O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Bitiruv  malakaviy  ishining  maqsad  va  vazifalari



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana14.09.2019
Hajmi0,78 Mb.
#22137
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
buxoro mavjlari jurnali sahifalarida ozbekiston tarixi masalalarining yoritilishi


Bitiruv  malakaviy  ishining  maqsad  va  vazifalari.  Ushbu  jurnalning 

vatanimiz  tarixining  serqirra  jihatlarini  yoritishdagi  o‘rnini  ko‘rsatib  berishdan 

iboratdir.  Ushbu  jihatlarni  inobatga  olgan  holda  bitiruv  malakaviy  ishimizda 

quyidagi  jihatlarga  e‘tibor  qaratishni  joiz  deb    topdik.  Hamda  ushbu  jihatlarni 

yoritish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi. 

  Jurnal  sahifalarida  manbashunoslik    yo‘nalishida  chop  etilgan  maqolalarni 

tadqiq etish; 

  Tarixiy  shaxslar va ularning faoliyati  bilan bog‘liq maqolalar tahlili qilish

  Jurnal sahifalarida Buxoro vohasidagi tarixiy yodgorliklarning tadqiq etilishi 

masalalarining yoritilishiga bag‘ishlangan izlanishlarni o‘rganish; 

  ―Buxoro    mavjlari‖    jurnali  sahifalarida  etnografik  masalalari  o‘z  ichiga 

olgan tadqiqotlarni tahlil etish. 

 Bitiruv  malakaviy  ishining  tuzilishi  va  hajmi.  Ish  ikki  bob,  to‘rt  reja, 

xulosa,  foydalangan  adabiyotlar  ro‘yxatidan  iborat.  Bitiruv  malakaviy  ishining 

hajmi 66  betni tashkil qiladi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



11 

I Bob “Buxoro mavjlari” jurnali sahifalarida manbashunoslik va tarixiy 

shaxslar faoliyatiga oid maqolalar tadqiqi 

1.1 Buxoro  mavjlari  jurnali  sahifalarida  manbashunoslik  yo’nalishidagi 

tadqiqotlarga doir maqolalar tahlili 

Tarix    bu    o`tilgan    yo`l    uni  tadqiq  qilish    o`rganish    uchun    yozma  

manbalarning  o`rni  beqiyos  albatta. Zero,  ularni  o`rganish  har  bir  tarixchining  

hamma  vaqt maqsad  va  vazifalariga kirib kelmoqda.  Biz  ham  bu  qonuniyatni  

o`zlariga    dasturamal  qilib    olgan    bir    qator    olimlarimizning    say-harakatlari, 

ularning  qo`lyozma  va  yozma  manbalarni o`rganishdagi  roli  va  tarixning  biz  

uchun    mavhum    bo`lib    kelgan    jihatlarini    ochib    berishdagi  izlanishlarini  

―Buxoro  mavjlari‖  jurnali  sahifalari  orqali  o`rganishga  kirishdik.   

Mazkur  jurnalni  tadqiq  qilish  jarayonida  biz  manbashunoslik  sohasiga  

oid  ―Abu    Bakr  Narshaxiy  (899-959)‖,  ―Buxoro  amirligida    sog`liqni    saqlash  

tizimi  tarixidan  lavhalar‖, ―Ahmad Donish  va  uning  tarixiy  risolasi‖, ―Bo`lsak 

erdi koshki  bizlar ham  Buxoriddin (Xerman Vamberi)‖, ―Ilk o`rta asrlarda  so`g`d  

tili    va    yozuvi‖,  ―Buxoro    tarixining  nashri    va    tarjimalari  haqida‖,  ―Yurtimiz  

tarixiga    oid    yana  muhim    manba  (Musa    Saidjonov)‖,  ―Buxoro    tarixi    xorijiy  

nashrlarda‖,  ―Xorazm    tarixiga    oid    nodir    tadqiqot‖,  ―O`zbekistonda    ilmiy  

temurshunoslikning    ilk    qadamlari‖  kabi    yigirmadan    ortiq    maqolalar 

mavjudligini aniqladik

25



Shuni  alohida  ta‘kidlash  joizki  jurnal  sahifalaridagi  manbashunoslik  

sohasiga  doir  maqolalarda tarixiy  manbalarning muallifi  bilan  bir  qatorda  uni  

tarjima    qilgan    va  qayta    nashr    qilgan    olimlarga    qisqacha    tafsilot    beriladi. 

                                                           

25

  To`rayev H. Xorazm  tarixiga oid  nodir  tadqiqot// ―Buxoro mavjlari‖.-Buxoro: 2012.-№2.-B.39-40; Shu muallif: 



O`zbekistonda  ilmiy    temurshunoslikning    ilk  qadamlari//  ―Buxoro  mavjlari‖.-Buxoro:    2011.-№2.-B.9-10;    Shu 

muallif: Yurtimiz  tarixiga  oid  yana  muhim  manba (Muso Saidjonov)// ―Buxoro mavjlari‖.-Buxoro: 2014.-№4.-

B.38-39;  Shu muallif: Buxoro  tarixi  xorijiy  nashrlarda//―Buxoro mavjlari‖.-Buxoro:  2013.-№4.-B.40;  To`rayev 

H. Xudoyqulov T. Buxoro  tarixining nashri va tarjimalari haqida// ―Buxoro mavjlari‖.-Buxoro: 2015.-№2.-B.39-41;  

O`rinboye  A.  Abu    Bakr  Narshaxiy(899-959)//  ―Buxoro    mavjlari‖-Buxoro.:2009№3-B.13-14;    Bobojonova  F. 

Buxoro    amirligida    sog`liqni    saqlash    tarixidan    lavhalar//  ―Buxoro  mavjlari‖.-Buxoro:  2008.-№2.-B.48-49;  

Tosheva Sh. Ahmad Donish  va  uning  tarixiy  risolasi// ―Buxoro  mavjlari‖.-Buxoro: 2007.-№3.-B. 37-40;  Ahad  

Hasan.Bo`lsak erdik  koshki  bizlar  ham Buxoriddin// ―Buxoro  mavjlari‖.-Buxoro: 2004.-№2.-B.5-6; Otaxo`jayev 

A.  Ilk    o`rta    asrlarda  so`g`d    tili    va    yozuvi//  ―Buxoro  mavjlar‖.-Buxoro:  2008.-№2.-B.  46-47;    Rahmonov  K. 

Fayzulla  Xo`jayevning Berlindan  Buxoroga  maktubi// ―Buxoro  mavjlari‖.-Buxoro: 2008.-№1.-B.34-35.

 


12 

Shuningdek,  manbadan  qisqa    parcha  keltirish    bilan    uning    O`zbekiston    tarixi  

tamadduniga qo`shgan  hissasiga  doir  ilmiy  qarashlar bayon etiladi. Chunonchi, 

Halim  To`rayev    Buxoroning  so`nggi    hukmdori  Amir    Sayyid    Olimxon  (1910-

1920) ning vatandan  yiroqda,  muhojirlikda  kechgan hayoti  biz  uchun  mavhum 

va  sirli  bo`lib  kelganligi  bois  o`z  izlanishlari  natijasida  Amir  Olimxonning 

o`g`li    Sayyid    Mansur    Olimiyning  Turkiyada      arab    alifbosida    chop    etilgan 

―Buxoro  gahvoroi Turkiston‖ (Buxoro - Turkistonbeshigi)  nomli asarini  topishga  

muvaffaq bo`lgan.Uni  fors  tilidan o`zbek  tiliga  o`girdi.   

Muallif  toju-taxtdan    mosuvo  Amir    Olimxonning    Afg`onistonda  chekkan  

istiroblari,  dard    hasratlari  ,  afg`on  hukmron    doiralaridan    eshitgan  tana-yu 

malomatlari    asarda    bafsil    yoritilgan  deb,    mazkur  asarning  ―Oqsoq    karvon‖, 

―Futux  qal`asi    devorlari    ortida‖,    ―Turkiston  musulmonlari      ikkinchi    jahon  

urushi    yillarida‖,  ―Vatanparvarlik    inson    fazilati‖    kabi    ayrim    boblaridan  

parchalar    keltiradi.    Asarning  birgina  ―Vatanparvarlik    inson    fazilati‖  bobida  

keltirilgan  ma`lumotlari  :  ―  Marhum  Buxoro    Amiri  o`z    xazinasini  Buxorodan 

Afg`onistonga  olib  kelmagan va  boshqa  joylarga  yubormagan edi. Uning yaxshi  

xislatlardan  do`stlari,  davlat    aboblari,  g`arib  va  miskinlaga  sovg`a  ulashish  

bo`lgan.  Umrining  oxirigacha    bu    xislat    uni    tark    etmadi.  Bisotidagi    mollar  

vafotidan    so`ng    oilasini    taminlashga    yetmasligini    yaxshi    bilardi.  U    xudoga  

tavakkal  qilardi.‖-shular jumlasidandir. 

Qolaversa  maqolada  Amir  Olimxonning    vafotidan    so`ng    uning    oila  

a`zolariga    Afg`oniston    hukumatining    g`amxo`rligini    manbadagi    quyidagi  

misollar    bilan    keltiradi.  ―Amir  Olimxon    vafotidan  so`ng    uning    oilasi    va  

boshqa    yaqinlariga  Afg`oniston    hukumati    tomonidan    quyidagicha    maosh  

belgilandi.  Moliya    vaziri  A.F.Mirzo  Muhammadxonga    farmon  685/26,  2070,  

1323  yil  saraton  ,  Sobiq  Buxoro  Amiri  marhum  Sayyid  Olimxonning    oila  

a`zolariga  quyidagi  miqdorda maosh belgilansin:  

 

1.Har bir uylangan o`g`li  uchun – 290 afg`oni 



 

 

 



 

 

2.Har bir uylanmagan o`g`li uchun – 240 afg`oni   



 

 

 



13 

 

3.Har bir  turmushga chiqqan  qizi uchun – 140 afg`oni   



 

 

 



4.Har bir akasi  uchun – 140 afg`oni    

 

 



 

 

 



 

5.Onasi uchun – 240 afg`oni 

 

 

 



 

 

 



 

 

6.Har bir xotini  uchun – 140 afg`oni   



 

 

 



 

 

 



7.Beva qizlar va ularning  o`g`illari uchun – 240 afg`oni‖ kabi  ma`lumotlari 

ham diqqatga  sazovordir.  

Shuningdek,  Afg`oniston  hukumati    tomonidan    Amir  Olimxonning    oila 

a`zolariga  qo`yilgan    taqiblari    to`g`risida  esa  ―Afg`oniston    hukumati  Amir  

Olimxonning  Afg`onistonda  tavallud  topgan vorislarini  ajnabiy  hisoblardi. Bu 

esa Amir oila  a`zolarining  taqdiriga munfiy  ta`sir  ko`rsatardi. Ular ta`lim  olish  

huquqidan  mahrum    bo`ldilar.  Bu  xonadon    yoshlari    o`zlarini    afg`on  

hisoblasalarda,  lekin    afg`onlarga    beriladigan    huquqlardan    mahrum    edilar. 

Safarga chiqish, Afg`oniston  shimoligacha borib kelish  ular  uchun  man  qilingan  

edi‖- deb, manbadan  parcha keltiradi

26

.  


Shuni    aytish    joizki  ,    ushbu    asarda  ko`pgina  orginal    ma`lumotlar 

keltirilgan  bo`lsa  ham,  lekin  barcha  malumotlar    haqqoniyligidan  yiroqmiz. 

Chunki, asar muallifi  ba`zi masalalarga  subyektiv  yondoshgan  bo`lishi  mumkin, 

lekin  baribir  ular  zamirida haqiqat  yotishini  nazarda  tutgan  holda manba o`sha  

davr  tarixi  uchun anchagina  nodir  hisoblanadi.   

H.To`rayevning  jurnal sahifalarida  ―Xorazm  tarixiga  oid  nodir  tadqiqot‖ 

sarlavhasi    ostida  maqolasi  Xorazm    tarixiga    oid  ilmiy    izlanish  olib  borgan   

Po`lat  Soliyev  ―Xorazm  to`g`risida  bir  mulohaza‖  nomli  maqolasini  tadqiq  

qilib,  quyidagilarni      bildirib  o‘tadi.  ―Po`lat  Soliyev  (1882-1937)  O`zbekistonda  

ilmiy    tarixnavislikning    shakllanishiga    asos    qo`ygan  olimlardan    biridir.  Po`lat 

Soliyevning    tadqiqot    mavzusi    O`rta    Osiyoning    o`rta    asrlar  davri    tarixi  ,  

madaniyati,    etnik    jarayonlarini    o`z    ichiga    olgan    bo`lib,    alohida    nashrdan  

tashqari    ―Maorif    va  o`qituvchi‖  jurnali    sahifalarida    e`lon    qilib    borilgan. 

                                                           

26

 To`rayev  H. So`nggi  hukumdorning armonlari, Buxoro-Turkiston  beshigi//  ―Buxoro  mavjlari‖.-Buxoro: 2004.- 



№1.-B.17. 

 


14 

Olimning    quyida    tahlilga    tortilayotgan  ―Xorazm    to`g`risida    bir    mulohaza‖ 

maqolasida  Xorazmning    etnik    tarixi, madaniyati,  ushbu   hududda    yuz    bergan  

etnik  jarayonlar  to`g`risida muhim  ilmiy  fikrlar  ilgari  surilgan‖

27

 . 


Shuningdek,   Po`lat  Soliyev  Xorazmning qadimiy  tarixiy  geografiyasini  

tadqiq    qilishda    arab    geograflari    Istaxriy,    Ibn    Havqal,    Maqdisiy,    Hamaviy,   

hamda  Abu    Rayhon    Beruniy    ma`lumotlariga    tayanganligini,    Xorazm  

vohasining    tarixiy    geografiyasi    va    tarixiy    etnografiyasi  to`g`risidagi    muhim  

ilmiy    qarashlarini    ilgari    surganligini,Rus  sharqshunosi  va    arxeologi  

N.I.Veselovskiy (1848-1918)ning  ―Очеркисторико-географических сведений о 

Хивинском  ханстве  от  древнейщих  времен  до  настоящего  (1877)‖  asaridan 

foydalangan  holda  Xorazmning    etnik    manzarasi    borasidagi    fikri,  Beruniyning 

―Xronologiya‖  asariga    asoslanganligini    qayd  qilib,    olim    uni    inkor    etishini,  

Etnik  nomlar  rus  alifbosida  buzib  berilganligini  va  N.I.Veselovskiy  keltirgan  

shaxs nomlari aslida  turkiycha  ekanini  isbotlashga  harakat  qilganligi kabilarni  

takidlaydi.  

Chunonchi, ―Xorazm  haqidagi  tadqiqotini  yozishda  Po`lat  Soliyev  o`sha  

davrlarda    Fotix    Karim    tomonidan    o`zbek    tiliga    tarjima    qilingan  V.Bartold  

asarlaridan  keng  foydalangan.  V.Bartoldning  ―Turkistonning  sug`orilish  tarixi‖  

asaridagi    ―Artaikt‖    so`zi    turkiycha    ―Eryigit‖  so`zining    o`zgargani    bo`lsa 

kerak,degan  farazni  ilgari  suradi.  Nuqtadon  olim   ―orno‖, ―yob‖ so`zlarining  

ildizi    turkiycha    ekanligini    isbotlashga  harakat    ham    qilgan.    Masalan,    ―yob‖  

so`zi  ―yobuq‖,  ya`ni  ―ishlamoq‖,  biron  narsani  vujudga  keltirmoq  manosini  

anglatgan,‖  deyiladimazkur maqolasida

28



Muallif alloma  Xorazm to`g`risidagi  tadqiqotini  o`ziga  xos  bag`rikenglik, 



chuqur    ilmiy  mushohada    bilan  tugatadi  deb  ta‘kidlaydi.  Xorazmda  g`uz,  turk, 

qang`li,  g`uz-turkman  xalqlari  va  ular  bilan  yonma-yon  forsiyzabon  xalqlar  

                                                           

27

 To`rayev H. Xorazm  tarixiga oid  nodir  tadqiqot// ―Buxoro mavjlari‖.-Buxoro: 2012.- №2.-B.39 



 

28

  Shu  maqola. -B.40



 

 


15 

yashaganligi    va    Xorazm    madaniyati,    shubhasiz,    shu    ikki    tilli    xalqlarga  

tegishli  ekanligini  takidlash  to`g`ri  bo`lishini  qayd  etadi.   

Shundan    kelib    chiqib,  Halim  To`rayev  Po`lat    Soliyevning  ―Xorazm  

to`g`risida    bir    mulohaza‖    nomli    maqolasini    hozirgi    kunda      ham    o`z    

ma‘naviy-ma‘rifiy  hamda  siyosiy    ahamiyatini    yo`qotmagan    tadqiqot  deb    

mumkin.Muallif  Po`lat    Soliyevning  tarixiy  manbalarga      tanqidiy   

yondashganligini,    tahlillar    jarayonida    yaqqol      namoyon    bo`lganidek,    uning   

ilmiy    qimmatini    oshiruvchi    eng    muhim    omildir,    deb    baholaydi.  Maqolada  

keltirilgan  ushbu  asar  o`z  manbaviy  ahamiyatiga ega  bo`lganidek maqola  ham 

ancha mukammaldir. 

Ma`lumki, Buxoro   Respublikasi hukmatining   rahbari   Fayzulla    Xo`jayev  

1922    yil    noyabr    oyining    birinchi    dekadasida    Germaniya    poytaxti    Berlin  

shahriga    borgan.  Safarning    beshinchi    kuni    u    Berlindan    turib,    Buxoro  

Respublikasi  Markaziy  firqa  qo`mitasiga  :  ―Berlin  maktublari‖  nomi  bilan  xat  

yo`llagan. Mana  shu  ―Berlin  maktublari‖ ni  o`sha  davr uchun  muhim  manba  

ekanligini  tadqiq    qilgan  tarix    fanlar    nomzodi,    dotsent    K.Rahmonov    bu  xat  

haqida    quyidagilarni    bildiradi.    ―Berlin    maktublari‖    ―Buxoro    axbori‖  

gazetasining  1922  yil  19 noyabr  sonida  to`liq  bir  sahifa  bosilgan. ―  Berlin  

maktublari‖  to`rt  bo`limdan  iborat  bo`lib,  ular: ―Umumiy  ahvol‖, ―Baynalminal  

ahvol‖,  ―Uch    masala‖,    ―Ijtimoiy    inqilob‖    kabilardir.  Mazkur    xatda  

FayzullaXo`jayev Germaniyadagi iqtisodiy  va  siyosiy  ahvol  qanday  bo`lishidan  

qat`iy    nazar,    Buxoro    Respublikasida  sanoat    va    qishloq    xo`jaligini  

rivojlantirish,    kanallar    chiqarishda    nemis    sarmoyasidan    foydalanish    imkoni  

borligini  yozar ekan:―Ovro`pa  bozorlaridan  quvilib, mustamlakalaridan  mahrum  

bo`lib    qolg`on    olmon    sarmoyasidan    foydalanib…mushtarak    tijorat  va    sanoat  

shirkatlari    tashkil    etmoq  ,  shubha    yo`q,  zarar    qilmas    edi‖

29

 (―Buxoro  



axbor‖,1922yil  19  noyabr) degan so`zlarni  keltirib  o`tadi. Maktubning  ikkinchi  

                                                           

29

 Rahmonov  K.  Fayzulla    Xo`jayevning  Berlindan    Buxoroga  maktubi//  ―Buxoro    mavjlari‖.-Buxoro:  2008.-№1.-



B.35

.

 



16 

bo`limida  esa  G`arbiy  Yevropadagi    Germaniya  ,  Angliya,  Fransiya,    Avstriya  

kabi    mamlakatlarning  iqtisodiy  ahvoli    va    o`zaro  raqobati    tahlil  

qilinib,―Antantaning  kuchli  raqibi  sanalg`on  Avstriya davlati  Vena  shahridan 

iborat    qolg`on.    Avstriyadagi  pulsizlik.Olmoniyadagi    ishsizlik  (Olmoniyada  1,5 

mln. Ishsiz bor) barchani  sarosimaga  solg`on‖ kabilarni yozadi  maktubda.  

Maqola muallifiFayzulla  Xo`jayev  Yevropa  siyosatida uch  masala: Rusiya  

masalasi, Turkiya masalasi, Angliyaning  Turkiyaga  qarshi  kurashda  Yunoniston  

orqali sharq  siyosatini  yuritish masalasi  kabilar  muhimligini    takidlaganligini,  

guvohi    bo`ladi.  K.Rahmonov  o`z  tadqiqotlarida    ―Berlin    maktublari‖    birinchi  

jahon    urushidan    keyingi  Yevropa    tarixi      bilan    bog`liq    muammolarni    hamda   

siyosat    tarixini      o`rganish    uchun  muhim    manbasi    ekanligini    takidlab    o`tadi. 

Maqola o`z  manbaviy  ahamiyatiga ega  qolaversa, BXSR tarixiga  oid birlamchi  

manba  hamdir.  

O`rta    Osiyo    tarixiga    bag`ishlangan    asarlar    ichida    Muhammad  

Narshaxiyning  ―Buxoro  tarixi‖ (―Tarixi Narshaxiy‖)  asarichalik  ommalashgan, 

yashovchan ahamiyatini  saqlab  qolgan va  turli  tillarda  tarjia  qilingan  hamda  

qayta-qayta    chop    etilgan    asar  kam    topiladi.  Mazkur    asarning    tarjimalari, 

nashrlari  va  uning    ilk  o`zbekcha    tarjimalari    haqida    Halim    To`rayev  o`z  

maqolasida    ahamiyatga  molik    ma`lumotlarni    keltirib,    quyidagilarni 

bildiradi―Ayrim    o`rta    asr    mualliflari      o`z    asarlarida  ―Buxoro    tarixi‖dan 

iqtiboslar  keltirishgan  va  hatto  ageografik  janr  egalari, ya`ni  moqomotnavislar 

ham  ushbu    asarga    murojaat    qilishgan.  943-944    yillarda    yozilgan    bu    asar 

tarixiy  manba  sifatida  qadrlanadi va  unga bo`lgan  ilmiy-ma`rifiy ehtiyoj hamon 

yuqoriligicha    qolmoqda.  O`z  davrida  Yevropa    sharqshunoslari    va    sharq 

noshirlari  asar  qimmatini    to`g`ri    baholagan    holda  uning    ruscha,    inglizcha 

tarjimasi  va  forscha  matni  nashrini  amalga  oshirdilar. Fransuz olimi  Charl`z  

Shefer  1892 yil  Parijda asarning  forscha matnini, rus  o`lkashunosi N.S. Likoshin  

1897  yil  Toshkentda    rus    tarjimasini,  ingliz  olimi  Richard    Fray  1954  yil  

Kembrijda  inglizcha    tarjimasini    chop    ettirdilar  .  Shuningdek,  Eronlik  olim 



17 

Mudarris Rizaviy 1936  yil  Tehronda  asarning   forscha  qiyosiy  matnini  e`lon  

qildi.  1904 yil  Kogonda  ―Tarixi  Narshaxiy‖  nomi  ostida   asarning  toshbosma 

varianti  nashr  qilinganligini  ham  eslab o`tish lozim.  Narshaxiy asariga  qiziqish  

bugungi    kunda    ham    so`ngani    yo`q.  O`zbekistonlik    olim    K.Shamsiddinov  

―Buxoro  tarixi‖ni  Shefer  hashri  asosida  rus  tiliga  qayta tarjima  qilib, 1912 yil  

Toshkentda    nashr    etdi.    Tarjimadagi    topografik    obyektlarga    buxoroshunos  

olima  E.  Nekrasova    keng    sharh    yozgan.  O`rta    Osiyoda    tarixiy    asarlarni  

turkiyga    tarjima    qilish  ananasi    kam    uchraydi.(Xiva    tarjimachiligi    bundan  

mustasno).    Shu    turdagi    asarlarni    so`zboshi    va    zaruriy    izohlar    bilan    eski  

o`zbek  tiliga  tarjima  qilishni  boshlab  bergan  mahalliy  o`lkashunoslardan biri 

samarqandlik Abdulmo`min Sattoriy (1903-1923)  hisoblanadi‖

30



Muallif o‘z fikrlarini davom ettirib ―Gap   ―Buxoro  tarixi‖ning  o`zbekcha  



tarjimasi  tarixi  to`g`risida  ketar  ekan, taniqli  olim  A. O`rinboyev  tahriri  ostida  

A.Rasulov tomonidan  o`zbek  tiliga  tarjima  qilinib, 1966  yil  Toshkentda  nashr  

etilgan      ushbu    asar      tarjimasini    eslamaslik    mumkin    emas.    Ilmiy-izohli  bu  

akademik    tarjima    yuqori    professional    darajada    bajarilgan  va    doim  bunga 

ehtiyoj mavjuddir.  Shu  bois  ushbu  tarjima  bir  necha  bor  qayta  nashr  etildi. 

Aslida    asarning    o`zbekcha    tarjimasiga    ilk    marotaba    qo`l    urgan  taqiqotchi 

Abdulmo`min    Sattoriy    ekanligi      bugungi    kunda  ko`pchilikka    no`malum    va  

uning    ilmiy-izohli    tarjima  borasidagi    xizmatlari  e‘tibordan  chetga    qolib  

kelmoqda.  Faqatgina  atoqli  tarixchi B.Ahmedov   va  A.Juvonmardiyevlar  o`z  

tadqiqotlarining    birida  Abdulmo`min    Sattoriy    qalamiga    mansub    mazkur  

tarjimaning    mavjudligi  xususida  yo`l-yo`lakay    xabar    berib    o`tishadi. 

Abdulmo`min    Sattoriy  1922  yil    Muhammad    Narshaxiyning  ―Buxoro    tarixi‖ 

asarini    so`zboshi  va    zaruriy    izohlar    bilan  o`zbek    tiliga    tarjima    qilgan. 

Tarjimaga    yozilgan  ko`pincha  geografik    nomlarga  ,  toponimlarga    qaratilgan.  

Jumladan, ―Bitik‖, ―So`g`d‖, ―Nur‖, ―Vardona‖, ―Tarovchi‖, ―Dabusiya‖, ―Taroz‖  

                                                           

30

 To`rayev H. Xudoyqulov T. Buxoro tarixining  nashri  va tarjimalari  haqida// ―Buxoro  mavjlari‖.-Buxoro: 2015.-



№2.-B.39.  

 


18 

kabi toponimlarga  sharh  yozadi.Abdulmo`min  Sattoriyning ushbu  tarjima  ishini 

tarixiy    asarlarni    o`zbek    tiliga  ilmiy-izohli    tarjima    qilish  an`anasini  boshlab  

bergan  dastlabki    tadqiqot    sifatida    baholash    mumkin‖

31

-  deb    asarning    ilk  



o`zbekcha  tarjimasi tog‘risida ma‘lumot berib o‘tadi. 

Shuning  uchun  ham  maqola  Narshaxiyning  ―Buxoro  tarixi‖    asarining  

o`rganilishi va tarjima qilinishi tog‘risidagi  eng  muhim ma‘lumotlar taqdim etishi 

bilan ahamiyatlidir 

Buxorolik  tarixchi, arxeolog , manbashunos  hamda  jamoat  arbobi  Musa  

Saidjonov (1896-1938)ning  faoliyati bilan bog‘liq izlanishlar ko‘pchilikni tashkil 

etadi.  Mazkur  masala  ―Buxoro  mavjlari‖  jurnali  sahifalarida  ham  o‘rin 

egallaganligini  ko‘rishimiz  mumkin.  M.Saidjonov  va  olimning    Buxoroda  

istiqomat    qilayotgan      qarindoshlari    qo`lida    saqlanayotgan    arxivini    o`rganish  

masalalari  H.To‘rayevning  yana  bir  tadqiqot  obyektiga  aylangan  desak  xato 

bo‘lmaydi.  Jumladan  olim  mazkur  masalaga  quyidagicha  munosabat  birdiradi 

―olimning  Buxoroda  istiqomat  qilayotgan   qarindoshlari  qo`lida  saqlanayotgan  

arxivini  o`rganish jarayonida  biz  uning  o`z  qo`li  bilan  yozgan kichik  asarini  

topishga    muvaffaq    bo`ldik.  Qo`lyozmada      Samarqand,    xususan,    Temuriylar 

davri    me`moriy    yodgorliklarining      qisqacha    tarixi    o`z    aksini    topgan  .  

Mazmuniga  ko`ra,  u  1934  yildan keyin  yozilgan va  olimning   o`z  o`limidan  

oldinroq    yozgan    ishlari    turkumiga    kiradi.  Aftidan,    bu    ish  biror  bir  ilmiy 

to`plamda  e`lon  qilishga  mo`ljallangan. Matn  binafsha  rangli   siyoh  bilan  arab  

alifbosi  asosida  eski  o`zbek  tilida  yozilgan.  Matnni  rus  alifbosiga  o`girishda  

biz o`zbek  tilining XX  asrning  20-30  yillardagi   imloviy  xususiyatlarini  saqlab  

qolishga,    shuningdek,    Musa  Saidjonov  tomonidan    ayrim    arabcha  so`zlarni  

yozishda  yo`l  qo`yilgan xatolarni  tuzatishga harakat  qildik‖ deb ta‘kidlaydi

32

.  


                                                           

31

 To`rayev H. Xudoyqulov T. Buxoro tarixining  nashri  va tarjimalari // ―Buxoro  mavjlari‖.-Buxoro: 2015.-№2.-



B.40.

 

32



 To`rayev  H.  Yurtimiz    tarixiga    oid    yana    muhim    manba  (Muso  Saidjonov)//  ―Buxoro    mavjlari‖.-Buxoro:  

2014.-№4.-B.38

 


19 

Mazkur  maqolada  muallif    ushbu  qo‘lyozmani  sinchiklab  o‘rganib  o‘ziga 

xos xulosaga  kelinganligini  ta‘kidlashimiz  mumkin.  U  jumladan  ―  Mazkur   ishni  

yozishda  Musa  Saidjonov arab alifbosi  asosidagi o`zbek  tilining  o`sha   davrda  

qabul  qilingan  imloviy qoidalariga rioya  qilgan.   Tilga  olinayotgan  qo`lyozma  

Samarqanddagi  Shohizinda, Bibixonim, Registon,  Go`ri Amir  kabi   yodgorliklar 

to`g`risidagi  malumotlarga ega.  Ishda temuriylar davri  me`moriy  yodgorliklariga  

asosiy   etibor  qaratiladi.   Shu  bilan  birga ,  muallif  Go`riamir  majmuasining  

paydo  bo`lishini  Shohizinda  bilan  bog`laydi keng  tarqalgan  rivoyatni  keltirgan  

holda      uning    shakllanishini    Ulug`bekning    kichik    o`g`li    Abdulazizga    nisbat  

beradi.  Bu    majmuada    Temuriy    bo`lmagan  bir    astronom    olim-  Qozizoda  

Rumiyning  ham  qabri  borligi  ko`rsatiladi‖  degan xulosalarga keladi

33

. Muallif 



maqol  so‘ngida  ―Musa    Saidjonovning    biz    shartli    ravishda  ―Samarqandning  

me`moray  yodnomalari‖  deb  atalgan  qo`lyozmasi   mamlakatimiz  uchun   og`ir  

bo`lgan    XX    asrning    20-30    yillarida    temuriylar    davriga    oid    Samarqand  

yodgorliklari  tarixini  o`rganish  va  ularni tadqiq  qilish  darajasini tasavvur  qilish  

imkonini    beradi‖  deb  ta‘kidlab  o‘tadi.    Yuqorida  bildirilgan  fikrlar  asosida  biz  

ushbu maqola va undagi ma‘lumotlar bugungi kunga kelib tarixiy yodgorliklarimiz 

va  ularning  o‘rganilishi  bilan  bog‘liq  tarixiy  tadqiqotlarni  amalga  oshirayotgan 

yosh  tadqiqotchilar  uchun  muhim    manba  vazifasini  bajarishi  mumkinligini  qayd 

etishimiz mumkin.  

Tarix    ilmida  butun    dunyo    olimlari    shug`ullanadigan    mavzular  ,  tarixiy  

davrlar    bo`ladi.    Tadqiqotchilar      o`sha    davr    tarixining    boshqa  davrlarga  

nisbatan    salmog`i,  ijtimoiy-  siyosiy    hodisalarga    boyligi  ,  mamlakat    hayotida  

tutgan    o`rni  va    boshqa    qator    mezonlaridan      kelib    chiqqan    holda      mazkur  

mavzuga  qo`l  uradilar.   O`rta Osiyo  tarixida   Amir  Temur  va  temuriylar  davri  

shunday  saralangan  davr  hisoblanib,  dunyo  ilmiy  jamoatchiligi XVIII  asrdan 

boshlab        bu  davr    tarixini    ilmiy    o`rganish    bilan    shug`ullanib    kelmoqda.  

                                                           

33

 To`rayev  H.  Yurtimiz    tarixiga    oid    yana    muhim    manba  (Muso  Saidjonov)  //  ―Buxoro    mavjlari‖.-Buxoro:  



2014.-№4.-B.39

 


20 

O`zbekistonda    Amir    Temur    shaxsi,  temuriylar    davri  ,  madanyati  , 

me`morchiligi,  yozma    yodgorliklari,  epigrafikasini    ilmiy    tadqiq  qilish    o`tgan  

asrning  20-yillarda    boshlandi.  V.L.Vyatkin  ,  Po`lat  Soliyev,    Miyon    Buzruk, 

Muso  Saidjonov,    Abdulmo`min  Sattoriy,  Sadriddin  Ayniy  kabi  tadqiqotchilar  

o`sha    davr    matbuotida  ,  shuningdek,  alohida    nashrlarda    Amir    Temur    va 

temuriylar    davri    yozma  yodgorliklari  ,  me`moriy    obidalariga    doir    qator 

maqolalar    elon    qildilar.  Atoqli  rus    arxeologi    va    sharqshunosi    V.L.Vyatkin  

temuriylar  davri  tarixiga qo`l urgan O`zbekistondagi   dastlabki  tadqiqotchilardan  

hisoblanadi.  U Samarqand  me`moriy  obidalarini  tadqiq  qilish asnosida  1927-

1928    yillarda    ―Памятники  древностей  Самарканда‖  hamda  ―Архитектура 

древнего Самарканда‖  deb  nomlangan  ikki  risolani  elon  qildi.  Eng  muhimi , 

har    ikki    risolada    ham    Amir    Temur    va    Temuriylar    davri    tarixiy    obidalari  

birinchi   planda    chiqarilgan. V.L.Vyatkin    Amir    Temurning   shon    -  shavkatiga 

hech    shubha    qilmagan    holda  ,  u  qurdirgan    imoratlarning  tarixiy-badiiy  

qirralarini    ochib    beradi.  Olimning    ma`lumot    berishicha  ,  Amir    Temur    1369  

yilda    Samarqand    mudofaa    devori    va    shahar    hisorini    qurdirgan.    Devor    va  

Hisor    Samarqand  chor    Rossiyasi  tomonidan    ishg`ol    etilgunga  qadar      mavjud  

edi.  

 XX  asr    20    yillari    temurshunosligi    darg`alaridan  biri    Miyon    Buzruk  



hisoblanadi.    U  asosan    Amir    Temur    faolyatiga    doir  qo`lyozmalarni    tadqiq  

qilish    bilan    shug`ullandi.  Jumladan,    Sharafiddin    Ali    Yazdiyning    turkiyga  

o`girilgan    ―Zafarnoma‖  siga    birinchilardan    bo`lib    ilmiy    tavsif    berdi 

(qarang:Miyon    Buzruk.  O`zbek    tarixiga   doir    to`rt    muhim    kitob.  ―Maorif  va 

o`qituvchi‖,1927,9-10-sonlar).    Atoqli    adib    Sadriddin    Ayniy    esa  ―Maorif  va  

o`qituvchi‖  jurnalining  1928    yildagi    10-sonida  e`lon    qilingan  ―Samarqand  

shahri‖ nomli   maqolasida  shaharning  tarixiy  topografiyasiga  keng  to`xtaladi. 

Muallif  Amir    Temur    va  temuriylar  davrida    Samarqandda    yuz    bergan  

o`zgarishlar,  obodonchilik  ishlari,  barpo  etilgan  me`moriy obidalar,  maqbaralar  

tarifiga keng  o`rin  ajratadi.  Olim  bu  maqolada Samarqandning  6  darvozasini  



21 

sanab    o`tadi.  Hayot    chirog`i    bevaqt  so`ngan    yosh    o`lkashunos  Abdulmo`min  

Sattoriy    XX  asrning    20-yillarda  Samarqand  tarixiy      obidalarini    o`rganish  

asosida    yozilgan  ―Ko`ktosh‖  nomli    maqolasida    shaharning  tarixiy    obidalari  

to`g`risida    qimmatli    ma`lumotlarni  bergan.  Olim    temuriylar  davri    tarixchisi 

Hofiz    Abro`    malumotlariga    asoslanib  ,    Amir  Temur    1371  yil    Samarqand  

shahri    qo`rg`oni  va    Ark  devorini    qayta    soldirganini  takidlaydi.  Shuningdek, 

Shayx    Burhoniddin    Sog`arjiy    qabri    ustiga    Amir  Temur    tomonidan    maqbara 

qurdirilganini  alohida    qayd    etib    o`tadi.  Atoqli  muarrix    Po`lat    Soliyevning 

―Maorif  va  o`qituvchi‖  jurnalining  1928  yildagi  5-6  sonlarida      e`lon    qilingan  

―O`zbeklar  ham temur  bolalari‖ nomli  tadqiqoti  o`zbek  xalqi  tarixining etnik  

jarayonlari    masalasiga    bag`ishlangan  bo`lsada,    unda    Amir    Temur  shaxsi    va  

xizmatlari  xolisona  etirof  etiladi. Shu  o`rinda  Po`lat  Soliyevning  Amir   Temur 

tilidan    yozilgan  ―Temur    tuzuklari‖  asariga    murojaat    qilgan    dastlabki    milliy  

tadqiqotchi    ekanligini    alohida    qayd    etish    maqsadga    muvofiqdir.  20-yillar  

temurshunosligining    yorqi    namoyondalaridan    yana    biri    Muso    Saidjonovning  

ilmiy  merosi  nafaqat  mamkatimiz,  balki  xorij  olimlariga ham  yaxshi  ma`lum. 

Uning 1929 yilda ―Maorif va  o`qituvchi‖ jurnaliga  ilova  sifatida chop  etilgan  

―Go`ri  Amir‖ (Amir  Temur  maqbarasi) risolasi  bunga  yorqin  misoldir. Mazkur  

tadqiqot    Nizomiddin    Shomiyning  ―Zafarnoma‘,  Ibn    Arabshoh  ―Amir    Temur  

tarixi‖, Amir  tilidan  yozilgan ―Temur  tuzuklari‖,  Klavixoning ―Kundaliklari‖ i  

va  muallifning bevosita  Go`ri  Amirda  olib  brogan  shaxsiy  kuzatuvlari asosida  

yaratilgan.  Risolada Go`ri Amirdagi maqbaralar   tavsifga  bag`ishlangan bo`lsa-

da,  unda    Amir    Temur    faolyatini    qamrab    oluvchi    bir    talay    ma`lumotlar  

mavjud.  

Maqola muallifi ―O`tgan asrning 20-yillarida  O`zbekistonda temurshunoslik  

o`zining    ilk    qadamlarini  tashladi    va    bu    jarayonga  yuqorida    nomlari    qayd  

etilgan    olimlar    tamal    toshini    qo`ydilar    hamda  Sohibqironning  mamlakatimiz  

xalqlari   oldidagi  tarixiy  xizmatlarini  munosib  baholaydilar‖ deb, Amir Temur  


22 

va  temuriylar  davri  tarixi  uchun  nodir  hisoblangan  tadqiqotlarni  tahlil  qilib,  

ularning  qiyosiy  tahlilini  bayon  etadi

34

–. 



Jurnal sahifalarida manbashunoslik sohasiga  oid  maqolalarni  tadqiq  qilar  

ekanmiz  H.To`rayevning  Osiyo    va  Yevropa  qit`asi    olimlarining  Islom    dini    va 

qolaversa,  Buxoro    tarixi    masalalariga  doir  chop    etilgan  Islom    ensiklopedik  

lug`atining    navbatdagi    soni    haqida    yozgan    qimmatli    ma`lumotlariga    duch  

keldik.  Olim    ushbu  nashr  xususida  ma`lumot    berib,    quyidagilarni    ta‘kidlaydi 

―Islom  ensiklopedik  lug`atining  navbatdagi  5-soni  nashrdan  chiqdi. (Ислам  на 

территории  бышей  Российской  империи. Энциклопедический  словаръ. №5. 

Москва,―Восточнаялетература‖,2012,231бет).Rossiyalik  taniqli  islomshunos 

S.Prozorov  muharrirligi  ostida  chiqib  kelayotgan  ushbu  to`plam  SharqiyYevropa, 

Boshqirdiston,Tatariston,Kavkaz,O`rta  Osiyo  mintaqalaridagi  islom  madaniyati, 

tarixi,    me`morchiligi,  tasavvuf  va  boshqa  ko`plab  masalalarni  qamrab  oladi.  

To`plamning    navbatdagi    sonida    AQSH,  Fransiya,    Rossiya  ,    Niderlandiya,  

O`zbekiston,  Ozarbayjon,  Turkmaniston    va    boshqa  mamlakat    olimlarining  

maqolalari  e`lon  qilingan.  O`zbekistonlik  olimlardan E.Nekrasova, Sh.Vohidov, 

H.To`rayev,  A.Erkinov,  F.Qurbonov,  A.Turdiyevlarning  maqolalari    to`plamdan 

joy  olgan.  To`plamni    shartli    ravishda    Buxoro    tarixiga    bag`ishlangan    nashr  

deyish  mumkin. Chunki,  undagi  78  maqoladan 30 ga  yaqini Buxoro  to`g`risida. 

To`plamning  asosiy  ―qahramoni‖  o`zbekistonlik  olima  E.Nekrasovadir.  Uning 

Buxoroga  bag`ishlangan 20 ga  yaqin  maqolasi  to`plamni  bezab  turibdi.  Ular  

uch    qismdan    iborat:  birinchi,  Buxoroning    qisqacha    tarixi.  Unda  shaharning  

paydo    bo`lishi,    nomlari,    tarixiy    geografiyasi,    idora    etgan    sulolar,  muhim  

siyosiy  voqealar, tasavvuf  va  uning  ijtimoiy  hayotdagi  o`rni  kabi  masalalar  

yoritiladi.Ikkinchi  qism    shahar    tarixiy    topografiyasi,  plani  (tarhi)  ning  

tavsifigabag`ishlangan.    Masjid,    xonaqoh,  mozor    va    guzarlar    to`g`rida  

ma`lumot    berilib,  maqolaga    buxoro    xaritasi  ilova    qilinadi.    Uchinchi    qismda  

                                                           

34

 To`rayev H.  O`zbekistonda ilmiy  temurshunoslikning  ilk qadamlari// ―Buxoro  mavjlari‖.-Buxoro: 2011.-№2.-



B.9.

 


23 

Buxoro    amirligining    rus    podshohlariga    qilgan  sovg`alari,    ularning  tarkibi, 

hozirda  saqlanish    joyi,    sovg`a  -  salomlarning    diplomatik  munosabatlardagi  

ahamiyati    ochib    beriladi.  Mazkur    maqolalarda    Ismoil    Samoniy,  Mag`oki  

Attori,    Xo`ja    Zayniddin,    Gavkushon,    Qo`shmadrasa,    Xo`ja    Porso,  Eshoni  

Imlo, Xalifa  Xudoydod,  Xalifa  Niyozquli  kabi  obidalarning tarixi,  me`moray 

yechimlari    to`g`risida  ma`lumot    keltirilib,  illyustrativ  materiallar    bilan  

boyitilgan‖

35

. Ushbu maqola nafaqat   Buxoro  tarixi  haqida  balki  bizning  sharif  



shahrimiz    tarixini    xorijiy    nashrlarda    chop    etilib,  dunyo  jamoatchiligi  

tomonidan  katta qiziqish  bilan  o`qib  borilayotganligidan  dalolat  beradi.  

  

Tarixni  yozma    manbalarsiz    tasavvur    etib    bo`lmaydi.  Manbashunoslikka 



doir    maqolalarni  xoh  xat    shaklida    bo`lsin,  xoh  bir    maqola    shaklida  bo`lsin  

ularning    davr    o`tib    o`sha    davrning    muhim    manbasi    bo`lib    qolishini    o`z  

tahlillarimiz  natijasida munosib  ko`rsatishga  harakat  qildik. Yuqorida keltirgan  

manbalarning  O`zbekiston  tarixida  o`rni  beqiyosligi  va ko`pchilik  darsliklarga  

uchramaydigan    qimmatli    ma`lumotlarga    ega    ekanligini  atroflicha    yoritib  

berdik.  O`ylaymizki  biz   yosh   tarixchilar  ustoz   shogird  an`analariga   sodiq  

holda    ajdodlarimizdan    qolgan    manbalarni    keng    jamoatchilikka    yetkazishda  

o`zimizning  kichik  bo`lsa  ham  mana  shunday  qiyosiy  tahlillarimiz  bilan  o`z  

hissamizni  qo`shishga  harakat  qilamiz. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

                                                           

35

To`rayev H. Buxoro  tarixi  xorijiy  nashrlarda// ―Buxoro  mavjlari‖.-Buxoro: 2013.-№4.-B.40  



 

24 


Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish