306
kerak, ularning omadlari hayotda chopmagan. Nima
ham qila olardik, qayerda
piyoz
bo‘lsa, o‘sha yerda ko‘z yosh ham bor”.
Ertakona qahramonlarning hayoti ko‘p hollarda hayotiy muammolar bilan
bog‘liq. Masalan, mingoyoq otaga ikkita o‘g‘lining oyoq kiyimini almashtirish
to‘g‘ri keladi. Ammo usta Uzumchaning esa poyafzal tikishga shuncha charmi yo‘q.
Uning ustiga ota shuncha poyafzal pulini to‘lashi uchun bir umr ishlashiga to‘g‘ri
kelar edi. Bechoralar vaziyatdan chiqish imkonini o‘ylab topishadi: faqatgina eng
eskirib ketgan poyafzallarning bir nechtasini almashtirishadi xolos. Hikoya
bayonining oxirigacha personajlar xarakterlaridagi o‘ziga xos tomonlarini
sabzavotlarga, mevalarga, hasharot hamda hayvonlarga xos bo‘lgan xususiyatlarini
yo‘qotmaydilar. Shu bilan bir qatorda muallif kichik kitobxonlarni yaxshi va oq
ko‘ngil odamlar yana ham yaxshiroq yashashga intilishlari, yomon va badxulq
odamlar o‘zlarining bo‘lmag‘ur odatlarini tark etishlari hamda yaxshilarni
ezmasliklari kerak, degan xulosaga kelishlariga chorlaydi. Ijobiy qahramonlarning
barcha sarguzashtlari va his-tuyg‘ulari bir maqsadga – haqiqatni qaror toptirishga
qaratilgan. Ertakning oxirida shu ro‘yobga chiqadi. Lekin keksa Chipollone
o‘zining o‘g‘li Chipollinoga takrorlaganidek, “do‘stim, hech qachon esingdan
chiqarmagilki, dunyoda yomonlar ko‘p, sen haydab chiqarganlarning esa bir kun
kelib qaytishi mumkin”... Rus tilida bu asarni mashhur bo‘lib ketishiga sababchi
bo‘lgan adib esa S.Y.Marshak edi. Rodari o‘zining butun ijodi davomida ijtimoiy
qarashlariga, haqiqat g‘oyalariga sodiq qoladi. Hattoki, “Osmondagi tort” asarining
sujeti aql bovar qilmas darajada o‘zgarib ketganda ham, ya’ni atom bombasi
bahaybat ulkan tortga aylanib qolib, ishchilar shaharchasi ustida muallaq turib
qolishi, muallif ta’kidlaganidek, bunda ham o‘git “shaffof”dir: agar inson tabiat
resurslaridan qurollanishga emas, balki yaxshi ishlar uchun foydalanganlarida edi,
unda nafaqat millionlab och, kambag‘allarni to‘ydirish, kiyintirish mumkin edi,
balki shokoladli tortlar hamma uchun yetarli bo‘lgan bo‘lardi, degan fikr bolalarcha
talqin etiladi.
“Yangi yil archalari sayyorasi” asari qahramoni Marko kosmik kemada sayr
qilib yurib, o‘zga sayyoraliklar bilan uchrashib, ularning do‘stona munosabatlarini
ko‘rib, kosmik svilizatsiyalarga tegmasdan, barcha sayyoralarning odamlarini
birlashtirish imkoniyati borligi haqidagi fikrga keladi. “Jip televizorda” ertagida esa
butun dunyoni qurollantirish haqida fikr yuritayotgan olimlarning tafakkurini
Koinotni tinch yo‘l bilan zabt etish yo‘llarini izlashga qaratadi. Insonning umri,
hayoti har narsadan ustun ekanligi Rodari asarida yana bir bor yorqin satrlarda
ta’kidlanib, insoniyat barhayotligining asosi barcha uchun foydali bo‘lgan mehnatda
ekanligi takror uqtirib o‘tiladi. Ammo insoniyatga kerakli bo‘lish uchun
tayyorgarlikni bolalikdan boshlash kerak. Shuning uchun yozuvchi o‘zining
asarlarini bilishga oid ma’lumotlar bilan boyitgan holda “Dunyodagi barcha
narsalar
haqida” deb nomlangan she’rlar majmuasini hamda “Nima uchun? Nimaga? Nima
sababdan?” deb nomlangan kichik, jozibador novellalar bilan qo‘shilgan she’rlar
to‘plamini yozadi.
Yozuvchining barkamol insonni tarbiyalash g‘oyasi haqidagi fikrlari
“Jelsomino yolg‘onchilar mamlakatida” deb nomlangan ertagida mujassamlashgan.
307
Uning asosiy g‘oyasi – yolg‘on bilan kurashish. Rodarining ta’kidlashicha,
“insoniyatning eng xavfli dushmanlari – bu yolg‘onchilar”. Asar sujetining yanada
yorqinroq chiqishi uchun telba-teskari usuldan foydalanadi: barcha haqiqatlar
teskari qurilgan bu shaharda hamma narsa “aniqlikdan teskari tomonga” tarzidagi
bema’ni ko‘rinishga ega: biror-bir narsani faqatgina soxta pullarga sotib olish
mumkin, mushuklar vovillashadi, “qo‘rqinch” so‘zini o‘rniga “jasurlik” so‘zini
ishlatish qabul qilingan va h.k. Rodarining bosh qahramoni har doimgidek,
yomonlik bilan yolg‘iz kurashadi. U go‘zal ovoz sohibi, ovozining sehrini juda
o‘rinli hamda unumli ishlata olgan asar qahramoni: “Bu qirollikni vayron qilish
uchun, faqatgina qo‘shiqni maromiga yetkazib kuylashning o‘zi kifoya edi”, -
deydi.
Rodarining “Fantaziya grammatikasi” (Sarguzashtlar o‘ylab topish san’atiga
kirish) asari uning fantaziya tabiati haqidagi fikrlari va tajribalari borasidagi
mehnati samarasidir. Bu asarda adib o‘zining shu sohadagi kuzatishlari, ertaklar
yozishda qanday usullardan foydalanishi, ertaklar yozuvchining xayolotida qanday
vujudga kelishi haqidagi fikr-mulohazalarini umumlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: