O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana14.09.2019
Hajmi0,78 Mb.
#22137
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
buxoro mavjlari jurnali sahifalarida ozbekiston tarixi masalalarining yoritilishi


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

                                                           

54

  Rajabov Q.  Zukko  siyosatdon  juratli rahbar// ―Buxoro  mavjlari‖.-Buxoro: 2012.- №2. –B. 38



 

36 

II  Bob. Tarixiy yodgorliklar hamda etnografik masalalaring “Buxoro 

mavjlari” jurnalida yoritilishi 

2.1 Jurnal sahifalarida Buxoro vohasidagi tarixiy yodgorliklarning tadqiq 

etilishi masalalarining yoritilishi 

 O‘zbekiston 

Respublikasining  birinchi  Prezidenti  Islom  Karimov 

ta‘kidlaganlaridek  ―Bugun  ham  zamin  uzra  salobat  ko`tarib  turgan  me`morchilik 

obidalari  masjidu  madrasalar  savdo  va  hunarmandchilik  timlari,  shifoxonalar  va 

xonaqohlar,  hovuzlar,  maydonlar  Buxoro  boshidan  kechirgan  buyuk  tarixning 

guvohidir‖. 

Ha,  darhaqiqat  g`oyat  sermazmunli  va  o`zining  tarixiy  haqiqatiga  ega  bu 

so`zlari  hech  bir  tarixchi  olimning    Ko`hna  Buxoro  tarixi  bilan  tanishish  hissini 

uyg`otmay  qo`ymaydi.  Zero,  biz  ham  Sharif  shahar  bo`lmish  Buxoroyi  sharifni 

tadqiq qilgan tarixchi olimlarimizning o`lkamiz xususan, ―Buxoro mavjlar‖ jurnali 

sahifalari  Buxoro  tarixiga  oid  maqolalarini    tadqiq  etishga  jazm  etdik.  Jurnal 

sahifalaridagi  maqolalarni  tadqiq  etish  jarayonida  ko`hna  va  qadimiy  Buxoroning 

tarixiy obidalarini ( xonaqohlar, masjidlar, karvonsaroylar, guzarlar, madrasalar va 

saroylar)

  

 o`rganilishi bilan bog‘liq ilmiy izlanishlar olib borilganligini ko‘rishimiz 

mumkin.  Shu  jumladan  D.Bahromov

55

 I.Muhsimov,  M.Muhsimova



56

O.Sirojov



57

J.Rahmatov,  E.Qobilov

58

,,  H.To‘rayev

59

 va  T.Halimov



60

 

Q.Jumayev

61

 

kabi tadqiqotchilarning maqolalari ushbu yo‘nalishdagi izlanishlardir   



  

Buxoroning  qon  tomiri  bo`lib  kelgan  qadimiy  hovuzlarni  talqin  qilishga 

belbog`lagan tadqiqotchilarimizdan biri  Davron Bahronovdir. Muallif hovuzlarga 

ta`rif  berar  ekan  quyidagilarni    bildirib  o‘tadi:  ―Buxoro  hovuzsozligida  alohida 

o`rin  olgan  mashhur  usta  Majid  Qurbonovdir, deydi:  ko`pgina  keksalar-hovuz  dil 

                                                           

55

Bahronov D.Buxoro hovuzlari//  ―Buxoro mavjlari‖.-Buxoro: 2005.- № 3. -B. 40-43



 

56

Muhsinov  I,  Muhsinova  M.  Minorai  Kalon//    ―Buxoro  mavjlari‖.-Buxoro:  2009.-  №  1.-B.  36,  Shu  muallif 



:Vobkent  minorasi  //  ―Buxoro  mavjlari‖.-Buxoro:  2012.-№1.  -B.  57,  Shu  muallif  :Buxoro  hovuzlari//  ―Buxoro 

mavjlari‖.-Buxoro: 2010.- № 1. -B 50

 

57

Sirojov O. Buxoro karvonsaroylari // ―Buxoro mavjlari‖.-Buxoro: 2010.- № 1. -B. 44-45



 

58

Rahmatov J,Qobilov E. Buxorodagi Ulug`bek madrasasi// ―Buxoro mavjlari‖.-Buxoro: 2010.- № 2.  -B. 33



 

59

To`rayev H.Shayx Jalol darvozasi//  ―Buxoro mavjlari‖.-Buxoro: 2009.-№ 3. -B. 35-36



 

60

Halimov T.Buxoroning qadimiy hammomlar// ―Buxoro mavjlari‖.-Buxoro: 2008.- № 3. -B. 39-40



 

61

Jumayev Q. Sitorai Moxi Xosa // ―Buxoro mavjlari‖. -Buxoro, 2008. -№1. -B. 33. Shu muallif: Buxoro darvozalari 



// ―Buxoro mavjlari‖.-Buxoro:  2009.- № 2. -B. 32-34

 


37 

tortar bo`lishi uchun usta unga butun  mehrini berib ishlagan. Hovuzni begona o`t 

bosmasin  deb  uning  sathiga  kigiz,  so`nguning  ustiga  qora  ohak  sepilgan.  Atrofi 

marmar yoki yo`nilgan toshlar bilan bezalib, zinalar hosil qilingan. Bu zinalarning 

mustahkam  bo`lishi  uchun  toshlarning  orasida  tutcho`plar  qo`yilgan.  Maxsus 

ishlov  berilgan  bu  tut  yog`ochlar  toshlarni  siljishdan  saqlashda  bog`lag`ich 

vazifasini  o`tagan.Usta  Majid  Qurbonov  shu  usulda  Buxoroning  qadimiy 

guzarlarida 18 ta hovuzni barpo etgan.Bir necha hovuzlarni ta`mirlashda ham usta 

oldida tushadigan kam bo`lgan‖

62

.   



Shuni  alohida  ta‘kidlash  joizki,  ushbu  maqola  asosan  logografik  ya`ni 

suhbatlar natijasida olingan ma`lumotlarga tayanadi va tarixchi yoshlarga hovuzlar 

qurilishi tarixiga oid dastlabki tushuncha bo`lib xizmat qiladi.  Ko`hna Buxoroning 

ajralmas  qismi  hisoblangan  hovuzlarni  Ismat  Muhsinov  va  Mehriniso 

Muhsinovalar    ham  o`rganishgan  bo`lib,  ular  huvuzlarni  kelib  chiqishi,  ularning 

soni va keyingi holati haqida o`z maqolalariga yoritishga harakat qilganlar

63

.

  



Mazkur tadqiqotchilar Buxoro shahrining suv bilan taminlovchi asosiy arig`i 

Shohrud (qadimgi Zarirud)ning shahar aholisi uchun zarur gidroinshoot ekanligini 

qayd etib o‘tganlar Jumladan,  ―Shohrud arig‘idan  10 ta katta ariq suv olgan va 

Buxorodagi 104 ta  hovuzni suv bilan taminlagan. Bu hovuzlar  qurilishi uchun yer 

ostidan  kanal o`tqazilib , hovuz lar  chuqurligi ko`cha qismidan 8-10 metr pastroq 

qilib  qazilgan.  Afsuski  XIXasr  oxiri  -  XXasr  boshlarida  yerlar  o`zlashtirilib, 

Shohrud  arig`ining    Buxorogacha  yetib  kelolmaganligi  sababali  hovuzlarni    suv 

bilan  taminlash    qiyinlashgan,  natijada  suv  eskirib  turli  rishta  malariya,  terlama, 

ichak kabi kasaliklar avj olgandan so`ng, hovuzlar  ko`mila  boshlangan. Bizgacha 

104  hovuzdan  faqatgina  7  tasi  yetib  kelgan.  Bular  Devonbegi,  Xo`ja  Zayniddin, 

Bolohovuz,  Hazrati  Imom,  Ismoil  Somoniy,  Havzi  Nav,  Piri  Dastgirlar    xususida 

ma‘lumot berib o‘tganlar. 

                                                           

62

 Bahronov D.Buxoro hovuzlari//  ―Buxoro mavjlari‖.-Buxoro: 2005.- № 3. -B. 41



 

63

Muhsinov I., Muhsinova M. Buxoro hovuzlari// ―Buxoro mavjlari‖.-Buxoro: 2010.- № 1. -B 50



 

38 

Buxorodagi    qadimiy  hammomlarni, o`rgangan  olim  To`ra  Halimov  bo`lib, 

bu  tadqiqotchi  Buxoroning  qadimiy  hammomlarni  quyidagicha  ta`riflaydilar: 

―Buxoroni  qadimgi  hammomlarni  ichki  qismi  avvalo  yechinish  va  dam  olish 

xonalari bilan boshlanadi. Undan so`ng tor yo`lak orqali o`tiladigan poysho`yxona 

(oyoq  yuviladigan  xona  )  hisoblanadi.  Poysho`yxonadan  gumbazli  Miyonsaroy 

(o`rta  saroy  )  deb  atalgan  zalga  o`tilgan.  Bu  yerda  garmxona  (issiq  suv  bilan 

yuvinish  xonasi),  xunukxona  (sovuq  suv  bilan  yuvinish  xonasi)  va    toat  ibodat 

amallari  ado  etish  uchun  mo`ljallangan  Mehrob  ham  bo`lgan.  Mazkur  zalda 

yuvinish va toat-ibodatdan tashqari, uqalash muolajasi ham o`tkazilgan. Mijozlarni 

issiq va sovuq suvda cho`milishi uchun maxsus so`fi ham bilan u Miyon so`fi deb 

atalgan.  Hammomlar  kecha-kunduz  faolyat  ko`rsatgan,  kechasi  hammom 

ichkarisini  yoritish  uchun  fonuslardan  foydalanilgan.  Kunduzi  esa  hammomlar 

yuqorisidagi  maxsus  tuynuklardan  yorug`lik  tushgan‖

64

 Ushbu  maqola  orqali  biz 



qadimgi  hammomlar    qanday  faolyati  yuritganligi  xususida  atroflicha  m‘alumot 

olishimiz mumkin.  

Buxoro  darvozalari  va  ularning  shahar  arxiterturasidagi  ahamiyati  masalasi 

bilan  bog‘liq  izlanishlar  jurnal  sahiflarida  chop  etib  borilgan.  Jurnalning  Meros 

rukni  ostida  san`atshunoslik  fanlar  nomzodi  Q.Jumayevning    Buxoroning 

darvozalari to`g`risida  maqolasi bining yorqin misolidir

65

.  


Muallif  shahar  darvozalari  xususida  to‘xtalib  quyidagilarni  bayon  etadi:  ―  

IX- asr boshlariga kelib  to`rtburchak shaklga ega 30-35 gektar keladigan yagona 

Buxoro  tashkil  topadi,  ya`ni  qadimiy  uchta  tepalik  ustida  qurilgan  Navmichkat, 

Farobdiz,  Buxoro  qishloqlari  qo`shiladi  va  mustahkam  qal`a  devoriga  va  7  ta 

darvozaga  ega  bo`ladi.  Shaharning  g`arb  tomoniga  4  ta  darvoza  bo`lib,  ular 



Darvozai  Bani  Sad, Darvozai  Bani  Asad,  Darvozai  Ko`handiz va  Darvozai  Ohan 

(Temir  darvoza)deb  nomlangan.  Bu  darvozalar  Ark  qo`rg`onining    Darvozai 

Go`rayon  darvozasiga  qaragan.    Shimolda  Darvozai  Haqrah  (Xufra  darvozasi  )

                                                           

64

 Halimov T.Buxoroning qadimiy hammomlar// ―Buxoro mavjlari‖.-Buxoro: 2008.- № 3. -B. 40



 

65

 Jumayev Q.Buxoro darvozalari// ―Buxoro mavjlari‖.-Buxoro: 2009.- №2. -B. 33



 

39 

sharqda    Darvozai  Nur  yoki  Nav,  janubda  Darvozai  Attaron  qurilgan.  Shahar 

himoya    inshooti  qanchalik  mustahkam  bo`lmasin,    tinimsiz  hujumlar  va  o`zaro 

urushlar  natijasida , bir necha bor vayron qilingan.  Shayboniylar  davrida kelib, 

xususan  Abulfayzxon (1509-1549)  va 

Abdullaxon  II  (1557-1598)  davrida 

shahar  atrofida    mustahkam  istehkomlarga  ega  qal`a  inshooti  tiklanib    11  ta  

darvoza      quriladi‖.    Shaharning  shimol  tomonida    Samarqand  va  Hazrati  Imom  

darvozalari,  sharq  tomonda    Mozor  va    Qavola(Qarshi)    darvozalari,  g`arb 

tomonda  Qorako`l,  Shergiron,  Talipoch  va    O`g`lon  darvozalari.  Janubda  esa 



Sallaxona,  Shayx  Jalol  va  Namozgoh  darvozalari  qurilganli  to‘g‘ridagi  ma‘lutlar 

ham maqolada o‘rin egallagan. Ushbu maqola darvozalarning qurilish sabablari va 

davri xususida haqqoniy ma`lumotlarni keltirib o`tgan deb ayta olamiz.  

Buxoro sharidagi darvozalar xususan Shayx Jalol darvozasi to`g`risida tarix 

fanlar  doktori  H.Tо`rayev    ham  maqolasi  ham  mavjud.  Olim      Shayx  Jalol 

darvozasi  xususida  quyidagilarni    bildiradi:‖  Xalq  orasida  tasavvuf  olimi  va 

amaliyotchi  sifati    tanilgan  Shayx  Jalol,  shayboniy  Abdulazizxon  (1539-1549) 

e`tiborini  qozonib,  uning  ma`naviy  ustoziga  aylanadi.    Xon  tarafidan  ko`p  iltifot  

va muruvvat ko`radi‖

66

.  Muallif  etnograf  O.A.Suxareva Shayx Jalol ashtarxoniy 



Abdulazizxonning  (1645-1680)    piri  bo`lgan  deb  hisoblab,  chalkashlikka    yo`l 

qo`ygan  ta‘kidlab, XVI asrda shayboniy Ubaydullaxon(1533-1539), Abdullaxon II 

(1557-1598) davrida qurilgan darvozalar nomi  hozirgacha saqlanib qolgan, degan 

ma`lumotlarni    aytib  o`tadi.  Shuningdek  san`atshunos  olim  Q.Jumayevning 

darvozalar qurilishida xususan, Abulfayzxon (1509-1549) va Abdullaxon II(1557-

1589)  davrida  11  ta  darvoza  qurilgan,  deb  ko`rsatgan    xronologiyasida,  ushbu 

maqolaga tayanib, xatoliklarga yo`l qo`ygan deyishi mumkin. 

Markaziy  Osiyoda  qadimdan  Buyuk  ipak  yo`lida  joylashgan  shaharlarda, 

yirik aholi punktlarda savdogarlar, sayyohlar, elchilar va mehmonlar qo`nim topib, 

dam  olishi    uchun  maxsus  joylar  qurilgan.  Bu  joylar  sharqda  karvonsaroylar  deb 

nomlanib,  ular  o`ziga  xos  savdo  majmui  hisoblangan.  Ular  sayyoh,  elchi  va 

                                                           

66

 To`rayev H.Shayx Jalol darvozasi//  ―Buxoro mavjlari‖.-Buxoro: 2009.- №3. -B.36



 

40 

savdogarlar uchun vaqtinchalik yashash maskani bo`lsa, shu yashovchi aholi uchun 

tirikchilik manbai hisoblangan. Zero  karvonsaroylar istiqomatgoh balki o`ziga xos 

savdo majmualari ham edi.  Ushbu masaga oid izlanishlar  Ochil Sirojov tarixdan 



bilmaganmiz

67  

rukni  asosida  Buxoro  karvonsaroylari  nomli  maqolalari  bilan 

ishtirok  etgan.  Maqolalarida    karvonsaroylar  haqida:    ―O`tmishda  qulay  joy 

yo`nalishda  har  tomonlama  sharoitlarga  ega  karvonsaroylar  qurishda  Buxoro  ahli 

jonbozlik ko`rsatgan. Buxoro karvonsaroylarning qurilishi oddiy bo`lib, juda kam 

hollarda ikki qavatli binolardan iborat bo`lgan. Ammo barcha karvonsaroylar atrofi 

devor  bilan  o`rab  olingan.  Savdogarlar  o`z  yuklari  va  ot-ulovlarini  shu  yerda 

saqlaganlar . XIX asr boshlarda Buxorodagi jami karvonsaroylar soni 70 dan ortiq 

bo`lgan. Bular: Jannat Makon    Domlosher,  Hakim Oyim Xo`jakalon, Qo`shbegi  

yoki    Qozikalon,  Mirzogul  karvonsaroyi  kabilar  va  bundan  tashqari  qishloq 

xo`jalik    mahsulotlari  bilan  savdo  qiladigan  11  ta  karvonsaroylar  bo`lgan‖

68



Jumladan,  Mayiz,  G`alla,  Anor,  Zig`ir,  Jun,  G`o`za,  Sabzi,  G`o`lin  (o`rik  qoqi), 

Tarosha  (o`tin),  Guruch  karvonsaroylari  haqida  qiziqarli  ma`lumotlarni  yozib 

qoldirganlar.  

Buxorodagi  ilm maskanlardab biri hisoblangan Ulug`bek madrasasi tarixiga 

doir  izlanishlar  orasida  Jamshid  Rahmatov  va  Erkin  Qobilovlarning  izlanishlarini 

misol  keltirish  mumkin.  Ushbu  tadqiqotchilar  Buxorodagi  Ulug`bek  madrasasini 

qurilish  texnikasi  tog‘risida  quyidagilarni  keltirib  o`tadilar:    ―1417  yilda  bunyod 

etila  boshlangan  inshoot  qurilishida  eng  yaxshi  me`mor  usta  Toxir  o`g`li  Ismoil 

rahbarlik  qilgan.  Tarixiy  ma`lumotlarga  ko`ra  deydi  mualliflar

69

 Mirzo  Ulug`bek 



1419  yilning  kuzida  Buxoroga  tashrif  buyurib,  madrasani  ochilish  marosimiga 

qatnashgan. Dastlabki  mashg`ulotlarga qatnashib, talabalarga xayriya ulashgan va 

Ulug`bek madrasasini  tamirlash bosqichiga quyidagicha urg`u beradi: 1586 yilda 

qayta tamirlangan va madrasaning koshin belgilari uch davrga oiddir. 1) Qo`ng`ir 

ko`k  va  tillarang  fonga  ishlangan oq va  havorang bezaklar  Ulug`bek  davriga  oid; 

                                                           

67

 Sirojov O.Buxoro karvonsaroylari//  ―Buxoro mavjlari‖.-Buxoro: 2010.- №1.- B, 44



 

68

 Shu manba.- B, 45.



 

69

 Rahmatov J, Qobilov E. Buxorodagi Ulug`bek madrasasi // ―Buxoro mavjlari‖.-Buxoro: 2010.- № 2.  -B. 33



 

41 

2)  Ba`zi  joylarda  nimrang  oq  va  moviy  rang  va  yana  ba`zi  joylari  tiniq  yorqin 

bezaklar  XVI  –asrga  ta`luqli;  3)  Qora  fonga    ishlangan  havorang  guldor  qadama 

naqsh  XVII-  asrga  ta`luqlidir,  deb  qurilishi  bilan  bir  qatorda  rangdor  farqlarni 

alohida  ko`rsatib o`tgan desak mobolag`a bo`lmaydi. 

Minorasi  bor  yurtning  qaddi  hamisha  baland  bo`lur  deganlaridek  jurnal 

sahifasida  minoralar  tarixi  xususan,  Minorai  Kalon  va  Vobkent  minorasi  haqida 

I.Muhsinov,  M.Muhsinovalarning  tadqiqotlari  mavjud.  Ular  bu  ikki  minoraning 

o`zaro  farqlarni  ochib  berishga  harakat  qilganlar.  ―Minorai  Kalon  1127-yilda 

Qoraxoniy  Arslonxon farmoniga ko`ra , Usta Baqo tomidan qurilgan. Minoraning 

poydevori    11,5  metr,  balanligi  47,5  metr  ,  diametri  9  metr  ga  teng.  Minorai 

Kalonning  o`rtasida    juda  katta    va  qalin  ustun  bo`lib,  yuqori  qismida    16  ta  bir-

biriga  qarama-qarshi  fonuslar  yasalgan.    Fonuslarning  ustiki  qismi    4  qator 

muqarnas bilan jilo berilib, 1 qator dandona bilan tugatilgan. Birinchi qavat fonus 

ustiga    ikkinchi  qavat  fonuslar  asosi  turibdi.  Usta  ikkinchi  qavat  fonus    qurish 

niyatida  bo`lgan,  biroq  so`ng  negadir  qisqartirib,    bir  yarusli    fonus  bilan 

tugatilgan.  Fonusning    shifti    jimjimador  shitrix    terakotdan  yasalgan,  bir-biriga  

juft qilib gulli shift  bitilgan. O`tgan  asrlar  moboynida   ko`pgina  koshinlari  tushib 

ketgan  bo`lib,  1925-yildagi  tamirlash  davrida  qolgan  koshin  yozuvlar  Samarqand 

muzeyiga  olib  ketilgan. Ammo  bitikning  tarjimasi  yo`q. Minoraga  Masjidi  Kalon 

yonidagi  katta  arka  orqali  kiriladi    va  minora  ichidagi  katta  ustun  atrofidagi 

aylanma  shaklda  qurilgan,  har  biri    50  santimetrli,  105  ta  pillapoya  orqali 

ko`tarilasiz‖

70

 .  Mualliflarning  ta‘kidlashlaricha    minoraning  hamma  qismlarining 



mashtabi  juda  aniq  o`lchovli,  konstiruktiv  tarzda  o`ylangan.  Oddiy  g`ishtdan  esa 

turli zeb-ziynatlardek  bezatilgan.   

Maqolada  ulug`vor  minoralardan  sanalgan  Vobkent  minorasi  haqida  ham 

so‘z  borib  jumladan.  ―1196-1198  –  yillarda  Sadr  Burxoniddin  Abdulazizxon  II 

tomonidan  qurdirilgan.  Minoraning  asosi  12  qirrali    pishiq  g`ishdan  mavjli  qilib 

terilgan , quyi qismining diametri 6 metr 60 santimetr bo`lsa, yuqori ya`ni gardani 

                                                           

70

 Muhsinov I, Muhsinova M. Minorai Kalon//  ―Buxoro mavjlari‖.-Buxoro: 2009.- № 1.-B. 36.



 

42 

2 metr 81 santimetr tashkil etadi. Vobkent minorasinig umumiy balandligi 37 metr 

7 santimetr bo`lib, Buxorodagi Minorai Kalondan 8 metr 8 santimetrga pastroqdir. 

Minoraning  o`zagi  ham,  bezagi  ham  to`rtburchak  g`isht  (27x27x4-5  smli  )  va 

ganch  loyidan  qurilgan.Qir  loyidan  ham  foydalanilgan.  Bezaklar  o`rniga  qarab  

turli  qafasa  ko`shk    shaklida,  devor  sirtlari  yuzasi    esa  silliq  g`isht  bilan 

pardozlangan. Minoraning  poydevori  esa  juda  mustahkam  bo`lib, tosh  va  maxsus 

qir  qorishmasi  bilan  terilgan.Ustma-ust  joylashgan  bejirim  bezaklari,  8  qator 

halqalar,  g`ishtin  dandonalar  bilan  mustahkamlangan,  har  bir  halqa  turli  xil 

geometrik  naqshlar  bilan  bezatilgan.  Muqarnas  ostidagi    bir  halqa  sirkor  parchin, 

gul mahorat bilan ishlangan‖

71

.   



Ushbu  tadqiqot    Minorai  Kalonning  me`mori  Usta  Baqoning  shogirdlari 

Vobkent  minorasini    qurganligi  shu  uchun  ular  qurilish  jihatidan  o`xshash 

jihatlarfga  ega  ekanligi  xususida  xulosaga  ega.  Mazkur  maqola    aniqliligi  va  

manbaviy ahamiyatga egaligi bilan ajratilb turadi. 

 Buxoro  hukmdorlari  va  ular  tomonidan  qurdirilgan  inshootlar  tarixi 

masalalari  ham  tadqiqotchilar  etiboridan  chetda  qolmagan.    Buxoro  amirligining 

Sitorai  Mohi  Xosa  saroyi  haqida  san`atshunos  olim  Q.Jumayevmazkur  jurnalning 

Buyuklik timsollari rukni o‘z maqolalarini yozganlar

72

 



 Olim  jannat  bog`i  hisoblangan  Sitorai  Mohi-Xossani  quyidagicha  tavsiflab 

o`tganlar.  XIX  asrda  bino  etilgan  Sitorai  Mohi  Xossa  Buxoroning  so`nggi 

hukumdorlari  mang`itlar sulolasidan bo`lgan Amir Nasrulloxon(1825-1860), Amir 

Muzaffarxon  (1860-1885), Amir  Abdulahadxon  (1885-1910)  hamda  Amir  Sayyid 

Olimxon (1911-1920) davrida qurilgan yozgi saroy hisoblanadi. Mazkur saroyning 

kiraverishdagi  ikkinchi  darvozasi  peshtoqiga  qarasangiz,  quyidagi  she`riy 

baytlarga ko`zingiz tushadi:  

Shud ba  farmoni Humoyun  amir al-mo`minin, 

 

 



 

 

 



Tarixi ta`mir muayyai muborak in chunin   

 

 

 

 

 

Ki buvad dar asri iqlimi falak an guna tarh   

                                                           

71

 Muhsinov I., Muhsinova M.:Vobkent minorasi // ―Buxoro mavjlari‖.-Buxoro: 2012.-№1. -B. 57



 

72

 Jumayev Q. Sitorai Moxi Xosa // ―Buxoro mavjlari‖. -Buxoro, 2008. -№1. -B. 33



 

43 

 

 

 

 

 

Har ki didun ,guft salamno,hazoron ofarin   

 

 

 

 



 

Yustam az memori shirin soli Tarxash beguft 

 

 

 

 

 

To bano-i qasri oiliy jannati ro`yi zamin! 

Saroy  shoiri  Anbariyning  ushbu  baytlari  mantiqidan  ―  Yulduzlar  va  Oy 

orasidagi saroy yerdagi jannatdir ― degan so`zlaridan mazmunidan maqola boshida 

ta`kidlab  o`tgan  so`zlarimizning  isboti  desak,  mubolag`a  bo`lmaydi.  Maqola 

saroyning har  bir yerida hikmat borligidan dalolat beradi va saroy,  zamonasining  

jannati  misolida bo`lganligini izohlaydi. 

 

Manbalar    so`zlaganda    rukni    ostida    ―Buxoro    hukumdorlarning    tashqi  



saroylari‖    haqida  maqola  yozgan  hamda  ushbu  mavzuga  oid  qimmatli     

malumotlarni  taqdim  etgan    H.To`rayev  izlanishlari  ham  ahamiyatlidir.  Olim  

―XVI  asrda  Buxoro  o`rta  asr   yirik  shaharlariga  xos  barcha  infratuzilmaga  

ega    edi.  Bu  davrda  mamlakat  Arkdan  turib  boshqarildi.  Shahardagi    issiq    havo  

tabiiy  biqiqlik  shayboniy  sultonlarida shahardan  tashqarida ham  saroylar  barpo  

etish  ehtiyojini    uyg`otgan    bo`lsa-da    sulola  hukumronligi    davrida    bu    narsa  

amalga  oshmadi.  Ashtarxoniy esa aynan shu narsaga  etibor  berishgan.  Tarixiy  

manbalarning  guvohlik  berishicha,  shu sulola  davrida  shahar  atrofida,  asosan  

mudofaa  devoriga  yaqin  masofada  ikkita  tashqi  saroy,  qarorgoh  barpo etildi.  

Xonobod  va  Piri  Marza  saroylari.    Saroylar    aniq    reja    asosida    joining    tabiiy  

geografik  holati,  iqlimni  hisobga  olgan  holda ,  xushhavo,  sersuv  mavzelarda  

qurilgan.    Ashtarxoniy  Ubaydullaxon  (1702-1711)    farmoni    bilan    Buxoro  

shahrining    g`arb    tomonida  Tallipoch    darvozasi    yaqinida    1709-yilda  barpo  

etilgan  Xonobod  bog`i    va    saroyini    qurishda    yuqoridgi    holatlarning    barchasi  

hisobga    olingan.    Kvadrat    shakldagi  bog`  olti    uch    qirrali    maysazorlarga  

bo`linib,    bog`  o`rtasida      baland    ko`shk  (saroy)    barpo  etildi.  Saroy    qurilishida 

Balx  va    Movarounahrning    turli    viloyatlaridan  ustalar    jalb    qilinib,  uch    oy  

ichida    qurilish    poyoniga    yetadi‖

73

 Muallif  mang`it    amirlari    ham    ushbu  



an`anani    davom  ettirib,    shahar    tashqarisida  saroylar  barpo  etgani  tog‘risida 

                                                           

73

 To`ryev H. Buxoro  hukmdorlarning tashqi  saroylari//  ―Buxoro maxjlari‖.-Buxoro: 2014.- №1. –B.34



 

44 

quyidagilarni  ta‘kidlaydi:  ―Amir  Nasrulloxon  (1826-1860)  Buxoro    yaqinidagi  

O`g`lon      darvozasi    oldida  Chorbog`xossa    nomli    tashqi  saroyi    bo`lgan.    Amir 

Abdulahadxonning (1885-1911) Karmadagi  saroyi boshqa  mang`it  amirlarining 

tashqi    saroylaridan  (Sitorai  Mohi-Xossa  saroyi  istisno    qilganda)  o`z  siyosiy 

ahamiyati  bilan  farq  qilardi.  Unda  davlatning  ichki  va  tashqi siyosatiga  oid 

masalalar    ko`rib    chiqilgan.    Har    kunlik    pochta,rasmiy  ma`lumotlar    tahlil  

qilingan, farmon loyihalari  tayyorlangan.  Bir  so`z  bilan  aytganda  amirlikning   

butun  hayoti  Karmana  nazorati  ostida  bo`lgan.‖

74

. Usbu ma‘lumotlar Buxoro 



hukmdorlarining jamoat va davlat ahamiyatiga molik inshootlarni qurishga alohida 

e‘tibor bilan yondashganliklarini ko‘rishimiz mumkin. 

 Shuni  alohida  ta‘kidlash  mumkinkinki  ―Buxoro  mavjlari‖  jurnali 

sahifalarida    tarixiy  yodgorliklar-  masjid,  madrasalar,    saroylar,    xonaqohlar 

ularning  qurilishi  va  ahamiyati  xususida  bir  qator  maqolalar  chop  etilgan.  Ushbu 

maqolalarni o‘rganib quyidagi jadvalda  taqdim etishni joiz deb bildik.  



Jadval №1 

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish