  emas,  balki  qanday  qilib  yozishning 
muhimligida,  deb  ko‘rsatgan  edi.  Shu  jihatdan  kattalar  turmushining  murakkab 
qirralarini  ifodalovchi  maishiy  hayot  mavzusida  Q.Muhammadiyning  bolalarbop 
qilib yozilgan “Qo‘ng‘izoy bilan Sichqonboy” she’riy adabiy ertagi bu fikrga asos 
bo‘la  oladi.  Bu  asar  1940-yilda  yozilgan  bo‘lib,  dastlab  “Mushtum”  jurnalida 
“Qo‘ng‘iz  bikach  bilan  Sichqonboy”  nomi  ostida  bosilib  chiqqan.  Asar  uchun 
tanlangan  voqelik,  muammo,  g‘oya  kattalar  hayotiga  to‘g‘ri  kelsa-da,  ammo  u 
allegorik obrazlar vositasida tasvirlangani bolalarbop mohiyat kasb etgan. 
Bolalar adabiyoti tarbiya quroli sifatida kichkintoylarga bilim berish vazifasini 
ham bajaradi, ularning qiziqishlari doirasini kengaytiradi. Garchi u  “kattalar”– ijod 
ahli tomonidan  yaratilsa-da, bolalar olamini bolalarga xos nuqtayi  nazardan  badiiy 
                                                 
3
 Nosir Fozilov. Ijod zahmati.  Kitobda: Topdimu yo`qotmadim.  Toshkent, “Sharq”, 2010. –B.267 


10 
 
tadqiq  qiladi.  Bolalar  adabiyotining  bosh  xususiyati  ham  ana  shunda:  narsa-
hodisalarga  bolalar  ko‘zi  bilan  qaray  bilish,  ularni  bolalarcha  idrok  eta  bilish, 
ularga  bolalarcha  munosabat  ko‘rsata  olish  hamda  ulardan  bolalarcha 
hayratlanishda.  Bolalarni  onalaridan  yaxshiroq tarbiyalaydigan  odam  yo‘q, chunki 
ular  bolalar  his  qilgan  narsani  his  etadilar,  ular  bilan  birga  kuladilar,  yig‘laydilar. 
Bunday ijodiy fazilat nafaqat bolalar adabiyotiga, balki uning bunyodkorlariga ham 
xos xususiyat bo‘lib, har qanday yozuvchiga ham nasib qilavermaydi. Buni chuqur 
his etgani bois K.I.Chukovskiy: “Bolalar – bizning ustozimiz”,– deya iqror bo`lgan 
edi.
4
 Chindan ham bolalarni ustoz darajasida anglamoq – bu, avvalo, ularga yuksak 
ehtirom  ko‘rsatmoq,  ularning  xarakterlarini,  qiziqish  va  intilishlarini,  kishilarga, 
narsa  va  hodisalarga  munosabatlarini,  quvonch  va  iztiroblarini  sinchkovlik  bilan 
o‘rganmoq,  ayni  zamonda  shu  jarayonni  bolalarcha  his  etish,  idrok  qilish  asosida 
ular  uslubiga  muvofiqlashtirish,  badiiyat  sintezidan  o‘tkazmoqdan  iborat 
san’atkorlikdir.  Rost,  inson  ulg‘aygani  sari  o‘z  bolaligidan  uzoqlashadi,  bolalik 
tabiatidagi  xususiyatlarni  yo‘qota  boradi.  Biroq  bolalar  yozuvchisi  bundan 
mustasno; u inson sifatida har qancha ulg‘aymasin, baribir, bolalik tabiatini saqlab 
qolmog‘i, uni tobora teranlashtirmog‘i, bolalarcha sinchkov va qiziqsinuvchi bo‘lib, 
ular  ko‘ngliga  yo‘l  topmog‘i,  ruhiy  dunyosiga  kira  bilmog‘i  shart.  Shundagina  u 
chinakkam bolalar yozuvchisiga aylana oladi. 
Insonshunoslik  adabiyotning  bosh  masalasi  ekan,  bolalar  adabiyoti  ham  shu 
makon  va  zamondan  ayri  rivojlanmaydi.  Jamiyat  taraqqiyotida  ro‘y  berayotgan 
buyuk  o‘zgarishlar,  tarixiy  hodisalar,  kishilar  ruhiyatidagi  evrilishlarkichkintoylar 
adabiyotida ham zuhur topadi. Shunday ekan, bolalar adabiyotining uzoq yoki yaqin 
o‘tmishidagi  o‘ziga  xosliklar  hozirgi  adabiy  jarayonda  bir  muncha  yangilanishi 
tabiiy.  Chunki  har  bir  davr  o‘z  adabiyoti  oldiga  eng  dolzarb  va  g‘oyat  muhim 
talablarni  qo‘yadi.  Shu  ma’noda,  o‘tgan  asrboshlarida  bolalar  adabiyotining 
tarbiyaga  xizmat  qilishi,  xalq  bolalarini  bilimli,  ma’rifatli  qilishga  da’vat  etishi, 
ularning  qoloq  maishiy  hayotini  ko‘rsatib  berishi  asosiy  mezon  qilib  belgilangan 
bo‘lsa, sho‘ro mafkurasi davrida asosan,  “baxtiyor yosh avlod” obrazini tarannum 
qilish  bosh  yo‘nalish  kasb  etdi.  Qahramon  ruhiyatini  ochish,  bolalar  va 
o‘smirlikdagina  kechadigan  tuyg‘ular,  murakkab  ruhiy  holatlarning  badiiy  tasviri 
juda kam asarlarda ko‘zga tashlandi. Bolalar adabiyotidagi pedagogik talablar uning 
so‘z  san’ati  sifatidagi    badiiy  ijod  o‘zanlariga  band  soldi.  Faqat  o‘tgan  asrning 
so‘nggi  choragi,  aniqrog‘i,  80-yillardan  boshlab  bolalar  adabiyoti  yakranglikdan 
qutula boshladi. Istiqlol arafasi va mustaqillik yillaridagina bolalar adabiyoti mavzu 
va  qahramon,  shakl  va  mazmun,  janrlar  xilma-xilligi  jihatidan  sezilarli  darajada 
o‘zgardi.  Binobarin,  o‘zbek  bolalar  adabiyoti  o‘z  taraqqiyotida  umumadabiyotga 
mushtarak va farqli xususiyatlarga hamohang tarzda rivojlandi.  
Binobarin, bolalar adabiyoti tabiat va jamiyatdagi barcha mavzularda ijod etish 
jihatdan umumadabiyotga yaqin, “qanday qilib yozish muhim”ligi esa uning o‘ziga 
xos  jihatidir.  Bu  tarixiy  tasnif  mohiyati  ayniqsa  istiqlol  davri  bolalar  adabiyotida 
yorqin ko‘zga tashlanadi. Aytaylik, E.Malikning “Shaytonvachchaning nayranglari” 
                                                 
4
Чуковский К.И. От двух до пяти.M. Детгиз, 1963, стр.358. 


11 
 
ma’rifiy qissasida mustaqillik tufayli bolalar adabiyotiga xalq pedagogikasi, milliy 
ta’lim-tarbiya asoslarining singdirilishi, shu bilan birga asarda jamiyat va mamlakat 
taraqqiyotiga  salbiy  ta’sir  etuvchi  ijtimoiy  hodisalarning  obrazli  tasviri  namoyon 
bo`lishi  ahamiyatlidir. 
G‘afur  G‘ulomning  “Shum  bola”  asari  o`tgan  asrning  30-yillarida  yozilgan 
bo`lsa  ham  u  haqda  “Qilichning  damida  yurib  yaratilgan  san’at  mo‘jisasidir” 
(A.Rasulov)  deyilishida  istiqlol  mafkurasining  ta’siri  yaqqol  seziladi.  Zero, 
yaratilgan  chinakam  badiiy  asarlar  zamonlar  osha  navqiron  avlodlarga  ham 
yangicha estetik zavq bilan xizmat qilaveradiki, bunday asarlar yosh kitobxonni aslo 
befarq qoldirmaydi.  
Bolalar  adabiyotining  ikki  yo‘nalishli  adabiyot  ekanligi  hodisaning  muhim 
xususiyatlaridan. Chindan-da, u bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangani uchun, avvalo 
shularning  adabiyoti,  ayni  paytda  san’at  asari  bo‘lgani  bois  kattalarning  ham 
diqqatini  tortishi  tabiiy.  Adabiy  ertak  yozish  an’anasini  boshlab  bergan  va  uni 
cho‘qqiga  ko‘targan  X.K.Andersen  shuni  nazarda  tutib  yozgan  edi:  “Men  nafaqat 
bolalar  uchun,  balki  kattalar  uchun  yozayotganimni  har  doim  esda  tutaman. 
Bolalarni  ertaklarning  fabulasi  ko‘proq  qiziqtirsa,  kattalarni  ularga  singdirilgan 
g‘oya  qiziqtiradi”.
5
 Darhaqiqat,  Sharl  Perroning  mashhur  “Qizil  shapkacha”  ertagi 
har qancha sodda va quvnoq sujet asosida qurilgan bo‘lmasin, ham bolalarni, ham 
kattalarni qiziqtirgani holda unda ifodalangan “Qizil shapkacha”li go‘zallarni (qizil 
shapkacha  –  go‘zallik  ramzi,  unda  fransuz  qizlarining  umumlashma  obrazlari 
ko‘zda  tutilgan)  fransuz  burjuaziyasining  shahvoniyatparastligidan  (Bo‘ri 
qiyofasida  fahshga  mukkasidan  ketgan  burjuylar  ko‘zda  tutilgan)  ogohlantirishdan 
iborat g‘oyani faqat asar ijod etilgan tarixiy davr mantiqidan uqa olgan kattalargina 
ilg‘ashlari  mumkin.  Shuningdek,  Hamza  Hakimzoda  Niyoziyning  “Yengil 
adabiyot” darsligida keltirilgan “To‘g‘ri so‘zli bola” she’ri rostgo‘y bolaning ibrati 
ifodasi  tarzida  taassurot  qoldiradi.  Ammo,  “Meni  –  deb  yozadi  adabiyotshunos 
A.Rasulov,  –  she’rdagi  o‘zga  masala  jalb  etdi.  Bolaning  yo‘lini  to‘sgan,  qaddi 
qomati  kelishgan,  tasavvurimcha,  bashang  kiyingan  ikki  kishi  kim  edi?  Nega  ular 
pul  berib  yolg‘on  sotib  olmoqchi  bo‘ldilar?  Qolaversa,  iste’dodli  Hamzada 
yolg`onfurushlar  qiyofasini  yaratish  fikri  qachon,  qanday  paydo  bo`ldi?  Olim 
masalaning  shu  tomoniga  e’tibor  qaratgani  holda,  she’rdagi  yangi  mazmunni 
inkishof  etadi:  XX  asrda  mamlakatimizning  ijtimoiy-siyosiy  hayotida  yolg‘onning 
urchib  ketgani,  yolg‘on  inqiloblar,  yolg‘onni  suv  qilib  ichib  yuborgan  “dohiylar”, 
yer  kurrasining  oltidan  birida  barpo  etilajak  jannat  haqidagi  uydirmalar...  xullas, 
oxiri  sarob  “izm”lar  munaqqidni  mushohadaga  undaydi.  Ya’ni,  bolalar  uchun 
yozilgan  maktab  darsligidagi  mazkur  she’r  ham  aslida  dolzarb  ijtimoiy-siyosiy 
mazmun ahamiyat kasb etgani anglashiladi. 
Sujetning  qiziqarliligi  bolaga  haqiqatan  zavq  bag‘ishlaydi.  Biroq  zamondosh 
kichkintoylar  uchun  buning  o‘zi  yetarli  emas.  Shiddat  bilan  rivojlanayotgan 
davrning navqiron avlodlariga o‘tkir mazmunli fikr hamda g‘oya zarur. Tasavvurga 
boy  obraz  va  teran  tasvirli  psixologik,  falsafiy-ma’rifiy  jihatdan  o`tkir  sujetli  
                                                 
5
Андерсен Х.К.Эртаклар. – Тошкент: “Ёшгвардия”, 1960, 4-б. 


12 
 
asarlar  hamda  badiiy  yuksak  ijod  namunalari  yosh  kitobxon  ma’naviy  olamini 
boyitishga  xizmat  qiladi.  Masalan,  M.A’zamning  inson  va  zamin  muammolariga 
bag‘ishlangan  mushohadakor  she’rlarini  yosh  kitobxon  diqqat  bilan  o‘qiydi. 
Jumladan,  uning  “Yodgоr  хоlаning  vаhimаsi”  shе’ri  yumоristik  tаbiаti  bilаn 
o‘quvchigа zаvq bаg‘ishlаy olgan. Shоir, хаlq tilidаn fоydаlаngаni holda vоqеlikni  
sujеt tizimigа bog`laydi. Shе’r quyidagi muammoli vaziyatdan boshlanadi: 
Yodgоr хоlа to‘sаtdаn 
bir tеpdi-yu qоpqаni, 
chоpа kеtdi dаlаgа 
nеvаrаsin tоpgаni. 
Hоvliqqаn  kаmpir  chоr  tаrаfgа  yugurgilаb,  nеvаrаsining  ismini  аytib 
chаqirаvеrаdi: 
–Аkbаr, Аkbаr, hоv Аkbаr, 
qаygа kеtding, zumrаshа? 
Zumdа g‘оyib bo‘lаsаn 
аriq оshа, yo‘l оshа... – 
Yodgоr хоlа yugurаr 
оyoqlаri lоrsillаb, 
jаvrаb bоrаr o‘zichа 
yo‘l-yo‘lаkаy hаrsillаb… 
Yodgоr  хоlа  nеvаrаsining  ko‘rinmаy  qоlgаnidаn  vаhimаdа  vа  sаrоsimаdа. 
Bunga  shunchaki,  so`roqsiz  ketib  qolgan  bolaning  kattalarni  xavotirga  solishidagi 
odatiy  holat  deb  qarash  ham  mumkin,  albatta.  Ammo  kampir  nevarasini  аvvаl 
yеngilginа  –  “zumrаshа”  dеb,  kеyin  esа  g‘аzаbi  оrtgach,  аchchig‘igа  chidоlmаy 
“qаy  go‘rdаsаn”, “tirmizаk” dеya urishа bоshlаgani  o`quvchi diqqatini oshiradi: 
–  O‘tirsа bo‘lmаsmikin 
ko‘milib uy ichidа? 
Tаshqаridа nimа bоr, 
nimа bоr ko‘y-ko‘chаdа? 
Аkbаr, Аkbаr, hоv Аkbаr, 
qаy go‘rdаsаn, tirmizаk? 
Tеz kеlа qоl, jоn bоlаm, 
mоmоngni qilmаy hаlаk. 
Qizig‘i shundаki, nеvаrа hеch qаyoqqа kеtmаgаn edi. Yodgоr хоlа bir оz оldin 
uni erkаlаb, opichlab оlgаn bo‘lаdi. Аmmо kеksаlik tufаyli buni unutаdi.  Shuning 
uchun sujеt yеchimidа quyidаgi kulgili vоqеа bеrilаdi: 
... Yodgоr хоlа bo‘ynidаn 
siqib so‘rаr Аkbаrjоn: 
– O‘zi qаysi Аkbаrni 
chаqiryapsiz, mоmоjоn? 
       O‘z  qilmishidаn  o‘zining  kulgisi  qistаgаn,  hаttо  nеvаrаsining  оldidа  mulzаm 
bo‘lib qоlgаn buvi sir bоy bеrmаy, yanа zo‘rаvоnlik ko‘rsаtib dеydi: 
–  Hа, bаshаrаng qurmаsin, 
dаrrоv “hа” dеmаysаnmi? 


13 
 
Lo‘killаtmаy mеni ko‘p, 
tеz оvоz bеrmаysаnmi? 
     Аyni  pаytdа  nеvаrа  hаm  bo‘sh  kеlmаydi.  Buvi-nеvаrаning  diаlоgi  аsоsidа 
shе’rning yumоristik ruhi yanаdа kuchаytirilаdi: 
–  O‘zingiz оpichvоlib, 
o‘zingiz chаqirаsiz. 
Jinnimisiz, mоmоjоn, 
nimаgа bаqirаsiz? 
She’r so`nggida esa shoirning bosh g`oyasi buvining haqiqiy tаshvishi yanglig`  
namoyon  bo`ladi: 
–  Vоy Аkbаrjоn, bоlаm-а, 
mеning ko‘nglim аlаg‘dа, 
dеpаlаtsа bоshlаndi 
o‘tgаn hаftа dаlаdа. 
Butipоsmi, mutipоs, 
bir bаlоlаr sеpаdi. 
Qаnchа-qаnchа bоlаlаr 
bаlnisаgа kеtаdi. 
Mirzа bo‘lаng yotibdi 
sаriq kаsаlgа uchrаb, 
tinmаsdi, 
yеrgа ursаng, 
оlоvdаy ko‘kkа sаchrаb. 
Uydа o‘tir, jоn bоlаm, 
jоning оmоn bo‘lsа, bаs. 
Sеn hаm dаrdgа chаlinsаng, 
jоnimdаn bittа qоlmаs. 
 Anglashiladiki,  she’r  mazmunidagi  yetakchi  g`oya  o‘tgan  asrdagi  “paxta 
yakkahokimligi”ning 
turli  jarohatlari,  alamli  azoblaridir.  Uning  barcha 
qiyinchiliklarini  o`z  boshidan  o`tkazgan  katta  avlod  –  buvi-bobolar, ota-onalar  o`z 
farzandlaridan  ham  xavotirga  tushadilar.  Bolalar  uchun  buvining  holati  kulgi 
qo`zg`atib, she’rdagi komiklikni ta’minlagan bo‘lsa, she’r xotimasi kattalarni jiddiy 
mulohazaga yetaklaydi: yaqin tariximizdagi muammolarni eslab qayg`uradi, istiqlol 
zamonidan, inson qadri ko`tarila boshlaganidan shukrona qiladi. Shu tariqa, bu kabi 
she’rlar bolalar  va kattalar adabiyotining muhim namunasi hisoblanadi. 
  Shunga o`xshash, o`zbek bolalar adabiyotining  mustaqillik arafasi va istiqlol 
yillarida  yaratilgan    ko`pgina  asarlar  ikki  yo`nalishli  adabiyot  ekanligi  bilan 
diqqatga  sazovor.  Jumladan,  A.Obidjonning  “Dahshatli  Meshpolvon”  ertak 
qissasidagi Meshpolvon portreti tasviri (“...ikki lunji nog‘ora, beti oftobday zog‘ora, 
betida  eshak  tepkisidan  naqshlangan  chandiq,  qorni  qirq  pudlik  sandiq,  burni 
mushuknikidek  puchuq,  yelkasi  baayni  hurpaygan  chumchuq,  bo‘yni  oldinga 
enkaygan,  quloqlari  dinkaygan,  oyoq  bosishi  ilang-bilang,  boshi  Yozyovon 
cho‘lidek  yap-yalang,  ko‘rinishidan  kamgap-u  anqov,  aslida  mahmadana-yu 
mijg‘ov, ko‘zlari boyqushnikiday ola... Xullas rosayam qiziq bola”) va qahramonlik 


14 
 
sarguzashtlari  katta-yu  kichikka  baravar  zavq  berishidan  tashqari,  yozuvchi  bu 
orqali  xalqona  iboralar  jilosi,  unutilayozgan  xalq  dostonlari  va  ertaklari  ohangi, 
ruhini bugungi yosh avlod qulog‘iga singdirishni ko‘zlaydiki, bu ham o‘z navbatida, 
hodisaning ikki xil  mazmun-mohiyatiga xizmat qila oladi. 
Binobarin,  bolalarga  mo‘ljallangan  badiiy  adabiyot  kichkintoylardan  tashqari 
dastlab,  san’at  asari  sifatida,  so‘ngra,  g‘oyadorligi  jihatdan  hammabop  bo‘lishi 
mumkin ekan.  
Bolalar adabiyotida voqelikning o‘ziga xos tasviri  ham muhim ahamiyat kasb 
etadi. Bunda quyidagi xususiyatlar ko`zga tashlanadi: 

Download 7,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish